Авторы

  • Xabibjonov Izzatbek Dilshodjon o‘g‘li
    Alfraganus universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.129740

Ключевые слова:

Sharq Uyg‘onish Alisher Navoiy komil inson davlat huquq siyosat tarbiya axloq.

Аннотация

Alisher Navoiyning komil inson g’oyasi davlatni boshqarishda, uning tasavvuridagi ideal, mukammal jamiyat to’g’risidagi qarashlarida, odil shoh haqidagi fikr-o’ylarida, hukmdorning raiyatga munosabatida, diniy-huquqiy qoidalarga rioya qilishida o’z in’ikosini topadi.

Alisher Navoiy bugun o‘zbek xalqi uchun milliy iftixor ramziga, adabiy, ma’naviy kamolot timsoliga aylangan. Xalqimiz ulug‘ bobokalonimizning bebaho merosini sevib e’zozlaydi. Alisher Navoiy 1472 yili Husayn Boyqaroning istagi bilan yozgan she’rlarini to‘plab devon tuzadi va 1476 yilda tugatadi, unga "Badoe’ ul-bidoya” ("Go‘zalliklarning boshlanishi”) deb nom qo‘yadi. 1480-1487 yillarda esa she’rlaridan "Navodir un-nihoya” nomli devon tuzadi. Umrining oxirgi yillarida yozgan g‘azal, ruboiy, musaddas va qasidalarini to‘plab 4 devondan iborat "Hazoyin ul-maoniy” ("Ma’nolar xazinasi”)ni tuzadi: ular "G‘aroyibus-sig‘ar”, "Navodir ush-shabob”, "Badosul-vasat”, "Favoyidul-kibar”. Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas asarlari bilan o‘zbek xalq mumtoz she’riyatini jahon adabiyoti va umumbashar madaniyati miqyosiga olib chiqqan buyuk shoirdir.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

ALISHER NAVOIYNING “XAZOIN UL-MAONIY” ASRINING O’RNI VA AHAMIYATI

Xabibjonov Izzatbek Dilshodjon o‘g‘li

Alfraganus universiteti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo‘nalishi talabasi

ANNOTATSIYA:

Alisher Navoiyning komil inson g’oyasi davlatni boshqarishda, uning

tasavvuridagi ideal, mukammal jamiyat to’g’risidagi qarashlarida, odil shoh haqidagi fikr-o’ylarida,

hukmdorning raiyatga munosabatida, diniy-huquqiy qoidalarga rioya qilishida o’z in’ikosini topadi.

Alisher Navoiy bugun o‘zbek xalqi uchun milliy iftixor ramziga, adabiy, ma’naviy kamolot

timsoliga aylangan. Xalqimiz ulug‘ bobokalonimizning bebaho merosini sevib e’zozlaydi. Alisher

Navoiy 1472 yili Husayn Boyqaroning istagi bilan yozgan she’rlarini to‘plab devon tuzadi va 1476

yilda tugatadi, unga "Badoe’ ul-bidoya” ("Go‘zalliklarning boshlanishi”) deb nom qo‘yadi. 1480-

1487 yillarda esa she’rlaridan "Navodir un-nihoya” nomli devon tuzadi. Umrining oxirgi yillarida

yozgan g‘azal, ruboiy, musaddas va qasidalarini to‘plab 4 devondan iborat "Hazoyin ul-maoniy”

("Ma’nolar xazinasi”)ni tuzadi: ular "G‘aroyibus-sig‘ar”, "Navodir ush-shabob”, "Badosul-vasat”,

"Favoyidul-kibar”. Alisher Navoiy o‘zining o‘lmas asarlari bilan o‘zbek xalq mumtoz she’riyatini

jahon adabiyoti va umumbashar madaniyati miqyosiga olib chiqqan buyuk shoirdir.

Kalit so‘zlar:

Sharq Uyg‘onish, Alisher Navoiy, komil inson, davlat, huquq, siyosat, tarbiya, axloq.

“Ilk devon”dagi barcha she’rlarning keyinchalik “Xazoyinu-l- maoniy”ga kiritilganligi ularning

Alisher Navoiy uchun ham qadrli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Navoiyshunos olim, filologiya fanlari

doktori Aftondil Erkinov jahon qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni o‘rganish asnosida

Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qo‘lyozmasini aniqlab, 2012

yilda fanga ma’lum qildi. Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy

Eron hududida 1378-1508 yillarda hukmronlik qilgan o‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi

muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunlilar devoni” nomi

bilan yuritilmoqda.

