Authors

  • Ro’ziqulova Sevara Nortoy qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.100577

Keywords:

Kalit so’zlar: jadidchilik harakati Buxoro jadidlari ma’rifatparvarlik madrasa islohatchilik milliy ozodlik “Muzaaffariya” qadimchilar.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolaning asl mazmun-mohiyatida XIX ars oxiri XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati va bu harakat Buxoro diyorida qanday shakillanganligini mujassamlashgan. Maqolada Buxoroda jadidchilik harakati vujudga kelishi uchun sabab bo’lgan omillar keltirib o’tiladi. Jadidchilik vujudga kelgan davrning ma’naviy qiyofasi birmuncha yoritilgan. Yana shuningdek, o’sha vaqtdagi xalqning ma’naviy va ruhiy holati haqida ham to’xtalib o’tilgan va diyordagi eng mashhur jadidlarni nomlari sanab o’tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

107

107

BUXORO MA’RIFATPARVAR JADIDLAR VA ULARNING ILMIY

ME’ROSINI OʽRGANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ro’ziqulova Sevara Nortoy qizi

Navoiy davlat universiteti Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi

1-bosqich magistranti. e-mail:

sevararoziqulova01@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolaning asl mazmun-mohiyatida XIX ars oxiri XX asr

boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati va bu harakat Buxoro diyorida qanday
shakillanganligini mujassamlashgan. Maqolada Buxoroda jadidchilik harakati vujudga
kelishi uchun sabab bo’lgan omillar keltirib o’tiladi. Jadidchilik vujudga kelgan
davrning ma’naviy qiyofasi birmuncha yoritilgan. Yana shuningdek, o’sha vaqtdagi
xalqning ma’naviy va ruhiy holati haqida ham to’xtalib o’tilgan va diyordagi eng
mashhur jadidlarni nomlari sanab o’tilgan.

Kalit so’zlar:

jadidchilik harakati, Buxoro jadidlari, ma’rifatparvarlik, madrasa,

islohatchilik, milliy ozodlik, “Muzaaffariya”, qadimchilar.

Аннотация:

Основное содержание статьи - джадидское движение,

возникшее в конце 19-го и начале 20-го веков, и как это движение
формировалось в Бухарском регионе. В статье представлены факторы, которые
привели к возникновению джадидского движения в Бухаре. Несколько освещен
духовный облик периода возникновения джадидизма. Также затронуто духовное
и умственное состояние народа в то время и перечислены имена наиболее
известных джадидов региона.

Ключевые слова:

джадидское движение, бухарские джадиды,

просветительство,

медресе,

реформизм,

национальное

освобождение,

«Музаффариа», древности.

Abstract:

The main content of this article is the Jadid movement that emerged in

the late 19th and early 20th centuries and how this movement was formed in the
Bukhara region. The article cites the factors that led to the emergence of the Jadid
movement in Bukhara. The spiritual image of the period when Jadidism emerged is
somewhat illuminated. It also touches on the spiritual and mental state of the people at
that time and lists the names of the most famous Jadids in the region.

Keywords:

Jadid movement, Bukhara Jadids, enlightenment, madrasa,

reformism, national liberation, "Muzaaffaria", ancientists.


Kirish.

XXI asr ilm-marifat va fan-texnologiya asri bo’lganligi sababli, eng ko’p

e’tibor ta’lim-tarbiya, ilimliklik darajaralari, ilmiy meroslarni tadqiq qilib o’rganib,
ularni zamonga moslashtirsh va ulardan foydalanib natijalarga erishishga
qaratilmoqda. Shu jumladan, ta’lim-tarbiyani yaxshilash maqsadida, ma’rifatparvar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

108

108

jadidlarning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati, ilm-marifatdagi qilgan ishlarini o’rganish
hozirgi kunning e’tibor markaziga aylandi. Jadidlarni o’rganish bir qancha harakatlar
boshlab yuborilgan va bunda tadqiqotchilar turli yo’nalishlar bo’yicha tadqiqot olib
bormaqdalar.

Jadidlarga ma’rifatparvar g’oyalarni tarqatish va millatni bilimli qilish g’oyalari

qayerdan keldi? Ular ham shu jamiyatning eskilikka yopishib olgan, an’anaga daxl
qiluvchi har qanday hodisani “shoshqoloqlik” atab, taraqqiyot yo’lidagi toshga
aylangan qatlam ichidagi insonlar ediku? Birinchi muammo jadidchilik qanday
sharoitda shakillandi?

