ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
INSULT KASALLIGI
Qobiljonova Sarvinoz Raxmatullo qizi
Qo’qon universiteti Andijon filiali
Tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi yo’nalishi
1-boqich 24-03-gurux talabasi
Email:
Tel: +998909902107
Yusupova Gulmira Ziyoddin qizi
Email:
yusupovagulmira1225@gmail.com
Tel:+998902041225
Annotatsiya:
Mazkur maqolada insult kasalligi uning patogenezi , klinik belgilari va davolash
usullari haqida ilmiy-tanqidiy tahlil berilgan Insult bu oddiy qon quyilishi bilan kechishiga oid
kasallik bo’lishi mumkin, lekin imson salomatligi uchun yoshi kattalarda bo’lgan insonlarda kata
xavf tug’dirishi mumkin.Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar
asosida tahlil qilingan .Shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni
saqlash vazirligi ushbu va shunga o’xshash kasalliklarni oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda va
zamonaviy usullardan foydalanmoqda.
Kalit so’zlar
: Insult, diagnostikasi, patalogiyasi, xalq tabobati usullari, parhez, kelib chiqish
sabablari, turlari.
Asosiy qism
Insult (
insulto
— zarba, hujum qilmoq) —
aylanishning toʻsatdan
buzilib, miya
zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi; miyaga qon
quyilishi.
kasalligi, miya tomirlari aterosklerozi,
va boshqa bir
qancha kasalliklar insultga sabab boʻla oladi.
Gemorragik va ishemik insultlar farq qilinadi. Gemorragik insult yoki
miyaga qon
quyiladi. Garchi insult koʻpchilik odamlarda toʻsatdan paydo boʻlsada, biroq kasallik nishonasi
oldindan seziladi. Masalan, gipertoniy kasalligi va
miyaga toʻsatdan, koʻpincha kishi
hayajonlanganda qon quyiladi. Baʼzan bosh gʻuvillaydi, ogʻriydi, aylanadi, boshda ogʻirlik seziladi.
Qon quyilishi (
) miya toʻqimasini yemirib, tegishli funksiyalarni buzadi; kishi hushdan
ketib, qusadi, yuzi qizaradi, tez-tez chuqur, koʻpincha xirillab nafas oladi, pulsi tarang va
siyraklashgan boʻladi, harorati koʻtariladi,
va
kelmay qoladi yoki beixtiyor chiqib
ketadi. Hayot uchun xavfli bu holat 1—3 kun davom etib, keyin bemor hushiga keladi va miyaning
biror sohasi zararlanganligini koʻrsatuvchi belgilar yuzaga chiqadi; koʻpincha gavdaning oʻng yoki
chap qismi
boʻladi (
), bemor tildan qoladi yoki tuzuk gapira olmaydi. Bir necha
oydan keyin falaj deyarli barham topishi, bemor yana tilga kirishi mumkin.
Ishemik insult miya tomirlarining
natijasida paydo boʻladi, bu miya toʻqimasining
yumshashi —
sabab boʻladi. Bosh ogʻrishi, aylanishi kabi dastlabki belgilar paydo
boʻlgandan keyin bemor hushdan ketmay, qoʻl yoki oyoq uvishadi, soʻngra
yoki falaj boʻladi,
sezish qobiliyati yoʻqoladi yoki pasayadi, nutq buziladi. Bemorning rangi oʻchgan, koʻz qorachiqlari
tor, pulsi zaif, ammo harorati normal boʻladi. Buzilgan funksiyalar bir necha oyda asliga kelishi
mumkin.
aloqador insultda miyada qon aylanishi toʻsatdan (baʼzan jismoniy zoʻriqishdan)
buziladi. Emboliyadan oldin kishining umumiy ahvoli ogʻirlashadi: darmoni quriydi, halloslaydi,
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
yuragi "oʻynaydi", harorati koʻtariladi. Miya toʻqimasi qonsizlanganligi tufayli qoʻl-oyoq falaj
boʻladi, sezmaydi, baʼzan nutq buziladi. Buzilgan funksiyalar 1—3 oy ichida (baʼzan toʻla)
tiklanishi mumkin. Insultning dastlabki belgilari paydo boʻlganda darhol vrach chaqirish, bemorni
tamomila tinch qoʻyish kerak. Keyin u vrach maslahati bilan parvarish qilinadi
.
