J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
62
RAQAMLASHTIRISH VA INSON HUQUQLARI
Xamidova Odina Shavkat qizi
Toshkent davlat yuridik univeristeti
Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi
E-mail:
Telefon: +998941934008
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inson huquqlarining tarixiy shakllanish
jarayoni hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ularga ko‘rsatgan ta’siri
atroflicha tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning axborot erkinligi, ta’lim sifati va
tibbiyot sohalarida yuzaga keltirgan yangi imkoniyatlari alohida qayd etiladi. Shu
bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish zarurati, sun’iy intellektning inson
huquqlariga ta’siri hamda intellektual mulk huquqlariga oid dolzarb muammolar
ham keng yoritilib, ularning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tahlil etiladi.
Аннотация
:
В данной статье всесторонне анализируется историческое
формирование прав человека и влияние на них современных цифровых
технологий. Особое внимание уделяется тем новым возможностям, которые
цифровизация открывает в сферах свободы информации, образования и
медицины. Вместе с тем рассматриваются актуальные проблемы, связанные с
необходимостью
защиты
персональных
данных,
воздействием
искусственного интеллекта на права человека, а также с вопросами,
касающимися охраны интеллектуальной собственности. При этом
подчеркиваются как правовые, так и социальные последствия указанных
процессов.
Annotation:
This article provides a comprehensive analysis of the historical
development of human rights and the impact of modern digital technologies on them.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
63
Particular attention is given to the new opportunities created by
digitalization in the fields of freedom of information, education, and
healthcare. At the same time, the article examines pressing issues
such as the protection of personal data, the influence of artificial
intelligence on human rights, and challenges related to intellectual property. Both
the legal and social implications of these processes are highlighted.
K
alit so‘zlar:
inson huquqlari, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish,
axborot erkinligi, ta’lim, tibbiyot, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, sun’iy
intellekt, intellektual mulk, huquqiy oqibatlar, ijtimoiy ta’sir
Ключевые слова:
права человека, цифровые технологии, цифровизация,
свобода информации, образование, медицина, защита персональных данных,
искусственный интеллект, интеллектуальная собственность, правовые
последствия, социальное воздействие
Keywords:
human rights, digital technologies, digitalization, freedom of
information, education, healthcare, personal data protection, artificial intelligence,
intellectual property, legal implications, social impact
Inson huquqla
ri rivojlanishi uzoq o’tmishga
borib taqaladi.
Miloddan avvalgi
539-yilda
Ahamoniylarning birinchi shohi Kir tomonidan Bobil davlatining zabt
etilgani sharafiga barcha qullarni ozod qiladi. U barcha irqlarning teng va har kim
o’zi xohlagan dinga e’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi e’
lon qilgan. Bu haqida
qadimgi Akkad tilida yozilgan sopol xumdagi bitiklar asos bo’ladi.
Keyinchalik
inson huquqlari tan olish va ta’minlash masalasi
:
“Magna Karta” (1265),
Fransiyaning Inson va fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasi (1789), 1864-yilgi
Je
neva Konvensiyasi, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948)
da
asta-
sekin rivojlanib boradi. Biroq XXI asrga kelib ijtimoiy munosabatlar shiddat bilan
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
64
o’zgarmoqda. Bu esa inson huquqlarini ta’minlanishi, kafolatlanishi
va himoya qilinishi bo’yicha
foydali va zararli holatlarni keltirib
chiqarmoqda. Natijada, kelajakda yuzaga keladigan xavflarni oldini
olish uchun zarur chora-
tadbirlar ko’rishni
talab etmoqda.
XXI asr texnika asr deb ataldi. Ushbu davrga olimlar
ta’riflashda
“digital
age”, “computer age”
,
“raqamli asr”
“ raqamli dunyo”
kabi atamalardan keng
foydalanadilar. Chunki butun dunyo aholisining kundalik tartibining asosiy qismiga
aylanib ulgurgan internet va kompyuterlar ixtiro qilingan davrdir. Jumladan,
1946-
yil 14-fevral
kuni yer yuzidagi birinchi umumiy maqsadli elektron kompyuter
“Elektron raqamli integrator va kompyuter” (ENIAC)
yaratildi. Bu esa yangi asr
uchun ulkan inqilob deb hisoblandi. Yoki birinchi shaxsiy kompyuterlar (PC) MITS
nomi kichik kompaniya tomonidan 1974-yil ixtiro qilinishi,
so’ngra
1976-yilda Stiv
Voznyak va Stiv Jobs shaxsiy kompyuterlar bozoriga kirish maqsadida o’z
kompaniyalariga asos solib, biz bilgan Apple I kompyuterlarini yaratishi buning
yorqin dalilidir. Shu tariqa 1970-yillarning oxiri shaxsiy kompyuterlar yaratilishi
jamiyat hayotida katta burilish yasadi. Ushbu davr zamoviy kompyuter sanoati va
raqamli dunyoning shakllanishi muhim rol o’ynadi.
