ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
TIL TIZIMI VA IJTIMOIY MUHITI
Omonova Gulsoat
TerDPI Tillar fakulteti
oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi
1 - bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tilning kishilik jamiyati oʻrtasidagi ahamiyati, til tizimi, uning
tarkibiy qismlari, lingvistik hamda ijtimoiy vazifalari haqida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari
tilning sotsiolingvistika bilan bogʻliq jihatlari ochib beriladi.
Kalit soʻzlar:
Til, til tizimi, fonetika, leksika, grammatika, sintaksis, semantika, sotsiolingvistika.
Аннотация:
В статье рассматривается значение языка в человеческом обществе, языковая
система, ее компоненты, а также ее лингвистические и социальные функции. Кроме того,
раскрываются аспекты языка, связанные с социолингвистикой.
Ключевые слова:
Язык, языковая система, фонетика, лексика, грамматика, синтаксис,
семантика, социолингвистика.
Abstract:
This article discusses the importance of language in human society, the language system,
its components, linguistic and social functions. In addition, aspects of language related to
sociolinguistics are revealed.
Keywords:
Language, language system, phonetics, lexicon, grammar, syntax, semantics,
sociolinguistics.
Til - bu insonlar orasidagi fikr almashish, his-tuygʻularni ifodalash, axborot yetkazish uchun
xizmat qiladigan belgilar tizimidir. Til - qalbimiz ohangi, millatimiz ruhi - tafakkurimiz
koʻzgusidir. Til kishilik jamiyatida yaratilgan boʻlib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan
ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki omma jamiyat uchun xizmat
qilishida namoyon boʻladi.
Til tizimi - har qanday tabiiy tilning oʻzaro munosabatlar bilan bogʻlangan, muayyan birlik va
butunlikni tashkil etuvchi lisoniy unsurlari majmui. Til muloqot vositasi boʻlib, insonlar oʻzaro
axborot va fikrlarini almashadi, oʻz fikr hamda his - tuygʻularimizni boshqalarga yetkazamiz, u
orqali tarix, anʼana va bilimlarni avloddan avlodga uzatamiz hamda jamiyatda ijtimoiy
munosabatlarni oʻrnatamiz. Til tizimi, yaʼni tilni tashkil etuvchi asosiy qismlar boʻlib : ular soʻzlar,
soʻzlarning maʼnolari, grammatika qoidalari, fonetik kabi boʻlimlar kiradi. Tilshunoslikda til
tizimining tarkibiy qismlarida: Fonetika (yunoncha phonetike - tovushga oid ) nutq tovushlari va
tovush vositalari haqidagi tilshunoslik sohasidir.Leksikologiya (yunoncha lexikos - lugʻatga,
soʻzga oid - logos - taʼlimot) tilshunoslikning leksema, leksik (lugʻaviy) maʼno tuzilishi, shakl va
maʼno munosabatiga koʻra turlari, ularning hududiy va ijtimoiy qatlamlari yangi soʻzlarning paydo
boʻlishi kabi masalalarni oʻrganuvchi boʻlimi.Grammatika (grekcha grammatika - harf oʻqish va
yozish sanʼati) tilshunoslikning soʻz shakllarini, soʻz birikmasi, gap va uning turlarini, yaʼni tilning
grammatik qurilishini oʻrganuvchi boʻlimi.