Ishemik insultlar
Ishemik insult—boshqacha miya infarkti ham deyiladi. Ishemik insult, asosan, 45—50 yoshdan
keyin ko‘proq qariyalarda uchraydi. Bu kasallik kelib chiqishining asosiy sabablari, bosh miya qon
tomirlari
kasalligi, bosh miya qontomirlarining yallig‘lanishi, qon bosimning
pasayishi, bosh miya qontomirlarning anevrizmlaridir. Ishemik insultning kelib chiqishi asosan bosh
miya qontomirlarining qisilishi, ya’ni
. Turli xil gemodinamik o‘zgarishlar har xil
ruhiy holatlar bosh miya qontomirlarining qisilishiga olib keladi va u yerdan qonning o‘tishi
sekinlashadi. Bunda bosh miya to‘qimasida yumshashish holati yuzaga keladi. Qon tomirlari
ichida
hosil bo‘lishi, bunda bosh miya qontomirlarida qonning sekin aylanishi tufayli
qontomirlar devorida qonning shaklli elementlari cho‘ka boshlaydi. Natijada, qonning o‘zidan tromb
hosil bo‘ladi. Tromb hosil bo‘lishiga yana qonning biokimyoviy o‘zgarishi, ya’ni uni ivishining
buzilishidir. Bundan tashqari, kalla suyagi tashqarisidagi ekstrokranial qontomirlarining qisilishi
ham ishemik insultga olib keladi.
Klinik manzarasi
Ishemik insult bo‘lishidan oldin bir necha hafta yoki oylar oldin belgi beradi. Bu belgilar: bosh
aylanishi, qisqa vaqt hushning yo‘qolishi, ko‘z oldining qorang‘ilashishi, umumiy darmonsizlik,
o‘tib ketuvchi paresteziyalar yoki qo‘l-oyoqdagi
. Kasallik ko‘pincha asta-sekin
boshlanadi. Kechasi yoki ertalabga yaqin kuzatiladi. Buning asosiy sababi kechasi tinch yotganda
bosh miyadagi qon aylanishi sekinlashadi va tromb hosil bo‘lishiga moyillik ko‘payadi. Ertalab
uyqudan turgandan keyin bemor, asosan, hushini yo‘qotmaydi, bemor o‘ng yoki chap tomonida
qo‘l-oyog‘ining harakati kamligi yoki yo‘qolganligidan shikoyat qiladi. Ishemik insult bo‘lganda
bemorning hushi saqlangan bo‘lib, bosh og‘riq bo‘lmaydi yoki juda kam rivojlangan bo‘ladi. Yuz
terisi oqargan, tomir urishi pasaygan,
pasaygan, tana harorati bir meyorda saqlangan
yoki subfebril bo‘ladi. Asab sohasida juda rivojlanmagan meningial belgilar, kalla bosh miya
nervlari VII—XII juftida markaziy falajlanish faqat qarama-qarshi tomonda kuzatiladi. O‘ng yoki
chap tomonda gemiparez yoki gemiplegiya markaziy xarakterda tonusi baland, trofikasi buzilmagan.
Pay reflekslarining anizorefleksiyasi, 1— 3—4-kunlari pay reflekslari pasaygan bo‘ladi yoki
umuman chaqirilmasligi mumkin. Keyinchalik patologik reflekslari paydo bo‘ladi (Babinskiy,
Rassolima). Sezgi sohasining chap yoki o‘ng tomonida gemigipesteziya kuzatiladi.
