Authors

  • Nazarova Sabrina
    Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
  • Umidjon Qo‘ziyev
    Ilmiy rahbar: PhD., dots

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124082

Keywords:

omonim leksik omonimlik eski o‘zbek tili lingvopoetika Atoyi stilistika badiiy tasvir badiiy nutq leksik-sematik xususiyat.

Abstract

Ushbu maqolada eski o‘zbek tilidagi omonimlarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Omonimlar adabiy matnda mazmunni boyitadi, ularning san’atli ifoda vositasi sifatidagi roli  Atoyi asarlari misolida ko‘rsatiladi.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

35

ESKI O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA OMONIMLAR

NING

LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Nazarova Sabrina

Namangan davlat universiteti

Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

PhD., dots. Umidjon Qo‘ziyev

Email:

nazarovasabrina046@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada

eski o‘zbek tilidagi omonimlarning

lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Omonimlar adabiy matnda mazmunni

boyitadi, ularning san’atli ifoda vositasi

sifatidagi roli Atoyi asarlari misolida

ko‘rsatiladi.

Tayanch so‘zlar va birikmalar:

omonim, leksik omonimlik,

eski o‘zbek tili,

lingvopoetika, Atoyi, stilistika, badiiy tasvir, badiiy nutq, leksik-sematik xususiyat.

Annotation:

This article explores the linguopoetic features of homonyms in

Old Uzbek vocabulary. It highlights how homonyms enrich literary texts, with

examples from Atoi's works.

Key words and phrases:

homonym, lexical homonymy, Old Uzbek language,

linguopoetics, Atoyi, stylistics, artistic imagery, artistic speech, lexical-semantic

feature.

Аннотация:

В статье рассматриваются лингвопоэтические особенности

омонимов в лексике Староузбекского языка. Примеры из произведений

Алишера Навои и Атойи

показывают роль омонимов в художественном

тексте.

Ключевые слова и выражения:

омоним, лексическая омонимия,

староузбекский язык, лингвопоэтика, Атойи, стилистика, художественное

изображение, художественная речь, лексико

-

семантическая особенность.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

36

Omonimlar

bu bir xil talaffuzga yoki yozuvga ega bo'lgan,

lekin turli ma'nolarga ega bo'lgan so'zlardir. Ular ko'pincha

kontekstga bog

‘liq holda

tushuniladi va turli vaziyatlarda turlicha

ma'nolarni anglatishi mumkin. Omonimlarning ma'nolari kontekstga qarab

o'zgarishi natijasida, ularni to'g'ri anglashda qo

‘llanish hola

ti alohida ahamiyat kasb

etadi. Til boyligi va ifoda imkoniyatlarini kengaytiruvchi omonimlardan foydalanish

adabiyotda va kundalik muloqotda qiziqarli uslubiy xususiyatlarni yaratadi.

Bugungi kunda omonimiyа hodisаsi

tilshunoslikda keng o

rganilgan mavzu

bo

lib, lug

‘aviy va grammatik birliklarda mavjudligi aniqlangan.

Tadqiqoqchilar,

xususan, o'zbek tilshunosligida Sh.Rahmatullayev, M.Ravshanov, B.Suyunov,

M.Jo'raboyeva, U.Tursunovva N.Rajabov, M.Mirtojiyev, K.Usmonovlar tomonidan

o

zbek tilidagi omonimiya hodisasining turli jihatlari chuqur o

‘rganilgan

.

1

O

‘rganilgan

tadqiqotlarda omonimiya hodisasi qo‘shimcha, so‘z, ibora, tasviriy

ifoda, so‘z birikmasi, gap hattoki ishora (tinish belgi)

darajasida mavjudligi

aniqlandi. Bular affiks omonimiyasi, leksik omonimlik, frazaviy omonimlik,

parafazaviy omonimlik

, so‘z birikma omonim

ligi, gap omonimligi va ishoraviy

omonimlik kabi turlarga ajratiladi.