Sintaksis grammatikaning ikkinchi boʻlimini tashkil etadi va unda soʻzlarning oʻzaro
munosabatlari oʻrganiladi. Anʼanaga koʻra, sintaksisda soʻz birikmalari, sodda va qoʻshma gaplar,
gap boʻlaklari tekshiriladi. Misol uchun: Eshik sekin ochildi va Ikromjon otaning yuzi koʻrindi
(qoʻshma gap), Men talabaman (sodda gap). Semantika - (yunoncha "semantikos" - maʼno
bildiruvchi, ifodalovchi ) - 1)Til yoki uning biron bir birligi yaʼni soʻz, soʻzning grammatik shakli,
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
frazeologizm, soʻz birikmalari orqali ifodalanadigan butun mazmun maʼno, axborot .2.Turli til
birliklarining maʼnaviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi ; semasiologiya. Bu kabi
birliklar til tizimining tarkibiy qismlari hisoblanadi.Tilning ijtimoiy muhiti - bu tilning jamiyatdagi
funksiyasi, rivojlanishi va qoʻllanilishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy omillar majmuasidir. Til faqat
lingvistik tizim emas, balki u ijtimoiy hodisa sifatida ham mavjud boʻladi. Til joʻn qilib aytganda,
insonlar oʻrtasidagi asosiy muomala vositasidir. Tilsiz kishilik jamiyatida va xalq ham boʻlmaydi.
Til inson uchun berilgan buyuk bir neʼmat boʻlib, jamiyat bilan birga taraqqiy etadi va shu jamiyat
uchun xizmat qiladi yaʼni ijtimoiy aloqaga kirishadi. Til hududiy jihatdan dialektlarga va lahjalarga
boʻlinadi. Har bir hududiy guruh oʻzining oʻziga xos talaffuzi, soʻz boyligi va grammatik uslubiga
ega boʻladi. Bu esa oʻz navbatida tilning ijtimoiy hududiy rang - barangligini koʻrsatadi.
Til va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan
bogʻliq jihatlarini oʻrganuvchi soha Sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) deyiladi.
Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni: jamiyat va til aloqadorligi, tilning ijtimoiy vazifalarini,
adabiy til, shevalar, lugʻat boyligining kengayishi kabi turlarini oʻrganadi. Tabiat va jamiyatda
inson tiliday serqirra, shakl va mazmun munosabati murakkab hodisa kam topiladi. Til bilan
jamiyat oʻzaro bogʻliq boʻlib, til alohida tizim sifatida bir nechta vazifalarni bajaradi:
1) Aloqa - munosabat vazifasi. Tilning mazkur vazifasi jamiyatda aloqa - munosabat vositasi
sifatida xizmat qilishdan iborat. Bu funksiya tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi.
2) Tilning hissiy taʼsir vazifasi ( emotsional - ekspressiv) . Bunda soʻzlovchi maʼlum maʼlumotni
ifoda etib,tinglovchiga hissiy taʼsir koʻrsatish vazifasi hisoblanadi. Bundan javob talab
qilinmaydigan ritorik gaplar, tasviriy vositalar, modal soʻzlar va inversiyalardan foydalaniladi.
3) Tilning toʻplash vazifasi. Bunda aloqa - munosat davomida tilning nomlash va fikr ifodalash
vazifalari nazarda tutiladi . Tilning ijtimoiy muhiti - bu til yashaydigan va rivojlanadigan ijtimoiy
makondir. U jamiyat bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uning har bir ijtimoiy jihati tilga oʻz taʼsirini
oʻtkazadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, til bemisl boylik, sehri - sinoatga, koʻrk-u komillikka
limmo - lim bir neʼmatdir. Til millatning ruhi, uning mavjudligi va kelajagimizning kafolatidir.
Uni asrash, rivojlantirish va unga hurmat bilan qarash har bir insonning burchi va vazifasi
hisoblanadi. Til orqali inson dunyoni anglaydi, oʻz bilimlarini boshqalarga yetkazadi, tajriba
almashadi.
Foydanilgan adabiyotlar
1. Tilshunoslik nazariyasi. Darslik. Z. Xolmanova. Toshkent - 2020.
2. Tilshunoslik asoslari. I. Yoʻldoshev, Oʻ. Sharipova. Toshkent "Iqtisodiy - moliya" 2007.
3. Tilshunoslik nazariyasi. Darslik. Z. Xolmanova. "Nodirabegim" nashriyoti. Toshkent - 2019.
4. Tilshunoslik nazariyasi. A. Turobov. Samarqand - 2022.