ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
LEARNINGAPPS PLATFORMASI ORQALI INTERAKTIV VA INDIVIDUAL
TOPSHIRIQLAR YARATISH USULLARI
Qosimov Abdulaziz Obidjon o‘g‘li
Qo‘qon davlat universiteti 1-bosqich magistranti
Email:
Annotatsiya:
Mazkur maqolada LearningApps platformasi imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida
samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Interaktiv didaktik o‘yinlar va individual topshiriqlarni
tuzish orqali talabalarning o‘quv faolligi, mustaqil fikrlashi va bilimni mustahkamlash
ko‘nikmalari rivojlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, platformaning amaliy jihatlari, ta’limga
integratsiyalashuv bosqichlari va o‘qituvchining didaktik mahoratini oshirishdagi o‘rni haqida fikr
yuritiladi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosidagi darslarni tashkil etish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi..
Kalit so‘zlar:
LearningApps, interaktiv topshiriqlar, individual yondashuv, raqamli ta’lim, o‘quv
faolligi, ta’lim texnologiyalari.
Abstract.
This article explores the effective use of the LearningApps platform in the educational
process. It analyzes the development of students' learning activity, independent thinking, and
knowledge consolidation skills through the creation of interactive didactic games and individual
assignments. The paper also discusses the practical aspects of the platform, stages of its integration
into teaching, and its role in enhancing the teacher’s didactic competence. The study provides
recommendations for organizing lessons based on modern digital technologies.
Keywords:
LearningApps, interactive tasks, individual approach, digital education, learning
activity, educational technologies.
Аннотация.
В данной статье освещаются вопросы эффективного использования
возможностей платформы LearningApps в образовательном процессе. Проанализировано
развитие учебной активности студентов, их самостоятельного мышления и навыков
закрепления знаний через создание интерактивных дидактических игр и индивидуальных
заданий. Также рассматриваются практические аспекты платформы, этапы её интеграции в
учебный процесс и роль в повышении дидактического мастерства преподавателя. В
исследовании даны рекомендации по организации занятий на основе современных
цифровых технологий.
Ключевые слова:
LearningApps, интерактивные задания, индивидуальный подход,
цифровое обучение, учебная активность, образовательные технологии.
Kirish.
Bugungi kunda ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar ishtirokisiz tasavvur etish mushkul
bo‘lib qolgan. Zamonaviy ta’lim konsepsiyasida o‘qituvchining roli an’anaviy uslubdagi bilim
beruvchi subyektdan bilim olishga yo‘naltiruvchi, bilimni konstruktiv tarzda shakllantirishni
tashkil etuvchi mutaxassisga o‘zgarib bormoqda. Universitet bosqichida, ayniqsa pedagogika
fanlarini o‘qitishda talabalarni faol o‘quv subyekti sifatida shakllantirish dolzarb vazifalardan
biridir. Bunda raqamli texnologiyalarning, xususan interaktiv ta’lim platformalarining samarali
integratsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday platformalardan biri sifatida LearningApps keng qo‘llanilmoqda. Bu platforma orqali
o‘qituvchilar multimediali interaktiv topshiriqlarni oddiy va qulay tarzda yaratishlari mumkin[2].
Uning asosiy afzalligi – fanlar kesimida turli o‘quv topshiriqlarini dars jarayonida va mustaqil
mashg‘ulotlarda samarali tashkil etish imkoniyatidir. Talabalar uchun LearningApps orqali taqdim
etilgan mashqlar o‘yin elementi bilan boyitilgani sababli ularning e’tiborini jalb qiladi[1],
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi va darsga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytiradi.
Asosiy qism:
Mazkur vosita quyidagi pedagogik vazifalarni hal etishda yuqori samaradorlikka ega:
O‘quv motivatsiyasini oshiradi – topshiriqlar o‘yin shaklida, jozibador va qiziqarli tarzda taqdim
etiladi. Musobaqa elementi orqali talabalar orasida sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Muvaffaqiyat muhitini shakllantiradi – topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarish imkoni cheklangan, bu esa
har bir talabaning vazifani to‘g‘ri bajarmaguncha qayta urinib ko‘rishiga sharoit yaratadi. Natijada,
bilimga bo‘lgan ishonch ortadi.