Bu holatni hatto Kompyuter
fanlari professori Andre
DeHonning so’zlari ham isbotlaydi : “ ENIACning merosi
bugungi kompyuterlashtirilgan dunyodir va biz yashayotgan olam. Aynan ushbu
avtomatlashtirish hamda hisoblash texnologiyalari tufayli hayotimiz yanada qulay
va rivojlangan bo’ldi”.
Raqamli dunyo deyarli barcha soha
larga o’z ta’sirini o’tkazib ulgurdi, inson
huquqlari sohasi ham bundan mustaso emas
. Endilikda birgina kitobni o’qish uchun
kutubxonalarda oylab navbat kutish shart emas. Internet orqali o’zimiz uchun kerakli
bo’lgan istalgan axborotni topib, o’rganish imkoniga ega bo’ldik. Lekin ushbu
qulayliklar o’z narvbatida ko’plab xavf
-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, raqamlashtirish insonga
o’z huquqlarini
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
65
amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarga yaratib bergan
bo’lsa,
ikkinchi tarafdan inson huquqlari juda katta xavf ostida qolmoqda.
Raqamlashtirishning inson huquqlarini ijobiy ta’sirlari
quyidagilardan iborat: Axborot erkinligi nazariyasi
shaxs o’z fikrini
erkin ifodalashi va o’zi uchun muhim bo’lgan axborotni izlashi, unda
n foydalanishi
tarqatishi mumkinligini bildiradi. Internet va turli raqamli platformalar odamlarga
o’z fikrlarini erkin bildirish, bilim va ma’lumotlardan foydalanish
kabi yangi
imkoniyatlar yaratadi. Bunda xalqaro hujjat va standart
larning ham o’rni katta.
Jumladan, BMTning
“
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
”
va
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi Xalqa
ro Paktning 19-
moddalarida
, har bir inson hech qanday to’siqsiz o’z fikriga ega bo’lishi va uni
erkin bildir
a olish huquqi mavjudligi va inson o’z ixtiyoriga ko’ra istalgan
usul bilan
turli axborot va g’oyalarni q
idirish, olish va tarqatish erkinligi mavjudligi
belgilangan. Hatto,
2011-yil 21-iyulida
BMT Inson huquqlari qo’mitasi
ushbu
19-moddaga huquqiy sharh berishi bu huquqlarning qanchalik ahamiyat ega
ekanligini ko’rsatgan
. Izohda:
“
So’z va fikr
lash erkinligi shaxsning har tomonlama
kamol topishining ajralmas shartidir. Ular har qanday jamiyat uchun zarurdir. Ular
har bir erkin va demokratik jamiyatning poydevorini tashkil etadi
”
, deya keltirilgan.
Shunga asoslangan holda, 2022-yil 28-29-
sentabr kunlari O’zbekistonning Toshkent
shahrida Xalqaro axborotdan erkin foylanish kuni munosabati bilan axborotga erkin
kirish va undan erkin foydalanish huquqi inson huquqlari va demokratiyaning
ajralmas qismi ekanligini ta’kidlangan. Bundan tashqari, deklaratsiyada
ishtirokchi
davlatlar fuqarolar uchun erkin, qulay
va ko’p tom
onlama ommaviy axborot
muhitini yaratishlari, qarorlar qabul qilish jarayonlari yuzasidan xabardor qilishni
qo’llab
-
quvvatlash, shaffoflikni va va javobgarlikni oshirish, shuningdek, noto’g’ri
axborot va xabarlarga qarshi kurashish, bundan holatlarning demokratik
jarayonlarga va barqaror rivojlanish soha
lariga, xususan, ta’lim
,
sog’liqni saqlash
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
66
yoki atrof-muhitga tahdidlarni hisobga olish kabi majburiyatlarni
olishlari belgilangan.
