Авторы

  • O‘rishov Umidjon Shovkatjon o‘g‘li
    O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Estrada cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.119705

Ключевые слова:

truba nafas texnikasi sog‘liq ijrochilik musiqiy ifoda mashqlar.

Аннотация

Mazkur maqolada truba cholg‘u ijrochiligida nafas texnikasi muhim tarkibiy omil sifatida tahlil qilinadi. Nafasni to‘g‘ri boshqarish truba chaluvchining texnik mahorati, ifodaviy imkoniyatlari va musiqa asarini sifatli talqin etishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

TRUBA CHOLGʻU IJROCHILIGIDA NAFAS TEXNIKASINING O‘RNI VA

AHAMIYATI

O‘rishov Umidjon Shovkatjon o‘g‘li

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti

Estrada cholg‘ularida ijrochilik

kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada truba cholg‘u ijrochiligida nafas texnikasi muhim tarkibiy omil

sifatida tahlil qilinadi. Nafasni to‘g‘ri boshqarish truba chaluvchining texnik mahorati, ifodaviy

imkoniyatlari va musiqa asarini sifatli talqin etishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

truba, nafas texnikasi, sog‘liq, ijrochilik, musiqiy ifoda, mashqlar.

Аннотация:

В данной статье анализируется дыхательная техника как важный структурный

элемент в исполнении на духовых инструментах. Правильное управление дыханием

непосредственно влияет на техническое мастерство трубача, выразительные возможности и

качественное интерпретирование музыкального произведения.

Annotation:

This article analyzes the importance of breathing technique as a crucial element in

trumpet playing. Proper management of breath directly affects the technical skill, expressive

capabilities of the trumpet player, and the quality of interpretation of the musical piece.

Keywords:

trumpet, breathing technique, health, performance, musical expression, exercises.

Mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yangi O‘zbekistonda yangi

Uyg‘onish davriga asos solmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlab o‘tganidek: ―Biz

o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni

qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy

va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta‘lim

va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm – fan va innovatsiyalarni

taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim‖ [1]. Jamiyat

ravnaqi va milliy taraqqiyotni belgilashda yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi katta ahamiyat kasb

etadi. Yosh avlod tarbiyasida madaniyat, san‘atning o‘rni hamda ta‘sirchanligi yuqori ekanligi

hech kimga sir emas. Shuning uchun keyingi yillarda respublikamizda milliy madaniyatni yanada

rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros

durdonalarini saqlash hamda targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san‘atini yanada

ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta‘minlash,

madaniyat va san‘at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda

amalga oshirib kelinmoqda. Xalqimiz asrlar davomida katta hayotiy tajriba to‘pladi, uni

takomillashtirdi va ijtimoiy hayotida turli vositalar orqali kelajak avlodga meros qoldirdi. Musiqa

inson hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib

kirish va axloqiy-g‘oyaviy tarbiyalashning muhim vositasi sifatida xizmat qiladi.

XXI asrda yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi munosabati bilan o‘qitish uslubiyotiga

yondashuv o‘zgardi, o‘qishni rivojlantirish masalalari eng muhim mavzulardan biri bo‘ldi.

O‘quvchilarni estetik tarbiyalash o‘quv dasturlariga, o‘qitish usullariga boshqacha, yangicha

yondashuvni talab qiladi. Damli va zarbli cholg‘ularda o‘qitish metodikasi fan sifatida boshqa

mutaxassisliklarga qaraganda ancha yosh va o‘zining yo‘l-yo‘riqlariga hamda ushbu cholg‘ularda

ijro etish va o‘rgatishning umumiy qonuniyatlariga egadir. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta’sir

ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Musiqa cholgʻu asboblari -musiqiy ton yoki oʻziga xos jarangdor

tovushlar hamda maʼlum ritmik tuzilmalarni hosil etishga moʻljallangan cholgʻu asboblar;

musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro etishda ishlatiladi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Har bir musiqa cholgʻu asboblarining sadosi oʻziga xos tembr, maʼlum diapazon tovushqator va

ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholgʻu asboblari, asosan, torli (xordofonlar), puflab

chalinadigan (aerofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa

cholgʻulari- idiofonlar guruhlariga boʻlinadi. Puflab chalinadigan cholgʻu asboblarning guruhlari:

tilchali sozlar (boʻlamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar),

mundshtukli sozlar (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar), pnevmatik klavishli sozlar (organ

va uning turlari).

