Authors

  • Kamola Soliyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti 2-kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124094

Keywords:

meros nizosi meros da’vosi huquqiy nizo da’vo tushunchasi meros mulki vasiyatnoma qonuniy merosxo‘r huquqiy munosabat nizolar tasnifi merosga oid da’volar.

Abstract

Mazkur maqolada meros munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar huquqiy munosabatlar doirasida tahlil qilinadi. Meros nizolarining tasnifi, ularning huquqiy tabiati va sud amaliyotidagi ifodasi, shuningdek, nizolarni yuzaga keltiruvchi omillar chuqur o‘rganiladi. Muallif tomonidan meros nizolarining turli yuridik talqinlari — da’vo va nizo tushunchalari o‘rtasidagi farqlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda bayon etilgan. Shu bilan birga, maqolada huquqshunos olimlarning merosga oid nizolar bo‘yicha qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Mavzuga oid yondashuvlar orqali meros nizolarini aniqlash va tasniflashda yagona yondashuv ishlab chiqish zaruriyati asoslab berilgan.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

23

MEROS MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN

NIZOLARINING TURLARI VA ULARNING HUQUQIY

TABIATI

Toshkent davlat yuridik universiteti

2-kurs tayanch doktoranti

Soliyeva Kamola Rustamjon-qizi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada meros munosabatlaridan kelib chiqadigan

nizolar huquqiy munosabatlar doirasida tahlil qilinadi. Meros nizolarining tasnifi,

ularning huquqiy tabiati va sud amaliyotidagi ifodasi, shuningdek, nizolarni yuzaga

keltiruvchi omillar chuqur o‘rga

niladi. Muallif tomonidan meros nizolarining turli

yuridik talqinlari

da’vo va nizo tushunchalari o‘rtasidagi farqlar, ularning o‘zaro

bog‘liqligi ilmiy asosda bayon etilgan. Shu bilan birga, maqolada

huquqshunos

olimlarning merosga oid nizo

lar bo‘yicha qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Mavzuga

oid yondashuvlar orqali meros nizolarini aniqlash va tasniflashda yagona yondashuv

ishlab chiqish zaruriyati asoslab berilgan.

Kalit so’zlar:

meros nizosi, meros da’vosi, huquqiy nizo, da’vo tushunchasi,

meros mulki, vasiyatnoma, qonuniy merosxo‘r, huquqiy munosabat, nizolar tasnifi,

merosga oid da’volar.

Abstract:

This article analyzes disputes arising from inheritance relations

within the framework of legal relations. The classification of inheritance disputes,

their legal nature and expression in judicial practice, as well as the factors that give

rise to disputes, are studied in depth. The author, on a scientific basis, sets out the

differences between various legal interpretations of inheritance disputes - the

concepts of claim and dispute, and their interrelationship. At the same time, the

article provides a comparative analysis of the views of legal scholars on inheritance

disputes. The need to develop a unified approach to the identification and

classification of inheritance disputes through thematic approaches is substantiated.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

24

Keywords:

inheritance dispute, inheritance claim, legal

dispute, concept of claim, inheritance property, will, legal heir, legal

relationship, classification of disputes, inheritance claims.

Аннотация:

В данной статье анализируются споры,

возникающие из наследственных отношений в рамках правоотношений.

Глубоко изучаются классификация наследственных споров, их правовая

природа и выражение в судебной практике, а также факторы, порождающие

споры. Автор на научной основе выявляет различия между

различными

юридическими толкованиями споров о наследстве

-

понятиями иск и спор, а

также их взаимосвязью. В то же время в статье представлен сравнительный

анализ взглядов ученых

-

правоведов на наследственные споры. Обоснована

необходимость разработки единого подхода к выявлению и классификации

наследственных споров посредством тематических подходов.

Ключевые слова:

наследственный спор, наследственный иск, судебный

спор, понятие иска, наследственное имущество, завещание, законный

наследник, правоотношение, классификация споров, наследственные иски.