Devon 1471 yil 25 dekabrda Anisiy taxallusi bilan she’rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn

Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bo‘lgan SHeroz

shahrida ko‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she’r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1

tarje’band. Bu majmuadagi 224 g‘azaldan 217 tasi “Badoe’ ul-bidoya”ga va faqat bittasigina

“Navodir un-nihoya”ga o‘tgan. Devondagi 90% g‘azal «Ilk devon»da uchramaydi. Bu holat

mazkur g‘azallarning katta qismi 1466 yildan keyingi 5 yil orasida (1471 yilgacha) yaratilganligini

ko‘rsatadi. Avvallari Alisher Navoiyning turkiy tildagi she’riyati 4 bosqichda: “Ilk devon”, “Badoe’

ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya”, “Xazoyin ul-maoniy” tarzida o‘rganilib kelinardi.

Alisher Navoiy 1492-1498 yillarda Husayn Boyqaroning taklifi bilan o‘zining barcha she’rlari,

jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan she’rlarini ham to‘plab, “Xazoyin ul-maoniy”

(“Ma’nolar xazinasi”) nomli yirik kulliyot yaratadi. Kulliyot to‘rt devonni o‘z ichiga olganligi

uchun “Chor devon” deb ham yuritiladi. Kulliyotning Sankt-Peterburg (1498-99, inv. Xanikov-55;

1592-96, inv. Dorn-558), Istambul (1495-97, xattot Darvesh Muhammad Toqiy ko‘chirgan, inv. №

808), Parij (1525-27, kotib al-Hijroniy ko‘chirgan, inv. № 316-317) nusxalari mavjud bo‘lib, ular

asosida professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi (1959-60). Mazkur

matn matning 3-6 jildlarini tashkil etuvchi devonlar uchun asos bo‘lgan.

Alisher Navoiy to‘rt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom berdi. Shu ma’noda

7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi

devonini “G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”) deb nomladi. 20 yoshdan 35 yoshgacha

bo‘lgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”)

deb atadi. 35-45 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va "Badoe’ ul-vasat" ("O‘rta yosh go‘zalliklari")

deb nomladi. 45-60 yoshini umrining qishiga o‘xshatib, "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari")

deb atadi. Har bir devonga 650 tadan g‘azal kiritdi, shunga muvofiq boshqa she’riy janrlarga ham

joy

ajratdi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Olim H.Sulaymonovning izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotini

tuzish ustida bir necha yil tinimsiz mehnat qilgan va 1498 yildagina uni hozirgi holatda tugal tarzda

yakunlagan. Navoiy kulliyot devonlarini o‘zaro ichki mustahkam bog‘liq holda va

qat’iy mutanosiblikda tuzadiki, ularga keyinchalik birorta g‘azal kiritish yoki devonlar tarkibidan

tushirib qoldirish va hatto ichki o‘rnini almashtirish ham mumkin bo‘lmagan.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining ichki tuzilishi jahatidan nihoyatda mustahkam tarzda tartib

berilganligini shundan tasavvur qilish mumkinki, Alisher Navoiy undagi to‘rt devonning har biriga

teng miqdorda 650 tadan g‘azal joylashtirgangina emas, balki shu bilan birga, shu g‘azallarning

qofiyalanishiga ko‘ra ham har bir devonda o‘zaro teng va qat’iy mutanosib bo‘lishiga jiddiy

ahamiyat bergan. Yа’ni, “alif” harfi bilan tugallanuvchi qofiya va radifli g‘azallar to‘rtala devonda

ham 39 tadan, “be” harfi bilan tugallanuvchi qofiya va radifli g‘azallar 27 tadan va h.k. teng tarzda

uchraydi. Yoki yana bir misol. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida hammasi bo‘lib “Ango” radifli 12

g‘azal mavjud. Bu g‘azallar to‘rtala devonga uchtadan teng tarzda taqsimlangan. Shuningdek, ular

har bir devonda bir o‘rinda, ya’ni 8-9-10 o‘rinlarda joylashtirilgan. Bularning barchasi kulliyotning

nihoyatda mustahkam tartibda o‘zaro mutanosib holatda tuzilganligini ko‘rsatadi.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti turkiy she’riyatning gultoji bo‘lib, jami 16 lirik janrni o‘z ichiga

oladi. Bu she’riy janrlar har bir devonga muayyan tartib bilan joylashtirilgan va bu janrlarga oid

she’rlarning umumiy soni 3132 ga teng. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi

devonlarning janr xususiyatlarini kuzatadigan bo‘lsak, ular orasida o‘zaro mutanosiblik borligini

ko‘ramiz. Xususan, “G‘aroyib us-sig‘ar” va “Navodir ush-shabob” devonlariga 8 tadan, “Badoe’ ul-

vasat” va “Favoyid ul-kibar” devonlariga 9 tadan janr kiritilgan va devonlarning hajmi ham bir-

biridan unchalik farq qilmaydi: “G‘aroyib us-sig‘ar”da 840 ta she’r (5718, 5 bayt), “Navodir ush-

shabob” devonida 759 ta she’r (5423, 5 bayt), “Badoe’ ul-vasat”da 740 ta she’r (5420

bayt) va “Favoyid ul-kibar”da 793 ta she’r (588,5 bayt) mavjud. Bu janrlardan g‘azal, mustazod,

musaddas, tarji’band barcha devonlarga o‘zaro teng nisbatda joylashtirilgan.

