Vol. 1 No. 1.3(A series) (2025)
Articles
MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI 5 USUL
Bugungi kunda ta’limda eng ko'p e’tibor qaratilayotgan narsa bu – o'quvchilarning mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantirish amaliyotda qo'llashga o'rgatishdir. Biz yoritib bermoqchi bo'lgan mavzu aynan shu haqida bo'lib, unda 5 ta xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan metod va ularning mohiyati bilan yaqindan tanishib o'tamiz.
METAFORALARNI TARJIMA QILISH JARAYONIDA DUCH KELADIGAN MUAMMOLAR
Bu maqolada metaforalarni tarjima qilish jarayonida tarjimon duch keladigan muammolar haqida qisqacha malumot berib oʻtilgan. Metafora bu yozuvchining “quroli” hisoblanib, nafaqat insonlarning tasavvuriga balki ularning ruhiy va hissiy holatiga ham katta tasir koʻrsatadi. Tarjimonnning vazifasi esa metaforaning ma’no va hissiy holatini toʻgʻri saqlab, uning asl chuqur ma’nosini boshqa tilda ifodalashdan iborat.
HAR BIR ISMNING ORTIDA: ANIME ORQALI YAPON MADANIYATIDAGI O‘ZLIKNI ANGLASH FALSAFASI TADQIQI
Maqolada yapon madaniyatida o‘zlikni anglash tushunchasi anime san’ati orqali tahlil etiladi. “Spirited Away” animesidagi obrazlar asosida ism va shaxsiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik, “Ikigai” tushunchasi va madaniy ramzlarning inson ruhiyati shakllanishidagi o‘rni ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Maqola ilmiy-uslubiy yondashuvda yozilgan bo‘lib, anime san’atining chuqur ma’naviy va madaniy qatlamlarini yoritishga qaratilgan.
TURKIY XALQLARNING ENG QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI
Mazkur maqola, Turkiy xalqlarining eng qadimgi yozma yodgorliklarida ta'lim-tarbiya masalalarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqola, shuningdek, turli tarixiy davrlar va ijtimoiy qatlamlardagi ta'lim tizimi o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni ham tahlil etadi. Turkiy xalqlarining qadimiy yozma manbalaridagi ta'lim-tarbiya haqidagi g‘oyalar, hozirgi kunda ham turk pedagogikasining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu ilmiy izlanishlar, qadimiy Turk ta'limi va tarbiyasining asosiy tamoyillari, ularning jamiyatga ta'siri va o‘rganishning dolzarbligi haqidagi yangi yondashuvlarni taklif etadi. Maqolada nafaqat tarixiy manbalar, balki zamonaviy pedagogika bilan taqqoslash orqali qadimiy va zamonaviy ta'lim tizimlari o‘rtasidagi aloqalar ko‘rsatilgan.
GLOBALLASHUV VA MILLIY MADANIYATNING JAMIYATGA TA’SIRI
Mazkur ilmiy maqolada globallashuvning jamiyatdagi o‘rni, kelib chiqish tarixi, milliy madaniyat va globallashuvning jamiyatga ta’siri tahlil qilinadi. Har bir davlatning iqtisodiy rivojlanishi, ekologik barqarorlikka erishishida milliy madaniyat va globallashuvning sinergiyasi, ularning jamiyatga ta’sir ko‘rsatayotgan salbiy va ijobiy omillari haqida so‘z boradi.
LEGO – QURILISH,KONSTRUKSIYALASH – STEAM TA’LIM MODULI SIFATIDA
Ushbu ta'lim moduli LEGO konstruksiyalarini o‘rganish va qurish orqali STEAM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san'at, matematik) yo‘nalishlaridagi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. LEGO to‘plamlari yordamida talaba yoki o‘quvchi matematik va muhandislik nazariyalarini amaliy tarzda o‘rganib, konstruktsiyalarni yaratishda kreativ yondashuvni, muammolarni hal etish qobiliyatini va jamoada ishlashni o‘rgatadi.
YAPON TILI TARIXI HAMDA KANJILARNING KELIB CHIQISHIDAGI O'XSHATISHLAR
Ushbu maqolada yapon tili tarixi va uning hozirga qadar rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilib, undagi asosiy ro`l o`ynaydigan va suhbatda , kundalik hayotda ko`p ishlatiladigan kanji(iyeroglif) larning kelib chiqishi asli o`xshatishlardan ekanligi va 月(がつ )oy kanjisi namuna sifatida yoritib berilgan.