Meros munosabatlaridan kelib chiqadigan nizo -

bu yuridik atama bo‘lib,

marhumning mulkidan o‘z ulushini olishni xohlagan bir necha shaxs da’vo qilganda

qo‘llaniladi. Bu atama marhum shaxsning mol

-mulkiga nisbatan huquq talab

qilayotgan bir nechta vorislar o‘rtasidagi kelishmovchilikni ifodalaydi.

Bunday nizolar hatto vasiyatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ham yuzaga keladi,

bu esa masalaning tinch yo‘l bilan hal etilishini ta’

minlamaydi va kafolatlamaydi.

Bunday holatlarda kelishuv sud orqali amalga oshiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki,

statistik ma’lumotlarga ko‘ra, meros bilan bog‘liq nizolarni hal qilish masalalari eng

murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Ular

O’zbekiston Respublikasining

amaldagi Fuqarolik kodeksi moddalari asosida ko‘rib chiqiladi.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

25

Meros nizosi tushunchasi, meros huquqiy munosabatning

o‘zi kabi, doktrinada keng ko‘lamda ishlab o’rganilgan bo‘lib, unda

ko‘pincha

"da’vo"

va

"nizo"

tushunchalari

bir

-biriga

tenglashtiriladi. Jumladan, P.S.

Nikityuk meros haqidagi da’volarni

besh guruhga ajratib, quyidagi nizolarni sanab o‘tgan: qonuniy merosxo‘rlar

o‘rtasidagi; qonuniy merosxo‘rlar va vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar

o‘rtasidagi; bir vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar yoki turli vasiyatnomalar

bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidag

i; davlat va q

onuniy yoki vasiyatnoma bo‘yicha

merosxo‘rlar o‘rtasidagi; shuningdek, meros bilan bog‘liq boshqa da’volar

1

.

R.A. Arupov ham P.S.Nikityuk kabi quyidagi meros nizolarini ajratib

ko‘rsatgan: qonun bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidagi; qonun bo‘yicha merosxo‘rlar

va vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidagi yoki turli vasiyatnomalar

bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidagi; qonun yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar

va davlat o‘rtasidagi nizolar hamda boshqa

meros ishlari

2

.

T.V. Salomatova, meros da’volari tasnifini ochib berar ekan, merosga oid

nizolarning quyidagi turlarini sanab o‘tgan: qonun bo‘yicha merosxo‘rlar

o‘rtasidagi; qonun bo‘yicha va vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidagi,

vasiyatnomaning to‘liq yoki qisman haqiqiy emasligi masalasini ko‘rib chiqishda

yuzaga keladigan; vasiyat

noma bo‘yicha yoki turli vasiyatnomalar bo‘yicha

merosxo‘rlar o‘rtasidagi; merosxo‘rlar

va davlat o‘rtasidagi nizolar

3

.

Merosga oid da’volarning yuqorida ko‘rsatilgan tasniflari olimlar tomonidan

moddiy-

huquqiy belgisiga ko‘ra, ya’ni nizoli huquqiy

munosabatning mohiyatiga

asoslanib o‘tkazilgan. Aynan shu sababli ular "da’vo" va "nizo" tushunchalarini bir

xil ma’noda qo‘llashga yo‘l qo‘yganlar.

1

Никитюк П.С. Проблемы советского наследственного права: Дисс. ...докт. юрид. наук. Кишинев,

1975. С. 216

-217.

2

Арупов

Р.А. Судебная защита наследственных прав и охраняемых законом интересов граждан.

Автореф. дисс. …канд. юрид. наук. М., 1988. С. 12.

3

Саломатова Т.В. Виды исков о наследстве. // Российская юстиция. 2001. № 7. С. 23


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

26

Boshqa olimlar, aksincha, merosga oid nizolarni tasniflash

jarayonida amalda da’vo turlarini sanab o‘tishgan. Jumladan, K.V.

Grinberg merosga oid nizolarni tasniflashda da’vo predmetini asos

qilib olgan edi.