Talabalarning mustaqil ishini jadallashtiradi – uy va auditoriya sharoitida bajariladigan topshiriqlar
hajmi ortadi, bu esa bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi – talabalar o‘zlari ham LearningApps orqali topshiriqlar tuzishlari
mumkin, bu esa ularning didaktik refleksiyasi va kreativ salohiyatini oshiradi.
O‘quv materiallari tanqisligini bartaraf etadi – tayyor modullarni individual yoki guruhiy shaklda
moslashtirish imkoniyati mavjud.
Axborot-qidiruv kompetensiyalarini rivojlantiradi – topshiriqlarni bajarayotganda talabalar
mustaqil izlanishga undaladi.
Baholashning aniqligi va tezkorligini ta’minlaydi – interaktiv mashqlar orqali “talaba-o‘qituvchi-
talaba” doirasida samarali teskari aloqalar yo‘lga qo‘yiladi.
1-rasm. Learningapps platformasida yaratilgan interaktiv topshiriq namunasi.
Masalan, pedagogika nazariyasi yoki o‘qituvchilik mahorati fanlarida talabalarga savollarga javob
tanlash, moslik topish, tartiblash, krossvordlar, test bloklari kabi topshiriqlarni tashkil qilish orqali
nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish mumkin. Bunday yondashuv nafaqat
bilimlarni mustahkamlaydi, balki talabaning o‘zlashtirish darajasini aniq va tez baholash imkonini
ham beradi.
Quyidagi jadvalda Learningapps platformasidan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha tahlillar aks
ettiriladi.
Imkoniyat
nomi
Tavsifi
Didaktik imkoniyati
Foydalanish shakli
1. Juftlikni
moslashtirish
So‘zlar, tasvirlar yoki
tushunchalarni bog‘lash
mashqlarini yaratish
Tushuncha va
atamalarni
mustahkamlash,
mantiqiy fikrlashni
rivojlantirish
Pedagogik
atamalarni
mustahkamlashda
qo‘llash
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
2. To‘g‘ri
tartibni topish
Bosqichlar, jarayonlar
yoki voqealarni ketma-
ketlikka keltirish
Tizimli fikrlash, sabab-
oqibat aloqalarini
tushunish
Dars jarayonini
bosqichma-bosqich
tushuntirishda
3. Test savollari
(variantli)
Bir yoki bir nechta
to‘g‘ri javobli testlar
tuzish
Bilimlarni nazorat
qilish, takrorlash va
baholash
Nazorat ishlari,
oraliq baholash
4. “Bo‘sh joyni
to‘ldir”
mashqlari
Gap yoki matndagi bo‘sh
joylarga to‘g‘ri so‘zlarni
qo‘yish
Matn bilan ishlash,
e’tiborni kuchaytirish
Pedagogik matnlar
asosida grammatik
va mazmuniy
ishlanmalar
5. Rasmli yoki
videoli
topshiriqlar
Rasm yoki videoni asos
qilib interaktiv topshiriq
tuzish
Vizual idrokni
rivojlantirish,
ko‘rgazmalilik asosida
o‘rganish
Didaktik filmlar,
tajribalar yoki
tasviriy pedagogika
darslari
6. Krossvord va
so‘z topish
Terminlar yoki atamalar
asosida interaktiv
krossvordlar yaratish
Atama va
tushunchalarni
mustahkamlash, o‘yin
orqali o‘rganish
Pedagogik leksikani
yodlashda va qayta
ishlashda
7. Guruhli
ishlash
imkoniyati
Talabalar bir nechta
qurilmadan bir vazifa
ustida ishlashi mumkin
Hamkorlikda o‘rganish,
jamoaviy qaror qabul
qilish
Seminar yoki amaliy
mashg‘ulotlarda
guruh ishi
8. Tayyor
shablonlardan
foydalanish
Mavjud andozalar
asosida tezda topshiriq
tuzish
Tezkor vazifalar
yaratish, vaqtni tejash
Tayyor shablon
asosida
moslashtirilgan
topshiriqlar yaratish
9. Mustaqil
topshiriqlarni
uyga berish
Talabalar uchun mustaqil
mashg‘ulotlar sifatida
joylashtirish
Masofaviy o‘rganish,
o‘z-o‘zini baholash
Uyga vazifa sifatida
yoki LMS tizimi
orqali ulash
10. Natijalarni
ko‘rish va tahlil
qilish
Bajarilgan topshiriqlar
statistikasi va natijalarini
tahlil qilish
Baholashni
aniqlashtirish, o‘quvchi
faolligini monitoring
qilish
Talaba faoliyati
bo‘yicha individual
tahlil yuritish
Umuman olganda, LearningApps platformasidan pedagogika fanlarini o‘qitishda foydalanish
o‘quv jarayonini individuallashtirish, talabaning mustaqil o‘rganish faoliyatini rag‘batlantirish va
dars sifatini oshirishning innovatsion yo‘llaridan biridir.
