J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
4
AKADEMIK KAMILJON ZUFAROV: O‘ZBEK
TIBBIYOT ILMINING YORQIN YULDUZI
Batirova Shaxlo Muxammad qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Pediatriya, stomatologiya,
tibbiy pedagogika va xalq tabobati fakulteti 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:Ibodulla Tursunmetov
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston tibbiyotining asoschilaridan biri,
balki morfologiya, gistologiya, biofizika va elektron mikroskopiya kabi ko‘plab
ilmiy sohalarda chuqur iz qoldirgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Komiljon Zufarov Ahmedovichning
hayoti va vatanimiz ravnaqiga qo‘shgan ulkan ishlari yoritilib berilgan.
Kalit so‘zi:
laboratoriya, radiatsiya, hujayraviy mexanizm, xalqaro,
gistologiya, psixiatriya
Annotation:
this article highlights the great work of Academician of the
Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, doctor of medical sciences,
professor Komiljon Zufarov Ahmedovich, one of the founders of Uzbek medicine,
but also left a deep mark on many scientific fields such as morphology, histology,
biophysics and electron microscopy.
Keyword:
laboratory, radiation, cellular mechanism, international, histology,
psychiatry
Аннотация:
В данной статье освещается жизнь и огромный вклад в
развитие нашей Родины академика Академии наук Республики Узбекистан,
доктора медицинских наук, профессора Комильжона Зуфарова Ахмедовича,
одного из основоположников медицины Узбекистана, но оставившего
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
5
глубокий след во многих научных областях, таких как
морфология,
гистология,
биофизика
и
электронная
микроскопия.
Ключевое слово:
лаборатория, радиация, клеточный
механизм, международный, гистология, психиатрия
O‘zbekiston ilm-fan tarixida akademik Kamiljon Ahmedjanovich Zufarov
nomi yuksak hurmat bilan tilga olinadi. U nafaqat O‘zbekiston tibbiyotining
asoschilaridan biri, balki morfologiya, gistologiya, biofizika va elektron
mikroskopiya kabi ko‘plab ilmiy sohalarda chuqur iz qoldirgan yetuk olim edi.
Uning butun hayoti ilm-fanga, yosh mutaxassislarni tayyorlashga va mamlakat
tibbiyotining rivojiga bag‘ishlangan bo‘lib, bugungi kunda ham uning ilmiy maktabi
nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda e’tirof etiladi. Keling, bu ulkan
shaxsning hayoti va faoliyati bilan batafsil tanishamiz.
Kamiljon Zufarov 1925-yilning may oyida
Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga
chanqoq bo‘lgan Zufarov 1942-yilda Toshkent
davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi. Biroq
Ikkinchi jahon urushi sababli o‘qishini to‘xtatishga
majbur bo‘ladi va frontga ketadi. U Kavkaz,
Stalingrad, Ukraina, Moldova va Ruminiya
shaharlarini ozod qilish janglarida qatnashgan.
1945-yilda demobilizatsiya qilingach, Zufarov
yana
institutga
qaytib,
1951-yilda
uni
muvaffaqiyatli
tamomlaydi.
Ilmga
bo‘lgan
ishtiyoqi uni Moskvaga – professor V. K. Beletskiy rahbarligida psixiatriya
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
6
markazida patomorfologiya bo‘yicha aspiranturada o‘qishga
yetaklaydi. Bu yerda u 1954-yilda nomzodlik, 1962-yilda esa
doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1955–1957-yillarda Andijon tibbiyot institutida gistologiya
kafedrasini tashkil etgan va unga rahbarlik qilgan Zufarov qisqa vaqt
ichida o‘zining chuqur bilimlari va tashkilotchilik qobiliyati bilan ilmiy doiralarda
taniladi. U nafaqat gistologiyani o‘qitish metodikasini takomillashtirdi, balki
laboratoriya tadqiqotlarini ham rivojlantirdi.
1957–1962-yillarda u O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi
institutida patogistologiya laboratoriyasi va radiatsiya sitologiyasi laboratoriyasini
boshqaradi. Aynan shu yillarda Zufarov elektron mikroskopiya bo‘yicha
fundamental tadqiqotlarga asos soldi.Shuningdek, Zufarov elektron mikroskopiya
laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirishda faol ishtirok etgan. Uning
tashabbusi bilan Andijon tibbiyot instituti, viloyat tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti,
Yadro fizikasi instituti va Toshkent davlat tibbiyot institutida zamonaviy elektron
mikroskopiya laboratoriyalari tashkil etilgan. Bu laboratoriyalar orqali ilmiy
tadqiqotlar sifati oshib, yangi kashfiyotlarga zamin yaratilgan.
Akademik
Zufarovning
elektron
mikroskopiya
sohasidagi
ishlari
nafaqat
O‘zbekistonda, balki xalqaro
miqyosda ham e’tirof etilgan.
Uning ilmiy merosi bugungi
kunda ham tibbiyot va biologiya fanlarining rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Kamiljon Zufarov va uning ilmiy guruhi 1971-yilda dunyodagi birinchi “Organ
va to‘qimalar elektron mikroskopiyasi atlasi”ni yaratdi. Bu atlas tibbiyot sohasida
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
7
katta shov-shuvga sabab bo‘ldi va xalqaro miqyosda e’tirof etildi.
Zufarovning tadqiqotlari natijasida organlar va to‘qimalar tuzilishi,
hujayra ichidagi jarayonlar haqida yangi ilmiy ma’lumotlar ochildi.
