J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
9
YAPON TILI TARIXI HAMDA KANJILARNING KELIB
CHIQISHIDAGI O'XSHATISHLAR
O`zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
Sharq filologiyasi fakulteti, FYAP 2410-guruh talabasi
Xolboyeva Farangiz Ibrohim qizi
+998910212806
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yapon tili tarixi va uning hozirga qadar
rivojlanish bosqichlari haqida ma'lumot berilib, undagi asosiy ro`l o`ynaydigan va
suhbatda , kundalik hayotda ko`p ishlatiladigan kanji(iyeroglif) larning kelib
chiqishi asli o`xshatishlardan ekanligi va
月
(
がつ
)oy kanjisi namuna sifatida yoritib
berilgan.
Kalit so'zlar:
Hiragana, katakana, pinyin, yapon tili, xitoy modeli.
Yapon tili - Yaponiyada keng tarqalgan va yagona rasmiy tili hisoblanadi .
Ushbu tilda so`zlashuvchilar dunyo bo`yicha taxminan 126-128 millionni tashkil
qiladi. Yapon tili boshqa tillardan o`ziga xos noyob xususiyatlari bilan farq qiladi.
Bundan tashqari tilning asosiy xususiyati shundan iboratki, u yapon xalqining
nazokatli va an'anaviy madaniyatiga moslashgan.
Yapon tilining yozuvi - 3 xil yozuv tizimi orqali ifodalaniladi va ular:
hiragana, katakana va kanji(iyeroglif). Hiragana va katakana fonetik yozuv
hisoblanib, yapon tilining o`ziga xosligini oshirib, undagi nutqning yanada boy va
xilma-xil bo'lishiga imkon yaratadi.Kanji esa xitoycha belgilardan olingan.
Grammatikasi ham o`ziga xos , ya'ni jumla tuzilishi subjekt - ob'ekt - fe'l tartibiga
amal qiladi.
1
Tsujimura, Natsuko “Yapon tilshunosligiga kirish” (1996)
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
10
Hiragana
- Hiragana alifbosi dastlabki yapon yozuvlaridan
biri hisoblanadi va rivojlanishining boshlanishi VIII asrga to`g`ri
keladi.. Hiragana xitoy kanjidan kelib chiqqan bo`lishiga qaramay
yapon tilining o`zining talaffuzi va grammatik qoidalariga
moslashtirilgan. Hiragana alifbosi yapon tilining asosiy grammatik elementlarini,
shuningdek, so`zlarning talaffuzini ifodalash uchun keng qo'llaniladi.
Katakana
- Katakana alifbosi ham VIII- IX-asrlarda shakllandi. U Xitoy
yozuviga asoslangan, biroq uning maqsadi asosan xorijiy so'zlar va terminlarni
ifodalashdir. Katakana, shuningdek, onomatopeik so`zlarni va shaxs nomlarini
yozishda ham qo`llaniladi.
Kanji (yaponcha
漢字
, Kanji) yapon yozuviga asoslangan va o`girilgan
Xitoycha logografik elementlar ya'ni ideogrammaning bir turi hisoblanadi.Kanji
atamasi yapon tilida tom maʼnoda „Kan belgilari“ degan maʼnoni anglatadi. U yapon
tilida anʼanaviy xitoy tilidagi kabi bir xil belgilar yordamida yozilgan va ikkalasi
ham xitoy tilida hanzi (anʼanaviy xitoycha:
漢字
; soddalashtirilgan xitoycha:
汉字
;
pinyin: hànzì; lit. „Kan belgilar“) deb nomlanuvchi belgilar yozish tizimiga ishora
qiladi. . Yaponiyada xitoy belgilaridan sezilarli darajada foydalanish birinchi marta
miloddan avvalgi V asrda qo`llanila boshlandi va shundan beri yapon madaniyati,
tili, adabiyoti, tarixi va yozuvlarini shakllantirishga katta taʼsir ko`rsatdi Kanji
zamonaviy yapon yozuv tizimida ikkita yapon alifbosi hiragana va katakana bilan
birga ishlatiladi va turli ma'noli ko'plab so'zlarni yaratishda xizmat qiladi.Belgilar
yaponcha talaffuzga ega; ko`pchiligida ikkita, bittasi xitoycha tovushga
asoslangan.Yapon nomlarida va umumiy muloqotda ishlatiladigan 3000 ga yaqin
kanji mavjud va ko`pchiligining paydo bo`lishiga tegishli o`xshatishlar mavjud.
2
Tsujimura, Natsuko (1999) Yapon tilshunosliga bo‘yicha qo‘llanma
3
Takashi Tokeida “Yapon tili tarixi”
4
James.W.Heisig.(1987) "Kanjini eslash"
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series A 2025
11
Masalan,
OY
kanjisi
Oy
がつ
(gatsu),
つき
(tsuki) "
月
"⁸
Ushbu kanji oyning kraterlari bilan bo`lgan tasviridan kelib chiqqan
va nafaqat fazoviy jism- oyni balki, vaqt birligi oy ni ham belgilab keladi.
Xulosa qilib aytganda,
yapon tilining rivojlanishi mifozauriy(afsonaviy,
madaniy) tarix bilan bog'liq bo'lib, u Xitoydan olingan ta'sir sabab
kanji(iyeroglif)lar yapon tiliga kirib keladi. Kanjilarning kelib chiqishidagi
o`xshatishlar ularni suhbatda , yozuvda foydalanishning osonlashuvini keltirib
chiqaradi. Bundan tashqari yapon tilini yangi o`rganuvchilarning unga bo`lgan
qiziqishini oshirib , o`rganish jarayonini bir muncha yengillashtirib beradi va yapon
tilining global muloqotda o`z o`rnini mustahkamlashiga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Heisig, J. W. (1987). Remembering the Kanji. Honolulu: University of Hawaii
Press.
2.
Takashi, T. (n.d.). History of the Japanese Language. [Publisher's information
missing].
3.
Tsujimura, N. (1996). An Introduction to Japanese Linguistics. Oxford:
Blackwell Publishing.
4.
Tsujimura, N. (1999). A Handbook of Japanese Linguistics. Oxford:
Blackwell Publishing.
5.
Tofugu.
(n.d.).
Learn
Japanese.
Retrieved
from
https://www.tofugu.com/learn-japanese/
6.
Japanese
Language.
(n.d.).
Retrieved
from
https://www.japaneselanguage.com
7.
Japanese
Language
School.
(n.d.).
Retrieved
from
https://www.japaneselanguageschool.com