XIX asr oxiri XX asr boshlarida dunyo siyosiy maydonida ham, Turkiston

maydonida ham va jumladan Buxoro diyorida ham siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy hayot bir muncha og’ir edi. Dunyo ikki xil tuzumni mustamlakachilar va
mustamlkalardan iborat edi. Buxoro ham Rossiya tomonidan 1868-yilda bosib
olingandan so’ng mustamlakachi davlatga aylandi. Mustamlakachilik Buxoro uchun
ham iqtisodiy-siyosiy, ham ijtimoiy-madaniy sohalarda mavjud vaziyatlarni yanada
og’irlashtirdi. Xalq oldin amirlik uchun ishlagan bo’lsa endilikda bunga ruslar ham
qo’shildi va xalqning axvoli ham yanada og’irlashdi. XIX asrda bunday xolatlardan
norozi bo’lgan xalq kichik-kichik noroziliklar uyushtirdilar, ammo bu norozilik
harakatlari Buxoro va ruslardan yonlangan qo’shinlar tomonidan bostirilib borildi.
Yana shuningdek boshqaruv sohalarida ham asosan Rossiyadan ko’chirib
keltilganlarning rahbarlik qilishlar xalqni tobora ahvolini yanada og’irlashtirar edi.
Rossiyaning bunday siyosat yuritishidan maqsad O’rta Osiyoni arzon ishchi kuchi va
mamalakati iqtisodiyoti uchun xomashyo bazasiga aylantirish edi. Turkiston zamini
Rossiyadan keltiligan tayyor sanoat mollari bilan to’ldirilib, mo’may daromadni qo’lga
kiritayotgan rus hukumati va firmalariga bu yoqardi. Umuman aytganda rus hukumati
o’lkani boyliklarini talash va o’zining mustamlakasiga aylantirish yo’lidan hech
narsadan toymadi.

Turkiston, jumladan Buxoro iqtisodiy hayoti ham aynan shu maqsadga tobe xolda

hayot kechira boshladi. O’lka xalqlarining erk va hurriyat uchun kurashi milliy-ozodlik
harakatlari mazmun-mohiyatida o’z aksini topgan bo’lsa, milliy taraqqiyparvar
kuchlarning ma’rifatchilik harakati jadidchilikda namoyon bo’ldi.

“Ellik yildan beri, - deb yozgan edi Furqat, - ezildik, taxqir etildik. Qo’limiz

bog’landi. Tilimiz kesildi. Og’zimiz qoplandi. Yerimiz bosildi, molimiz talandi.
Sharafimiz yemirildi, nomusimiz g’asb qilindi. Insoniyligimiz oyoq osti qilindi.
Tizimli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har bir buyruqqa bo’ysundik. Butun
borlig’imizni berdik”.

1

Mana shunday qalbida ozodlik hayqirayotgan millatning

farzandlari o’zlarning harakatlarini boshlash yo’lida kichik qadamlamlarni tashlay
boshladilar.

1

“Sharq yulduzi”, 1992-yil, 10-son, 173 b.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

109

109

Buxoroda shakillanayotgan jadidchilik harakati saflarida tur xildagi qatlamni

uchratish mumkin edi. Biri savdogar oilasida tug’ulib Rossiyada ta’lim olib kelgan,
biri Mir-Arab madarasasida ta’lim olib, Haj ziyoratiga borib keyin Eron, Arabiston,
Hindiston o’lkalariga sayohat qilib kelgan, Turkiyaga borib chet ellik ziyolilar bilan
uchrashgan, biri madrasa ta’limini olib o’zining maktabini ochgan, biri o’zining
hajviylik qobliyatlari namoyish qila olgan shoir va hattoki o’sha vaqtda ruslashtirish
siyosatini yuritish maqsadida ochilgan rus-tuzum maktablarida o’qib chiqqanlar
orasidan ham mavjud edi. Bu kabi turli xil qatlam orasidan chiqqanlarni birlashtirib
turgan asosiy birdan-bir vazifa bu xalqni ilimli qilish va jamiyatdda o’z o’nini topgan
insonlarni ko’paytirish edi. Vatanga sodiqlik va uning mustaqilligini qaytarish fikrlari
ham jadidlar yetakchiligida jamiyatdagi barcha qatlamlarni ozodlik kurashiga chorladi.
Jadidlar o’sha paytdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda, birinchi o’rinda xalqning
savodini chiqarish, bilimini oshirish, milliy his-tuyg’ularini va siyosiy ongini o’stirish
uchun harkatni boshlaganlar. Boshqacha qilib aytganda, ular faoliyatining dastlabki
bosqichida ma’rifatparparlik salmoqli o’rin egalladi. Ammo, bu ularda siyosiy g’oyalar
va maqsadlar yo’q edi deyish emas, albatta. Siyosiy qarashlar ham mavjud edi, lekin
uni darxol amalga oshirish uchun dastlabki vaqtlarda sharoit mavjud emasdi. Shu
orqaligina bir millatni butunlay qaramlikdan ozod etish mumkin edi.