2

Omonimiya hodisasini o'rgangan olim Y

.Mаslov shundаy yozаdi:

“Til

nаzаriyаsidа omonimiyа vа omonimning leksikogrаfik ish аmаliyotigа

nisbаtаn

аnchа kengroq tushunilishidаn kelib chiqish sаmаrаliroq ko'rinаdi. Biz

omonimiyа degаndа ikkitа turli belgilovchining bir xil tаlаffuzini tushunаmi

z. Bu

bir tomondаn

so'zlаr, morfemа yoki morfemаli birliklаr hаmdа so'z birikmаlаri

1

Lafasova M. Omonimiyaga doir tadqiqotlar. Tilshunoslikning dolzarb masalalari respublika ilmiy-nazariy anjumani

materiallari: 2022.

2

Rajabov F. Omonimiya.

Toshkent: Yangi kitob nashriyoti: 2019.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

37

dаrаjаsidаgi tushunchаgа tааlluqli. Ko'rsаtilgаn tаrzdа belgilаngаn

tushunchаning ichidа turli

bo'l

imlаrni аjrаtish mumkin”.

3

Yuqorida Y.Maslovning fikricha omonimlar bu

ikkita turli

belgilovchi, ya'ni ma'no anglatuvchining bir xil talaffuz qilinishi

sifatida baholagan.Vaholanki omonimlar ikki xil ma'noga ega bir xil talaffuz

etiluvchi so'zlardir. Aynan omonimlarning qo'llanishi nutqning o'ziga xosligi

belgilaydi.

4

G.Ism

аilov

esa

omonimlаrgа bаg'ishlаngаn mаqolаsidа: “Mа'lumki,

omonimiyа

tuzilishi bir xillikkа аsoslаngаn, аmmo mа'no jihаtdаn bir

-

birigа bog'liq

bo'lmаgаn leksik hodisа hisoblаnаdi. Turli xil tillаrdа, qolаversа, o'zbek tilidа

omonimiyа leksemаlаr o'rtаsidа o'zаro tа'sirning pаydo bo'lishidа muhim rol

o'ynаydi

5

deb

yozаdi.

O‘zbek tilining shakllanish va taraqqiyot bosqichlarini chuqur o‘rganish, uning

tarixiy qatlamlaridagi leksik-semantik hodisalarni tahlil qilish orqali til

taraqqiyotining ichki qon

uniyatlarini anglash mumkin bo‘ladi. Shu jihatdan, Eski

o‘zbek tili (asosan XIV–XVI asrlar) o‘zbek adabiy tilining shakllanish davri sifatida

alohida ahamiyat kasb etadi. Bu davrga oid yozma manbalar, xususan Alisher

Navoiy, Lutfiy, Atoyi,

Sakkokiy, Bobur kabi adiblarning asarlari o‘zbek tili

leksikasining boyligi va ifoda imkoniyatlarini namoyon etadi.

Eski o‘zbek tilining

leksik qatlamida omonimlar alohida o‘rin tutadi. Bu kabi so‘zlar badiiy matnlarda

stilistik boylik, so‘z o‘yini va mazmunning ko‘p qirrali ifodalanishini taʼminlaydi.

Omonimlar adabiy asarlarda kinoya, mubolag‘a, majoz kabi badiiy vositalar bilan

uyg‘unlashgan holda qo‘llanib, muallifning til mahoratini yoritadi.

Quyida biz

3

39 Маслов Ю.С. Омонимы в словарях и омонимия в языке (к постановке вопроса) // Вопросы теории и

истории языка: Сборник в честь профессора Б. А. Ларина. –

Л.: Изд

-

во Ленинградского ун

-

та, 1963.

