Authors

  • Xadyatillo Sobirxo‘jayev
    O‘zbekiston milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.83635

Keywords:

Davlat ijtimoiy transfer biznes aholi daromadi ishsizlik davlat aralashuvi iqtisodiy faollik soliq yuklari bandlik siyosati

Abstract

Maqolada davlat ijtimoiy funksiyalarining biznes muhitiga, aholi daromadlari va bandligiga ta’siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy nafaqalar va ishsizlik sug‘urtasi tadbirkorlik tashabbuslarini susaytirishi va soliq yukini oshirishi mumkinligi, natijada iqtisodiy faollik pasayishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotda iqtisodiy nazariyalar va empirik ma’lumotlar asosida davlat aralashuvining uzoq muddatli salbiy oqibatlari muhokama qilinadi. Natijalar davlat siyosati va biznes rivojlanishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

49

DAVLAT ISHSIZLIK NAFAQALARINING IQTISODIY

SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Sobirxo‘jayev Xadyatillo Billoxon o‘g‘li

O‘zbekiston milliy universiteti

Iqtisodiyot fakulteti talabasi

E-mail:

xadyatillo2004@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada davlat ijtimoiy funksiyalarining biznes muhitiga, aholi

daromadlari va bandligiga ta’siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy nafaqalar va ishsizlik

sug‘urtasi tadbirkorlik tashabbuslarini susaytirishi va soliq yukini oshirishi

mumkinligi, natijada iqtisodiy faollik pasayishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Tadqiqotda iqtisodiy nazariyalar va empirik ma’lumotlar asosida davlat

aralashuvining uzoq muddatli salbiy oqibatlari muhokama qilinadi. Natijalar davlat

siyosati va biznes rivojlanishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurligini

ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Davlat, ijtimoiy transfer

,

biznes, aholi daromadi, ishsizlik, davlat

aralashuvi, iqtisodiy faollik, soliq yuklari, bandlik siyosati.

Аннотация:

В статье анализируется влияние социальных функций

государства на бизнес-среду, доходы населения и занятость. Отмечается, что

социальные выплаты и страхование от безработицы могут ослаблять

предпринимательские инициативы и увеличивать налоговую нагрузку, что в

конечном итоге снижает экономическую активность. В исследовании

обсуждаются долгосрочные негативные последствия государственного

вмешательства на основе экономических теорий и эмпирических данных.

Результаты подчеркивают необходимость обеспечения баланса между

государственной политикой и развитием бизнеса.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

50

Ключевые слова:

Государство, социальные трансферты,

бизнес, доходы населения, безработица, государственное

вмешательство, экономическая активность, налоговая нагрузка,

политика занятости.

Abstract:

The article analyzes the impact of the government's social functions

on the business environment, household income, and employment. It highlights that

social benefits and unemployment insurance may weaken entrepreneurial initiatives

and increase the tax burden, which can ultimately reduce economic activity. The

study discusses the long-term negative consequences of government intervention

based on economic theories and empirical data. The findings emphasize the need to

maintain a balance between government policy and business development.

Keywords:

Government, social transfer, business, household income,

unemployment, government intervention, economic activity, tax burden,

employment policy.

Zamonaviy davlatlar iqtisodiyotning turli jabhalariga faol aralashib, ijtimoiy

adolatni ta’minlash va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida keng

ko‘lamli sotsial dasturlarni amalga oshirmoqda. Ushbu dasturlar ishsizlik sug‘urtasi,

ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan qatlamlarga moliyaviy yordam va boshqa

turdagi sotsial imtiyozlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur chora-tadbirlar qisqa muddatli

istiqbolda aholining farovonligini oshirishga xizmat qilishi mumkin, biroq uzoq

muddatli iqtisodiy ta’siri yuzasidan akademik doiralarda jiddiy bahs-munozaralar

mavjud. Davlat tomonidan taqdim etilayotgan sotsial imtiyozlar va moddiy yordam

dasturlari biznes muhitiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan, bunday siyosat

iste’mol darajasini oshirish orqali umumiy iqtisodiy faollikka ijobiy ta’sir o‘tkazishi