So’nggi yillarda davl
atimizda ham ochiqlik siyosati jadal
ravishda rivojlanib bormoqda. Axborot erkinligi ta’minlashga
qaratilgan bir qancha qonunchilik hujjatlari q
abul qilindi. Bular jumlasiga “
Axborot
olish kafolatlari
va erkinligi to’g’risida” Qonun, “ Axborot erkinligi va kafolatl
ari
prinsiplari to’g’risida”gi Qonun, “Davlat hokimiyati va boshqaruv o
rganlari
faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonun
kabilarni keltirish mumkin.
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida
gi
kodeksiga
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
(215
7
-moddasi)
belgilab qo‘yildi
. Bundan tashqari,
fuqarolar uchun qulay bo’lgan davlat
organlarining onlayn platformalarini ham ishlab chiqildi. Misol uchun aholiga
davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali
(my.gov.uz)
ishga tushirilib, bugungi kunda aholiga 400 dan ortiq davlat
xizmatlari onlayn tarzda ko‘rsatilmoqda
. Yoki normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etuvchi
Regulation.gov.uz
platformaning ishga tushirilishi fuqarolarning ham qonunlarni qabul qilishda
ishtirokini ta’minlashga xizm
at qilmoqda va bu jamiyatda demokratiyani
rivojlanishiga o’z hissani qo’shmoqda
.
Yana bir afzalliklaridan biri, insonlarning ijtimoiy-madaniy huquqlari
bo’lgan, ta’lim olish va tibbiy malakali xizmatlardan foyd
alanish huquqini
amalga oshirishda bir qancha imkoniyatlarni yaratib berayotganligidir.
“
Inson
huquqlari umumjahon deklarakatsiyasi
”
(26-moddasi) va
“
Iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy huq
uqlar to’g’risidagi”
Xalqaro Paktning (13-
moddasi)
da har bir inson ta’lim olish huquqiga ega ekanliklari keltririlgan.
Ta’lim olish sharoitini yaratib berish har bir davlatning majburiyati ekanligi
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
67
keltririlgan.
Ushbu huquqning ta’minlash masalasi, ayniqsa,
Covid-19 pandemiyasi davrida mush
kul bo’ldi. Ko’plab
mamlakatlar hali masofaviy onlayn ta’limga hali tayyora
emasliklari yaqqol
ko’zga tashlan
gan
bo’lsa
-
da, turli ta’lim
platformalar yoradmida darslar olib borishga erishildi. Bundan tashqari,
UNESCO va Dubai Cares ta’limning raqamli tranformatsiyasi bo’yicha yangi
yo’l xaritasi bo’lgan
“Ta’lim uchun ulanish to’g’risidagi”
qayta tuzilgan
Global deklaratsiya qabul qilindi. Shuningdek,
2020-yilda
qabul qilingan yangi
tahrirda qabul qilingan
“Ta’lim to’g’risidagi” Qonunda ham shaxslar zarur nbilim
va ko’nikmalarni
axborot kommunikatsiyalari yordamida hamda Internet jahon
axborot tarmog’idan foydalangan holda masofaviy ta’lim olish huquqiga ega
ekanliklari belgilab qo’yildi.
“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi”
Xalqaro
paktning 12-moddasiga
ko’ra
“Kasal bo’lgan hollarda hammaga
tibbiy yordam
k
o’
rsatish va tibbiy
parvarishni ta’
minlaydigan sharoit yaratish
”
uchun tegishli
chora-
tadbirlar ko’rish
har bir ishtirokchi davlatning majburiyati ekanligi
belgilangan. Shunga asoslamgan holda,
Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti
tomonidan 2020-yil may oyida 73-sonli sessiyada
“Raqamli sog’liqni salash
bo’yicha global strategiya 2020
-
2025”
hujjati qabul qilindi. Hujjatning asosiy
g
’oyasi har bir inson uchun, har qanday joyda salomatlikka bo’lgan huquqni
ta’
minla
sh maqsadida raqamli so’gliqni saqlash texnologiyalarni xavfsiz, teng,
arzon va ommabop tarzda rivojlantirish va kengaytirish zarurligi
keltirib o’tilgan.
Jumladan unda raqamli shifoxona deb, shifoxona xizmatlari nafaqat shifoxona
ichida, ba
lki tashqarisida ham ko’rsatadi. Bu an’anaviy muassasaga asoslangan
tibbiy xizmat
ko’
rsatish modelidan voz kechib, bemor markazda shakllangan,
sog’liqni saqlash
ning uzluksiz tizimiga integratsiyalashgan aqlli virtual xizmatlar
tarmog’iga o’
tish nazarda tutilgan.