Gipergidroz, ba’zan bemorning hushi karaxt, tezda muloqotga kirisha olmaydi, savollarga javob
berishi qiyin kechadi. Motor afaziyasi — bemor gapga tushunadi, lekin gapira olmaydi. Sensor
afaziyasi — bemor gapga tushunmaydi hamda gapira olmaydi. Bosh miyaning oldingi arteriyasi
zararlanganda bemorning yuzida gemispazm — yuzning bir tomonga tortilib turishi, gemiparez
ko‘proq oyoqlarda,
,
— muvozanatning buzilishi,
— ixtiyorsiz
harakatlar kuzatiladi. Ruhiyatning buzilishi (
, o‘z-o‘ziga tanqidchilikning pasayishi). Bosh
miyaning orqa arteriyasi zararlanganda esa ataksiya,
, alternashgan belgilar (ptoz,
tashqariga qarab qolgan g‘ilaylik chap tomonda, gemiplegiya, gemianesteziya esa o‘ng tomonda)
kuzatiladi.
Ishemik insultning vertebrobazillar qontomirlar sohasida (umurtqa, bazillar arteriyalar va orqa miya
arteriyasi) zararlanish bo‘lsa, bemor bosh aylanishi, ko‘ngil aynish,
va muvozanatning
buzilishi (mastga o‘xshab yurish), quloqda shovqin bo‘lishidan, ensa va bo‘yinning orqa sohasidagi
og‘riqdan shikoyat qiladi. Asab sohasini tekshirganimizda nistagm, diplopiya, ataksiya (statik va
dinamik), nutq o‘zgarishlari, ko‘rish va eshitishning pasayishi, dizartriya, o‘tkinchi tetraparezlar
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
hamda hushning o‘tkinchi buzilishlari kuzatiladi. Ishemik insultlar ko‘proq qari yoshdagi odamlarda
uchraydi. Bosh miya qontomirlar aterosklerozi, arterial gipotenziya,
,
va boshqa kasalliklar natijasida kelib chiqadi.
Gemorragik insult
Gemorragik insult, boshqacha aytganda bosh miyaga qon quyilishdir. Asosiy keltirib chiqaruvchi
sabablar:
kasalligi, bosh miya aterosklerozi, ularning birgalikdagi uyg‘unlashishi, bosh
miya qontomirlarining anevrizmlari, bosh miya jarohatlari, vaskulitlar,
i va
boshqalar. Bosh miyaga qon quyilishiga ikkita asosiy sabab bo‘ladi. Birinchidan, qontomirlarining
yorilib ketishi bo‘lsa, ikkinchidan, qontomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi, bunda qontomirlar
yorilmaydi.
Klinik manzarasi
Gemorragik insult ko‘proq kunduz kunlari, bemor ruhiy holatidan keyin qattiq xafachilik, noxush
xabarlar, juda kuchli hayajonlanishdan keyin boshlanadi. Kasallik ko‘pincha to‘satdan boshlanib
bemorning hushi yo‘qoladi va bemor yiqiladi. Bemorda kuchli bosh og‘riq, yuzning
qizarishi,
, tana harorati ko‘tarilgan bo‘lib, sopor yoki koma holatiga tushadi. Umumiy ahvoli
juda og‘ir bo‘lib, burun-lab atrofi ko‘kargan nafas olishi tez yuzaki tovush bilan xirillab chiqadi.
Qon bosimi baland— 220/140 simob ustuniga teng yoki undan ham oshgan, tomir urishi tezlashgan.
Asab sohasi tekshirganimizda meningial belgilar (ensa mushagi tarangligi, Kernig, Brudzinskiy)
juda rivojlangan, chunki bosh miyada shish borligi uchun, yuzi asimmetriya, burun-lab qatlami
silliqlashgan, og‘iz burchagi
pastga tushgan, ko‘z qorachig‘i anizokoriyasi, qorachiqning yorug‘likka javob reaksiyasi susaygan
yoki yo‘qolgan. Yutinish va gapirish yo‘qolgan, o‘ng yoki chap tomonda qo‘l-oyoqning falajlanishi,
oyoq panjasi tashqariga buralib qolgan, qo‘llarni ko‘tarib tashlaganda falajlangan qo‘l
«qamchisimondek» tezda tushib ketadi, oyoqda ham shunday bo‘ladi. Qo‘l-oyoqlarda mushaklar
tonusi pasaygan — gipotoniya, pay reflekslari pasaygan yoki chaqirilmaydi, patologik reflekslari
uchraydi. Sezgi kamayadi yoki yo‘qoladi.