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

51

mumkin. Biroq, boshqa tomondan, sotsial xarajatlarning ortishi

davlat byudjetining defitsitga uchrash xavfini oshiradi va soliqlar

yuklamasini ko‘paytiradi. Shu bilan birga, ishsizlik nafaqasi va

boshqa davlat yordami shakllari mehnat bozoridagi rag‘bat tizimini

o‘zgartirishi, iqtisodiy faollikni pasaytirishi va tadbirkorlik tashabbuslarining

susayishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Yuqori soliq yuklamalari va davlatning

ortib borayotgan sotsial majburiyatlari xususiy sektorning rivojlanishini

sekinlashtiradi, sarmoyaviy faollikni pasaytiradi hamda iqtisodiy innovatsiyalarni

cheklaydi. Shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda davlatning haddan tashqari sotsial

yuki mehnat unumdorligining kamayishiga va davlat byudjetining barqarorligi

masalasiga xavf tug‘diradi. O’zbekistonda ishsizlik nafaqalari keng va uzoq

muddatda mavjud emas. Biroq, so’nggi ijtimoiy rejalar ayni masalani kun tartibiga

kiritmoqda. Ishsizlik nafaqalari o’rta va pastki qatlamni himoya qilishda keng

qo’llaniluvchi usul bo’lsa-da, uning amaliy ta’sirlari va istiqboldagi ahamiyati

bahsli. Maqolada ushbu muammolar iqtisodiy tahlil va empirik ma’lumotlar asosida

baholanadi, bu esa siyosatchilar, iqtisodiy tadqiqotchilar hamda davlat boshqaruvi

vakillari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin. Mazkur

tadqiqot natijalari kelgusida davlatning ijtimoiy siyosatini takomillashtirish va

biznes rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha muvozanatli yondashuvni

shakllantirishda ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.

Adabiyotlar Sharhi

Iqtisodiy adabiyotda davlatning sotsial xarajatlari va iqtisodiy o‘sish

o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha qarashlar turlicha. Barro va Sala-i-Martin (1992)

1

tadqiqotlarida davlat xarajatlari va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil

qilingan bo‘lib, haddan tashqari sotsial dasturlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarini

1

Barro, R. J., & Sala-i-Martin, X. (1992).

Public finance in models of economic growth


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

52

pasaytirishi mumkinligi ta’kidlangan. Ushbu tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, davlat tomonidan taqdim etilayotgan ortiqcha

imtiyozlar resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilishi

va xususiy sektorning investitsion faolligini cheklashi mumkin.

Boshqa tomondan, Esping-Andersen (1990) tomonidan ishlab chiqilgan

farovonlik davlatlari modeli davlatning sotsial majburiyatlari jamiyatning uzoq

muddatli iqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ilgari suradi.

Tadqiqotda, ayniqsa, Skandinaviya mamlakatlarida davlat tomonidan qo‘llab-

quvvatlanadigan sotsial siyosatlar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlayotgani qayd

etilgan. Ushbu modelga ko‘ra, davlat tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy

himoya dasturlari mehnat unumdorligi va aholi salomatligi darajasini oshirish orqali

iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishi mumkin. Ishsizlik sug‘urtasi va boshqa

sotsial yordam dasturlarining mehnat bozori ishtirokchilariga ta’siri iqtisodiy

tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi. Krueger va Meyer (2002) o‘z tadqiqotlarida

ishsizlik nafaqalarining bandlik darajasi va ish qidirish jarayonlariga ta’sirini

o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlik darajasi oshishi bilan davlat tomonidan beriladigan

yordam o‘rtasida kuchli bog‘liqlik mavjudligini aniqlashgan.

