Авторы

  • Bo’riyev Umarbek Ulug’bek o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.129747

Ключевые слова:

ekologik leksika sema leksema ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi semantika.

Аннотация

 Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi, ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Maqolada  ekologik atamalarning struktual-kompozitsion xususiyatlari haqida so’z boradi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EKOLOGIK ATAMALARNING STRUKTURAL-

KOMPOZITSION XUSUSIYATLARI

Bo’riyev Umarbek Ulug’bek o’g’li

Umarbek95buriyevgmail.com

+998889380095

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ekologik atamalarning keng qo’llanilishi,

ularning o’xshasha va farqli tomonlari qisqacha tanishtirib o’tilgan. Maqolada

ekologik

atamalarning struktual-kompozitsion xususiyatlari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

ekologik leksika, sema, leksema, ekologik atamalarning farqlari va o’xshashligi,

semantika.

Maʼlumki, insonning maʼnaviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-maʼrifiy rivojida ona

tilining o‘rni favqulodda muhimdir. Milliy maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyatning eng xolis va

yorqin ko‘zgusi1 sifatida til (o‘zbek tili) azaldan ekologiyaga oid tushunchalarni qisqa, lo‘nda va

sodda shakllarda ifodalab kelgan. Ular ichida damba, yog‘in, isish, kecish, qirqish, kovlash, qurish,

quritish, suv, tutun, urug‘, o‘toq, chang, cho‘l kabi turkiy qatlamga oid; bog‘, bo‘ron, ishqor,

kushanda, toza singari forsiy; iflos, muvozanat, musaffo, muhit, sel, tabiat, havo, xavf, hayot,

harorat singari arabiy qatlamga oid leksemalar uchraydi va ularning har birida «ekologiya» semasi

yashiringan bo‘ladi. Bu turdagi atamlar nafaqat turli tillardan olingan o‘zlashmalar bilangina emas,

ularning turli leksik qatlamga oidligi bilan ham ajralib turadi. Aksariyat hollarda ekologik leksikaga

oid bo‘lgan so‘zlar boshqa sohalarda ham ayni yoinki yaqin leksik maʼnolari bilan keng qo‘llaniladi.

Ekologik leksikaga oid so‘zlarning ushbu jihatlari boshqa tillarga ham birdek xosdir. Bunda keyini

yillardagi ijtimoiy asoslardan kelib chiqqan holda ekologiyaning alohida fan sohasiga aylangani

alohida o‘rin tutadi. Jumladan inliz tilidagi ekologik atamalarining taraqqiyoti va alohida leksik

birliklar sifatida rivojlanishi shubhasiz ekologiyaning alohida fanga aylangani va atamalarning

funksional semantikasidagi xususiylashishi, ularning tematik guruhlarining shakllanishi aynan

fanning boshqa sohalar bilan uzviy aloqasi asnosida yuzaga keldi.

Ingliz tilidagi ekologik atamalarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti va struktural-semantik jihatlari

tadqiqi R.Vitgix, I. Dedyu, I.N.Ponomarev, B.Shtrayt, L.Trepl kabi xorijiy va Z.A.Djurabayeva,

X.D.Paluvanova kabi o‘zbek olimlari izlanishlari asosida amalga oshirildi. Buning natijasida

ekologik atamalarning lisoniy xususiyatlari va taraqqiyoti shubhasiz qiyosiy tadqiqotga sharoit

yaratish bilan bir qatorda, globallashuv jarayonida atamalarning tillararo aloqasi tamoyillarini ham

tahlil qilindi.

Oldingi boblarimizda aytib o‘tganimizdek ekologiya alohida fan sohasi sifatida paydo bo‘lganiga

uzoq vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, sohadagi atamalar umumisteʼmoldagi so‘zlarning semantikasida

torayish va xususiylashish sodir bo‘lganligi asnosida hosil bo‘lgan. Shuni alohida aytib o‘tish joizki

ekologiya bilan bog‘liq so‘zlar barcha tillarda ham qadim zamonlardan ayni shu semantikada keng

qo‘llanilgan. Jumladan o‘zbek tilida “to‘qay, qayir, dasht, cho‘l, qurg‘oqchilik” kabi so‘zlar qadim

zamonlardanoq Beruniy, Navoiy, Bobur kabi allomalar asarlarida ayni sohaga oid maʼnolarda

qo‘llanilgan. Xuddi shunday holat ingliz tilida ham kuzatilib, bu sohadagi so‘zlarning paydo bo‘lishi

ilk davri sifatida 7-19 asrlar davomida kundalik turmush xo‘jaligi, tabiat hodisalari, tirik

organizmlarning nomlari sifatidagi so‘zlar tarzida shakllana boshlagan.