Bundan tashqari xalqning ma’naviy holati ham jadidchilik harakatini shakillanib,

harakatga kelishiga majbur qildi. Jumladan, chor Rossiyasi maxfiy ma’lumotlaridan
biri, Eron va Turkiyadagi milliy ozodlik harakatlari hamda 1905-yil rus inqilobidan
keying Buxoro axli to’g’risida bunday ma’lumot beradi: <<Buxoroda madrasalar ko’p
bo’lsa-da, xalq ortiq nodon, siyosiy fikr degan gaplar hech ham yo’q. Rusiya inqilobi
haqida hech narsa anglamaydurlar. Ma’lumoti bo’lganlari ham Rusiya inqilobini
inqilob deb bilmaydurlar. Nima bo’lsa ham Buxoroda o’zgarish ehtimoli juda
uzoqdir>>. Shu xufya Buxoro axlining siyosiy saviyasi to’g’risida mulohaza yuritib,
yana bunday yozgan: <<Buxoro bozorlarida turgan qishloqliklardan durust ma’lumot
ololmadi. Sababi, ular, birinchidan, shaharga ish bilan kelganlarida so’zlashib
o’tirishga vaqtlari yo’qdir. Ikkinchidan, siyosatdan gapirishga amirning xufyalaridan
qo’rqadurlar, chunki, amirning xufyalari nihoyatda ko’p bo’lib, siyosiy bir gap
eshitsalar, ushlab, darrov zindonga soladilar>>.

2

Bu kabi holatlar birgina Buxoroda emasdi, butun Turkiston diyoridagi holat edi

desak adashmagan bo’lamiz. So’zimizning isboti sifatida Turkiston ma’rifatparvari
A.Avloniyning oʻz asarlarida millatning turmush tarzi, uning dunyoqarashi, tafakkuri
hamda madaniyatining darajasini ifoda qilib, shu davrdagi milliy ruhiyatning nechogʻli
darajada nochor boʻlganligini ifodalab berganini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, u,
shunday yozadi: ―… Ehtimol, bizning xalq ilmu maʼrifatni, tarbiya va taʼlimni, hunar
va sanoatni yaxshi koʻrar, deb oʻylaydurgʻondursan? Yoʻq, bu fikringiz yanglish..

2

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.(Davriy to’plam) T.: Universitet. 1999. 30b.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

110

110

Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh oʻrniga toʻylarida toʻn kiyub
koʻp oshab, koʻp uxlashni yaxshi koʻrurlar. Ulamolarimiz darsu taʼlim oʻrnigʻa, bir-
birilari ila oʻrin talashib mukarrir va mudarris boʻlishni, oʻzlari boʻlalmay qolsalar,
eshikma-eshik yurub saylovni buzushni yaxshi koʻrurlar. Imomlarimiz, xaloyiqgʻa
vaʼz va nasihat oʻrnigʻa, toʻy va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi koʻrurlar.
Boylarimiz orqa-oʻnglariga qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarigʻa
raqobat qilaman, deb ―bonka‖ va ―kriditlarini koʻpayturub, doʻffilari tor kelganda
rus va yahudiylarning bukib-sinishini yaxshi koʻrurlar. Moʻysafidlarimiz namoz va
niyoz oʻrniga, masjid eshigiga yigʻilib oʻturib, har kimni gʻiybat va shikoyat qilishni
yaxshi koʻrurlar. Muallimlarimiz bir-birlaridan qizgʻonishub, bolalarni arzon
oʻqitaman deb, bir oʻzlariga yuz, yuzdan ortiq bola yigʻub, oʻzlari toʻy va maʼrakalarda
bolalarning umrini bekor oʻtkarishni yaxshi koʻrarlar. Ammo men boʻlsam, hozirgi
zamonda indamasdan turishni yaxshi koʻrurman[10]. Agar Abdulla Avloniyning
aytganlarini tahlil qiladigan boʻlsak, unda millatning gʻayriaxloqiy ruhiy holati bilan
bogʻliq barcha illatlar mohiyati ochiladi. Jadidchilik harakatining vujudga kelishi
birinchidan, Islomdagi tarqqiyparvarlik, ilm-fanga rag’bat va dunyoviylikning yangi
davrdagi ko’rinishi sifatida paydo bo’ldi.