G‘azalning birinchi bayti matla’ yoki mabda’, oxirgi bayti esa maqta’ deb ataladi va maqta’da shoir

taxallusi qo‘llaniladi. Agar ikkinchi bayt ham matla’ singari qofiyalansa, ya’ni g‘azal qo‘sh matla’ga

ega bo‘lsa, “husni matla’” yoki “zebi matla’”li g‘azal deb ataladi. G‘azalning dastlabki

namunalari VIII-IX asrlarda arab adabiyotida paydo bo‘lgan, fors-tojik adabiyotida ilk g‘azal

yozgan shoir sifatida Ro‘dakiy tilga olinadi. O‘zbek adabiyotida esa dastlabki g‘azal Rabg‘uziyning

“Qisasi Rabg‘uziy” asarida (XIV asr) uchraydi. G‘azalning dostonlar tarkibida uchrashi ilk bor

Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan (1353-54) boshlanadi. Alisher Navoiy o‘zining qit’alaridan

birida g‘azaldagi ustozlari sifatida fors-tojik shoirlari Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va

Hofiz Sheroziyni keltirib o‘tadi.

Navoiy g‘azallarini mavzusiga ko‘ra shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:

1.

Ishqiy

mavzudagi

g‘azallar

2.

Tasavvufiy-falsafiy

mavzudagi

g‘azallar

3.

Ijtimoiy

mavzudagi

g‘azallar

4.

Tabiat

tasviri

aks

etgan

g‘azallar

5.

Hajviy

mavzudagi

g‘azallar.

Alisher Navoiyning zamondoshi tarixchi Zayniddin Vosifiyning “Bado’e ul-vaqoe’” asarida

keltirilishicha, bu mustazodga o‘z davrining mashhur bastakori Xoja Abdullo Marvorid kuy

bastalagan. Qo‘shiq shunchalik shuhrat qozonganki, Hirotda bu qo‘shiqni tinglamaydigan xonadon

bo‘lmagan. Hatto bir bazmda mustazodning “sarmastu yaqom chok” satri kuylanayotganda, majlis

ahli o‘z yoqalarini yirtganlar va bu holni bir tasodif tufayli tuynukdan qarayotgan hazrat Navoiyning

o‘zi ham ko‘rgan. Alisher Navoiy keyinchalik “Hayrat ul-abror”da bu hodisani shunday tasvirlaydi.

Kulliyotdagi uchinchi janr muxammas bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy”da muxammaslarning soni 10 ta.

Qizig‘i shundaki, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 10 ta muxammasidan 3 tasi

“malik ul-kalom” Lutfiyga, qolgan 7 tasi esa o‘zining mashhur g‘azallariga bitilgan taxmisdir.

Mumtoz adabiyotimiz tarixida ijodkorning o‘z g‘azaliga taxmis bitish hodisasi juda kam uchraydi,

Navoiy taxmislari esa shoirning o‘z g‘azallarini beshlantirish asosida vujudga kelganligini ko‘rish

mumkin. Demak, aytish mumkinki, hazrat Navoiy muayyan mavzuga doir g‘azal yozar ekan, oradan


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

vaqt o‘tib, shu mavzuga qaytishga ehtiyoj sezgan va shu tariqa o‘z g‘azallarini muxammas holiga

keltirgan bo‘lishi mumkin.

“Xazoyin ul-maoniy”ga musaddas (“oltilik”) janri ham kiritilgan bo‘lib, kulliyotdan 5 ta musaddas

o‘rin olgan. “Xazoyin ul-maoniy”da bitta tarkibband ham mavjud. Tarkibband “biriktirib

bog‘lamoq” ma’nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va hajmiga ko‘ra tarji’bandga yaqin turadi.