Buyuk geografik kashfiyotlar, tabiatning keng miqiyosda ilmiy o‘rganilishi va Darvizim, naturalizm

kabi ijtimoiy harakatlarning paydo bo‘lishi bilan 19 asrdan keyin ingliz tilida ekologiya sohasida

tubdan burilish va keskin taraqqiyot yuzaga kelishi atamalarning taraqqiyotida yangi davrni boshlab

berdi. Ammo bu davrdagi ekologik atamalarning paydo bo‘lishida lotin va grek tillaridan olingan

so‘zlar negiziga qurilgan bo‘lib, ko‘p hollarda ingliz tilining leksik jihatlarini aks ettirsada,

negizdagi o‘zlashma birliklar yaqqol seziladi. Ayni shu davrda ingliz tilida biologiya, zoologiya va

boshqa fanlar negizida alohida ekologiya bilan shug‘ullanuvchi sohalar paydo bo‘lib, fanda yeso va


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

bio o‘zakli atamalar, ecology - ekologiya, ecosystem – ekotizim, biometry - biometriya, biocenosis

– biotsenoz kabi yangi konseptlar ham shakllana boshladi.

Ekologik atamalarning keyingi taraqqiyotida umumiy leksikaga xos bo‘lmagan alohida

nominatsiyalar ham paydo bo‘lib, ular shubhasiz tilning ichki tuzilishi qonuniyatlari va

derivatsiyalari asnosida shakllandi. Shu sababli ekologik atamalarning shakllanishida turli tillardagi

derivatsion tamoyillarni tahlil qilish alohida o‘rin egallaydi.

Ekologik atamalarning struktural-semantik jihatlarini tahlili qiladigan bo‘lsak ularning strukturasi

sodda, yasama va ko‘p komponentli atamalarga ajratilganligini ko‘ramiz. Tadqiqotlarimiz davomida

Britaniya Milliy korpusi(BNC-British National Corpus) orqali ingliz tilida keng foydalaniladigan va

lug‘atlarda ko‘rsatilgan 2000 ortiq ekologik atamalarni tahlil qildik. Ularning lisoniy jihatlarini

o‘rganish jarayonida struktural xususiyatlari quyidagi turlardan iborat ekanligini aniqladik.

1-jadval

Miqdori

%

Sodda atamalar

356

17,74

Derivatsion atamalar

77

3,84

Murakkab komponentli atamalar

1531

76,28

Qisqartmalar

43

2,14

Jami

2007

100

Turli tizimlarga mansub tillardagi ekoleksikaning tadqiq etilishi shuni ham ko‘rsatdiki, undagi turli

leksik-semantik guruhlarga mansub ekoso‘zlarning asosiy maʼnosiga qo‘shimcha yana konnotativ

emotsional baholash maʼnolari ham qo‘shilishi aniqlandi. Buni ekoso‘z va ekoterminlar

ifodalaydigan tushunchalar insonning tabiat, atrof-muhitga nisbatan salbiy yoki ijobiy taʼsiri natijasi

deb izohlash mumkin. Shunga ko‘ra ekoleksika ikki katta leksik semantik guruhga (LSG) ga

bo‘linadi:
1) ijobiy maʼnoga ega ekologik birliklar;
2) salbiy maʼnoga ega ekologik birliklar.
Birinchi guruhdagi ekoleksika, o‘z navbatida quyidagi mikroguruhlarga ajratiladi:
a) ijobiy maʼnoga ega feʼllar; b) tabiiy geografik nomlar; v) hayvonot va o‘simlik dunyosi terminlari;

g) texnika va vositalar ifodalovchi ekoterminlar; d) ishchi xodimlar nomlari;
Ikkinchi guruhga mansub ekoleksemalar quyidagi mikroguruhlardan tashkil topgan:
a) salbiylik maʼnosini anglatuvchi feʼllar; b) ekologik halokatlar; v) ifloslikni keltirib chiqaruvchilar

nomlari; g) inson faoliyatini anglatuvchi ekoso‘zlar.
Ekoleksikaning bunday LSG lari nafaqat rus va ingliz, balki o‘zbek tilida ham mavjud. Ularni

tilshunoslik va unga yaqin toifadagi so‘zlarning tabiati va ulardagi dinamik o‘zgarishlarni, ularning

