Авторы

  • Xakberdiyev Shuxrat Mahramovich,Xamidov Sobir Xodiyevich
    Jizzax politexnika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.129691

Ключевые слова:

pedagogik texnologiya mavzu loyihasi nazorat topshiriqlari Identiv oʻquv maqsadlari streotip

Аннотация

Zamonaviy usullar taʼlim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maqolada kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati va usullari yoritilgan. Pedagogik jarayonni texnologik asoslarda tashkil etish, mavzuni tarkibiy qismlarga ajratish, maqsadli tizim yaratish, nazorat topshiriqlarini belgilash va adabiyotlar roʻyxati bilan ishni yakunlash kabi bosqichlar tahlil qilingan.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING KIMYO FANLARINI

OʻQITISHDAGI OʻRNI

Xakberdiyev Shuxrat Mahramovich

Jizzax politexnika instituti dotsenti

Xamidov Sobir Xodiyevich

Jizzax politexnika instituti assistenti

Annotatsiya:

Zamonaviy usullar taʼlim samaradorligini oshirishda oʻquvchilarning aqliy, axloqiy

va ruhiy rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.Maqolada kimyo fanini oʻqitishda zamonaviy pedagogik

texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati va usullari yoritilgan. Pedagogik jarayonni texnologik

asoslarda tashkil etish, mavzuni tarkibiy qismlarga ajratish, maqsadli tizim yaratish, nazorat

topshiriqlarini belgilash va adabiyotlar roʻyxati bilan ishni yakunlash kabi bosqichlar tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

pedagogik texnologiya, mavzu loyihasi, nazorat topshiriqlari, Identiv, oʻquv

maqsadlari, streotip

Bugungi kunda kimyo fanlarini oʻqitishda pedagogika fani taaluqli yangiliklar juda koʻp boʻlishiga

qaramasdan, oldingilardan keskin farq qiladigan, pedagogik faoliyatni tubdan oʻzgartirishni taqazo

yetadigan yangilik - bu pedagogik jarayonni texnologik asoslarda yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilim beruvchini (oʻqituvchi) va bilim oluvchini (oʻquvchi)

taʼlim jarayonida faol boʻlishini, ongini batamom oʻzlashtirayotgan oʻquv materialiga qaratishni

taqazo yetadi. Oʻqituvchi, ayniqsa taʼlim mazmunini texnologik loyihaga aylantirish jarayonida, oʻta

chuqur bilimga ega boʻlishi, eng kichik detallargacha eʼtiborda saqlashi va ularni loyiha mazmuniga

kiritishga erishmogʻi darkor. Oʻquv materialini texnologik loyihaga aylantirish qanday tartibda

boʻladi, qanday qoidalarga amal qiladi, nima bilan boshlanib, nima bilan yakunlanadi? degan

savollar paydo boʻlishi tabiiy. Biz quyida pedagogik texnologiya loyihasi tarkibiy qismlari haqida

maʼlumot bermoqchimiz.

Kimyo fanlarini oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻrganiladigan mavzuning

nomidan boshlanadi. Mavzuning mazmuni asosiy savollarga boʻlinadi. Savollar mavzu ichidagi

tugallangan fikrlarda va keyingisidan maʼlum darajada farqlanadigan tushunchalarni qamrab oladi.

Savollar sunʼiy tarzda koʻpaytirilmasligi va kamaytirilmasligi kerak. Bu yerda bilim beruvchini

(oʻqituvchi)ning bilimi va mahorati katta rol oʻynaydi.

Mavzu asosiy savollarga boʻlingandan keyin mavzuning ikkinchi yelementi, yaʼni tayanch

tushuncha va iboralar yozib chiqiladi. Mazkur mavzu uchun ahamiyatli boʻlgan asosiy tushunchalar

alohida-alohida qayd yetiladi. Ularning maʼnosi mazmuni ichida izohlanadi. Lekin bilim oluvchi

tayanch tushunchalarni mazmunni boshida koʻrib, nimalarga eʼtibor qaratish kerakligini bilib oladi.

Oʻtilayotgan mavzuning uchinchi elementi maqsadli tizim hisoblanadi. Bunda har bir asosiy savol

uchun alohida maqsadlar qoʻyiladi. Avvalo (darsning) oʻqituvchining maqsadlari (taʼlimiy,

tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) va bilim oluvchilarning maqsadlari (identiv oʻquv maqsadlari) ketma

- ketlikda aniq belgilab chiqiladi.

