Авторы

  • Xakimov Nodirbek Toirjonovich
    Oriental universiteti “Ta’lim menejmenti” mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.129743

Ключевые слова:

pedagogik qobiliyat yaratuvchanlik innovatsion metodlar zamonaviy axborot texnologiyalari web-texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqola Ta’lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini takomillashtirish haqida bo‘lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o‘rganib chiqildi. Pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi pedagogik ta’limning sifatini va axborot ta’minotini rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib beradi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Xakimov Nodirbek Toirjonovich

Oriental universiteti “Ta’lim menejmenti”

mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqola Ta’lim muassasalarida boshqaruv usul va uslublarini takomillashtirish

haqida bo‘lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o‘rganib

chiqildi. Pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi pedagogik

ta’limning sifatini va axborot ta’minotini rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib beradi.

Kalit so‘zlar:

pedagogik qobiliyat, yaratuvchanlik, innovatsion metodlar, zamonaviy axborot

texnologiyalari, web-texnologiyalar.

Annotation.

This article is about improving management methods and techniques in educational

institutions, and the opinions and opinions of research scientists on the subject were deeply studied.

The introduction of a single information space for pedagogical educational institutions will create

good conditions for the development of the quality of pedagogical education and information

provision.

Key words:

pedagogical skills, creativity, innovative methods, modern information technologies,

web technologies.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы совершенствования методов и

технологий управления в образовательных учреждениях, глубоко изучены мнения и взгляды

учёных-исследователей по данному вопросу. Внедрение единого информационного

пространства педагогических образовательных учреждений создаст благоприятные условия

для повышения качества педагогического образования и информационного обеспечения.

Ключевые слова:

педагогическое мастерство, креативность, инновационные методы,

современные информационные технологии, веб-технологии.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan oliy ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtaga quyilayotgan

vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga bog’liq. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda

murakkab kasbdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan

maqsadga erishish, talabalarning xilma xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli,

mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan.

Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi,

tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog’liq.

Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki

pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, tamoyillar,

umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, talabalarning yosh va individual xususiyatlarini

e'tiborga olish ta’kidlanadi. Universitet hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xil,

murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa

o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda

ijodkorlikni talab etadi. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum

jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak. Pedagoglik

kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo‘lishi, so‘zlarni to‘g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq

va asablari joyida bo‘lishi, boshqalar bilan muomalada o‘zini tuta olishi zarur. Shuningdek,

o‘qituvchida talabalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik,

kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi

shaxsiy sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir. Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan

foydalanib o‘qitish uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Qolaversa,

axborotni uzatish, International scientific-practical conference on the topic of "Problems and

perspectives of modern technology in teaching foreign languages" saqlash, tasvirlash sifati sezilarli

darajada ortdi. Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga

aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida

umumiy ishga aylanishi shubhasiz.

Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish

Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning

an'anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy o millar mavjud. Mazkur omillar

didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.

Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik,

tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya,

informatikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning International scientific-practical

conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign

languages" fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini

ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda

to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish

mustaqilligi hamda faollilik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish

mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning

yaxlit birligi.

Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish,

ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog’liqliligi,

o‘zaro aloqadorliligi, turli tumanligi, amalga oshirilishi.

Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur (tushunchaviy nazariy,

ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari,

yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori

darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda rag’batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual

psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib,

o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi talabalarning yosh imkoniyatlari

va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli,

asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.

Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o‘tkaziladigan

manbalar kiradi.

Tarmoq talablariga "mijoz-server" arxitekturasi, Internet-navigatorlar, tarmoq operasion tizimlari,

telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (o‘qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi

qayta aloqa) kiradi.

Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‘lchami,

rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.

Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va

moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish,

differensiasiyalash (tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.

Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini

tashkil etish.

Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv fanining

o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning

zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi.

Internet resurslaridan ta’lim jarayonida foydalanish O‘quv jarayonlarida Web-saytlardan

foydalanishning ko‘pgina yutuqlari mavjud. Shu bois bunday saytlarni yaratish va mazmunan

yangilab boorish oliy ta’lim muassasasi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan

o‘quv muassasalari uchun bag’ishlangan saytlarni yaratish har bir ta’lim muassasasi oldida turgan

birlamchi vazifalar qatoriga kiradi. Bunday saytlarni yararish uni o‘rganish mobaynida internet

tizimi bilan bog’liq omillarni hisobga olish lozim. Bunday omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish

mumkin:

• dunyo bo‘yicha internet xizmati imkoniyatlarining kengligi;

• web-saytlar xizmatidan foydalanishning oddiyligi;


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

• web-texnologiyalarni tarqatishdagi qulaylik;

• real vaqt masshtabida axborotlarga bo‘lgan talablar;

• muassasa va xususiy shaxslarning o‘zlari to‘g’risidagi axborotlarni internetga joylashtirishga

intilishi;

• tarmoq ma’lumotlar bazasida global mashstabdagi ixtiyoriy ma’lumotlarni to‘plash.

O‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati Internet texnologiyalarining imkoniyatlari

kengligi va sodda ekanligi internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib

kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko‘pchilik qismini albatta, talabalar, o‘quvchilar, ilmiy

izlanish bilan band bo‘lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim

jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o‘quv muassasalariga bag’ishlangan web-saytlardan

foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga

yordam beradi.

Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda

o‘quv muassasasida tahsil olayotgan talabalarning (umuman har qanday sohada faoliyat

ko‘rsatuvchilarning) zarur axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch

keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to‘la va to‘g’ri hal qila olishidagi muhim

sharoitlardan biriga aylanib bormoqda.

Ta’lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini

aniqlashda avval Internet xizmatining turlari va ularning xarakterini aniqlab olish nihoyatda

muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar Internet tarmog’ida ishlashning tashkiliy jihatdan

shakli va usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikasiyalashga asos qilib internetning

ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va

kommunikasion xizmat turlariga ajratish kerak.

O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o‘qitish, o‘quv jarayonini a’nanaviy tashkil

etishning asosiy shakllarini o‘z ichiga oladi. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya

amaliyoti, nazorat tizimi, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot va mustaqil ishlari shular jumlasidandir.

O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu barcha shakllari amaliyotda tinglovchilarni mustaqil bilish

faoliyati turli axborot manbalari bilan osongina birlashtirishni, kurs olib borayotgan o‘qituvchi bilan

tezkor va tizimli aloqa qilish hamda tinglovchilarning guruh bo‘lib ishlarni amalga oshirish

imkoniyatini beradi.

Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. Deyarli har daqiqada

sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir

bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda,

ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informasiya ta’siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi.

Hayotni anglash, uni o‘rganish informasiyalarni yig’ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning

bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informasiyalarning ko‘p

yoki ozligi bilan belgilanadi.

Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni takomillashtirishda yangi

axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim

tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida o‘quv muassasalari uchun yaratilgan

saytlardan foydalanish o‘qitish qo‘llanilmoqda.

O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzalligi shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga

qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin.

O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzallik tomoni unda o‘qish muddatini

talaba o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi

nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Talaba

berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni tugatadi va guvohnoma

oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat

beriladi.

XULOSA

Yuqoridagidan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o‘quv muassasalarida faoliyat yuritayotgan


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

professor-o‘qituvchilar ayniqsa, informatika o‘qituvchilari hamda o‘quv muassasasi talabalari

orasida qiziqishi katta bo‘lgan talabalar birgalikda ushbu o‘quv muassasasining saytini yaratish,

mazmunini yangilab borishda muhim ishtirokchilar hisoblanadilar. Shularni inobatga olgan holda

yuqorida oliy ta’lim jarayonida innovatsion o‘qitish usullari va interaktiv go‘yalar asosida o‘quv

jarayonlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan fikr mulohazalar ko‘rib chiqildi.

Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’lim tizimida axborot

kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.

Afzalliklari: vaqt va pulni tejash; masofaviy ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish; o‘qituvchilarning

elektron kitob va kurslarni tayyorlashni takomillashtirish; kasal bo‘lish xavfini kamaytirish;

talabalarning bilim olishlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishidir. Kamchiliklari: individual ishlash

qiyinchiliklari; bilimlarni baholashning murakkabligi; ilmiy tadqiqot faoliyatining pasayishi;

talabalar o‘rtasidagi texnologik tengsizlik; talabalar bilan bevosita aloqaning yo‘qligi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor

bo‘lishini, o‘z fanini innovatsion yondoshuv asosida o‘qitishni, interaktiv usul va vositalardan

unumli foydalanishi, fanning muhim muommolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini

talabalarga yetkaza olishi va nihoyat talabalarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata

olishini talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi avvalo axborot texnologiyalari malakalarini egallashi

zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. -Rutledj.

Ikkinchi nashr. 2012. 202-bet.

2. Egamberdiyeva N.M. "Ijtimoiy pedagogika"- T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy

kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

3. Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika. -T.:2011 y. Noshir nashriyoti.

4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, "Ma’naviyat", 2008.

5. Mavlanova R. va boshqalar. Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2010 y. "Fan va texnologiya"

nashriyoti. 461 bet.

6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

"O‘zbekiston" NMIU, 2017. - 485 bet.

7.

Usmonov M. T

. Information Security Policy. International Journal of Academic Pedagogical

Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 70-73.

8.

Usmonov M. T

. Information War. International Journal of Academic and Applied Research

(IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 79-82.

9.

Usmonov M. T

. International and National Legal Base in the Field Of Information Security.

International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1,

January - 2021, Pages: 7-14.

10.

Usmonov M. T

. Legal Legislative Basis for Detection of Information Crime. International

Journal of Academic Engineering Research (IJAER) ISSN: 2643-9085 Vol. 5 Issue 1, January -2021,

Pages: 80-87.

Библиографические ссылки

Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. -Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 202-bet.

Egamberdiyeva N.M. "Ijtimoiy pedagogika"- T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009 y.

Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika. -T.:2011 y. Noshir nashriyoti.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, "Ma’naviyat", 2008.

Mavlanova R. va boshqalar. Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2010 y. "Fan va texnologiya" nashriyoti. 461 bet.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. "O‘zbekiston" NMIU, 2017. - 485 bet.

Usmonov M. T. Information Security Policy. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 70-73.

Usmonov M. T. Information War. International Journal of Academic and Applied Research (IJAAR) ISSN: 2643-9603 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 79-82.

Usmonov M. T. International and National Legal Base in the Field Of Information Security. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 1, January - 2021, Pages: 7-14.

Usmonov M. T. Legal Legislative Basis for Detection of Information Crime. International Journal of Academic Engineering Research (IJAER) ISSN: 2643-9085 Vol. 5 Issue 1, January -2021, Pages: 80-87.