nutqda qo‘llanishi xususiyatlarini hamda uzluksiz ko‘payib borishi, taraqqiy etishi muammolarini

aniqlash imkoniyatlarini kengaytiradi, ularni har tomonlama va chuqur talqin etishga xizmat qiladi.
O‘zbek tili ekoleksikasi tarkibida salbiy mazmun va maʼnoli so‘zlar ularga qarshi turgan ijobiy

maʼnoli ekoso‘zlarga nisbatan ko‘proq ekanligi tadqiqot davomida aniqlandi. Bunday

ekoleksemalarning miqdor jihatidan ko‘pligi va tinmay ko‘payib borayotganligi O‘zbekistondagi


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

ekologik ahvolning murakkabligi va bu global ahamiyatga ega muammoni hal qilishga yetarli

darajada eʼtibor berilmayotganligi bilan izohlanadi. Bunday achinarli hol shu hududlar tili bo‘lgan

o‘zbek tilida ham o‘z aksini topgan. Bu jarayonni umuman teskari tomonga burib yuborish faqat

tilshunoslargagina bog‘liq emas. Bunda butun jamiyat mavjud ijtimoiy qudratini ushbu ezgu maqsad

sari yo‘naltirmog‘i muhim. Yuqorida sanab o‘tilgan ekoleksikaning o‘zbek va ingliz tillaridagi

LSG larini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Ijobiy maʼnoga ega bo‘lgan ekoso‘zlar ingliz va o‘zbek tillarida keng tarqalgan. Ular besh turdagi

kichik guruhlarga bo‘linadi.
1.

Ijobiy maʼno anglatuvchi feʼllar, yaʼni insonning tabiatga nisbatan ijobiy munosabatini

ifodalovchi feʼllar. Bunday so‘zlar salbiy maʼnoli feʼllarga nisbatan ancha oz. Ingliz tilida bu

mikroguruh 300 leksik birlik, rus tilida 400 ta leksik birlik, o‘zbek tilida700 leksik birlikni tashkil

qiladi.
Bu biz tekshirayotgan barcha tillardagi so‘zlarning deyarli yarmini tashkil qiladi. Ular tarkibiga

ko‘ra sodda, yasama va qo‘shma so‘zlardir. Ingliz til ida bunday so‘zlarning asosiy qismi prefiksal

usulda yasalgan. Ular o‘zbek tilida suffiksal usulda hosil qilingan ekvivalentlarga ega. Masalan:

pereadaptirovatsya – to readaptation, - qayta moslashmoq, reorganizovat – to reorganize - qayta

tuzmoq va b.
Suffiksal feʼllar: eng faol suffikslar ingliz tilida: -en, -ty, -ate, -ize – to purify, to liquidate, to

harmonize, to freshen;
o‘zbek tilida: - la, -moq, -lashtir: tozalamoq, yo‘q qilmoq, uyg‘unlashtirmoq;
Tub yoki sodda feʼllar ham rus va ingliz tillarida unchalik oz ham, ko‘p ham emas.
Ingliz tilida: to purge, to protect, to limit;to litter; to mine;to purge; to preserve; to freeze;to clog; to

safeguared;
O‘zbek tilida: tozalamoq; himoyalamoq; cheklamoq; tartibsiz holda tashlamoq; kovlab qazib olmoq;

tozalamoq; ehtiyot qilmoq; muzlamoq; ifloslantirmoq; qo‘riqlamoq;
Bunday toifadagi qo‘shma ekoso‘zlar barcha tillarda oz miqdorda uchraydi.
Ijobiy maʼnodagi ekofeʼllarning ko‘pchiligi so‘z birikmalari ko‘rinishida qo‘llanadi:
Ingliz tilida: to fight pollution; to preserve ecosystems; to harmonize industry; to preserve

woollands; to reduce pollution;
O‘zbek tilida: ifloslanishlarga qarshi kurash; ekotizimlarni ehtiyot qilish; sanoatni moslashtirmoq;

o‘rmonli joylarni asrab avaylash; iflosliklarni kamaytirish;
2) Tabiiy geografik tushunchalarni ifodalovchi ekoso‘zlar.
Bunday so‘zlar ham

o‘zbek tilida ko‘p topiladi. Masalan:

