ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASH TARKIBIY
QISMLARINI TASHKIL ETISH MEXANIZMI
Bo‘riyeva Shaxnoza Inat qizi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika unversiteti Boshlangʻich taʼlim fakulteti talabasi
Tel:+998886784664
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlashni
shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Ijodiy fikrlashning
tarkibiy qismlari – muammoli vaziyatni aniqlash, g‘oya yaratish, faraz qilish, tahlil qilish va
baholash – bosqichma-bosqich ochib berilgan. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llaniladigan
innovatsion usullar: “beyin hujumi”, sinkveyn, klaster, dramatizatsiya kabi texnikalar orqali
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari tavsiflangan. Maqola
o‘qituvchilarga amaliy ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalarni taqdim etadi
Kalit so‘zlar:
ijodiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, muammoli vaziyat, g‘oya generatsiyasi,
tanqidiy fikrlash, dars metodikasi, sinkveyn, klaster usuli, pedagogik mexanizm, mustaqil fikrlash.
Bugungi globallashuv davrida ta’limning asosiy vazifasi — shaxsni mustaqil fikrlovchi, yangilikka
intiluvchi va ijodiy yondashuvga ega bo‘lgan inson sifatida shakllantirishdir. Ayniqsa, bu jarayon
boshlang‘ich ta’lim bosqichidan boshlanishi kerak, chunki bu davrda bolaning psixologik va aqliy
rivojlanishi uchun qulay poydevor yaratiladi. Ijodiy fikrlash – bu faqat yangi g‘oya yaratish emas,
balki mavjud vaziyatlarga noodatiy yondashish, muammoni hal qilishda yangilikka intilish
qobiliyatidir. Boshlang‘ich ta’limda о‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari
deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bо‘lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi
jarayoni tushiniladi. Ular quyidagilardan iborat:
1.
О‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bо‘lgan
bilim, kо‘nikma va malakalari.
2.
Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqa- dorligi.
3.
Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg‘ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.
4.
О‘quvchilarning ijodiy
faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.
Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi: О‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda
ular egallashi lozim bо‘lgan bilim, malaka, kо‘nikmalarga quyidagi talablar qо‘yiladi.
- dastur materiallarni qay darajada о‘zlashtirganligi;
- mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni о‘zlashtirganligi;
- tanlagan mavzu bо‘yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi;
- о‘rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi;
- topshiriqlarni bajarishda о‘quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana
olishi;
- о‘z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi;
- mavzu bо‘yicha о‘z oldiga erishiladigan maqsadlarni qо‘ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni
baholay olishi;
- mavzularni о‘rganishda о‘z fikrini dalillay olishi;
- о‘z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.
Mazkur talablar о‘qituvchiga о‘quvchilarning о‘qishga bо‘lgan qiziqishlari, ularning о‘quv-biluv
faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bо‘ladi va bu borada о‘quv jarayoni
tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi. Yuqoridagi talablar asosida muammoga doir ta’limni
maqsadga muvofiq tashkil etishning ustuvor yо‘nalishlari belgilab olinadi. Maqsadga muvofiq
yondashuv deganda о‘quv- biluv jarayoni yoki ta’lim mazmuni, metod va shakllari tizimining
ijodiy faoliyatni rivojlantirishga doir maqsadli yо‘naltirilgan maxsus tashkil etilgan tuzilmasi
tushiniladi. Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har
tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart- sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda
muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan
о‘quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
berish lozim. Buning uchun esa: boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning ijodiy faoliyatini
rivojlantirishga doir shart- sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada:
O‘quvchilar
ijodiy
faoliyatini
rivojlantirishga
doir
innovatsion faoliyatga tayyorlash.
О‘qituvchi va о‘quvchilar munosabatida hamkorlik
faoliyatini vujudga keltirish.
Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion
texnologiyalardan foydalanish.
Hozirgi davrda о‘quvchilarning biror - bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq
bо‘lgan evristik va muammoli ta’lim о‘quv-biluv jarayoniga faol kirib kelmoqda.
Ta’limiy vaziyat о‘qituvchi tomonidan quyidagi tarzda tashkil qilinadi: kerakli material va ta’limiy
obyekt ajratiladi, ular о‘rtasidagi munosabatlar о‘rganiladi, asosiy tushunchalar tanlanadi.