4

Lafasova M. Omonimiyaga doir tadqiqotlar. Tilshunoslikning dolzarb masalalari respublika ilmiy-nazariy anjumani

materiallari: 2022

5

Г.М

. O

монимия транс терминов (на материале узбекского языка) Институт языка и литературы Академии

наук Республики Узбекистан. 2012.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

38

Atoyi

ning tuyuqlarida qo‘llanilgan omonimlarni leksik

-semantik

jihatdan tahlil qilamiz:

Telbaman shahlo ko’zung

olusidin,

Uzmadim bog’ingda vasl

olusidin.

Hajr dashtida yugurmog’lig’ bila,

Yetmadim vaslingga yo’l

olusidin

.

Ushbu baytlarda uch mar

otaba takrorlangan “olus” so‘zi

har

safar turli ma’noda

ishlatilgan bo

‘lib, leksik

-semantik omonim sifatida namoyon bo

‘ladi:

birinchi

baytda qo‘llanilgan ‘ko’zung olusidin” birikmasidagi “olus” so‘zi “nuri, jozibasi,

maf

tunkor ko‘z qarashi” ma’nosida

ishlatilgan. Ikkinchi baytda kelgan

vasl

olusidin”

bu birikmada “olus” so‘zi vaqt, fursat, imkon ma’nosi

ni anglatadi. Oxirgi

baytdagi

y

o‘l olusidin”

birikmasida esa

“olus” bosqich, holat, sabab ma

zmunida

kelgan

. Bu yerda “olus” so‘zi har xil semantik kontekstdan kelib chiqib uch xil

ma’noda ishlatilgan, le

kin leksik shakli bir xil. Bu esa leksik-semantik omonimning

yorqin namunasi hisoblanadi.

Hamnishin ag’yor to ul

yoradur,

Ko’kragim hasrat o’qidin

yoradur.

May bila soqiy himoyat bo’lmasa,

Shahnayi hijron yurakni

yoradur.

Bu baytda “yoradur” fe’li uch marta qo‘llanib, har safar turli semantik ma’noni

ifodalagan:

Ul yoradur

“u yordir”, ya’ni “u ma’shuqadir” ma’nosida (bo‘lish fe’li).

Hasrat o‘qidin yoradur —

“ezilmoqda”, “yurak yoriq holatda” (og‘riq

bildiruvchi fe’l).


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

39

Yurakni yoradur

“yurakni tilka

-

pora qilmoqda”, “azob

bermoqda” ma’nosida.

Bir xil shakl (yoradur) uch xil ma’noda qo‘llanib, leksik

-

semantik omonimlik vujudga kelgan. Bu holat poetik ifodaning

emotsional kuchini oshirgan.

Gar desam, bog‘i visoling

nori bor,

Olma deb achchig‘lab aytur:

nori bor!

Ishq naxli ko‘z yoshimdin suv ichib,

Bargu borini shararlig‘

nori bor

.

Ushbu baytda “nori” so‘zi uch marta qo‘llangan bo‘lib, har gal turli

kontekstlarda va turli semantik

ma’no

la

rda namoyon bo‘lgan. Bu

misralar ham

leksik-semantik omonim sifatida tahlil qilinadi. Birinchi bayt

tdagi “nori” so‘zi

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri ma’noda, ya’ni meva —

anor sifatida ishlatilgan.

“Olma deb...

nori bor” —

bu yerda “nori” go‘zallik, jilva, sevgining vasfi sifa

tida kinoyaviy

ma’noda keladi. Oxirgi misrada qo‘llanilgan “nori”

so‘zi shar, ya’ni olov, jo‘shqin

hislar, muhabbat alangas

i ma’nosida metaforik

mazmunda kelgan. Demak, baytdagi

“nori” so‘zi bir xil fonetik shaklga ega bo‘lsa

-

da, har bir kontekstda o‘ziga xos

semantik rol o‘ynaydi.

Sham

yanglig’ yonadur boshimda

o’t,

Ko’z yoshimdin yer yuzinda undi

o’t.

Qon yoshim qildi yo’lungni lolazor,

Muncha taqsir ayladim, qonimdan

o’t

.