Boshqa tomondan, Card va Levine (2000) tomonidan olib borilgan

tadqiqotlarda mehnat bozoridagi rag‘bat tizimining muvozanatli bo‘lishi zarurligi

ta’kidlanadi. Tadqiqotchilar sotsial nafaqalar ishsizlarning yangi ish topish

motivatsiyasini pasaytirishi mumkinligini qayd etgan. Shu bilan birga, mehnat

bozori sharoitlariga qarab, bunday dasturlar vaqtinchalik daromad yo‘qotishlarining

oldini olishga xizmat qilishi va ijtimoiy beqarorlikni kamaytirishi ham mumkin.

Davlat tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy dasturlar fiskal barqarorlik

masalasini ham dolzarb qiladi. Reinhart va Rogoff (2010) tomonidan olib borilgan

tadqiqotlar davlat qarzining ortishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi

bog‘liqlikni tahlil qiladi. Ularning xulosasiga ko‘ra, haddan tashqari sotsial


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

53

xarajatlar davlat byudjetining defitsitga uchrashiga olib kelishi

mumkin, bu esa uzoq muddatda makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib

chiqaradi. Mankiw (2013) davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvi

bo‘yicha tadqiqotlarida sotsial dasturlar va soliq yuklamalari

o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ko‘rsatib o‘tadi

2

. Shu bilan birga, kam ta’minlangan

qatlamlarga yo‘naltirilgan davlat dasturlari ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda

muhim rol o‘ynaydi.

Metodologiya

Ushbu tadqiqotda hukumat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqalarning

ishsizlar va kambag‘allarga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda iqtisodiy tahlil, empirik

ma’lumotlarni solishtirish va nazariy manbalarni tahlil qilish usullaridan

foydalanildi. Dastlab mavzu bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va

akademik maqolalar tahlil qilindi. Bu jarayonda ishsizlik nafaqalarining iqtisodiy

oqibatlari, odamlarning mehnat bozoridagi xatti-harakati va davlat ijtimoiy siyosati

bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlarga asoslangan taqqoslashlar olib borildi. Keyin

esa rasmiy statistik ma’lumotlardan, xususan, hukumat hisobotlari, xalqaro

tashkilotlarning (Jahon Banki, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Iqtisodiy Hamkorlik va

Taraqqiyot Tashkiloti) ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi. Ushbu ma’lumotlar

yordamida ijtimoiy nafaqalar va ishsizlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga

harakat qilindi. Tahlil usuli sifatida iqtisodiy modellash va empirik natijalarga

asoslangan regresion tahlil qo‘llanildi. Ushbu yondashuv yordamida davlat

tomonidan beriladigan nafaqalar va insonlarning iqtisodiy faoliyati o‘rtasidagi

sabab-oqibat bog‘liqligi baholandi. Tadqiqotning nazariy jihatini chuqurroq

o‘rganish maqsadida, klassik va zamonaviy iqtisodiy nazariyalarga tayanildi.

2

Mankiw, N. G. (2013).

Principles of Economics

(6th ed.)


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

54

Natijalar va munozara

Ishsizlik jamiyatning iqtisodiy barqarorligiga ta'sir qiluvchi

muhim omillardan biri bo‘lib, uning oldini olish va kamaytirish har

bir davlatning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ishsizlikdan

chiqish uchun ikki usul mavjud: yangi ish topish yoki o‘z biznesini tashkil etish.

Mamlakatdagi ishsizlik uchun kompensatsiya tizimi shaxsning ishsizlikdan chiqish

motivatsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunda shaxsning nafaqat ish topishga,

balki o‘ziga tegishli biznesni yaratishga bo‘lgan xohishi ham muhim o‘rin tutadi.

Ishsizlik uchun beriladigan saxiy nafaqa yuqori iqtisodiy xarajatlarni anglatishi bilan

birga, bunday nafaqa shaxsning ishsizlikdan chiqishga bo‘lgan motivatsiyasini

sezilarli darajada pasaytirishi mumkin. Bu holat, o‘z navbatida, shaxsning haq

to‘lanadigan ish izlashga yoki o‘z biznes tashabbusini yaratishga bo‘lgan

intilishlarini susaytiradi (Robson, 2010).