hamma vaqt markaziy xarakterda bo‘lgani
uchun asta-sekinlik bilan mushaklar tonusi oshib boradi, pay reflekslari baland, gapirishi noaniq—
dizartriya, motor va sensor afaziyalar kuzatiladi. Agar qon miya qorinchalariga quyilsa, bunda
kasalning ahvoli juda ham og‘ir — koma holatida, nigoh qarash, qusish, yurakning tez-tez urishi,
nafas olishning qiyinlashishi va tutqanoq xuruji klonik va tonik qaltirashlar kuzatiladi.
Biryilgacha—tiklanish davri, bir yildan keyin esa qoldiq davri deyiladi.
Pardalar orasiga qon quyilishi
Pardalar orasiga qon quyilishi—boshqacha subaraxnoidal qon quyilish deyiladi. Bunda qon miya
pardalarining orasiga qontomirlarining yorilishi natijasida quyiladi. Miyaning asosi va ustki
qismlarida qon quyiladi. Bemor qattiq bosh og‘rishidan, ko‘ngil aynishidan va qusishdan shikoyat
qiladi. Asab sohasida meningial belgilar kuzatiladi. Bemor yorug‘likka, tashqi ta’sirotlarga juda ham
ta’sirchan bo‘ladi. Tutqanoq belgilari bosh miyaning ustki (konveksital) qismida qon quyilganda
klonik-tonik qaltirashlar kuzatiladi. Agar miyaning asosi (bazillar)da qon quyilish bo‘lsa, bunda II—
III—IV—VI kalla bosh miya nervlarining zararlanishi kuzatiladi. Qo‘l va oyoqlarda falajlanish
bo‘lmaydi, gipotonus, giperrefleksiya,
, bemorda ruhiy qo‘zg‘alishlar kuzatiladi.
Qorinchalar ichiga qon ketganda nafas olish va yurak ish faoliyatining buzilishlari, yuz terisi
ko‘kargan, hushi yo‘qolgan, tana harorati 39°C va undan ham yuqori bo‘ladi. Miyacha yarim
sharlariga qon quyilganda bosh aylanish, qusish, ensa va bo‘yinning orqa tomonida og‘riq, nistagm,
ataksiya holatlari kuzatiladi. Miya ustunida qon quyilsa, kalla bosh miyanervlarining yadrolari va
ularning yo‘llarini zararlaydi. Bunda alternashgan alomatlar (yuzning bir tomonida kalla bosh miya
nervlarining falajlanishi bo‘lsa, qarama-qarshi tomonda esa gemiparez) kuzatiladi. Bosh miya
to‘qimalariga qon quyilsa, ko‘proq ichki kapsula, o‘rta miya arteriyasida bo‘lsa, umumiy miya
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
belgilari, mahalliy miya belgilari bilan birgalikda keladi. Bosh miya po‘stlog‘iga yaqin joyda qon
quyilsa, nutq buzilishlari motor yoki sensor afaziya bo‘ladi. Meningial belgilar bunda kamroq
uchraydi, orqa miya suyuqligida qon bo‘lmaydi. Agar orqa miya suyuqligida qon bo‘lsa, unda
aralash qon ketishi kuzatiladi. Subaraxnoidal qon ketish 50 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda uchraydi.
Bunga sabab bosh miya qontomirlar anevrizmlari 50 %ni tashkil etadi. Kamroq holatlarda arterial
gipertenziya va bosh miya qontomirlari aterosklerozi sababchi bo‘ladi.