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
68
Garchi raqamlashtirish inson huquqlarini amalga
oshirishda o’zining ulkan hissasini qo’shsa
-da, uning yordamida
bir qancha huquqbuzarliklarlarni sodir etish ham osonlashmoqda.
Ma’lumotlarni himoya qilish va shaxsiy hayot daxlsizligi
nazariyasi ko’ra,
raqamli dunyo shaxsiy ma’lumotlar va xabarlar yig’ish bilan
bog’liq yangi xavf
-xatarlarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar,
ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar va onlayn xizmat ko’rsatuvchi platformalar shaxsiy
ma’lumotlarni yig’ish va ularni tahlil qil
ish imkonini beradi. Natijada, shaxsiy
ma’lumotlar insonlar tomonidan noto’g’
ri maqsadlarda ishlatilishiga, shaxsiy
hayotga tajovuz qilish va maxfiylikka tahdid solishi mumkin. Garchi axborot
olish erkinlik huquqiy mavjud bo’lsa
-da, ushbu huquq boshqa shaxslarning
huquqlarini buzmasligi lozim. Shuning uchun, ushbu masalalarni tartibga
solishga qaratilgan bir qancha xalqaro hujjatlar qabul qilingan.
Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida
hech kim shaxsiy va oilaviy
hayotiga o’z boshimchalik bilan aralashish, uy
-joy daxlsizligi, uning
yozishmalari
dagi sirlarga yoki sha’ni qadr
-
qimmatiga o’zboshimchalik bilan
tajovuz qilishi mumkin emasligi belgilangan. Shuningdek
Inson huquqlari
bo’yicha Yevropa konvensiya
sining 10-moddasi
so’z erkinligi huquq bo’lishi
bilan bir qatorda, o
’
zida majburiyatni ham vujudga keltirishi b
u bilan shaxs so’
z
erkinligidan foydalanganda
boshqalarning huquqlari va sha’ni, qadr
-qimmatiga
putur yetkazmaligi, shaxsiy ma’lumotlar
ni oshkor qilmasligi lozimligini
bildiradi.
Jumladan,
Yahoo 2016-yilda
ikkita yirik ma’lumotl
ar buzilishini boshdan
kechirganligini oshkor qildi. Ushbu holat 3 milliarddan ortiq foydalanuvchilar
hisoblariga ta’sir ko’rsatgan
. Buzilishlar 2013-yil va 2014-y
illarda sodir bo’lga
n.
Xakerlar foydalanuvchilarning ism-familiyasi, electron pochta manzillari, telefon
raqamlari, tug’il
gan sanala
ri va parollarni qo’lgan kiritishgan
. Bu kabi
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
69
tahdidlarning ko’payishi natijasida,
Yevropa Parlamenti va
Konsuli
tomonidan
2016-yil
27-
aprelda
“Umumiy
ma’l
umotlarni himoya qilish reglamen
ti”
to’g’ri
sidagi xalqaro
hujjat qabul qilindi. Ushbu Reglamentning aososiy maqsadi
shaxsiy ma’lumotlarni qayta is
hlanishi jarayonida jismoniy shaxslarning huquq
vaerkinliklarini, ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’
minlashdir. Shaxsiy
hayot daxlsizligini ta’minlashda
Reglamentning 17-moddasining 1-
qismi “d”
bandiga ko’ra,
“Ma’lumotlar subyekti tegishli nazoratchidan o’ziga tegishli
shaxsiy ma’lumotlarnining o’chirilishi ortiqcha kechiktirmasdan olish huquqiga
eg
a va nazoratchi ana shu shaxsiy ma’lumotlar noqonuniy ishlov berilgan
taqdirda o’chirishga majbur”
ekanligi belgilangan. Bu esa raqamli dunyoda
insonning huquqlari ta’minlashda samarali mexanizm bo’
lib xizmat qilmoqda.
Yana bir
muammolardan biri bu Sun’
iy Intellekt va intellektual mulk
huquqining himoya qilinishi bilan bog’liqdir.
Intellektual mulk _ shaxsning
o’zining ijodiy faoliyati tufayli tur xildagi badiiy, ilmiy
va
san’at asarlari
yaratish
ga bo’lgan
huquqi.
“
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar
to’g’risidagi”
Xalqaro Paktning 15-moddasida
“o’zi muallif bo’lgan har
qanday
ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan bog’liq holda yuzaga keluvchi
moddiy va ma’naviy manfaatlar himoyasidan foydalanish huquqi” belgilangan.
