Авторы

  • Teshayev To‘lqin Shuhrat o‘g‘li
    “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mustaqil izlanuvchisi, Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi shahar bo’limi yetakchi inspektori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.129759

Аннотация

Hozirgi kunda dunyoda aholi soni yildan yilga ko‘payishi va aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi ortishi kuzatilmoqada. Oziq-ovqat mahsulotlarini aksariyat qismi qishloq xo‘jaligi yerlaridan olinishi hech kimga sir emas. Bu esa yer resurslaridan samarali foydalanishni hamda doimiy nazorat qilishn taqozo etmoqda. Ma’lumki, yer atrof-muhitning muhim tarkibi sifatida o‘zining kenglik, relyef, iqlim, tuproq qatlami, o‘simliklari, yer osti boyliklari, suvlari bilan tavsiflanganligi holda qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, shuningdek xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirishning kenglik asosi bo‘lganligi sababliyer maydonlarini o‘rganish masalalari yagona davlat yondashuvini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida yer maydonlarini tizimli hamda majmuali tarzda kuzatuvlar asosida nazoratni amalga oshirish zaruratini belgilaydi. Bunday tizimli nazoratni amalga oshirish mexanizmini yer monitoringi deb ta’kidlash mubolag‘a bo‘lmaydi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN YERLARNI MUHOFAZA QILISH

KELAJAK POYDEVORI

Teshayev To‘lqin Shuhrat o‘g‘li

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash

instituti mustaqil izlanuvchisi,

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati

boshqarmasi Qarshi shahar bo’limi

yetakchi inspektori

Hozirgi kunda dunyoda aholi soni yildan yilga ko‘payishi va aholini oziq-ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan talabi ortishi kuzatilmoqada. Oziq-ovqat mahsulotlarini aksariyat qismi qishloq xo‘jaligi

yerlaridan olinishi hech kimga sir emas. Bu esa yer resurslaridan samarali foydalanishni hamda

doimiy nazorat qilishn taqozo etmoqda. Ma’lumki, yer atrof-muhitning muhim tarkibi sifatida

o‘zining kenglik, relyef, iqlim, tuproq qatlami, o‘simliklari, yer osti boyliklari, suvlari bilan

tavsiflanganligi holda qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi, shuningdek xalq

xo‘jaligining barcha tarmoqlarini joylashtirishning kenglik asosi bo‘lganligi sababliyer maydonlarini

o‘rganish masalalari yagona davlat yondashuvini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida yer maydonlarini

tizimli hamda majmuali tarzda kuzatuvlar asosida nazoratni amalga oshirish zaruratini belgilaydi.

Bunday tizimli nazoratni amalga oshirish mexanizmini yer monitoringi deb ta’kidlash mubolag‘a

bo‘lmaydi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq hududlarini

rivojlantirish davlatning iqtisodiy rivojalanishini va barqarorligini ta’minlashdagi muhim omillardan

biri hisoblanadi. Shu sababdan mamlakatning iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda qishloq xo‘jaligi

yerlaridan foydalanish samaradorligi oshirish bo‘yicha oqilona siyosat yuritish, buning uchun esa

qishloq xo‘jaligida yer tuzish va yer munosabatlarini tartibga solish masalalariga ustuvor yo‘nalish

sifatida qarash talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib, yerlardan

foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yerlar; aholi punktlarining yerlari; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa

maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar; tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya

maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; o‘rmon fondi yerlari;

suv fondi yerlari; zaxira yerlar.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik,

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini

ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan

haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar

76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming

gektarni tashkil qiladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga

mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini

qo‘llash, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs

tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga

yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi

yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida

oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga

(0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan

158,9 metr kubgacha qisqardi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy

unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof

muhit ifloslanishi ortib bormoqda.

Jumladan, sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3

foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past

darajaga tushib qolgan.

Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari

uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YAIMga nisbatan rivojlanayotgan

mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni

tashkil etadi.

