J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
39
O`ZBEKISTONDAGI QORINOYOQLI
MOLLYUSKALARINING (GASTROPODA) BIOLOGIK
XILMA-XILLIGI
Suyunova Yodgora Muzaffar qizi
Guliston davlat universiteti
Zoologiya yo`nalishi 1-bosqich doktoranti
Annotatsiya: O`zbekiston hududi biologik-xilma-xilligi bilan ajralib turadi va
qorinoyoqli mollyuskalar (Gastropoda sinfi) ham bu ekotizmning muhim qismini
tashkil qiladi. Ushbu maqolada mamlakatimizning turli hududlarida uchraydigan
qorinoyoqli mollyuskalar turlari, ularning yashash joylari va ekologik ahamiyati
ko`rib chiqiladi. Respublikamizning turli hududlarida yashovchi qorinoyoqli
mollyuskalar chuchuk suv, quruqlik, sho`rxok muhitga moslashgan. Ular ekotizmda
muhim ro`l o`ynaydi, tuproq unumdorligini oshirishga va organik moddalar
parchalanishiga hissa qo`shadi. Shuningdek maqolada, ularning muhofaza holati va
populyatsiyasiga ta`sir etuvchi omillar haqida ham so`z boradi.
Аннотация: Территория Узбекистана отличается биологическим
разнообразием, и брюхоногие моллюски (класс Gastropoda) являются важной
частью его экосистемы. В данной статье рассматриваются виды брюхоногих
моллюсков, встречающиеся в различных регионах нашей страны, их места
обитания и экологическое значение. В республике эти моллюски
адаптировались к пресноводной, засушливой и солоноватой среде. Они
играют важную роль в экосистеме, способствуют повышению плодородия
почвы и разложению органических веществ. Кроме того, в статье
обсуждаются их статус сохранности и факторы, влияющие на популяцию.
Annotation: The territory of Uzbekistan is distinguished by its biological
diversity, and gastropod mollusks (class Gastropoda) form an important part of its
ecosystem. This article examines the species of gastropod mollusks found in various
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
40
regions of our country, their habitats, and their ecological
significance. In the republic, these mollusks have adapted to
freshwater, arid, and saline environments. They play a crucial role
in the ecosystem by enhancing soil fertility and contributing to the
decomposition of organic matter. Additionally, the article discusses
their conservation status and the factors affecting their population.
Kalit so`zlar:
Mollyuskalar, zoologiya, ekologiya, muhofaza holati, ekotizim.
Ключевые слова: Моллюски, зоология, экология, состаяние охраны,
экосистема.
Keywords:
Mollusks, zoology, ecology, conservation status, ecosystem
Qorinoyoqli mollyuskalar hayvonot dunyosining eng xilma-xil sinflaridan biri
bo`lib, ular O`zbekistonda ham keng tarqalgan. Bu mollyuskalar suv havzalari, nam
o`rmon hududlari, cho`l va tog` etaklari kabi turli biotoplarga moslashgan bo`lib,
umumiy biologik xilma-xillikni saqlashda muhim rol o`ynaydi. Mamlakatimiz
hududida cho`l, tog`, o`rmon, daryo va sho`rxok hududlar mavjudligi qorinoyoqli
mollyuskalar yashash joylarining xilma-xilligiga sabab bo`ladi. Ular tuproq
unumdorligini oshiradi, chunki chirigan o`simlik qoldiqlari bilan oziqlanib,
ekotizmda organik moddalarning parchalanishiga hissa qo`shadi. Ozuqa zanjirining
bir qismi bo`lib, qushlar sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar uchun ozuqa
manbai hisoblanadi. Suv havzalari ekologik holatini baholash uchun indikator
hisoblanadi, chunki ular suv ifloslanishiga sezgir. Turli qorin oyoqli
mollyuskalarning chig`anoqlaridan sadaf olishda, xilma-xil ziynat buyumlar
yasashda foydalanilsa, yana bir qator turlari esa chorva mollariga ekoparazit
kasalliklarni tarqatishda oraliq xo`jayin vazifasini o`taydi. Shunga qaramay,
O`zbekistonda bu sinfga oid turlar yetarlicha o`rganilmagan.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
41
O`zbekiston FA Zoologiya instituti tomonidan olib borilgan
kuzatuvlar, ilmiy adabiyotlar va mavjud ma`lumotlar asosida
O`zbekistonning turli hududlarida uchraydigan qorinoyoqli
mollyuskalarning 100dan ortiq turi qayd etilgan. Ularni asosiy uchta
ekologik guruhga ajratish mumkin:
1.
Gidrofil (namsevar) mollyuskalar
Ushbu guruh namlik yuqori hududlarda uchraydi: daryo va ko`llar atrofida,
o`rmonzorlarda.
Vakillari: Succinea putris, Oxyloma elegans.O`zbekistonning chuchuk suv
havzalarida quyidagi turlar uchraydi.
2.
Kserofil (qurg`oqchil hududlarga moslashgan) mollyuskalar
Cho`l va dasht hududlarda uchraydi, suvga ehtiyoji kam. Qobiqlari qalin bo`lib,
namlikni ushlab turish xususiyatiga ega.
Vakillari: Eremina desertorum, Pupilla muscorum.
3.
Mezofil (o`rtacha namlik talab qiluvchi) mollyuskalar
Vakillari: Helicella striata, Zebrina detrita.
4.
Antropofil (inson yashash joylariga moslashgan) mollyuskalar
Qishloq xo`jalik yerlari, bog`lar, yashsh hududlarida uchraydi. Ayrim turlari
xo`jalik ekinlariga zarar yetkazishi mumkin.
Vakillari: Deroceras reticulatum, Arion vulgaris.