Bundan ko’rinadiki, faqat jismoniy shaxslargina ushbu huquqlarini amalga oshira
olishi mumkindir. Unda AI yordamida yaratilgan
asarlariga bo’lgan huquqi
-chi,
degan o’rinli savol yuzag
a kelmoqda. Albatta, SI bilan ishimiz ancha-muncha
osonlashdi. Endilikda, hatto taqdimot uchun soatlab vaqtimizni sarflashga hojat
yo’q. Birgina, “Ushbu mavzuga oid 20 ta slayddan iborat taqdimot tayyorlab ber”
deb yozishning o’zi kifoya bo’
lib qolmoqda.
Ma’lumki, Intellektual mulk
huquqini himoya qilish bo’yicha
1971-yilda
“Adabiy va badiiy asarlarni
himoya qilish to’g’risida”gi
Bern Konvensiyasi
qabul qilingan. Ushbu
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
70
konvensiyaning
6-moddasida
“muallifning mulkiy huquqlaridan
qat’i nazar va u hatto bu huquqlardan voz kechgan taqdirda ham
muallif o’z muallifligining e’tirof etilishini talab qilishi hamda
ushbu asarni sohtalashtirish, buzib ko’rsatish yoki boshqa
o’zgartirishlarga qarshi chiqish, shuningdek, muallifning izzat
-nafsi yoki
obro’siga ziyon yetkaza oladigan
harq qanday boshqa tajovuzlarga qarshilik
ko’rsatish huquqiga ega bo’lishi”
belgilan o’tilgan bo’lsa
-da, ushbu normaning
amalda ishlamayotganligidan dalolat beruvchi holatlar uchramoqda.
2025-
yilning 25-martida
Open AI GPT-4o modelini chiqardi va SI yaponiyaning
mashbur animatsion studiyasi bo’lgan “Ghibli” nning tasvirlariga o’xshash
tasvirlar yaratishi olish imkoniyati yuzaga keldi. Ushbu holat jamaotda juda tez
ommalashib ketdi. Insonlar o’zlarining yoqtirgan animatsion multfilm
qahromonlari tasvirida bo’lishlari hammani birdek zavqlantirgan bo’lsa
-da, bir
guruh odamlar ushbu ish umuman axloq-
huquq normalariga to’g’ri kelmasiligi
bva OpenAI kompaniyasidan ushbu modelni o’chirib tashlashni talab
qilishmoqda.
Biz uchun sevimli bo’
lgan dunyoning asta-sekin raqamli
texnologiya tomonidan egallanib olishi qanday achinarli. Eng qizig’i, bunga
o’zimiz yo’l qo’
yib bermoqdamiz. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi tomonidan
2024-yilda qabul qilingan
“Sun’iy
intellek
t to’g’risidagi Akt”
ning
asosiy
maqsadlaridan biri sifatida
“ litsenziyaga ega bo’lgan GPAI modeli provayderlari
faqat muall
iflik huquqiga rioya qilishlari”
keltirilgan.
Lekin “Ghibli va AI” key
si
yuzasidan nega haligacha ushbu hujatlardan kelib chiqib holda, hech qanday
chora ko’rilmadi, degan savol tug’iladi. Sababi
SI yaratgan tasvirlar Ghibli
Studiyasi tomonidan chiqarilgan asarlarga faqat taqlid
qilgan, ya’;ni undan
kerakli algoritmlarni olgan holda tasvirlar ishlab chiqqan. Shu sababli, hozirgi
kunga qadar, ushbu versiya ishlashda davom etmoqda. Endilikda huqushunos
olimlar va butun jamoat SIni huquq subyekti sifatida tan olish kerakmi yoki
yo’qligi bo’yicha
bahslashmoqdalar. Sabab SI tomonidan yaratilgan asarlarga
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
71
bo’lgan huquq Miyazakiga tegishli yoki ushbu tasvirni yaratishni
SIdan so’ragan shaxsgami yoki SI gami?
Albatta SI o’zi mustaqil
ravishda san’at asarlani yarat
a olmaydi. Bir tomondan SI ni huquq
subyekti sifatida qabul qilinishi, mualliflik huquqlarini
buzilishiga yo’q qo’yilmasligi mumkin deyilsa, ikkinchi tarafdan, asarlar
faqat
insonlar tomonidan yaratiladi, ushbu huquqni qandaydir sovuq mashinaga
axloqan to’gri emas degan fikrga borilmoqda. Shu sababli
ushbu masalani hali
ham ochiqligicha qolmoqda, bu esa biz sevgan studiyaning huquq va
manfaatlariga o’z tasirini ko’rsatmay qolmayapti.