Bilim oluvchilar uchun qoʻyiladigan maqsadlar identiv oʻquv maqsadlari yoki oʻquvchilarning

mashgʻulot davomidagi oʻquv vazifalari deb ham ataladi. Bilim oluvchilarning oʻquv vazifalari

aniqlanib, pedagogik texnologiyalarning yana bir qoidasiga amal qilinadi.

Oʻtilayotgan mavzuning beshinchi yelementi nazorat topshiriqlari hisoblanadi. Nazorat topshiriqlari

identiv oʻquv maqsadlari, bilimlarni oʻzlashtirish darajalari va mazmuniga mos holda qoʻyiladi.

Nazorat topshiriqlari test shaklida, yozma, ogʻzaki va amaliy boʻlishi mumkin. Savolning mazmuni

va oʻquvchi tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalardan kelib chiqqan holda nazorat topshiriq

turlari aniqlanadi. Nazorat topshiriqlari iloji boricha koʻproq boʻlishi zarur. Oʻquvchilar nazorat

topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini sinab koʻradilar.

Oʻquvchilarning bilimlari tekshirib reyting asosida baholanadi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Oʻtilayotgan mavzuning soʻngida mavzu yuzasidan umumiy nazorat savollari qoʻyiladi. Bu mavzuni

yaxlit, bir butun holda tasavvur etishini, qoʻshimcha bilim va tajribalarni egallashni taʼminlaydi.

Oʻtilgan mavzu boʻyicha foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakunlanadi.

Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil yetishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash uchun

birinchi navbatda yuqorida bayon yetilgan tartibda oʻtilayotgan mavzu mos kelishi shart. Bu

mashgʻulotlarning qiziqarli va yuqori saviyada oʻtishini taminlaydi. Faqat oʻqituvchi va oʻquvchilar

bunday mashgʻulotlarga avvalo ruhiy jihatdan tayyor boʻlishi kerak. Yillar davomida hosil boʻlgan

tajriba, koʻnikma va malakalar ayniqsa streotiplar (qoliplangan odatlar) xalaqit berishi mumkin.

Oʻqituvchi buni yengishi, oʻzini va oʻquvchilarni tayyorlashi lozim boʻladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilganda taʼlimning

samaradorligi ortishi bilan birga, oʻquvchilarning aqliy, axloqiy va ruhiy ulgʻayishlari oʻzaro uygʻun

holda takomillashib borishi aniqlangan. Bunda oʻquvchi yoshlarda bilim olishga munosabat

oʻzgaradi. Oʻzlarining aqliy qobiliyatlariga boʻlgan ishonchlari kuchayadi. Kelajakka yuksak

umidlar bilan qarash hissi ortadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning barcha elementlari toʻla

joriy yetilsa, yoshlarimiz dunyodagi eng nufuzli ilm sohalarini egallash va rivojlantirish

imkoniyatiga ega boʻladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni

2.

Rahmatullayev N., Omonov H., Mirkomilov Sh. “Kimyo oʻqitish metodikasi” T., “Iqtisod-

Moliya”, 2013.

3.

Xodiyevich, X. S. (2022). KVANT SONLARI MAVZUSINI TUSHINTIRISHDA

“PINBORD” VA “CHARXPALAK” TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH. Jurnal yestestvennыx

nauk, 1(1 (6)),

4.

Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Oʻquv dars mashgʻulotlarida didaktik

oʻyin texnologiyalaridan foydalanish.

Science and Education

,

2

(11)

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni

Rahmatullayev N., Omonov H., Mirkomilov Sh. “Kimyo oʻqitish metodikasi” T., “Iqtisod-Moliya”, 2013.

Xodiyevich, X. S. (2022). KVANT SONLARI MAVZUSINI TUSHINTIRISHDA “PINBORD” VA “CHARXPALAK” TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH. Jurnal yestestvennыx nauk, 1(1 (6)),

Axmadjonova, Y. T., & Axmadjonova, U. T. (2021). Oʻquv dars mashgʻulotlarida didaktik oʻyin texnologiyalaridan foydalanish. Science and Education, 2(11)

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)