Ushbu baytda “o‘t” so‘zi uch marta takrorlanadi va har gal turli ma’noda

ishlatilgan bo‘lib, omonimlikning badiiy

-

tasviriy quvvatini ko‘rsatadi.

“O‘t” so‘zi


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

40

olov

, dard yong‘ini ma’nosida, ya’ni s

hoir boshidagi holatni sham

kabi yonayo

tgan azob sifatida tasvirlaydi. Ikkinchi misrada “o‘t”

yana olov ma’nosida kelgan bo‘lsa

-

da, bu safar ko‘z yoshidan

undirilgan olov ifodasi b

ilan ruhiy azob kuchaytiriladi. To‘rtinchi

misrada “o‘t” so‘zi fe’l bo‘lib, kechmoq, boshidan o‘tmoq ma’nosida ishlatilgan:

“qonimdan o‘t” —

ya’ni jonimga, qonimga qadar yetdi, qattiq jabr yetkazildi.

Bu baytda “o‘t” so‘zining har uchta holatda har xil ma’noda qo‘llanilishi —

omonimlik orqali ruhiy iztirobning turli darajalarda ifodalanishini ko‘rsatadi.

Bunday uslubiy mahorat badiiy nutqning poetik kuchini oshiradi va obrazlarni

chuqurlashtiradi.

Jilva aylab sakraturda sarkash

ot,

Noz o’qin javlon etib jonimg’a

ot

.

Itlaring xaylig’a xizmat ayladim,

Qo’ydilar ahli vafo deb manga

ot

.

6

Ushbu baytda “ot” so‘zi uch marta takrorlanib, har biri turli ma’noga ega bo‘lib,

omonimlik orqali turfa

badiiy qatlamlar yuzaga kelgan. Birinchi baytda “ot” so‘zi

bu yerda hayvon, s

arkash ot ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa, keying misrada

fe’l

sifatida

otmoq, zar

ba bermoq ma’nosida qo‘llangan. Yakunlovchi misrada esa

nom,

laqab, unvon ma’nosida kelgan.

Shoirga sodiqlik unvoni berilgan.

Baytda “ot”

so‘zi hayvoniy obraz, zarba ifodasi va ijtimoiy laqab shaklida qatnashib, omonimlik

orqali turlicha

ma’no qatl

amlari yaratilgan. Bu esa badiiy ifodaning boyligi va ifoda

erkinligining kuchli

namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, e

ski o‘zbek adabiyotida omonimlar

so‘z o‘yini, kinoya, majoz va boshqa badiiy vositalar bilan uyg‘unlashib, matnga

6

kh-davron.uz


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

41

chuqur ma’nolar va estetik xususiyatlar bag‘ishlaydi. Bu esa

asarning o‘quvchi ongida yanada ta’sirchan va unutilmas bo‘lishiga

xizmat qiladi. Omonimlarning bu davrda

qo‘llanilishi badiiy

matnlarning semantik va stilistik boyligini oshiradi. Ular leksik-

semantik ko‘p qirrali hodisa sifatida nutqning o‘ziga xosligini ta’minlab, tilning

ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi.

Shunday qilib, omonimlar eski o‘zbek tilining

lingvopoetik boyligini tashkil etuvchi asosiy elementlardan biri sifatida til va

adabiyot tad

qiqotlarida chuqur o‘rganilishga l

oyiqdir. Ularning

turli ma’nolarini

kontekstda aniqlash, tilshunoslik va adabiyotshunoslikda muhim tadqiqot

yo‘nalishidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

A.I.Smirnitskiy

“Некоторые замечания по английской ом

o

нимике”

2.

Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. Fan

Toshkent: 1985.

3.

Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy

grammatikasi. Toshkent: 2015.

4.

Faxri Kamol. Ozbek tili leksikasi. O

‘z

FA nashriyoti

Toshkent: 1953.

5.

Hoji

yev A. Mustaqillik sharoitida o‘zbek tili lug‘

at tarkibining rivojlanish

asoslari.