Da’vogarning sudga uning javobgarga nisbatan

moddiy-

huquqiy talablarini qondirish to‘g‘risidagi talablariga, ya’ni da’vo

predmetiga qarab, muallif merosga oid nizolarni quyidagicha tasniflashni taklif

etgan:

1) meros mol-

mulkka bo‘lgan huquqni tan olish va uni bo‘lish to‘g‘risidagi

qonun bo‘yicha va vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar o‘rtasidagi nizolar.

Ushbu guruhdagi nizolar ikki kichik guruhga ajratildi: a) notarial organga

murojaat qilingunga qadar yoki murojaat paytida, lekin merosga bo‘lgan huquq

to‘g‘risida guvohnoma berilgunga qadar yuzaga kelgan nizolar; b) merosga bo‘lgan

huquq to‘g‘risida guvoh

noma berilgandan keyin, notarial organ tomonidan qonun,

vasiyatnoma, davlat bo‘yicha merosxo‘rlarning huquqlari buzilganida yuzaga

kelgan nizolar;

2) merosxo‘rlar ulushining miqdori belgilangan tartibda aniqlangan

taqdirda meros mol-

mulkining ulushini asli holida ajratish to‘g‘risidagi nizolar;

3) merosni qabul qilib olish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq nizolar;

4) meros qoldiruvchining qarzlarini to‘lash bilan bog‘liq nizolar;

5) vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar

4

.

Biroq, "meros da’vosi" va "meros nizosi" kabi kategoriyalarning o‘zaro

chambarchas bog‘liqligiga qaramay, ularning farqlariga e’tibor bermaslik mumkin

emas.

"Da’vo" atamasi qonunchilikda va sud organlari amaliyotida manfaatdor

shaxsning sudga murojaatini ifodalash uchun ham, da’voning predmeti, asosi,

shuningdek da’vogarning javobgarga nisbatan talabini ifodalash uchun ham

4

Гринберг К.В. Защита наследственных прав в нотариальном и судебном порядке. Дисс. … канд.

юрид. наук. Свердловск, 1990. С. 23.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

27

qo‘llaniladi. Da’vo

-

bu huquqni himoya qilish to‘g‘risidagi sudga

qaratilgan talabdir. Da’vogar tomonidan javobgarning buzilgan

huquqni tiklash majburiyatini ko‘rsatish faqat vakolatli shaxsning

qarzdorga da’vosini ifodalash shakli, sud muhokamasi predmet

ini

belgilash usulidir. Da’vogarning sudga murojaat qilishi buzilgan huquqni himoya

qilish uchun fuqarolik sud ishlarini qo‘zg‘atish vositasi hisoblanadi, javobgarga

nisbatan qo‘yilgan talab taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida

sudnin

g ko‘rib chiqish predmeti hisoblanadi.

"Da’vo" haqidagi ta’limot o‘z ildizini Rim huquqidan oladi. Shu bilan birga,

Rim huquqshunoslari tomonidan berilgan "da’vo" tushunchasining mazmuni ham

saqlanib qolgan va zamonaviy huquqshunoslar tomonidan huquqni qo‘llash

amaliyotida keng foydalanilmoqda.

Digestlarda da’voning umumiy tushunchasi

quyidagicha keltirilgan: da’vo

-

bu shaxsning o‘ziga tegishli talabni sud tartibida

amalga oshirish huquqidan boshqa narsa emas

5

.

Da’vo tushunchasi

yuridik

adabiyotlar

dagi eng munozarali masalalardan biridir. Eng umumiy ta’rif shundan

iboratki, da’vo deganda da’vogarning javobgarga uning huquqi yoki qonuniy

manfaati himoya qilinishi

to‘g‘risida birinchi instansiya sudi orqali murojaat qilgan

talabi tushuniladi. Da’vo

-

da’vogarning manfaatlarini himoya qilishning protsessual

vositasi, da’vo da’vo ishini qo‘zg‘atadi, shu bilan nizo sudda ko‘rish uchun

o‘tkaziladi.

Da’vo tushunchasining bir nechta asosiy konsepsiyalari haqida so‘z yuritish

mumkin.