Klinik manzarasi
Unda meningial va umumiy miya belgilari juda rivojlangan bo‘ladi. Mahalliy miya belgilari
bo‘lmaydi yoki kam rivojlangan bo‘ladi. Qon ketish to‘satdan boshlanadi. Bemorda birdan bosh
og‘riq, ensa mushagining tarangligi, Kernig, Brudzinskiy belgilari rivojlangan bo‘ladi. Bosh og‘riq
kuchli bo‘lib, uning ta’siridan bemorlar qichqirib yuboradi, qo‘llari bilan boshini ushlaydi, bosadi.
Yuzi qizargan, ruhiy qo‘zg‘alishlar, qochishga harakat qiladilar, to‘shakda yotolmaydi, tana harorati
baland bo‘ladi. Orqa miya suyuqligida qon bo‘ladi. Og‘ir hollarda bemorning hushi bo‘lmaydi,
sopor yoki koma holatda bo‘ladi. Mahalliy miya belgilaridan— g‘ilaylik, diplopiya va yengil
gemiparezlar bo‘ladi. Qorinchalar ichiga qon ketganda kasallik birdan boshlanib, hushning
yo‘qolishi, nafas olish shovqinli bo‘lib, bemor xirillab nafas oladi. Sopor va
holatiga tezda
tushib qoladi. Bemorning tana harorati 39—40°C, sovuq qotganday titrash, tomir urishi tezlashgan,
sovuq ter bosish, orqa miyani punksiya qilganda orqa miya suyuqligida qon bo‘ladi. Mahalliy miya
belgilari kam rivojlangan bo‘ladi. Mushaklarda tonik tirishish, gipotoniya bilan almashinib turadi.
Davosi
Tibbiyot hamshiralari insult bilan og‘rigan bemorlarni juda ehtiyotlik bilan qarashlari talab etiladi.
Bemor boshini tana qismidan biroz baland ko‘tarib qo‘yish, harakat qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik
lozim. Kasallikning o‘tkir davrida bemorni tinch qo‘yish, og‘zida tish protezlari bo‘lsa, olib qo‘yish
lozim. Og‘iz atrofi va ichini so‘lak va qusuq qoldiqlaridan tozalab, toza havo kirishini ta’minlash,
pastki jag‘ni ushlab turish, tilini orqaga tortib ketmasligi va nafas olishini yaxshilash uchun havo
o‘tkazgich qo‘yish, yuqori nafas yo‘llarini elektrotsos yordamida tozalash, oshqozonga zond qo‘yish
talab etiladi. Miyada qon aylanishini yaxshilovchi dorilar— eufillin 2,4 % 5—10 ml tomir ichiga,
magneziy sulfat 25 % 5—10 ml mushak orasiga
bilan, papaverin 2 % 2 ml,
1 %
2—4 ml mushak orasiga qilinadi. Bemorga birinchi kuni shirinchoy, meva sharbati keyinchalik
yutinish bo‘lmasa, zond orqali kuniga 5 marta ovqatlantirish talab etiladi.
Umumiy davolash
Qiyosiy davolash
gemorragik insult
ishemik insult
Nafasolish faoliyatini yaxshilash:yuqori nafas
y‘o‘llarini tozalash, erkin nafasolishga yo‘l
qoyish; boshni yuqoriga ko‘tarish; og‘iz ichini
so‘lak va qusuq massalaridan tozalash; pastki
jag‘ni ushlab turish; havo o‘tkazgich qo‘yish;
tilning orqaga ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
burun orqali kateter qo‘yish.Yurak-qon tomir
faoliyati
buzilishlarida:
qon
bosim
pasayganda: kofein 20% 2,0 ml t/ o, mezaton
1% 2,0 ml m/ o, gidrokortizon 50 mg,
prednizolon 60 mg, kokarboksilaza 1 b 00 mg
t/ i. Qon bosim ko‘tarilganda; dib 2,0 m\o;
kislorod terapiya;
askorbin kislota 5%
0,5 ml t/i kalsiy xlor
10% 5 — 1 0,0 ml
t/i , amniokapron
kislatasi 5 % 100ml
t/i
noshpa 2,0 ml, pa
paverin 2,0 ml m/ o,
kavinton 20 mg yoki
terental 5,0 ml NaCL bilan
nikotin kislota 1% 1,0 ml,
stugeron 1 ta tab. 3 mahal,
gemodez 400,0 ml va
reopoligyukin 400 ml
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
magneziy sulfat 2 % 5—10,0 ml m/ o
Parvarish qilish
Bemorni qimirlatmasdan, nafas olishini yaxshilab, boshini biroz baland ko‘tarib, kiyimlarini yechib
yotqizish kerak. Agar bemor qusgan bo‘lsa, og‘zini tozalab qo‘yish lozim.