O‘

zbek tili va adabiyoti

Toshkent: 1994.

6.

Mirtojiyev M. O

zbek tilida leksik omonimlarning vujudga kelishi: Filol.fan.

nomzodi diss. … a

vtoref.

Toshkent: 1963.

7.

Mirtojiyev M. So

zlarning shakliy munosabatiga ko

ra tiplari . O

zbek tili

leksikologiyasi. Fan

Toshkent: 1981.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

42

8.

12. Pinxasov Y. Hozirgi zamon ozbek tili leksikasi.

Toshkent:

1960.

9.

Tursunov U, Rajabov N. Omonimlarning paydo bo

‘lish yo‘llari

. O

zbek tili grammatik qurilishi va dialektologiyasi masalalari.

Toshkent: 1966.

10.

Вардуль И.Ф. Место семантики в лингвистическом описании//Вкн.:

Проблемы

семантики. –

М.: Наука, 1974.

11.

Г.М. Омонимия транс терминов (на материале узбекского языка)

Институт языка и литературы Академии наук Республики Узбекистан.2012.

12.

Маслов Ю.С. Омонимы в словарях и омонимия в языке (к постановке

13.

вопроса) // Вопросы теории и истории языка:

Сборник в честь

профессора Б.

14.

Равшанов М. Омонимы в толковом словаре узбекского языка.

Автореф. дис. ... канд. филол. наук. –

Тошкент, 1991.

15.

. Rajabov F. Omonimiya.

Toshkent: Yangi kitob nashriyoti, 2019.

16.

Madvaliev, A. 2006-

2008. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, –

Toshkent.

17.

Xudjaeva, R.M. 2017. Genetik bog‘lanmagan leksik omonimlar

samaradorligi. Monografiya.

T.: Fan va texnologiya,

18.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I, II, III, IV, V jildlar –

T.: O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi, 2006-2008.

References

A.I.Smirnitskiy “Некоторые замечания по английской омoнимике”

Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. Fan – Toshkent: 1985.

Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent: 2015.

Faxri Kamol. Ozbek tili leksikasi. O‘zFA nashriyoti – Toshkent: 1953.

Hojiyev A. Mustaqillik sharoitida o‘zbek tili lug‘at tarkibining rivojlanish asoslari. O‘zbek tili va adabiyoti – Toshkent: 1994.

Mirtojiyev M. O‘zbek tilida leksik omonimlarning vujudga kelishi: Filol.fan. nomzodi diss. … avtoref. – Toshkent: 1963.

Mirtojiyev M. So‘zlarning shakliy munosabatiga ko‘ra tiplari . O‘zbek tili leksikologiyasi. Fan – Toshkent: 1981.

12. Pinxasov Y. Hozirgi zamon ozbek tili leksikasi. –Toshkent: 1960.

Tursunov U, Rajabov N. Omonimlarning paydo bo‘lish yo‘llari . O‘zbek tili grammatik qurilishi va dialektologiyasi masalalari. – Toshkent: 1966.

Вардуль И.Ф. Место семантики в лингвистическом описании//Вкн.: Проблемы семантики. – М.: Наука, 1974.

Г.М. Омонимия транс терминов (на материале узбекского языка) Институт языка и литературы Академии наук Республики Узбекистан.2012.

Маслов Ю.С. Омонимы в словарях и омонимия в языке (к постановке

вопроса) // Вопросы теории и истории языка: Сборник в честь профессора Б.

Равшанов М. Омонимы в толковом словаре узбекского языка. Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Тошкент, 1991.

. Rajabov F. Omonimiya. – Toshkent: Yangi kitob nashriyoti, 2019.

Madvaliev, A. 2006-2008. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, – Toshkent.

Xudjaeva, R.M. 2017. Genetik bog‘lanmagan leksik omonimlar samaradorligi. Monografiya. – T.: Fan va texnologiya,

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I, II, III, IV, V jildlar – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006-2008.