Birinchidan,

moddiy-huquqiy va protsessual-

huquqiy ma’noda da’vo qilish

huquqini farqlash. Protsessual ma’nodagi da’vo

-

o‘z huquq va manfaatlarini himoya

qilish to‘g‘risidagi birinchi instansiya sudiga yo‘naltirilgan talabdir. Bu jihatdan

da’vo fuqarolik protsessini

boshlash vositasi hisoblanadi.

5

Гражданское право. Том 1: Учебник / Г.Н. Черничкина, В.В. Бараненков, И.В. Бараненкова и др.;

Под ред. Г.Н. Черничкиной

-

М.: ИЦ РИОР: НИЦ Инфра

-

М, 2013

-

448 с


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

28

Ikkinchidan,

bir qator mutaxassislar

A.F. Kleynman, A.A.

Dobrovolskiy va boshqalar

da’voni ikki tomondan iborat yagona

tushuncha sifatida ko‘rib chiqdilar: moddiy

-huquqiy va protsessual-

huquqiy. Da’voning protsessual

-huquqiy tomoni -

bu da’vogarning

o‘z huquqini himoya qilish to‘g‘risida sudga bo‘lgan talabi. Da’voning moddiy

-

huquqiy tomoni esa moddiy huquq yoki manfaatni himoya qilish to‘g‘risidagi talab

hisoblanadi.

Boshqa olimlar K.S. Yudelson, V.M. Semyonov, K.I. Komissarovlar

da’voni fuqarolik protsessual huquqi kategoriyasi sifatida talqin qilganlar. G.L.

Osokina ham taxminan shunday yondashuvni qo‘llaydi. Bu qarash M.A.

Gurvichning nuqtai nazariga yaqin bo‘lib, to‘g‘riroq ko‘rinadi. Da’vo fuqarolik

protsessual huquqining tushunchasi va instituti hisoblanadi, shu sababli u bunday

ikki tomonlama moddiy-

protsessual institut bo‘la olmaydi. Shuning uchun da’voni

birinchi instansiya sudiga da’vogarning javobgarga qarshi

o‘z huquqini yoki qonun

bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish to‘g‘risidagi talabi sifatida ta’riflash

maqsadga muvofiqdir

6

.

K.I. Komissarov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “subyektiv huquq va da’vo

fuqarolik huquqi hamda sud

jarayoni o‘rtasidagi munosabatni kichik ko‘rinishda aks

ettiradi

.

I.M. Zaytsev ta’kidlaganidek, da’vo fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari

hamda qonun bilan himoyalangan manfaatlarini sud orqali himoya qilish elementi

sifatida protsessual va moddiy huquqning boshqa vositalari bilan uzviy bog‘liq va

ular bilan faol o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Manfaatdor shaxslar o‘z huquqlari buzilganda

yoki nizolashilganda o‘z huquqiy talablarini da’vo talablari shaklida ifodalaydilar.

6

Иноценко В.А., Гужов Е.А. ИСК В ГРАЖДАНСКОМ ПРОЦЕССЕ: ПРОБЛЕМЫ ТЕОРИИ И

ПРАКТИКИ. КОНФЕРЕНЦИЯ:

СЕМЬЯ. ОБЩЕСТВО. ГОСУДАРСТВО: ИСТОРИЯ И

СОВРЕМЕННОСТЬ –

III. Ставрополь, 17 декабря 2013 года материалы Всероссийской научно

-

практической конференции (с международным участием). ФГБОУ ВПО «Российский
государственный социальный университет» в г. Ставрополе;

под редакцией: Гударенко Р.Ф.,

Ряснянской Н.А., Автомоновой М.В.. 2014


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

29

Taqdim etilgan da’voga muvofiq, sud fuqarolik huquqi to‘g‘risidagi

nizoni ko‘rib chiqish va hal etish uchun da’vo ishini boshlaydi

7

.

Umuman olganda, protsessual fanda da’vo tushunchasini

shakllantirishda to‘rtta asosiy yondashuv an’anaviy ravishda ajratib

ko‘rsatiladi:

1) bu manfaatdor shaxsning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqini yoxud

qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun yurisdiksiya organiga

murojaat qilishi (P.V. Loginov, V.N. Shcheglov)

8

;

2) da’vo ikki talabning birligi bo‘lib, ikki tomonlama

xususiyatga ega:

moddiy-

huquqiy (da’vogarning javobgarga nisbatan talabi) va protsessual

-huquqiy

(sudga huquqni himoya qilish haqidagi talab) (A.A. Dobrovolskiy, S.A. Ivanova);

3) bu ikki huquq sohasiga xos bo‘lgan institut: moddiy va protsessual.