Chetty (2008) tomonidan fanga kiritilgan "axloqiy xavf"

3

effekti aynan saxiy

nafaqalar sabab yuzaga keladi. Bu effektda ishsiz shaxslar ishsizlik holatida uzoqroq

qolishni afzal ko‘rishadi yoki faqat ishsizlik nafaqalari muddati tugashiga yaqin faol

ish izlashga kirishadilar. Bu holat nafaqat ishsizlikdan chiqish imkoniyatlarini

cheklaydi, balki iqtisodiyotning samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ayniqsa, ishsiz shaxslar ish izlashni to‘xtatib, yangi tashabbus boshlash qarorini

qabul qilgan holatlarda, ishsizlik nafaqalari to‘xtatilishi ehtimoli demotivatsiyani

yanada kuchaytiradi. Bu shaxslar iqtisodiy jihatdan xavfsizlik tarmog‘idan mahrum

bo‘lib, yangi tashabbusni amalga oshirishga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotadilar. Shu

sababli, saxiy nafaqalarning samaradorligini qayta ko‘rib chiqish va ularning

motivatsiyani oshirishga yo‘naltirilgan shaklda qayta dizayn qilish zarurati mavjud.

3

Chetty, R. (2008).

Moral hazard versus liquidity and optimal unemployment insurance


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

55

Ishsizlik nafaqalari yetarlicha saxiy bo‘lganda, xodimlar

moliyaviy xavfsizlik hissini orttiradi va bu holat ularning kamroq

harakat qilishiga yoki o‘z vazifalariga mas’uliyatsiz yondashishiga

olib kelishi mumkin. Ushbu xatti-harakat ilmiy adabiyotlarda

“shirking” (mas’uliyatdan qochish) deb ataladi va u tashkilotlarning samaradorligiga

salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, kompaniyalar xodimlarning samarali ishlashini

ta’minlash uchun ularni nazorat qilish, monitoring qilish va rag‘batlantirish kabi

jarayonlarga qo‘shimcha mablag‘ sarflashga majbur bo‘ladi. Bu esa korxona uchun

operatsion xarajatlarning oshishiga olib keladi va iqtisodiy jihatdan salbiy

oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu salbiy ta’sirni kamaytirish va xodimlarning

samaradorligini oshirish uchun kompaniyalar ko‘pincha “samaradorlik maoshlari”

(efficiency wages) tamoyilidan foydalanadilar. Bu usul bozor darajasidan yuqori

maosh to‘lash orqali ishchi unumdorligini oshirishga qaratilgan. Nazariy jihatdan,

yuqori maosh xodimlarni o‘z ishlariga mas’uliyatli yondashishga va shirkingdan voz

kechishga undaydi, chunki ular yuqori daromadni yo‘qotishdan qo‘rqadilar. Shu

bilan birga, bu yondashuv kompaniyaning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan

raqobatbardoshligini saqlab qolishga yordam beradi (Kumar, 2012). Biroq,

“samaradorlik maoshlari” tamoyilining joriy etilishi yangi tadbirkorlar uchun

muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Yangi tashkil etilayotgan biznes

korxonalari odatda moliyaviy resurslar bilan cheklangan bo‘ladi, va ular ishchilarga

bozor darajasidan yuqori maosh to‘lash imkoniyatiga ega emaslar. Bu esa

tadbirkorlarning yangi biznes boshlashga bo‘lgan motivatsiyasini sezilarli darajada

pasaytirishi mumkin. Shu sababli, iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda nafaqat

ishsizlik nafaqalari tizimini, balki ularning tadbirkorlik, bandlikka ta’sirini ham

hisobga olish muhimdir (Beladi & Kar, 2014).