Uning ilmiy izlanishlari jigarning monooksigenaza tizimi, dori
metabolizmi, hujayra giperplaziyasi va gipertrofiyasi kabi
jarayonlarning molekulyar va hujayraviy mexanizmlarini chuqur o‘rganishga
qaratilgan edi. Bu esa turli kasalliklarni diagnostika qilish va davolash usullarini
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Zufarov hazm jarayonlarini chuqur
o‘rganib, ingichka ichak orqali qonga so‘rilgan oqsillarning buyraklarda
parchalanishini ilmiy jihatdan asoslab berdi (1987). Bu kashfiyot chaqaloqlar
ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etish va sog‘lom avlodni tarbiyalashda yangi
imkoniyatlar ochdi.
Olim hazm organlarining kompensatsion-adaptiv jarayonlarini o‘rganib, bu
jarayonlarning morfologik asoslarini aniqladi va bu boradagi ilmiy xulosalarini
“Kompensatsion-adaptiv jarayonlarning dolzarb masalalari” (1970) hamda
“Adaptiv jarayonlarning tarkibiy asoslari” (1976) monografiyalarida umumlashtirdi.
Akademik Zufarovning pedagogik faoliyati ham ilmiy ishlari kabi serqirra bo‘lgan.
U ikkita nashrdan o‘tgan “Gistologiya” darsligini yozgan va ko‘plab amaliy
qo‘llanmalarni yaratgan. Uning rahbarligida 60 dan ortiq doktorlik, 157 ta
nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shogirdlari orasida institut rektorlari,
prorektorlari, dekanlar, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va laboratoriya
mudirlari yetishib chiqdi.
K.A.Zufarov tahririyatida 40 dan oshiq ilmiy va o‘quv adabiyotlari nashr
etilgan. U 250 ga yaqin ilmiy asarlar muallifi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
8
Zufarov ilmiy va pedagogik faoliyat bilan cheklanib qolmay,
muhim ma’muriy lavozimlarda ham faoliyat yuritgan. U Toshkent
tibbiyot instituti rektori (1965–1971), Viloyat tibbiyot ilmiy-
tadqiqot instituti direktori (1971–1972) bo‘lgan.
1977–1986-yillarda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ning
bosh muharriri sifatida 14 jildli noyob asarning nashr etilishiga bosh-qosh bo‘lgan.
1987–1992-yillarda esa “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri sifatida o‘zbek
ilm-fanining targ‘ibotiga katta hissa qo‘shgan.
Zufarovning ilmiy ishlari xalqaro darajada e’tirof etilgan. U Chexoslovakiya
ilmiy-tibbiy jamiyatining faxriy a’zosi, Bolgariya anatomistlari va embriologlari
jamiyatining a’zosi bo‘lgan. 1978-yilda Brno universitetining katta kumush medali,
1981-yilda esa Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Tibbiyotda, xususan kardiologiya, jarrohlik va ichki kasalliklar sohasida
ko'plab ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan. Uning tadqiqotlari diagnostika va
davolash usullarini yaxshilashga yordam berdi, ayniqsa sog'liq uchun asosiy
muammo bo'lgan yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog'liq. : Zufarov o'z
tadqiqotlari orqali O'zbekistonda sog'liqni saqlashni rivojlantirgan yangi tibbiy
texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishda muhim rol o'ynadi. Uning ishi klinik
amaliyotga ilg'or usullarni joriy etishga yo'l ochdi. Sog'liqni saqlash tizimini
takomillashtirish borasida esa O'zbekiston tibbiyot hamjamiyatining yetakchi arbobi
sifatida u sog'liqni saqlash sohasidagi muhim islohotlarning bir qismi bo'lib, tizimni
modernizatsiya qilish, foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shifoxona va
klinikalarda sifatli xizmat ko'rsatishni targ'ib qilmoqda. Tibbiy ta'limga esa hozirda
O'zbekistonda tibbiyot xodimlarining bir qismi bo'lgan son-sanoqsiz talabalar va
yosh mutaxassislarga ustozlik qildi. Uning ta'limoti shifokorlar, tadqiqotchilar va
sog'liqni saqlash mutaxassislarining kelajak avlodlariga ta'sir ko'rsatdi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 2, Series C 2025
9
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak
Akademik Kamiljon
Ahmedjanovich Zufarovning hayoti va ilmiy faoliyati O‘zbekiston
tibbiyot tarixining ajralmas qismidir. U yaratgan ilmiy maktab,
kashfiyotlari va shogirdlari bugungi kunda ham ilm-fanga xizmat
qilmoqda. Zufarov o‘z hayotini ilm-fan va ta’limga bag‘ishlagan
buyuk inson sifatida yodda qoladi.Uning merosi O‘zbekiston tibbiyot fanining
yorqin kelajagiga ishonch uyg‘otib, yangi avlod olimlari uchun ilhom manbai bo‘lib
qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ultrastrukturnie osnovi sistemnoy organizatsii organov i tkaney, T., 1983;
Vliyaniye nekotorix ximicheskix faktorov vneshney sredi na deystviye
lekarstvennix veshestv, metaboliziruyushixsya v pecheni, T., 1979; Gistologiya, T.,
1991; Gistologiya (rukovodstvo), (hamkorlikda), Sankt-Peterburg, 2001.
2. https://akademiklar.uz/zufarov-komiljon-ahmadjonovich
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Komiljon_Zufarov