Protsessual ma’noda da’vo –

bu manfaatdor shaxsning huquqni himoya qilish

to‘g‘risidagi sudga yo‘llangan talabi. Moddiy huquqdagi da’vo esa –

da’vogarning

sud orqali javobgarga qaratilgan moddiy-

huquqiy da’vosi, ya’ni sud tomonidan

himoya qilinadigan fuqarolik

huquqining o‘zi (M.A. Gurvich)

9

;

4) bu manfaatdor shaxsning da’vogar ko‘rsatgan nizoli moddiy

-huquqiy

munosabatdan kelib chiqadigan, buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqni yoxud

qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatni (o‘zining yoki boshqa shaxsning) himoya

qilish to‘g‘risidagi, qonunda qat’iy belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va hal

etilishi lozim bo‘lgan talabi (G.L. Osokina).

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, da’vo tushunchasini atroflicha tahlil

qilib, da’vo tushunchasiga quyidagicha yondashishimiz mumkin: da’vo

-

da’vogarning manfaatlarini himoya qilishning protsessual vositasi bo‘lib, u da’vo

ishini qo‘zg‘atadi va shu orqali nizoni ko‘rib chiqish uchun sudga o‘tkazadi. Da’vo

7

И.М. Функции иска в судопроизводстве // Государство и право. 1996. № 7. С. 88.

8

Логинов П.В. Понятие иска и исковая форма защиты права // Советское государство и право. 1983.

№ 2. С. 100

9

Гурвич М.А. Учение об иске. М., 1981. С. 7.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

30

taqdim etish shartlari va sudda da’vo ishi yuritish tartibida ish

qo‘zg‘atish imkoniyatining o‘zi faqat protsessual

-huquqiy

holatlarga bog‘liq. Shu sababli, da’voni faqat fuqarolik protsessual

huquqining toifasi sifatida aniqroq tavsiflash maqsadga muvofiqdir.

Da’vo fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan himoyalangan

manfaatlarini sud orqali himoya qilish tizimining bir qismi sifatida protsessual va

moddiy huquqning boshqa vositalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan faol o‘zaro

ta’sirda bo‘ladi. Manfaatdor shaxslar o‘z huquqlari buzilganda yoki ni

zolashilganda

o‘z huquqiy talablarini da’vo talablari ko‘rinishida shakllantiradilar. Taqdim etilgan

da’voga muvofiq sud da’vo ishini yuritishni boshlaydi va shu jarayonda nizo ko‘rib

chiqiladi hamda hal etiladi.

Ilmiy adabiyotlarda huquq to‘g‘risidagi nizo kategoriyasi moddiy huquq

(N.B. Zeyder, M.A. Vikut) yoki protsessual huquq (I.A. Jeruolis, I.B. Moreyn)

instituti sifatida ham talqin qilinadi

10

. Xususan, M.A. Gurvich huquqiy nizoni

fuqarolik huquqini amalga oshirishga to‘siq sifatida ta’riflagan. A.M. Nexoroshix

esa huquq to‘g‘risidagi bahsning mohiyatini uning qarama

-qarshi tomonlari

o‘rtasidagi kelishmovchiliklar mavjudligi bilan bog‘lagan

11

.

L.A. Vaneeva, L.A. Nikolayeva, N.A. Chechina va boshqa olimlar nizoning

mohiyatini huquqbuzarlik yoki huquqbuzarlik natijasida yuzaga kelgan huquqiy

holat (huquqiy munosabat) sifatida talqin etishgan. I.A. Jeruolis esa nizoni haqiqatda

sodir bo‘lgan yoki t

axmin qilingan huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan huquqiy

t

uzilma sifatida ko‘rib chiqqan

12

.