Tadqiqotning umumiy obyekti, uning ma’nosini izlash, faoliyatning yangi usullari hamda turlarini
izlash zarurati evristik vaziyatning asosi bо‘lishi mumkin. Evristik faoliyatni texnologiyalashtirish
bolalarning ijodiy qobiliyati qanday bо‘lsa shu qadar zaruriy va qonuniy jarayondir. Evristik
vaziyatlar yaratish va rivojlantirish bо‘yicha texnologik harakat bolalar ijodkorligi natijalarini
ta’minlash
yо‘lidir. Quyida evristik vaziyatlar tayyorlash va о‘tkazish bо‘yicha о‘qituvchilar
uchun texnologik yо‘l-yо‘riqlar haqida fikr yuritamiz:
1. Izlanuvchi vaziyatning asosiy ta’limiy obyektini (narsa, tushuncha, hodisa, jarayon, an’ana,
buyum va boshqalar). Bunda obyekt va bolalar uchun qiziqarli bо‘lgan muammoni aniqlash;
bolalarga ularning о‘rganilayotgan obyekt bilan shaxsiy ichki aloqasini topishga yordam berish,
ular uchun shaxsan ahamiyatli muammolarni qanday tayyorlash bо‘yicha о‘ylashga yо‘naltiradi.
Buning uchun shaxsiy tajriba va о‘quvchilarning qо‘yiladigan ta’limiy natijalari taxminlanadi.
2. O‘quvchilarga yechimi noma’lum bо‘lgan muammo yoki topshiriq beriladi. Ushbu topshiriqni
amalga oshirish sinfda ta’limiy kо‘tarinkilik hamda о‘quvchilar topshiriqni bajarish orqali
о‘zlarining faolligini namoyon etgandagina samarali bо‘ladi. Topshiriqning ta’riflanishi
muammoni jamoa bо‘lib muhokama qilishning natijasi bо‘lishi mumkin. Bolalar tomonidan
ta’riflangan topshiriq shunchaki qiziqarli emas, balki о‘qituvchi uchun yangilik bо‘lsagina
maqsadga erishilgan bо‘ladi.
3. О‘quvchining о‘zi paydo bо‘lgan yoki yaratilgan vaziyat (topshiriq)ni shaxsan hal etishga
imkoniyat yaratish. Evristik vaziyatning asosiy bosqichi sanaladi. Bunda har qanday ta’lim
natijasidan ijod belgisini aniqlash lozim.
4. O‘quvchilarning ta’limiy ijod namunalarining namoyish etish: she’rlar, rivoyatlar, topshiriqlar,
ta’riflar, ramzlar, rasmlar, loyihalar va shu kabilarni jamoaga muhokama etib, kо‘rgazmalar
tashkil etish, о‘zaro yozma taqrizlar yozdirish, ma’ruzalar bilan chiqishlar qilish.
5. Ta’limiy ijod namunalari namoyish etilgandan keyin rasmlar, rivoyatlar, ta’riflar, olimlarning
fikrlari, darsliklaridagi ma’lumotlar, shaxsiy bilim va tasavvurlari bilan asoslay olish.
6. Bolalarning ijod namunalarini qiyoslash, solishtirish, tasniflash bо‘yicha faoliyatini tashkil etish.
О‘quvchilar tomonidan о‘z qarashlari yoki ijod namunalarini aniqlash hollari yuz bersa, ularga
о‘z nuqtai nazarlarining о‘zgarish sababalrini tushunishlarida kо‘maklashiladi. Ta’limiy
vaziyatlarning rivojlanishi ta’minlanadi.
7. О‘quvchilarning bilishga oid qо‘llanilgan usullarni, paydo bо‘lgan muammo va uni yechish
yо‘llarini tushunishi bо‘yicha fikr yuritish, tahlil etish. О‘quvchilarga individual tarzda erishgan
natijalarini aniqlashda kо‘maklashishi. Jamoa bо‘lib yaratilgan ta’limiy natijalarini aniqlash.