Ekin yer maydonlarini asrab avaylash, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanishga

yo’l qo’ymaslik oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati tufayli hozirgi kunning dolzarb

masalalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu nihoyatda muhim masalalarni hal etish, qat’iy yer nazoratini amalga oshirish yuzasidan bir

qator hukumat qarorlari qabul qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi

farmoni (17.06.2019 yildagi PF-5742-son), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish

masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi

qarorlar (30.05.2023 yildagi 222-son), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yer hisobi va davlat

kadastrlarini

yuritish

tizimini

tubdan

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risidagi

farmoni(07.09.2020 yildagi PF-6061-son), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yer

munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish

va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonlari (08.06.2021 yildagi PF-

6243-son) qabul qilinishi natijasida yer nazoratini amalga oshirish sohasida bir qator ishlari amalga

oshirildi.

Xususan yer nazoratini amalga oshirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Kadastr

agentligi tashkil etilishi najitasida bir qator yer qonunbuzilishi holatlari aniqlanishiga va yer

maydonlarining, ayniqsa qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer maydonlarining davlat zaxirasiga

qaytarilishi ta’minlanmoqda. Masalan Qashqadaryo viloyati miqyosida oladigan bo’lsak, 2023-yil

davomida jami 2381 ta holatda 1005,7 gektar yer maydonlari o’zboshimchalik bilan egallab

olinganligi aniqlangan bo’lsa, shundan 779(32,71 %) ta holatda 871,8 gektar(86,68%) qishloq

xo’jaligiga mo’ljallangan yer maydonlarida amalga oshirilganligi aniqlangan bo’lsa, 2024-yilning

huddi shu davrida jami 4826 ta holatda 1594,9 gektar yer maydonlari o’zboshimchalik bilan egallab

olinganligi aniqlangan bo’lsa, shundan 1815(37,60 %) ta holatda 1326,8 gektar(83,19%) qishloq

xo’jaligiga mo’ljallangan yer maydonlarida amalga oshirilganligi aniqlangan, ya’ni yer

qonunbuzilish holatlari ko’payib bormoqda.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazishga sabab sifatida nafaqat davlat va jamoat

ehtiyojlarini, yer maydonlarini o’zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlarining

amalga oshirilishi ham keltirish mumkin.

Ya’ni aholi tomonidan yer maydonlarini o’zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish

ishlarining bajarilishi(asosan uy-joy maqsadida qishloq xo’jaligi yer maydonlari egallanmoqda)

keyinchalik ushbu yerlarni qishloq xo’jaligi foydalanishiga qaytarishni murakkablashtirmoqda.

Bunga asosiy sabab sifatida fuqarolar, mahallalar yettiliklari tomonidan jamoatchilik nazoratining

yetarli darajada amalga oshirilmasligi, beparvoliklar sabab bo’lmoqda.

Birgina 2025-yilning 1-yarim yillik

o’tgan davri mobaynida Qashqadaryo viloyati hududlarida jami 818 ta holatda 232,3 gektar qishloq

xo’jaligi yer maydonlari egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Ushbu raqamlarning o’ziyoq qishloq xo’jaligi yer maydonlarini muhofaza qilish har qachongidanda

dolzarb ekanligini yaqqol misolidir.

Bu kabi misollarni Respublikamizning boshqa viloyatlarida ham uchratish mumkin.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 6, ISSUE 01, IYUL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Mazkur salbiy holatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlab bartaraf qilish

maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyat hududida doimiy

monitoring, nazorat tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shu kabi holatlar natijasida qishloq xo’jaligi maqsadiga mo’ljallangan yerlarning kamayib ketishiga

hamda kelgusida ushbu yerlarni qishloq xo’jaligi yeri toifasida boshqa toifadagi yerlar toifasiga

o’tkazilishiga majbur qilmoqda.

Bu kabi holatlarni bartaraf etish uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, vakolatli organlar

vakillari bilan mahallat faollari bilan hamkorlikda yer nazoratini kuchaytirish lozim bo’ladi.

Bu esa o’z navbatida yer qonunbuzilishlarini barvaqt aniqlash hamda oldini olishda muhim omil

bo’lib xizmat qiladi.