10

Гринберг К.В. Защита наследственных прав в нотариальном и судебном порядке. Дисс. … канд.

юрид. наук. Свердловск, 1990. С. 1

23-124.

11

Нехороших А.М. Претензионное производство как институт досудебного урегулирования споров,

возникающих из правоот ношения по железнодорожной перевозке грузов. Дисс. …канд. юрид. наук.
Саратов, 2004. С. 28

12

Сигаева

Т.А. Подходы к определению сущности правового спора // Евразийский юридический

журнал. 2010 № 1 (20). С. 517522.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

31

M.M. Nenashevning fikricha, huquq haqidagi nizo - bu ikki

taraf xohish-

irodasining obyektiv ifodalangan ziddiyati bo‘lib, u bir

tarafning yuridik xususiyatga ega bo‘lgan talabidan va ikkinchi

tarafning ushbu talabni amalda qondirishga to‘sqinlik qil

uvchi

huquqiy holatidan iborat

13

.

Umuman olganda, T.A. Sigayeva to‘g‘ri ta’kidlaganidek, huquqiy nizoning

mohiyati huquq va majburiyatlar yoki qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlar

to‘qnashuvidir. Bunda muallif ko‘rsatadiki, tomonlar manfaatlarining ziddiyati

shunday keskinlik chegarasiga yetganda nizo shakllanadi, qachonki u kamida bir

tomonning o‘z huquqlarini yoki qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini

himoya qilish borasidagi xohish-

irodasida namoyon bo‘ladi

14

.

Shunday qilib, meros huquqiy munosabatlari subyektlari o‘rtasida yuzaga

keladigan huquqiy nizo manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanib, u meros huquqlarining

buzilishi, ularni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish yoki mavjud noaniqlik natijasi

bo‘lishi mumkin. Me

ros nizosining subyektlari aynan nizoli meros huquqiy

munosabatlarining ishtirokchilari, xususan: vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar va

ular tomonidan tayinlangan shaxslar; qonun bo‘yicha merosxo‘rlar; vakil qilib

tayinlash huquqi asosida meros oluvchilar; meros transmissiyasi tartibida meros

oluvchilar; majburiy ulushga huquqi bo‘lgan merosxo‘rlar; meros qoldiruvchining

mehnatga layoqatsiz qaramog‘idagi shaxslar; vasiyatnomani ijro etuvchi; vasiyat

bo‘yicha meros oluvchi; vasiyat bo‘yicha meros oluvchilarga

tayinlangan shaxslar;

meros qoldiruvchining kreditorlari.

Meros da’vosining taraflari sifatida da’vogar va javobgar ishtirok etadi. Ular

ish qo‘zg‘atilgan paytda nizoli

meros huquqiy munosabatlarining subyektlari deb

13

Ненашев М.М. Спор о праве и его место в гражданском процессе. Автореф. дисс... канд. юрид.

наук. Саратов, 2011. С. 8

14

Сигаева

Т.А. Подходы к определению сущности правового спора // Евразийский юридический

журнал. 2010 № 1 (20). С. 517522.


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

32

taxmin qilinadi. Bunda sud da’vogarning vorislik huquqi taxmin

qilinayotgan javobgar tomonidan buzilgan deb hisoblaydi. Aslida,

taraflar o‘rtasida meros huquqiy munosabatlarning yo‘qligi yoki

da’vogarning vorislik huquqi javobgar tomonidan buzilganligi

aniqlanishi turli xil protsessual-huquqiy oqibatlarga olib keladi. Bu oqibatlar

noto‘g‘ri javobgarni almashtirish yoki da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish

masalasini hal qilishga ta’sir ko‘rsatadi.

Ilmiy adabiyotlarda meros haqidagi da’vo tushunchasiga ko‘plab ta’riflar

berilgan. Masalan, V.I. Serebrovskiy meros da’vosini merosxo‘rga yoki merosxo‘r

deb taxmin qilingan shaxsga tegishli bo‘lgan barcha narsalarni talab qilishga

qaratilgan da’vo sifatida

tushungan. Bu haqiqiy merosxo‘rning noqonuniy

egallovchidan meros mulkini talab qilish da’vosi, shuningdek merosxo‘rlarning

boshqa shaxslar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan ulushlarini qaytarib berish

to‘g‘risidagi da’vosi bo‘lishi mumkin

15

.