Boshlang‘ich ta’lim dasturlari, о‘qitilayotgan о‘quv predmetlarining tahliliy natijalari shuni
kо‘rsatadiki, 1-4 sinf о‘quvchilarida ijodiy faoliyatni shakllantirishni bir necha bosqichda amalga
oshirish uchun imkoniyat yaratilgan, jumladan, darsda о‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga
yо‘naltirilgan о‘quv materiallarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri taqdim qilinishi belgilanmagan bо‘lsa-da,
mahoratli о‘qituvchi о‘z faoliyatini о‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishni turli metodlar
asosida amalga oshirishi mumkin. Og‘zaki sо‘rash; yozma ishlar о‘tkazish; amaliy ishlarni bajarish;
turli didaktik о‘yinlar о‘tkazish orqali о‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish mumkin.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Masalan, boshlang‘ich sinflarning “О‘qish savodxonligi” darsida bolalarning ijodiy faoliyatini
shakllantirish uchun о‘quv materiallarida berilgan tushunchalar konkret, induktiv metod vositasida
о‘rganilishi va о‘qituvchining mohirona darsni tashkil qilishi natijasida ularda ijodiy faolllikning
oshishiga zamin yaratilishi mumkin. Bunda о‘quvchilar avval о‘qituvchining topshiriqlarini
bajargan holda о‘rganilayotgan tushunchaning umumiy xossalarini aniqlaydilar, sо‘ngra о‘qituvchi
rahbarligida ta’rifni mustaqil holda tuzishga harakat qiladilar. Yangi tushuncha kiritishning bu
yо‘li ayniqsa quyi sinflarda о‘z samarasini beradi. Bundan tashqari konkret induktiv yо‘l orqali
tushunchalarni kiritish jarayonida muammoli vaziyatlar hosil bо‘ladi, buning natijasida
о‘quvchilarda ijodiy fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Ma’lumki, о‘qish orqali bilishga pedagoglar
eshitishni, kо‘rish, motor-harakat, sezish organlarini, ba’zida esa hid sezishni ham ishtirok ettirib,
о‘quvchilarni obyektiv reallikni bilishga jalb kiladilar, bunda jonli mushohada, abstrakt tafakkur va
amaliyot uzviy qо‘shilib ketadi. Shuning uchun ham о‘qish jarayoni bevosita yoki bavosita
shaklida ta’lim vositalari va pedagogik imkoniyatlar orqali sodir bо‘ladigan о‘ziga xos jarayon
hisoblanadi. Demak, о‘quvchilarning о‘quv faoliyati metodlarini ham о‘qitishning о‘ziga xos
sharoitlarida qо‘llaniladigan bilish metodlarining turidir, deb hisoblashga hamma asoslar bor.
О‘quv faoliyati metodlarini bilish metodlari bilan qiyoslashdagi о‘ziga xos xususiyat shundan
iboratki, о‘qitish jarayonida yangi ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy
о‘zlashtirish vazifasi hal qilinadi. О‘qitish davomida yangi bilimlarni egallash uchun umumiy
bilishga xarakterli bо‘lgan sinab kо‘rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha
“yengillashtirilgan” sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham о‘quv faoliyati metodlari bilish
operatsiyalari bilan qо‘shib olib boriladigan о‘quv jarayoni sharoitlari uchun moslashtirilgan.
О‘quv faoliyati metodlarni hosil qilish uchun kо‘plab yillar sarflangan о‘quv axborotini bilishga
qisqaroq yо‘lni topib beradi. Ular о‘quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog‘liq bо‘ladi.
О‘quv faoliyati metodlarining о‘ziga xos xususiyati mana shunda ham namoyon bо‘ladi. Bu bola
shaxsiyatini shakllantirish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirishda asosiy
vositadir. Uni shakllantirish jarayoni uzluksiz, izchil va metodik yondashuvni talab etadi.
O‘qituvchi – bu jarayonda yo‘lboshchi, yo‘naltiruvchi va ijodga ruhlantiruvchi bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashga asoslangan yondashuv – kelajakda ijtimoiy faol, yangilikka
ochiq shaxsni tarbiyalashning muhim kafolatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rо‘ziyеvа D, Usmоnbоyеvа M, Xоliqоvа Z. Intеrfаоl mеtоdlаr: mоhiyаti vа qоʻllаnilishi.
Mеtоdik qоʻllаnmа. Nizоmiy nоmidаgi TDPU rizоgrаfi nаshriyоti.2014-yil. 114 bеt
2.
Ролф Дж. Кретичност и самоотсенка в учебной дятелности. – М. : Орекс, 2005. – 254
с.
3.
Рубинштейн С.Л. “Основи обшие психологии” М., 1998 г 3-10 с.
4.
Sаfаrоvа R.G‘. “Pеdаgоgik Еnsklоpеdiyа” . О‘zbеkistоn milliy еnsklоpеdiyаsi nаshriyоti.
2015-yil. 377 b
5.
Селевко Г. К. Традитсионная педгогиская технология и её гуманистичиская
модернизатсий. – М.: 2005. – 144 с.
6.
Скворсов Л.В. Култура самосознания: человек в поисках истини своего бити. – М.:
Политиздат . 2001. – 317 с.
7.
Толипов
Оъ., Усмонбоева М.
Педагогик
технологийа: Назарийа
ва
амалиёт.-Т.: Фан, 2005.-206 б.
8.
Уман А. И. Учебний задания и протсесс обучениЙ. -М.: Педагогика, 2003. – Н2. 5-6 с.
9.
Хобсон Флейк. Развитие ребёнка и эго отношение с окружаюшими. – М.: Торговий
том грант. . – 304 с.
10.
Xoliqov Э., Xudoyqulov X. J. va boshq. Ta’lim jarayonida yangi pedagogok
texnologiyalardan foydalanish. О‘quv – uslubiy qо‘llanma foydalanish. – T. : T.D.A.I, 1999.- 98 b.
11.
Хуторский А.В. Развитие одаринности школников: методика продуктивного
обучения . – М.: Вадис, 2000. – 320.