bo‘lmasligi
uchun bemorni o‘ng va chapga yonbosh qilib yotqizib turish, orqasiga, ko‘krak qafasiga xantal va
bankani kunaro qo‘yish kerak. Antibiotiklar buyuriladi. Dumba, kurak sohalariga oblipexa yoki
baliq moyidan surtib turish lozim. Bemorning siydigi tutilib qolsa,
qo‘yish bilan siydirib
olish kerak. Kasallikning birinchi kunidan boshlab
yoki gemiplegiya bo‘lsa,
kontrakturalarning oldini olish uchun falaj bo‘lgan qo‘l-oyoqlarni fiziologik holatga keltirish,
ularning tagiga yostiq qo‘yib, yelka bo‘g‘imi bilan bir xil balandlikda bo‘lishini ta’minlash zarur.
Falajlangan qo‘lning bir necha marta tanasidan uzoqlashtirib qo‘yish, qo‘lni ichini yuqori (spinasiya)
holatga qo‘yish, barmoqlarni to‘g‘rilab ochib qo‘yish lozim. Bularga qum xaltachalardan foydalansa
bo‘ladi. Qo‘ltiq ostiga valik yoki yostiqchani 30 daqiqagacha qo‘yish kerak. Oyoqni to‘g‘rilashda
tizza bo‘g‘imiga va oyoq panjasiga qum xaltachalar qo‘yish kerak bo‘ladi. Bemor hushiga kelgan
kundan boshlab, yengil uqalash, nafas mashqlari hamda sust harakatlar qilish tavsiya etiladi
.
Profilaktika
Oldini olish uchun dam olish, mehnat qilish va ovqatlanishni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish; ruhiy-asabiy
zoʻriqmaslik, tomir kasalliklarini oʻz vaqtida davolatish lozim. Davo nafas olish va yurak-tomir
sistemasi faoliyatini barqarorlashtirish, miyaning qon bilan taʼminlanishini yaxshilash, miyada shish
paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, jarroxlik usuli yoki zarur dori-darmonlar bilan bemor sogʻligini
tiklash, shifobaxsh badan tarbiya,
va hokazodan iborat
Xulosa
Insult – bu inson salomatligi uchun o’ta muhim va e’tibordan chetda qolmasligi kerak bo’lgan
kasallik hisoblanadi. Ya’ni bu Yoshi kottalarda uchreydigan kasallik bo’lib bosh miyada qon
aylanishning toʻsatdan buzilib, miya to’qimasining zararlanishi va funksiyasining izdan chiqishi,
miyaga qon quyilishi hisoblanadi. Muolaja kasalliklarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlashdan
boshlanadi. Shundan so’ng shifokor tomonidan dorilar tavsiyan etiladi.Kasalliklarni oldini olishda
har bir holatni alohida o’rganish, aniq diagnostika qo’yish va individual yondashuv asosida davolash,
sog’liqni saqlash tizimining strategiyasi aylanishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. X. Q. Shodmonov, X. Sh. Eshmurodov O. T. Tursunova ASAB va RUXIY KASALLIKLAR.
«Bilim» nashriyoti, 2004.
3. Karimova, Yo. K.Soliyev, A.A
4. “Neyralogiya”
5.
Toshkent: “ O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi” nashriyoti, 2005-yil