A.I. Barishev esa meros da’vosini meros olish huquqiga ega bo‘lmagan

shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan huquq va majburiyatlar yig‘indisi to‘g‘risidagi talab

sifatida ta’riflaydi

16

.

P. S. Nikityuk qonun yoki vasiyatnoma asosida merosxo‘rlar doirasini

aniqlash va ularning meros vorisligida ishtirok etish xususiyati to‘g‘risidagi ta

labni

meros da’vosi deb ataydi

17

.

Merosga oid

da’vo tushunchasi asosan fuqarolik huquqi olimlari tomonidan

ishlab chiqilgan bo‘lib, keltirilgan nuqtayi nazarlar, birinchi navbatda, uning

moddiy-

huquqiy jihatini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirilgan

tushunchalar meros da’vosining faqat qisman ta’rifini o‘z ichiga oladi, chunki meros

15

Серебровский В.И. Избранные труды по наследственному и страховому праву. М., 2003. С.

236237.

16

Барышев А.И. Приобретение наследства и его юридические последствия. М., 1960. С. 79.

17

Янева Р.Р. Наследственные иски и их виды // Труды Оренбургского института (филиала) МГЮА.

2009. № 10. С.157171


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

33

da’vosi nafaqat da’vogarning javobgarga buzilgan huquqni bartaraf

etish to‘g‘risidagi moddiy

-huquqiy talabini, balki protsessual-

huquqiy jihatni -

da’vogarning huquqni himoya qilish uchun sudga

murojaat qilishini ham qamrab olishi lozim.

O‘z navbatida, merosga oid nizo

- bu merosga oid huquqiy munosabatlar

ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning o‘zidir. Merosga oid da’vo esa

-

bu nizo oqibatida sudga taqdim etiladigan moddiy-huquqiy talabdir.

O‘z navbatida, meros nizosi manfaatdor shaxs tomonidan tegishli da’vo sud

organlariga taqdim etilgan taqdirdagina sud ishiga aylanadi.

Keng ma’noda merosga oid nizolarni tasniflash ular kelib chiqqan moddiy

meros-huquqiy munosabatlarning mohiyatiga asosan amalga oshirilishi lozim.

Shunday qilib, meros-huquqiy munosabatning turiga qarab nizolarning ikkita asosiy

guruhini ajratib ko‘rsatish

mumkin:

1) meros olishga oid nizolar, ya’ni universal huquqiy vorislik tartibida

mulkiy huquq va majburiyatlarning meros qoldiruvchidan merosxo‘rlarga o‘tishi

bilan bog‘liq huquqiy mojarolar;

2) meros qoldiruvchining majburiyatlari bilan bog‘liq, meros huquqlarini

tiklashga qaratilmagan, biroq merosning ochilishi manfaatdor shaxslar (xususan,

meros qoldiruvchining kreditorlari) talablarining asoslaridan biri hisoblangan

nizolar.

Meros nizosi vakolatli sud organiga ko‘rib chiqish uchun topshirilganda, u

meros da’vosiga aylanadi. Shu sababli, R.R.Yaneyeva tomonidan ilgari bildirilgan

meros da’volarini mazkur ikki guruhga tasniflash borasidagi nuqtai nazar o‘z

ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Meros bilan bog‘liq nizolar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

merosni qabul qilish muddatini tiklash haqida; meros mol-mulkka nisbatan mulk

huquqini tan olish to‘g‘risida; merosni taqsimlash haqida; vasiyatnomani haqiqiy

emas deb topish to‘g‘risida; merosdan voz kechishni bekor qilish haqida;


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

34

merosxo‘rni noloyiq deb e’tirof etish to‘g‘risida; merosda majburiy

ulushga bo‘lgan huquq haqida; mol

-mulkni meros tarkibiga kiritish

to‘g‘risida; mol

-mulkning alohida turlarini meros qilib olish haqida

va boshqalar.