Xulosa.
Bugungi raqamli transformatsiya jarayonida pedagogika fanlarini o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan oqilona foydalanish zaruratga aylangan. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
LearningApps platformasi pedagogik ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning o‘quv-biluv faolligini
oshirish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish hamda mustaqil fikrlash va axborot
izlash kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu platforma yordamida yaratilgan interaktiv topshiriqlar o‘yinli va vizual tusga ega bo‘lgani
sababli dars jarayonini jonlantiradi, motivatsiyani oshiradi, hamkorlikda o‘rganishga turtki beradi.
Eng muhimi, LearningApps orqali pedagogika fanlarini talabalarga yangicha uslubda,
o‘zlashtirishga qulay, moslashuvchan va refleksiv shaklda yetkazish imkoniyati yuzaga keladi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Shunday qilib, LearningApps nafaqat didaktik imkoniyatlari, balki pedagogik samaradorligi bilan
ham ajralib turuvchi raqamli resurs bo‘lib, u o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni
kuchaytirish, bilimlarni chuqurlashtirish va baholash jarayonini soddalashtirishda muhim o‘rin
egallaydi. Kelgusida bu platformaning yanada kengroq qo‘llanilishi pedagogik ta’lim sifati va
mazmunini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Stepanyuk, A. V., Mironets, L. P., Olendr, T. M., Tsidylo, I. M. & Kormer, M. V. (2021).
Integrated use of the LearningApps.org resource and information devices in the process of Biology
school course studying.
https://www.researchgate.net/publication/360661556
2. Смаилова, Н. С. (2023). Использование интернет-платформы Learningapps на уроках
казахского
языка.
Педагогическая
наука
и
практика,
(1
(39)),72-
75.
https://cyberleninka.ru/article/n/ispolzovanie-internet-platformy-learningapps-na-urokah-
3. Новикова, Е. И. (2019). СЕРВИС LEARNINGAPPS. ORG КАК СПОСОБ ПОВЫШЕНИЯ
ЭФФЕКТИВНОСТИ
ОБУЧЕНИЯ
НЕМЕЦКОМУ
ЯЗЫКУ.
Лингводидактические
особенности обучения иностранным языкам в неязыковых вузах, 146.
4. Тихонова, А. В., & Газизуллина, А. Р. ПРОЕКТИРОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ
ЗАДАНИЙ В ПРИЛОЖЕНИИ LEARNINGAPPS. ORGПО ДИСЦИПЛИНЕ «ФИЗИЧЕСКАЯ
КУЛЬТУРА». Пономарёва МН, директор,«Почетный работник общего образования
Российской Федерации».
5. Q. A. (2025, june). Raqamli ta’lim muhiti va bo‘lajak pedagoglarning o‘quv biluv faoliyatidagi
integratsiyasi. In conference of modern science & pedagogy (vol. 1, no. 3, pp. 630-633).
6.