“
AI va Gh
ibli” keysi intellectual mulk huquqiga oid nizoni keltrirb chiqarish
bilan bir qatorda, insonlarda
tasvirga bo’lgan huquqning ham buzilishiga olib
kelishi mumkinligini ko’rsatdi. Har bir tasvirni yaratishda shaxs o’
zi tasvirini
joylaydi. Yuz tasvir esa
shaxsni aniqlash imkonin beradigan biometric ma’lumoyt
hisoblanadi. Shu bilan birag u inson hayotining bir qismi sifatida e’tirof etiladi
va undan ruxsatsiz foydalanish inson huquqlari buzilishi deb baholanadi.
“Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti”da biometrik ma’lumot
lar
deb, bu jismoniy shasni aniqlash yoki tasdiqlash imkoni beruvchi, u haqidagi
fizik, fiziologik yoki xulq-atvoriy xususiyatlarga oid maxsus texnik ishlov
bverish natijasida
olingan shaxsiy ma’lumotlar bo’lib, bular jumlasiga uz t
asviri
va barmoq izlari kirishi belgilangan. “Sun’iy Intellekt to’g’risidagi
Akt”da
internetdagi yoki kameralardagi yuz tasvir ma’lumo
tlari maqsadsiz
yig’ish yoki
shu ma’lumotlarni aniqlosh bo;yicha ma’lumotlar toplash taqiqlangan.
SIga
yuklangan tasvirlar, afsuski, o’chib ketmaydi. Balki yig’ish bilan shaxlarning
biomterik ma’lumotlari yig’ish holatlari sodir bo’lish xavfini oshiradi. Shuning
uchun SIdan
ushbu dasturni olib tashlagan ma’qul.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, raqamli dunyoda inson huquqlarini amalga
oshirish bir qancha osonlashdi. Ushbu qulayliklar insonlarning hayot tarzini ham
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
72
yengillashtirishga muvaffaq bo’ldi. Lekin bu muammolar yo’q
degani emas. I
nsonning eng muhim huquqi bo’lish
shaxsiy hayot
daxlsizligi hali ham juda katta xavf ostida qolmoqda.
Birgina
tugma orqali insonga tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotlar boshqa
bir insonning foydasiga ishlashi, yoki aybsiz aybdor bo’lib qolishi hech gap emas.
Shu sababli shaxslardan kibermakonda ehtioyt bo’lish tal
ab etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
“Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi”
_
12-19-moddasi,
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
2.
“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi Xalqa
ro Paktning 19-moddasi,-
3.
“Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi” Xalqaro Paktning
-13-
4.
“Ta’lim uchun ulanish to’g’risidagi” qayta tuzilgan Global deklaratsiya
5.
“Raqamli sog’liqni salash bo’yicha global strategiya 2020
-2025 nomli xalqaro
hujjat
6.
Inson huquqlari bo’yicha Yevropa konvensiyas
i _ 10-moddasi,-
https://www.echr.coe.int/documents/d/echr/convention_eng
7.
“Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to’g’risida”gi Bern Konvensiyasi _
12-moddasi,_
8.
“Sun’iy intellekt to’g’risidagi Akt”ning
9.
-A
BRIEF
HISTORY
OF
HUMAN
RIGHTS-,
https://www.humanrights.com/what-are-human-rights/brief-history/the-
J
о
urn
а
l
о
f
А
n
а
lytic
а
l Synergy
а
nd
Scientific
H
о
riz
о
n ISSN: 3060-5261 Imp
а
ct f
а
kt
о
r: 9.9
V
о
lume 1, Issue 6
73
10.
The world’s first general purpose computer turns 75
,-
https://penntoday.upenn.edu/news/worlds-first-general-
purpose-computer-turns-75
11.
Openness policy of New Uzbekistan is changing significantly-,
https://uzbekistan.org/openness-policy-of-new-uzbekistan-is-
12.
_ Bridging the digital divide and ensuring online protection,_ UNESCO,_ 2
https://www.unesco.org/en/right-education/digitalization
13.
Lessons Learned from High-Profile GDPR Data Breach Cases,-
https://www.gdpr-advisor.com/lessons-learned-from-high-profile-gdpr-data-
