Vol. 1 No. 6 (2025)

Vol. 1 No. 6 (2025)
Published: 04-08-2025

Articles

4-22 140 21

O‘ZBEKISTONDA YASHIL LOGISTIKANING SHAKLLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI INNOVATSION YECHIMLAR BILAN BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI

Shoydulova Maftuna

Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil logistika tizimining shakllanishi jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, ekologik talablarning yetarlicha inobatga olinmasligi, transport infratuzilmasining eskirganligi, raqamlashtirishning sustligi va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha mexanizmlarning yetishmasligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada ushbu muammolarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida bartaraf etish strategiyalari taklif etiladi. Yashil logistikaning joriy etilishi O‘zbekiston uchun ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni birlashtirish imkonini beradi.

23-38 66 27

O‘ZBEKISTONDA YASHIL RAQAMLASHTIRISH KONSEPSIYASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING EKOLOGIK BARQARORLIKKA TA’SIRI

Shoydulova Maftuna

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yashil raqamlashtirish konsepsiyasining mohiyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) ekologik barqarorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya jarayonlari nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik xavfsizlikni ham ta’minlashi lozim. Shu nuqtai nazardan, maqolada O‘zbekistonda AKT sohasida yashil texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari, e-waste muammosi, energiya samaradorligini oshirish va qog‘ozsiz boshqaruv tizimlarining afzalliklari yoritiladi. Tadqiqot natijasida mamlakatda yashil raqamlashtirishning istiqbollari va dolzarb vazifalari aniqlanadi.

83-92 55 14

GEOPOLITICAL SHIFTS IN POST-SOVIET SPACE: THE CASE OF THE SOUTH CAUCASUS

Olimjonov Oyatbek

This article analyzes the changing geopolitical landscape in the South Caucasus following the decline of Russian influence in the post-Soviet space. The 2020 Second Karabakh War, Russia's invasion of Ukraine in 2022, and the recent developments in Nagorno-Karabakh have significantly altered Moscow's image as a regional guarantor. Azerbaijan's growing assertiveness, Turkey's active role, and Western engagement in the region reflect a multipolar shift. By reviewing recent developments and analyzing regional power dynamics, this article argues that the South Caucasus is undergoing a fundamental transformation away from the traditional Russian-centric order.

74-82 33 11

MАRKАZIY ОSIYО HUDUDIDАGI HОZIRGI DАVLАTLАRNING PАYDО BО‘LISHI

Mamatqulova Maftuna, Jo‘rayev Qodir

Maqolada Markaziy Osiyoning zamonaviy davlatlarini tarixiy, tsivilizatsiya va siyosiy omillar kontekstida shakllantirish jarayoni tahlil qilinadi. Qadimgi tsivilizatsiyalar merosi, ko'chmanchi imperiyalarning davlatchilik an'analari, sovet davrida milliy-davlat chegaralarining shakllanishi, shuningdek mustaqillikdan keyingi davr muammolari ko'rib chiqiladi.

62-73 53 13

RAQAMLASHTIRISH VA INSON HUQUQLARI

Xamidova Odina

Ushbu maqolada inson huquqlarining tarixiy shakllanish jarayoni hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ularga ko‘rsatgan ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning axborot erkinligi, ta’lim sifati va tibbiyot sohalarida yuzaga keltirgan yangi imkoniyatlari alohida qayd etiladi. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish zarurati, sun’iy intellektning inson huquqlariga ta’siri hamda intellektual mulk huquqlariga oid dolzarb muammolar ham keng yoritilib, ularning huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tahlil etiladi.

45-61 65 16

XALQARO NIZOLARDA ARBITRAJ VA MEDIATSIYA: SAMARADORLIK VA CHEKLOVLAR

Odina Xamidova

Muallif mazkur maqolani xalqaro amaliyot va ilmiy nazariyalar asosida ikki institut — arbitraj va mediatsiyaning — nizolarni samarali va adolatli hal qilishdagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Arbitrajning huquqiy kuchi, ijro etilishi va mustaqilligi, mediatsiyaning esa moslashuvchanligi hamda vaqt va mablag‘ni tejashdagi ustunliklari yoritiladi. Shu bilan birga, arbitraj xarajatlarining yuqoriligi va mediatsiya kelishuvlarining odatda majburiy kuchga ega emasligi kabi cheklovlar muhokama qilinadi. Maqola xalqaro amaliyot va ilmiy manbalar tahliliga tayangan holda ushbu institutlarning afzalliklari va chegaralarini baholashga qaratilgan.

39-44 25 6

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINI RIVOJLANISHIDA XUSUSIY (UY) KUTUBXONALARNI O‘RNI

Raxmonova Xilola

Mazkur maqolada Axborot-kutubxona markazlarini rivojlanishida uy kutubxonalarining o‘rni dolzarb va muhim masalalardan biridir. Quyida bu mavzu yuzasidan asosiy jihatlar yoritiladi. Surxondaryo  viloyat  Angor tumani  Navro’z maxallasida   iste’qomat qiluvchi , O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyshmasi a’zosi To’rayev Norquvvat uy kutubxonasiga bag’ishlangan.