O‘zbek tilida: tabiat; o‘rmon; ummon; daryo; ko‘l; qo‘ltiq; botqoqlik; qirg‘oq; basseyn; botqoq;

tog‘ oralig‘i; bog‘; atrof; dovul; yer; botqoq; chakalakzor;
Ingliz tilining o‘zida ular juda ko‘p leksik birlikni tashkil etgan. Ular ham sodda, yasama va

qo‘shma so‘zlardan iborat. Bunday so‘zlarning ko‘p qismi ingliz tilida sodda so‘zlar. Masalan:
Ingliz tilida: nature; forest; ocean; river; lake; bay; bog; bank; basin; coast; arr; defile; garden;

habitat;hurricane; land; morass; moor; mire; thicket;


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Ular orasida qo‘shma so‘zlar ham mavjud va ular quyidagi modellarda o‘z ifodasini topadi:
Ingliz tilida: wild life; ecosystem; landscape; water-ratio; urban center; thick fog; plant ecology;

marine life; float wood; droughty zone; derelict land; barren soil; waste land;
O‘zbek tilida: yovvoyi dunyo; ekotizim;landshaft; suv miqdori; shahar markazi; qalin tuman;

o‘simliklar ekologiyasi; suv osti hayoti; suzuvchi o‘rmon; qurib qolgan zona; tashlandiq yer;

unumsiz yer; bo‘sh yer;
Inglizcha bunday so‘zlarga boshqa tillarda ayrim hollarda so‘zlar to‘g‘ri keladi. Masalan:
Ingliz tilida: woodland; greenhouse; grassland; greenbelt; nonforested area;
O‘zbek tilida: sero‘rmon joy; issiqxona; yashil maydon; o‘rmonsiz joy;
3) hayvonot va o‘simlik dunyosi ekoso‘zlari.
Ingliz va rus tillarida bu toifadagi so‘zlar ichida sodda va tub so‘zlar boshqasiga qaraganda ko‘p:
Ingliz tilida: flower; fowl; animal; mammals; adipose; biota; fauna; verdure; hammada; harvest;

weed;
O‘zbek tilida: gul; parranda; hayvonot; mayda jonzotlar; hayvonot olami; biyeta; fauna; yashil

o‘simlik; hosil; begona o‘t;
O‘simlik va hayvonot dunyosini ifodalovchi ekoleksemalar qo‘shma so‘zlardan ham tashkil topgan

va ular eng keng tarqalgan quyidagi modellarda o‘z ifodasini topadi.
4) texnika va vositalar maʼnosini anglatuvchi ekoso‘zlar.
Ingliz tilida bunday leksemalarning 60 tasi aniqlangan. Ularning eng ko‘p qismini yasama so‘zlar

tashkil qiladi. Ular ingliz va o‘zbek tillarida agentivlik maʼnosini anglatuvchi suffiks yordamida

hosil qilinadi. Ingliz tilida arrester, duster,

conditioner. O‘zbek tilida tutuvchi, chang

tozalovchi, konditsioner
Bunday so‘zlarning yarmini (barcha tillarda) qo‘shma so‘zlar tashkil qiladi. Ular tizimiga ko‘ra

quyidagi modellarga mos keladi:
Ingliz tilida dustbin sesspit, dust counter, air cleaner.
O‘zbek tilida ahlat qutisi, chang o‘lchagich, havo tozalagich
5)

Ishchi xodimlarni atovchi ekoleksemalar.

Ishchi xodimlarni anglatuvchi ekoleksemalar ingliz tilida -ist, -er agentlik suffikslari yordamida

yasalsa, r o‘zbek tilida esa -bon, -chi,

qo‘shimchalar bilan yasaladi. Ingliz tilida gardener,

ecologist, collector, votanist
Ishchi xodimlarni bildiruvchi ekoleksemalar orasida qo‘shma so‘zlarni ham uchratish mumkin. Ular

asosan qo‘yidagi modellar asosida yasalgan. Ingliz tilida landscape architect, dust man, head

forestguard, field ecologist. landshaft arxitektori, ahlatchi, o‘rmon brigadiri, vitekolog

Salbiy maʼnoni anglatuvchi ekoso‘zlar LSGi

1) salbiy maʼnoli ekologik feʼllar:
Ingliz tilida ular 630 so‘zni tashkil qiladi, bu barcha so‘zlarning 40% ga yaqinini tashkil qiladi.