Saxiy ishsizlik nafaqalari shaxslarning ish qabul qilish qarorlariga bevosita

ta’sir ko‘rsatadi va ularning mehnat bozoridagi xatti-harakatlarini o‘zgartiradi.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

56

Bunday nafaqalarning mavjudligi tufayli ishsiz shaxslar past

maoshli yoki o‘zlarining kutilmalariga mos kelmaydigan ish

takliflarini rad etishga moyil bo‘ladilar. Nazariy jihatdan, bu jarayon

“rezerv maosh” (reservation wage) tushunchasi orqali tushuntiriladi,

ya’ni shaxsning ma’lum bir ishni qabul qilishga rozi bo‘lishi uchun talab qilinadigan

minimal maosh miqdori oshadi (Mortensen va Pissarides, 1999). Shunday qilib,

mehnat bozorida saxiy ishsizlik nafaqalari mavjud bo‘lganda, ayrim shaxslar o‘z

ehtiyojlariga mos bo‘lmagan ishlarni rad etib, uzoq muddat davomida yaxshiroq

maosh va sharoitlarni kutishni afzal ko‘rishadi. Bu esa ish qidirish jarayonining

cho‘zilishiga va iqtisodiy jihatdan ishsizlikning ixtiyoriy tanlov sifatida

shakllanishiga sabab bo‘ladi. Laffineur va boshqalar (2017) tomonidan olib borilgan

tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatadiki, saxiy ishsizlik nafaqalari shaxslarning mehnat

bozoriga qaytish vaqtini kechiktirishi va natijada bandlik darajasining pasayishiga

olib kelishi mumkin. Ushbu holat ishsizlik bozorida muvozanatning buzilishiga va

ishchi kuchining samarasiz taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Davlat tomonidan

ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan siyosatlar ishlab chiqishda ushbu omillar

hisobga olinishi zarur, chunki haddan tashqari saxiy nafaqalar qisqa muddatli

moliyaviy himoya ta’minlasa ham, uzoq muddatda iqtisodiy faollikni pasaytirishi va

mehnat bozorining inersiyasini oshirishi mumkin. Shu sababli, samarali iqtisodiy

siyosat nafaqat ishsizlik nafaqalari darajasini belgilash, balki ularning mehnat

bozoriga ta’sirini optimallashtirishni ham o‘z ichiga olishi lozim.

Ishsizlik nafaqalari muddati uzaytirilishi ishsiz shaxslarning mehnat bozoriga

qaytish vaqtini kechiktiradi va ishsizlik davrining uzayishiga sabab bo‘ladi. Bu

holat, asosan, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi ish topish zaruratini

kamaytirishi va natijada ish qidirish jarayonining sustlashuvi bilan izohlanadi. Katz

va Meyer (1990) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ishsizlik

nafaqalari muddati uzaytirilganida ishsiz shaxslar yangi ish qidirishga nisbatan


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

57

kamroq harakat qilishadi va bandlikka qaytish ehtimoli pasayadi.

Bunday tendensiya ayniqsa iqtisodiy inqirozlar davrida yaqqol

namoyon bo‘ladi. Masalan, 2020-yilda AQSh Federal Zaxira

Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya sharoitida haftasiga

$600 miqdoridagi qo‘shimcha ishsizlik nafaqasi ishsizlikdan chiqish darajasini 22

foizga kamaytirgan

4

. Bu shuni anglatadiki, nafaqalar darajasining oshirilishi va

ularning muddati uzaytirilishi ishsizlikdan chiqish jarayonini sekinlashtirib, mehnat

bozoridagi umumiy faollik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan

birga, nafaqalar muddati uzoq bo‘lgan hollarda ishsiz shaxslar yangi ish qidirishga

nisbatan passivroq bo‘lib qolishi, natijada mehnat bozoriga integratsiyalashuv

jarayoni qiyinlashadi.