Shu bilan birga, meros nizolariga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar

mavjudligini tan olmaslik mumkin emas: bunday nizo meros ochilishidan oldin

vujudga kelishi mumkin emas; unda meros qoldiruvchining ishtirok etishi imkonsiz;

meros qoldiruvchi hayotligida

homilador bo‘lgan, lekin hali tug‘ilmagan

merosxo‘rning manfaatlarini hisobga olish zarurati; nizo ishtirokchilarining

potensial ko‘pligi; nizoning huquqiy va axloqiy jihatlarining uyg‘unlashuvi

18

.

Merosga oid, biroq yuqorida keltirilgan xususiyatlarga mos kelmaydigan

ishlar meros nizolari hisoblanmaydi. Qarindoshlik munosabatlari faktini yoki

bajarilmagan vasiyatnomaning haqiqiy emasligiga asos bo‘lgan yuridik holatni

aniqlash zarurati, notariusning meros huquqi haqidagi guvohnomani berishni rad

etishi va boshqa shunga o‘xshash holatlarda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar

nizoli hisoblanmaydi. Aynan shu sababli, bunday talablar umumiy yurisdiksiya sudi

tomonidan da’vo tartibida emas, balki alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladi.

Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, meros huquqi sohasidagi islohotlar meros

bilan bog‘liq nizolarning tasniflanishiga ta’sir qilmasligi mumkin emas edi. Bugungi

kunda bunday nizolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: er-xotinning

birgalikdagi vasiy

atnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi; meros

shartnomasini o‘zgartirish, bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topish haqidagi;

meros fondini tashkil etish to‘g‘risidagi va boshqa shu kabi masalalar.

Shunday qilib, merosga oid nizolarni merosning ochilishi munosabati bilan

va merosga oid huquqiy munosabatlarning bir tomonining boshqa tomonining keng

18

Долганова И.В., Ерофеева Д.В., Ефимова О.В., Кирпичев А.Е., Кулаков В.В., Левушкин А.Н.,

Свирин Ю.А., Смирнова В.В., Филиппова С.Ю. Актуальные проблемы гражданского права:
учебник (под ред. д.ю.н., проф. Р.В. Шагиевой). «ЮСТИ ЦИЯ», 2019 // СПС «Гарант».


background image

J

ourn

а

l of

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 5, Series B 2025

35

ma’nosida merosga oid huquqlari buzilishi yoki nizolashuvi

natijasida kelib chiqqan meros huquqi subyektlari o‘rtasidagi

kelishmovchiliklar (ziddiyatlar) sifatida tavsiflash mumkin.

Merosga oid nizo taraflar tomonidan mustaqil ravishda yoki da’vo

ishini yuritish doirasida sud tartibida hal etilishi mumkin, buning uchun manfaatdor

shaxslar protsessual qonun hujjatlari talablariga javob beradigan merosga oid da’vo

taqdim etadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Никитюк П.С. Проблемы советского наследственного права:

Дисс. ...докт. юрид. наук. Кишинев, 1975. С. 216

-217.

2.

Арупов Р.А. Судебная защита наследственных прав и охраняемых

законом интересов граждан. Автореф. дисс. …канд. юрид. наук. М., 1988. С.

12.

3.

Саломатова Т.В. Виды исков о наследстве. // Российская юстиция.

2001. № 7. С. 23

4.

Янева Р.Р. Наследственные иски и их виды // Труды

Оренбургского института (филиала) МГЮА. 2009. № 10. С.157171

References

Никитюк П.С. Проблемы советского наследственного права: Дисс. ...докт. юрид. наук. Кишинев, 1975. С. 216-217.

Арупов Р.А. Судебная защита наследственных прав и охраняемых законом интересов граждан. Автореф. дисс. …канд. юрид. наук. М., 1988. С. 12.

Саломатова Т.В. Виды исков о наследстве. // Российская юстиция. 2001. № 7. С. 23

Янева Р.Р. Наследственные иски и их виды // Труды Оренбургского института (филиала) МГЮА. 2009. № 10. С.157171