Shulardan 400 tasi sodda so‘zlardan iborat.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Ingliz tilida: to combust; to deplete; to damage; to exhaust; to fume; to obstruct; to clog; to dump; to

extinguish; to foul; to litter; to pollute; to damage;
O‘zbek tilida: yoqish; kamaytirish; zarar keltirmoq; chekmoq; to‘smoq; tashlamoq; o‘ldirmoq;

ifloslantirmoq; xalal bermoq; zarar keltirmoq;

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va maʼrifiy dunyo bilan hamkorlik

yo‘li // O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi XI sesiyasidagi maʼruzasi. ―Mulkdor gazetasi‖. –

Toshkent, 2003yil 25 aprel. – B.4.

2.

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – Toshkent: 1995. – 55 B.

3.

Abduazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. – 2 -kism. Leksikologiya va semasiologiya.

Grammatika. – Toshkent, 1999– 10 B.

4.

Averbux. K.Ya. Standartizatsiya terminologii: nekotorыe itogi i perspektivы (k 50-letiyu

deyatelnosti po standartizatsii terminologii // Nauch.-texn, informatsiya, Ser. 1. – № 3. – S. 81.

5.

Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Chelovek – Ekonomika — Biota — Sreda. –

Moskva.: YUNITI - DANA, 2000. – 27 s.

6.

Antonova M.V, Leychik V.M. Rol konseptualnoy strukturы v formirovanii otraslevoy

terminologii // Terminы i ix funksionirovaniye. – Moskva., 1987. – S. 42-49.

7.

Beznosov V.N., Goryunova SV. Mnogoyazыchnыy slovar osnovnыx terminov po ekologii.

Na russkom, angliyskom, nemetskom, fransuzskom i ispanskom yazыkax. – Moskva.: RUDN, 1995.

– 128 S.

8.

Boburnoma. T., 1989; Kitob – uz –zakot. – Toshkent., – 1993;

9.

Brodskiy. A.K. Kratkiy kurs obщey ekologii.: Uchebn.posobiye. –Spb:DEAN, 1999. -224 s

10.

Veregitina I.V. Terminologiya sistemnogo kompleksa nauchnыx ekologicheskix znaniy:

derivatsionno-semanticheskiy aspekt. Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk . – Moskva, 2006. – 26 s.;

11.

Vinokur G.O. O nekotorыx yavleniyax slovoobrazovaniya v russkoy texnicheskoy

terminologii/Tatarinov V.A. Istoriya otechestvennogo terminovedeniya – T. –Klassiki

terminovedeniya. Ocherk i xrestomatiya. – M.: Moskovskiy litsey, 1994. – S. 218 - 284.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l-demokratik taraqqiyot va maʼrifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li // O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi XI sesiyasidagi maʼruzasi. ―Mulkdor gazetasi‖. – Toshkent, 2003yil 25 aprel. – B.4.

Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – Toshkent: 1995. – 55 B.

Abduazizov A.A. Tilshunoslikka kirish. – 2 -kism. Leksikologiya va semasiologiya. Grammatika. – Toshkent, 1999– 10 B.

Averbux. K.Ya. Standartizatsiya terminologii: nekotorыe itogi i perspektivы (k 50-letiyu deyatelnosti po standartizatsii terminologii // Nauch.-texn, informatsiya, Ser. 1. – № 3. – S. 81.

Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya. Chelovek – Ekonomika — Biota — Sreda. – Moskva.: YUNITI - DANA, 2000. – 27 s.

Antonova M.V, Leychik V.M. Rol konseptualnoy strukturы v formirovanii otraslevoy terminologii // Terminы i ix funksionirovaniye. – Moskva., 1987. – S. 42-49.

Beznosov V.N., Goryunova SV. Mnogoyazыchnыy slovar osnovnыx terminov po ekologii. Na russkom, angliyskom, nemetskom, fransuzskom i ispanskom yazыkax. – Moskva.: RUDN, 1995. – 128 S.

Boburnoma. T., 1989; Kitob – uz –zakot. – Toshkent., – 1993;

Brodskiy. A.K. Kratkiy kurs obщey ekologii.: Uchebn.posobiye. –Spb:DEAN, 1999. -224 s

Veregitina I.V. Terminologiya sistemnogo kompleksa nauchnыx ekologicheskix znaniy: derivatsionno-semanticheskiy aspekt. Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk . – Moskva, 2006. – 26 s.;

Vinokur G.O. O nekotorыx yavleniyax slovoobrazovaniya v russkoy texnicheskoy terminologii/Tatarinov V.A. Istoriya otechestvennogo terminovedeniya – T. –Klassiki terminovedeniya. Ocherk i xrestomatiya. – M.: Moskovskiy litsey, 1994. – S. 218 - 284.