Authors

  • Sabrina Ibragimova
    Nizomiy nomidagi TDPU, Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yoʻnalishi, 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.83634

Keywords:

Inson huquqlari erkinlik sud tizimi davlat organlari islohot konstitutsiyaviy asos.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya etishning Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz zamirida belgilangan konstitutsiyaviy asoslari haqida soʻz yuritiladi. Inson, uning hayoti va qadr-qimmatini himoya etish davlat organlari, ayniqsa, sud tizimining ustuvor vazifasi sifatida malakatimiz doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikrlar keltiriladi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

63

YANGI OʻZBEKISTON QONUNCHILIGIDA INSON

HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISHNING

KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

Ibragimova Sabrina Olim qizi

Nizomiy nomidagi TDPU, Milliy gʻoya,

ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yoʻnalishi, 3-bosqich talabasi

ibragimovaxror350@gmail.com

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida

inson huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya etishning Yangi tahrirdagi

Konstitutsiyamiz zamirida belgilangan konstitutsiyaviy asoslari haqida soʻz

yuritiladi. Inson, uning hayoti va qadr-qimmatini himoya etish davlat organlari,

ayniqsa, sud tizimining ustuvor vazifasi sifatida malakatimiz doirasida amalga

oshirilayotgan islohotlar xususida fikrlar keltiriladi.

Kalit soʻzlari:

Inson huquqlari, erkinlik, sud tizimi, davlat organlari, islohot,

konstitutsiyaviy asos.

Аннотация:

В данной статье рассматриваются конституционные основы

судебной защиты прав и свобод человека в системе законодательства

Республики Узбекистан, заложенные в новой редакции нашей Конституции.

Охрана человека, его жизни и достоинства рассматривается как приоритетная

задача государственных органов, особенно судебной системы. Также

приведены размышления о проводимых в нашей стране реформах в этой

сфере.

Ключевые слова:

права человека, свобода, судебная система,

государственные органы, реформа, конституционная основа.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

64

Annotation

: This article discusses the constitutional

foundations of judicial protection of human rights and freedoms

within the legal system of the Republic of Uzbekistan, as outlined in

the newly revised Constitution. The protection of the individual,

their life and dignity is regarded as a top priority of state bodies, particularly the

judiciary. The article also presents reflections on the reforms being carried out in

this area within our country.

Keywords:

human rights, freedom, judicial system, government agencies,

reform, constitutional framework.

Jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda inson huquqlari va

erkinliklari, uning kafolatlarini taʼminlash, barcha islohotlarning zamirida inson

manfaatlarining koʻzlanishi gʻoyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi texnika

va texnologiyalar asrida inson sha’ni, qadr-qimmati va uning huquqlarini har

jabhada himoya qilishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilmoqda. Inson eng

oliy qadriyat darajasida ulugʻlanishi ham uning konstitutsiyaviy jihatdan

mustahkamlanishi bilan chambarchas bogʻliqdir. 2022-yil 26-yanvardagi

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan “2022-2026-yillarga moʻljallangan

Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning dastlabki ustuvor yoʻnalishi

ham aynan inson qadrini yuksaltirishga qaratilgandir.

Jahonning yetakchi davlatlari qatorida bugungi kunda oʻzining siyosiy-

huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy, iqtisodiy va har jabhada kundan kunga rivojlanib

borayotgan Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlar yanada avj olmoqda,

insonparvarlik prinsiplari ilgari surilmoqda. Inson, uning manfaatlari eng ustuvor

vazifa sifatida koʻrilmoqda. Buni 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi

asosida qabul qilingan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda: "Oʻzbekiston


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

65

Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,

unga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr -qimmati va

boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi

1

—deya

belgilanishi orqali ham bilishimiz mumkin. Mamlakatimizda inson

huquq va erkinliklarini davlat va davlat organlari orqali himoya etishning "inson—

jamiyat—davlat" tizimi joriy etildi. Bularning barchasi inson, uning hayoti va qadr-

qimmatini himoya etish va har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratishga

qaratilgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida inson manfaatlari,

huquq va erkinliklarini sud organlari orqali himoya etish tizimining yanada

takomillashtirilmoqda. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda sud

organlari tizmining yanada ochiqligi, xalqchilligi va shaffofligini taʼminlash

maqsadida " Elektron odil sudlov" tizimi joriy etildi

2

aholi oʻz huquqlariga oid

ma’lumotlarni tez va oson, qulay usulda olish uchun

Advice.uz

saytining

imkoniyatlari yanada kengaytirildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga koʻra, aybdor shaxs oʻzining haq-

huquqlarini himoya etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilishi zarur. Hech bir

fuqaro sud hukmisiz 48 soatdan ortiq muddatda hibsda saqlanishi mumkin emasligi

belgilangan va aybsizlik prezumpsiyasining bugungi kunda amaliyotga tatbiq

etilganligi bu boradagi ishlar koʻlamini yangi bosqichga koʻtardi. Ilk marotaba

insonlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bogʻliq barcha harakatlarga faqat

qoununga muvofiq va sud qarori asosida yoʻl qoʻyilishi, AQSh fuqarolarni himoya

etish tizimidagi " Miranda qoidasi" zamirida gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi

shaxslarga "sukut saqlash" huquqining berilishi ham shular jumlasidandir. Bu

1

“ Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”. 30.04.2023

-yil. 13-modda.

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. 30.08.2017-yil. PQ-3250-son.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

66

borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “Sud binosiga kelgan

har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi

kerak. Bu Prezident talabi

3

“,—deya ta’kidlashlari ham inson

huquqlarini himoya qilishda sud organlaring rolini yanada

kuchaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligini ifodalasidir.