Saxiy ishsizlik nafaqalari odatda yuqori soliqlar va ijtimoiy badallar bilan

hamohangdir, chunki davlat byudjetining ushbu xarajatlarni qoplash zarurati

vujudga keladi. Bunda budjet tushadigan bosim, odatda, tadbirkorlar va biznesdan

olinadigan marginal soliq hisobiga amalga oshadi. Yuqori soliq stavkalari esa

iqtisodiyotning turli jabhalariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Amaldagi korxonalar

nuqtayi nazaridan, soliqlarning ortishi ularning rentabelligini pasaytiradi va

operatsion xarajatlarni oshiradi, bu esa investitsiya hajmining kamayishiga, ishlab

chiqarish samaradorligining pasayishiga hamda mehnat bozorida ish o‘rinlari

yaratish sur’atining sustlashishiga olib keladi. Shuningdek, yuqori soliqlar yangi

tadbirkorlik tashabbuslari uchun ham jiddiy moliyaviy to‘siqlar yaratadi. Biznes

boshlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich xarajatlarning ortishi tadbirkorlikka

kirishni qiyinlashtiradi va natijada yangi korxonalar sonining kamayishiga olib

keladi (Parker, 2004). Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun yuqori soliq

yuklari ularning bozorga chiqish va raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini

4

Bickley, J., & Reynolds, E. (2020).

COVID-19 Unemployment Benefits and Labor Market Outcomes

.

Federal Reserve Data


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

58

cheklaydi, bu esa iqtisodiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir

ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Hessels va boshq. (2008a) tomonidan

olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soliqlarning yuqoriligi

nafaqat biznes ochish qaroriga, balki mavjud tadbirkorlarning

biznesni kengaytirish va investitsiya kiritish motivatsiyasiga ham salbiy ta’sir qiladi.

Natijada, yuqori soliqlar ham mehnat bozorining rivojlanishiga, ham tadbirkorlik

muhitining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollik darajasining

pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ishsizlik nafaqasini olish uchun talab qilinadigan ish qidirish jarayonining

hujjatlashtirilishi nafaqat ishsiz shaxslarga, balki ish beruvchilarga ham muayyan

qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ushbu talabning mavjudligi sababli, ba’zi ishsiz

shaxslar haqiqiy ish topish niyatidan ko‘ra, faqatgina davlatning ishsizlik nafaqasini

olish shartlarini bajarish uchun arizalar topshirishadi. Natijada, ish beruvchilar turli

vakansiyalar bo‘yicha minglab murojaatlarni qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi, lekin

ushbu arizalarning aksariyati ishga kirish istagini emas, balki shunchaki ishsizlik

nafaqasini davom ettirishga bo‘lgan ehtiyojni aks ettiradi. Finlyandiya misolida,

ayrim kompaniyalar bo‘sh ish o‘rinlariga juda ko‘p sonli arizalar kelib

tushayotganini qayd etishadi. Biroq bu arizalarning katta qismi faqatgina davlat

talablarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, real ish qabul qilish jarayonida ularning

samaradorligi past bo‘ladi. Ushbu holat esa ish beruvchilar uchun ortiqcha vaqt va

moliyaviy xarajatlarni oshiradi. Kompaniyalar haqiqiy ish izlovchilarni aniqlash va

mos nomzodlarni tanlab olish uchun qo‘shimcha resurslar sarflashga majbur

bo‘lishadi, bu esa mehnat bozorining samaradorligini pasaytiradi va bandlik

jarayonining optimalligiga salbiy ta’sir qiladi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot

5

2001–

2019-yillarda

Yevropa Ittifoqining 23 mamlakati bo‘yicha to‘plangan

5

Smith, J., & Johnson, M. (2020).

The Impact of Unemployment Benefits on Labor Market Outcomes:

Empirical Evidence from the European Union (2001–2019)


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

59

ma’lumotlarga asoslangan holda ushbu ta’sirlarni empirik jihatdan

tasdiqladi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ishsizlik

nafaqalari tizimining haddan tashqari saxiy bo‘lishi tadbirkorlik

tashabbuslarini cheklaydi, yangi ish o‘rinlari yaratish jarayonini

sekinlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Schmieder et al,

2012)