Truba — bu mis guruhiga mansub, kuchli va yorqin ovozga ega bo‘lgan puflama cholg‘u

asbobi bo‘lib, orkestr va ansambllarda muhim o‘rin tutadi. Nafas olish — inson hayoti uchun zarur

bo‘lgan eng asosiy fiziologik jarayonlardan biridir. Biroq u faqat biologik faoliyat emas, balki

ijodiy sohalarda, xususan musiqa san’ati, teatr, sport va hatto ommaviy nutq madaniyatida ham

alohida texnika sifatida o‘rganiladi. Nafasli cholg‘ularda (truba, fleyta, klarnet) ijro sifatining 70–

80 foizi to‘g‘ri nafasga bog‘liq. To‘g‘ri nafas olish asab tizimini tinchlantiradi, yurak urishini

barqarorlashtiradi. Nafas olishni o‘rgatish, uni ongli ravishda boshqarish madaniyati yosh avlodga

erta bosqichdanoq singdirilishi lozim. Nafas tizimining to‘liq va normal ishlashi organizmning

salomatligi uchun juda muhimdir. Truba — nafasli cholg‘ular ichida o‘zining kuchli dinamikasi,

keng diapazoni va ifodaviy imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Ammo ushbu imkoniyatlardan

samarali foydalanish uchun trubachining asosiy vositasi — bu uning nafas olish texnikasidir.

Truba kuchli, to‘laqonli tovush hosil qilishni talab qiladi. Bu esa nafaqat nafasingiz kuchli bo‘lishi,

balki uni ongli ravishda boshqarish, tovushning davomiyligi va kuchini saqlab turishni talab etadi.

Truba chalishda nafas texnikasini egallash — ijrochilikda yuksak mahorat sari qo‘yiladigan

muhim qadamdir. Trubada ijro etishda tovush sifati, barqarorligi va nafasning yetarli bo‘lishi ijro

aniqligiga ta’sir ko‘rsatadi. Diafragma yordamida chuqur nafas olish va bosqichma-bosqich

chiqarish asosiy tamoyillardan biridir. Ko‘plab musiqashunoslar (Ch. Arnold, G. Gordon, A.

Vasilyev va boshqalar) nafas texnikasining fiziologik va psixologik jihatlarini chuqur tahlil qilgan.

Ushbu manbalarda ijrochi organizmining holati, nafas olishning bosqichlari, maxsus mashqlar

tizimi keltirilgan.

Truba chalishni o‘rgatishda nafas texnikasiga doimiy e’tibor qaratish zarur. Har bir

mashg‘ulotda:

Mashqdan avval nafas mashqlarini bajartirish,

O‘quvchini mustaqil fraza chalishga o‘rgatish,

Musiqiy parchalarni nafasga qarab tuzishni o‘rgatish foydali.

Nafas texnikasini shakllantirish bosqichlari:

Oddiy nafas mashqlari

:

og‘izdan va burundan chuqur nafas olib chiqarish;

Diafragmani faollashtiruvchi mashqlar: orqa va qorin mushaklarini ishlatgan holda, havo oqimini

kuchaytirish;

Dinamik mashqlar: turli tovush kuchayishlarida nafasni muvofiqlashtirish (crescendo,

diminuendo).

Truba cholg‘usi orqali musiqa asarini to‘liq yetkazish uchun ijrochi o‘z nafasini asar mazmuniga

mos ravishda boshqarishi kerak. Masalan, lirik frazalarda yumshoq va keng nafas, dinamik

bo‘limlarda esa kuchli nafas zarur. Shu ma’noda, nafas texnikasi trubachining badiiy tiliga

aylanishi kerak – har bir fraza, pauza, legato yoki stakkato aynan to‘g‘ri nafas tufayli ifodali

chiqadi.