Yurtimizda sud- huquq tizimida "Xabeas korpus" institutining faoliyat doirasi

kengaytirilganligi, qamoqga

olish tarzidagi ehtiyot chorasini

qo‘llash

yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish uchun sanksiya berish

vakolatining sudlarga o‘tkazilishi inson huquqlari tizimining sud orqali himoya

qilishning mazmunini bir muncha ochib berdi, desak, adashmaymiz. Shu ma’noda,

mamlakatimiz aholisining mol-mulk, sogʻliqni

saqlash

va

har

tomonlama huquqlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning poymol etilishiga yoʻl

qoʻymaslik, bola huquqlari, ayollar huquqlaring har qanday koʻrinishlarini

kafolatlash sud organlari tizmining ustuvor vazifasidir. Oʻzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyaviy sudi

davlat organlari,

ayniqsa,

sudlar tomonidan Yangi

tahrirdagi Konstitutsiyamizni bevosita qoʻllagan holda qarorlar qabul qilish

amaliyotini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi

4

soʻzimizning isbotidir.

Bugungi kunda oʻtgan davr nuqtayi nazaridan xolisona fikr yuritadigan boʻlsak,

fuqarolarimiz endilikda sudya va advokatlar timsolida oʻz sha’nining, qadr-u

qimmatining posponlarini, mustahkam himoyachilarini koʻz oldiga keltirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini

yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha

chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”farmoniga muvofiq globallashuv sharoitida eng koʻp

3

“Prezident—odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi toʻgʻrisida".30.06.2020.

URL:

https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/30/justice/

4

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori." Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi—

mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotini tasdiqlash haqidagi". KSQ-7-son.
05.12.2023.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

67

kuzatilayotgan va aholi oʻrtasida turli xil qarashlarga sabab

boʻlayotgan “axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish

5

“ham

sud organlari zimmasiga yuklatildi. Avvalgi davrdan farqli ravishda

mamlakatimizning har bir hududi, har bir shtat birliklarida sudlar

tashkillashtirildi. Olis manzillardagi aholimiz oʻz huquqlarini himoya etish uchun

endilikda uzoq masofadan kelishlari shart emas.

Oʻzbekiston Respublikasi qoununchilik tizimida tili, dini, irqi, millati, ijtimoiy

kelib chiqishidan qat’iy nazar har bir shaxsning qadr-u qimmati qonunan

himoyalangan. Jumladan, davlat hokimiyatining uchinchi tarkibiy qismi sanalmish

sud tizimida davlat lavozimlari, xususan, sudyalik lavozimi belgilanishida ham

xalqaro gender tenglik masalasi ustuvor jihatlardan biri sifatida koʻzga tashlanadi.

Ya’ni, xotin-qizlarning huquqlari insonparvarlik tamoyillariga mutanosib tarzda

ushbu sohada ham kafolatlangan. Bundan tashqari, aholi uchun qulaylik yaratish

uchun sud tizimi zamon bilan hamnafas tarzda raqamlashtirilmoqda, bu esa har xil

qonunga xilof holatlarning kelib chiqishiga toʻsqinlik qilmoqda.

oʻrnida aytish kerakki, bugungi kunda adolat qoʻrgʻoniga aylanib borayotgan

sud organlari va ularning tizimlari faoliyatida inson qadri, uning huquqlarini himoya

etish eng yetakchi vazifa sifatida belgilab qoʻyildi. Buning asosi esa Yangi

Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida, Prezidentimiz tashabbusi bilan

qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarda mustahkamlab qoʻyilmoqda. Har bir

huquqiy asos, yuridik fakt inson manfaatlariga xizmat qilishi koʻzda tutilgan. Zero,

insonni inson ekanligi uchun ulugʻlash, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-

qimmatini har tomonlama himoya etish har bir demokratik davlatning eng asosiy

belgisidir.

5

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “ Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va

sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”. PF-11-son. 16.01.2023-
yil.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

68

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

:

1.

“ Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi".

30.04.2023. URL:

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.”Inson

huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash

toʻgʻrisidagi."

PF-6012-son

qarori.

22.06.2020.

URL:

https://lex.uz/docs/4872355?ONDATE2=30.04.2021&action=compare

3.

"Prezident—odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi toʻgʻrisida".

4.

30.06.2020. URL:

https://www.gazeta.uz/oz/2020/06/30/justice/

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori. " Oʻzbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyaviy

sudi—mamlakatdagi

konstitutsiyaviy

qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotini tasdiqlash haqidagi". KSQ-7son.

05.12.2023.

6.

"Sud-huquq sohasidagi islohotlar inson qadriga qaratilgan". Sh. Toʻxtashev.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq

masalalari

qoʻmitasi

aʼzosi.13.06.2023.

URL:

https://parliament.gov.uz/articles/1554

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. “Sudlar faoliyatiga zamonaviy

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”. 30.08.2017-yil. PQ-3250-son.

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “ Odil sudlovga erishish

imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini

oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”. PF-11-son.

16.01.2023-yil.

References

“ Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi". 30.04.2023. URL: https://lex.uz/docs/-6445145

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.”Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi." PF-6012-son qarori. 22.06.2020. URL: https://lex.uz/docs/4872355?ONDATE2=30.04.2021&action=compare

"Prezident—odil sudlov, korrupsiya, xususiy mulk himoyasi toʻgʻrisida".

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori. " Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi—mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotini tasdiqlash haqidagi". KSQ-7son. 05.12.2023.

"Sud-huquq sohasidagi islohotlar inson qadriga qaratilgan". Sh. Toʻxtashev. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi.13.06.2023. URL: https://parliament.gov.uz/articles/1554

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. 30.08.2017-yil. PQ-3250-son.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. “ Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”. PF-11-son. 16.01.2023-yil.