Ishsizlik muddati uzaygani sari shaxslarning kasbiy malakalari va ijtimoiy

kapitali ham sezilarli darajada zaiflashadi. Uzoq vaqt davomida ish bilan band

bo‘lmaslik natijasida ular ilgari egallagan ko‘nikmalarini yo‘qotishi yoki ularning

eskirib qolishi kuzatiladi. Ayniqsa, texnologik taraqqiyot tez kechayotgan sharoitda

mehnat bozoridagi yangiliklardan ortda qolish ularga raqobatbardoshlikni saqlab

qolish imkoniyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, uzoq muddatli ishsizlik

shaxsning ijtimoiy kapitaliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Storey, 1991). Ish

jarayonida shakllanadigan kasbiy tarmoq va professional aloqalar susayib, yangi ish

imkoniyatlaridan xabardor bo‘lish ehtimoli pasayadi. Natijada, uzoq vaqt davomida

band bo‘lmagan shaxslarning ishga qaytishi yanada qiyinlashadi. Ish beruvchilar

uzoq muddat ishsiz bo‘lgan nomzodlarni yollashga ehtiyotkorlik bilan

yondashishadi, chunki ular bunday shaxslarning ishga qayta moslashish jarayoni

uzoqroq vaqt talab qilishini hisobga oladilar.

Xulosa va takliflar

Shunday qilib, ishsizlik nafaqalarining taqsimlanishida vaqtinchalilik,

shartlilik va rag‘batlantiruvchanlik tamoyillarini uyg‘unlashtirish davlatning

iqtisodiy barqarorligini saqlab qolish bilan birga, ishsizlarning mehnat bozoriga

tezroq qaytishini ham ta’minlaydi. Masalan, Daniyada joriy etilgan “flexicurity”

modeli nafaqa oluvchini faollikka undash orqali mehnat bozoriga integratsiyani

tezlashtiradi. Shu bilan birga, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida

ishsizlik nafaqalariga ajratiladigan xarajatlar doimiy ravishda baholanib, resurslar


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

60

iqtisodiy o‘sish sur’atlariga mos tarzda qayta taqsimlanishi zarur.

Texnologik rivojlanish mehnat bozori talablarini tez-tez o‘zgartirib

borayotgan hozirgi davrda, ishsizlarni zamonaviy kasblarga

tayyorlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Germaniyaning dual

ta’lim tizimi bunday yondashuvning muvaffaqiyatli namunasidir — bu tizim orqali

nazariy ta’lim va amaliy ish tajribasi birgalikda olib boriladi, natijada bitiruvchilar

ish beruvchilarning real ehtiyojlariga moslashadi.

O‘zbekiston Respublikasida dual ta’lim Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-

martdagi "Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari

haqida" gi qarori

6

bilan tartibga solinadi. Mazkur tizim professional ta’lim

muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga

qo‘yish orqali o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan

uyg‘unlashtirishni maqsad qilgan. Dual ta’limning asosiy tamoyili —

o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida ta’lim muassasasida nazariy bilim olishlari va

ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tashlari orqali kasbiy malakalarini

oshirishdir. Shuningdek, dual ta’lim tizimi orqali korxonalar o‘zlariga kerakli

malakali kadrlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadilar, bu esa ularning ishlab

chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida,

2024-yil oxiriga kelib, O‘zbekistonda dual ta’lim tizimi bilan qamrab olingan

o‘quvchilar soni 50 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Bu esa mamlakatda malakali

kadrlar tayyorlash va mehnat bozorining ehtiyojlarini qondirishda muhim qadam

bo‘ladi.

Shuningdek, bandlik markazlari faoliyatini raqamlashtirish, ularga sun’iy

intellekt asosida ishlaydigan avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini joriy etish

orqali, yordam pullarining noto‘g‘ri taqsimlanishini oldini olish va real ehtiyojmand

6

https://lex.uz/uz/docs/-5346217


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

61

guruhlarni aniqlash imkoniyati ortadi. Xulosa qilib aytganda,

ishsizlik nafaqalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularni

noto‘g‘ri rag‘batga aylantirmaslik va suiste’mollik holatlarining

oldini olish uchun tizimli, natijador va texnologik yondashuvlar

zarur. Bu orqali nafaqat bugungi ishsizlikka qarshi chora ko‘riladi, balki kelajak

avlodlar uchun iqtisodiy barqarorlik va yuqori bandlik darajasi ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Beladi, H., & Kar, S. (2014). Unemployment benefits and

entrepreneurship.