Faqat undan farqli o‘laroq, tarkibbandda har bandning maqta’si o‘zaro qofiyalanuvchi va bir-birini

takrorlamaydigan mustaqil baytlardan iborat bo‘ladi. Alisher Navoiyning tarkibbandi marsiya

yo‘nalishida bo‘lib, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag‘ishlangan. Tarkibbandda

shoirning aziz insonidan ayrilishi tufayli vujudga kelgan qalb og‘riqlari, dardli hissiyotlari, alamu

iztiroblari bayon qilinadi. SHoir, ayniqsa, Sayyid Hasan Ardasher vafot etgan vaqtda Hirotdan

uzoqda bo‘lganligi, u bilan vidolasha olmaganligidan cheksiz iztirob chekadi.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo‘lib, “G‘aroyib us-sig‘ar”

devoniga kiritilgan. Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan. Unda shuningdek, so‘z ta’rifi, she’r

va shoirlik, badiiy ijod bilan bog‘liq masalalar ham qalamga olingan.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi navbatdagi janr qasidadir. Qasida arabcha “maqsad”, “niyat”

ma’nolarini bildirib, biror tarixiy shaxs yoki voqeaga bag‘ishlab yoziladigan katta hajmli she’r turi

hisoblanadi. Alisher Navoiyning mazkur kulliyotga kirgan qasidasi “Hiloliya” bo‘lib, uchinchi

devon “Badoe’ ul-vasat”dan o‘rin olgan. Qasida tuzilishiga ko‘ra to‘liq, mavzusiga ko‘ra esa madh

qasida hisoblanadi. Hajman 91 baytdan iborat.

“Xazoyin ul-maoniy”dagi 133 ta ruboiydan 116 tasi taronayi ruboiy hisoblanadi. Ruboiy muayyan

kompozitsiyaga ega. Mumtoz ruboiy talablariga ko‘ra, unda to‘rt unsur mavjud bo‘ladi. Mazkur

unsurlar to‘rt misrada aytilmoqchi bo‘lgan falsafiy, axloqiy yoki didaktik fikrning ma’lum bir

yaxlitlikka erishishini ta’minlaydi. SHu ma’noda to‘rt misrani quyidagi unsurlarga taqsimlash

mumkin:

1)

tezis – unda ruboiyda aytilmoqchi bo‘lgan fikr, boshqacha aytganda ruboiy mavzusi bayon

qilingan bo‘ladi;

2) antitezis – bunda birinchi misraga qarama-qarshi fikr aytiladi;

3) moddai ruboiy – to‘rtinchi misrada aytilmoqchi bo‘lgan fikr uchun ko‘prik vazifasini o‘taydi;

4) sintez – xulosa.

Lekin bu unsurlarning doimiy mavjud bo‘lish talabi nisbiy bo‘lib, ko‘pincha tezis va antitezisning

o‘rniga faqat moddai ruboiy va sintezning qo‘llanilganligini kuzatish mumkin.

Alisher Navoiy insonni ulug‘laydi. Uning ko‘ngli muqaddas ekanligini takror-takror ta’kidlaydi.

Ayni paytda har bir kishi ezgu nom qoldirishi, umrini yaxshiliklar qilish bilan kechirishi

muhimligini uqtiradi. Buyuk insonparvar shoir o‘rta asrdagi Uyg‘onish davrining boshqa

ulug‘ zotlari singari butun hayotida haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. U o‘z

davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi va buni o‘z asarlarida ifodaladi. Ilohiy g‘oyalar,

timsollar uning uchun inson hamisha intiladigan ideal olam bo‘lsa , dunyo shu ideal olamning

ko‘zgusi, ibrat va saboq maydoni.

Adabiyotlar :

1.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:“Fan”,

2002

2.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 17-tom. Nasoyim ul-muhabbat. T.: “Fan”, 2002

3.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 18-tom. Devoni Foniy. T.: “Fan”, 2002

4.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 19-tom. Devoni Foniy. (davomi). T.: “Fan”,

2002

5.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20-tom. Devoni Foniy.(davomi). Qasidalar,

Mufradot, Ilovalar. T.: “Fan”, 2002

6.

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy, 3-jild. –Toshkent: Fan, 1960.

7.

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. IV tom. –Toshkent: Fan, 1960.

8.

Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida// Til

va adabiyot ta’limi. 2011, 8-son.

Библиографические ссылки

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:“Fan”, 2002

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 17-tom. Nasoyim ul-muhabbat. T.: “Fan”, 2002

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 18-tom. Devoni Foniy. T.: “Fan”, 2002

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 19-tom. Devoni Foniy. (davomi). T.: “Fan”, 2002

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 20-tom. Devoni Foniy.(davomi). Qasidalar, Mufradot, Ilovalar. T.: “Fan”, 2002

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy, 3-jild. –Toshkent: Fan, 1960.

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. IV tom. –Toshkent: Fan, 1960.

Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida// Til va adabiyot ta’limi. 2011, 8-son.