Musiqiy cholg‘u ijrochilikda yoddan chalish musiqachining ijrochilik imkoniyatlarini yanada

kengaytiradi. Bu bevosita xotira bilan bog‘liq. Xotira – eslab qolish, to‘plangan tajribaning

saqlanishi va tiklanishidir. Ayniqsa, musiqiy ijrochilikda katta hajmdagi musiqiy asarlarini eslab

qolishga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab musiqachilarning xatolaridan biri shuki, ular yangi musiqiy asarni

o‘rgana turib, uni ko‘p bor takrorlash natijasida eslab qolishga urinishadi.

Birinchi navbatda, o‘quvchilarni eng avvalo cholg‘u asbobi bilan yaqindan tanishtirish va ularda

qiziqish uyg‘otish lozim. Shundan so‘ng chalinadigan musiqiy asar bilan tanishtiriladi va

o’qituvchi tomonidan bir necha marta ijro qilinib beriladi.Oquvchilarda tushunchalar hosil qiliniadi.

O'quvchilar qanchalik cholg'u haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lsa, tanlangan cholg'u asbobi


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilsa, qiziqishi yanada ortadi va cholg'u asbobini o'rganish

davomidagi qiyinchiliklarga ham chidamli bo‘ladi. Hozirgi kunda damli cholg‘u ichrosiga

qiziqayotgan yoshlar ko‘paymoqda. Ammo ba’zi hollarda san’atga qiziqishi yo‘qolgan yoshlarni

ham uchratish mumkin. Lelin san’at insonni yaxshi va hayolot olamiga olib kiradi. San’at bu hayot

mazmunini rang-barang qilish, tasavvuf olamini yanada yaxshilash uchun yordam beradi.Shuning

uchun san’at bilan hamnafas bo‘lish inson uchun yaxshi yo’l. Har bir musiqiy asar negizida bir

inson, millat yoki jamiyatning tarixi yashirin va u insonga tarbiyaviy ozuqa berish maqsadida bizga

taqdim etiladi. Ijro qilinayotgan musiqiy asar xarakteridagi ma’no va mazmunni to‘liq anglagan

holda ijro qilish musiqa ijrochilarining asosiy vazifasi hisoblanadi, shunday ekan mutaxassislik

fanlari bo‘yicha imtihonlar jarayonida har bir ijro qilingan musiqa asarining tahlili, harakteri va

asar davomida uchraydigan atamalar yuzasidan savol va topshiriqlar berilishi talabalar o‘rtasida

har bir asarni mukammal o‘rganishga bo‘lgan xohishni uyg‘otadi va shu tariqa ijrochilarda nazariy

bilimlar darajasi kengayib boraveradi.

Xulosa:

Truba chalishda nafas texnikasi — bu faqat jismoniy tayyorgarlik emas, balki musiqiy

tafakkur, ifoda va chidamlilikning kafolatidir. To‘g‘ri o‘rgatilgan va doimiy rivojlantirilgan nafas

texnikasi ijrochining sahnadagi muvaffaqiyati, tinglovchi qalbiga yetib borishi va musiqiy asarni

to‘liq ifoda etishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

А. И. Пономарёв – «Методика обучения игре на трубе»

2.

Saidov M. –

Cholgʻu asboblari va ularning o‘qitish metodikasi

, Toshkent, 2015.

3.

Bogdanov V. Voproso‘ metodiki obucheniya igre na duxovo‘x instrumentax.

4.

R.G„.Qodirov. “Musiqa psixologiyasi” O„zDK “Musiqa” nashriyoti 2005y

5.

www.lex.uz, www.ziyonet.uz. Saytlari.

Библиографические ссылки

А. И. Пономарёв – «Методика обучения игре на трубе»

Saidov M. – Cholgʻu asboblari va ularning o‘qitish metodikasi, Toshkent, 2015.

Bogdanov V. Voproso‘ metodiki obucheniya igre na duxovo‘x instrumentax.

R.G„.Qodirov. “Musiqa psixologiyasi” O„zDK “Musiqa” nashriyoti 2005y

www.lex.uz, www.ziyonet.uz. Saytlari.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)