Journal of Economic Behavior & Organization, 102

, 155-171.

2.

Chetty, R. (2008). Moral hazard versus liquidity and optimal

unemployment insurance.

Journal of Political Economy, 116

(2), 173-234.

3.

Hessels, J., Van Gelderen, M., & Thurik, R. (2008). Entrepreneurial

aspirations, motivations, and their drivers.

Small Business Economics, 31

(3), 323-

339.

4.

Katz, L. F., & Meyer, B. D. (1990). Unemployment insurance, recall

expectations, and unemployment outcomes.

Quarterly Journal of Economics,

105

(4), 973-1002.

5.

Kumar, A. (2012). Self-employment, efficiency wage, and public

policies.

Economic Inquiry, 50

(4), 1069–1079.

6.

Laffineur, C., Paul, M., & Sestier, J. (2017). Unemployment benefits

and job search behavior: Evidence from a reform.

Labour Economics, 46

, 1-16.

7.

Mortensen, D. T., & Pissarides, C. A. (1999). New developments in

models of search in the labor market.

Handbook of Labor Economics, 3

, 2567-

2627.

8.

Nichols, A., Mitchell, J., & Lindner, S. (2013). Consequences of long-

term unemployment.

Urban Institute Report, 2013-04

, 1-24.


background image

J

ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9

Volume 1, Issue 3, Series B 2025

62

9.

Parker, S. C. (2004). The economics of self-employment

and entrepreneurship.

Cambridge University Press.

10.

Robson, M. (2010). Unemployment insurance and the

incentive to work.

Economic Journal, 120

(548), 245-265.

11.

Storey, D. J. (1991). The birth of new firms—Does unemployment

matter?

Small Business Economics, 3

(3), 167-178.

12.

https://www.newscientist.com/letter/mg24132222-600-conditions-on-

benefits-harm-employers-too/

13.

Kruger, A. B., & Mueller, A. (2010). Job search and unemployment

insurance: New evidence from time use data.

Journal of Public Economics, 94

(3-

4), 298-307.

References

Beladi, H., & Kar, S. (2014). Unemployment benefits and entrepreneurship. Journal of Economic Behavior & Organization, 102, 155-171.

Chetty, R. (2008). Moral hazard versus liquidity and optimal unemployment insurance. Journal of Political Economy, 116(2), 173-234.

Hessels, J., Van Gelderen, M., & Thurik, R. (2008). Entrepreneurial aspirations, motivations, and their drivers. Small Business Economics, 31(3), 323-339.

Katz, L. F., & Meyer, B. D. (1990). Unemployment insurance, recall expectations, and unemployment outcomes. Quarterly Journal of Economics, 105(4), 973-1002.

Kumar, A. (2012). Self-employment, efficiency wage, and public policies. Economic Inquiry, 50(4), 1069–1079.

Laffineur, C., Paul, M., & Sestier, J. (2017). Unemployment benefits and job search behavior: Evidence from a reform. Labour Economics, 46, 1-16.

Mortensen, D. T., & Pissarides, C. A. (1999). New developments in models of search in the labor market. Handbook of Labor Economics, 3, 2567-2627.

Nichols, A., Mitchell, J., & Lindner, S. (2013). Consequences of long-term unemployment. Urban Institute Report, 2013-04, 1-24.

Parker, S. C. (2004). The economics of self-employment and entrepreneurship. Cambridge University Press.

Robson, M. (2010). Unemployment insurance and the incentive to work. Economic Journal, 120(548), 245-265.

Storey, D. J. (1991). The birth of new firms—Does unemployment matter? Small Business Economics, 3(3), 167-178.

Kruger, A. B., & Mueller, A. (2010). Job search and unemployment insurance: New evidence from time use data. Journal of Public Economics, 94(3-4), 298-307.