Tarqalgan hududlariga ko`ra ularning ba`zi turlari quyidagilar:
Chuchuk suv gastropodlari
: Lymnaea stagnalis, Physa acuta, Planorbis
planorbis
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
42
Ushbu mollyuskalar asosan daryo, ko`l, buloq va sug`orish
kanallarida uchraydi. Ular o`simliklar orasida yashaydi va filtratsiya
orqali organik moddalardan oziqlanadi. Ba`zilari qishloq xo`jalik
ekotizmlarida muhim ahamiyatga ega.
Quruqlik gastropodlari
: Helix lucorum, Brady fruticum,
Eobania vermiculata
Ular namlik darajasi yuqori bo`lgan bog`lar, o`rmonzorlarda va tog` etaklarida
uchraydi. Tuproq unumdorligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, chunki organik qoldiqlarni
parchalashda ishtirok etadi. Ayrim turlari qishloq xo`jaligiga zara yetkazishi
mumkin.
Sho`rlangan hududlarda yashovchi gastropodlar
: Pseudamnicola, Hydrobia
O`zbekistonning cho`l va yarim cho`l hududlarida, suv manbalari yaqinida
uchraydi. Sho`r suvga moslashgan bo`lib, suv`o`tlar va organik qoldiqlardan
oziqlanadi.
Qorinoyoqli mollyuskalar anatomik jihatdan quyidagi asosiy tuzilmalarga ega:
1.
Tashqi qobiq(karapaks): Ularning qobig`I ohaktosh moddasidan tashkil
topgan bo`lib, tashqi muhit ta`siridan himoya qiladi.
2.
Tana tuzilishi: Mollyuskalar asosan uch qismdan iborat: bosh, tana, va
oyoq. Ayrim turlarida oyoq suzish, ba`zilarida esa sudralish uchun moslashgan.
3.
Nafas olish: Chuchuk suv va dengiz turlarida jabralar orqali, quruqlik
turlarida esa maxsus o`pka orqali nafas oladi.
4.
Oziqlanish: Ko`p turlari filtrator yoki chirindilar bilan oziqlanadi,
ayrim yirtqich turlar ham uchraydi.
O`zbekistonda qorinoyoqli mollyuskalar biologik xilma-xillik jihatidan
nisbatan yaxshi o`rganilgan, biroq ayrim turlarning soni kamayib bormoqda.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
43
Ayniqsa, urbanizatsiya va qishloq xo`jaligi faoliyati natijasida ba`zi
turlar xavf ostida qolmoqda. Ta`kidlash lozimki, qishloq xo`jaligi
ishlab chiqarishining keskin kengayishi o`zlashtirilgan hududlardagi
quruqlik mollyuskalari zamonaviy holatiga ta`sir ko`rsatmoqda.
Qo`riq yerlarning o`zlashtirilishi va chorvachilikning rivojlanishi,
qorinoyoqli mollyuskalarning endemik turlari va kamyob turlari tarqalgan
hududlarning qisqarishiga va populyatsiyalarning inqiroziga sabab bo`lmoqda.
Ikkinchi tomondan, quruqlik mollyuskalari ayrim zararli turlari sonining ortishi,
chorvachilik
ahamiyatiga
ega
ozuqabop
o`simliklarga
zarar
yetkazish
ko`rsatkichining oshishi va chorva hayvonlarining parazit lichinkalari bilan
kasallanish ko`lamining kengayishiga olib kelmoqda. Binobarin, o`zgaruvchan lokal
hududlardagi qorinoyoqli mollyuskalarning tur tarkibini aniqlash, kamyob turlari
populyatsiyalari holatini baholash,muhofaza qilish nuqtai nazaridan tabiiy yashash
muhitlarini saqlash va maxsus qo`riqxonalarda monitoring olib borish, zararli
turlariga qarshi esa samarador kurashish usullarini ishlab chiqsh ilmiy-amaliy
ahamiyatga ega.
Qorinoyoqli mollyuskalar populyatsiyasiga ta`sir etuvchi asosiy omillar:
1.1
Iqlim o`zgarishi va qurg`oqchilik.
Suv mollyuskalari soni kamayib ketishiga sabab bo`lmoqda.
1.2
Kimyoviy pesdidsitlar va ifloslanish.
Qishloq xo`jaligida qo`llaniladigan kimyoviy moddalar mollyuskalarga
zarar yetkazadi
1.3
Tabiiy yashash joylarining yo`qolishi
Shaharsozlik va qishloq xo`jaligi natijasida ularning yashash muhiti
qisqarib bormoqda.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series С 2025
44
Bu omillar tufayli ayrim turlar muhofazaga muhtoj. Masalan,
Helix pomatia Yevropada muhofazaga olingan, lekin O`zbekistonda
hali maxsus choralar ko`rilmagan.
O`zbekistonda qorinoyoqli mollyuskalarning biologik xilma-
xilligi juda keng bo`lib, ular ekotizmda muhim rol o`ynaydi.
Chuchuk suv, quruqlik va sho`rxok hududlarda yashovchi mollyuskalar tabiiy
muhitning barqarorligiga xizmat qiladi. Shu sababli, ularning populyatsiyasini
monitoring qilish va muhofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Kelajakda ularning soni va yashash sharoitlari bo`yicha yanada kengroq tadqiqotlar
o`tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Жадин В.И. – Пресноводные моллюски и их географическое
распространение (Москва: Наука, 1952).
2. Крючкова Л.Г. – Роль моллюсков Центральной Азии в экосистеме
(Биологический журнал, 2018).
3. Институт зоологии АН Узбекистана – Состояние охраны моллюсков
Узбекистана (Ташкент, 2020).
4.
Наземные моллюски (gastropoda, pulmonata) Узбекистана
сопредельных территорий (Ташкент, Фан 2003)