Jadidlar islomni har xil muttassiblik bidatlaridan asrab rivojlantirgan ko’rinishda

namoyon bo’ldi. Ikkinchidan, jadidchilikning paydo bo’lishi va rivojlanshiga Sharq va
G’arb mamlakatlarida rivojlangan quyidagi, demokratik, milliy-ozodlik, islohotchilik
harakatlarining ta’siri ham kuchli bo’ldi.

1.

Jamoliddin Afg’oniy(1839-1897) va Muhammad Abdolar (1848-1903)

asos solgan musulmon dunyosidagi islohotchilik va “naxda” (uyg’onish) harakatlari.

2.

XIX asrning 90-yillarida boshlanib, 1905-1907 va 1917-yillarda katta

g’alabalarga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy xarakatlari.

3.

Turkiyadagi aksilmonarxist, konstitutsion demokratik, ijtimoiy-milliy

uyg’onish harakatlari: Tanzimat (1840-1860), Yosh usmonlilar (1865-yildan 80-
yillargacha), Yosh Turklar (1889-1918) va 1908-1909-yillardagi demokratik inqilobiy
harakatlar.

4.

Jadidchilik harakatining paydo bo’lib, rivojlanishida qrimlik Ismoilbek

Gaspiralining (1851-1914) hissasi behad katta bo’ldi.

3

Ismoil Gaspirali 1880-

yillardayoq Qrimda, Rossiya mustamlakalari ichida birinchi bo’lib jadidchilikka asos
soldi. Uning Turkistonga tez kirib kelgan rus va turkey tillarda chop etilgan “Tarjimon”
(1883-1914) gazetasi, “Rossiya musulmonligi” (1881), “Ovrupa madiyatiga bir nazar
muvozini” va boshqa asarlari hamda jadid maktablari uchun yozgan darslik va
qo’llanmalari juda mashhur bo’ldi.

Ismoilbek Gaspirali 1893-yilda Toshkentga keladi va ziyoli ulamolar bilan

3

O’bekiston tarixi 2-jild (XIX asr II yarmi – 1991-yil avgust) oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik. T.: 2015. B-162.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

111

111

uchrashadi. Samarqandga ham boradi. Samarqanddan Buxoroga borib, Buxoro amri
Amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi va bu maktabga “Muzaffariya”
degan nomni beradi.

Jadidlar ikki xil qarama-qarshi munosabatlarga asoslangan tuzumlarning

o’rtasida shakillana oldilar, ya’ni dinniy muttasiblikka asoslangan jamiyat va bu
jamiyatni o’ziga qaram qilishni maqsad qilgan bolsheviklar jamiyati. Buning uchun
o’sha davrda juda katta ma’naviy va jismoniy kuch bo’lishlik kerak edi insonda. Aynan
jadidlar har ikkala kuchni o’zida namoyan qila oldilar. Bo’layotgan vaziyatni: qoloqlik,
muttasiblik, xudbinlik, qaramlik, bosqinchilik kabilarni ular his qilolardilar. Ular
tushundilarki, xalqni budan qutqarishning yagona yo’li ularni savodli qilish, huquq va
majburiyatlarini o’rgatish kerakligini.

Buxoro diyorida yetishib chiqqan jadidlar orasida eng mashhurlari Ahmad

Donish, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo’jayev, Abduvohid Burxonov, Atoulla Xo’jayev,
Mirzo Narzullo, Abduqodir Muhitdinov, Musajon Saidjonov, Rahmat Rafiq
Abdullabekov, Said Axroriy, Qori Yo’ldosh Po’lotov va boshqalar. Bu kabi mashhur
jadlilarning nomlari, meroslari va shu bilan birgan marifatga intilgan pok qalblari ham
bugun bizga qadar yetib kelmoda. Bizni vazifamiz, mana ulug’ merosdan go’zal tarzda
foydalanib, keyingi avlodlarga uzatishimizdir.

Xulosa.

XX asr boshlarida Buxoroda jadidchilik harakati ta'lim tizimiga

yangiliklar kiritish, ilm-ma'rifatni rivojlantirishga qaratilgan edi. Bu harakatning
pedagogik qarashlari hozirgi ta'lim tizimining shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun biz eng avvalo shu harakatning vujudga kelish tarixini ko’rib chiqdik.
Qanday sharoitda vujudga kelib, shakillanganidan bexabar boshqa jihatlarini
o’rganadigan bo’lsak, bu yuzaki ilm bo’lib qolardi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’bekiston tarixi 2-jild (XIX asr II yarmi – 1991-yil avgust) oliy o’quv yurti
talabalari uchun darslik. T.: 2015. B-162.

2.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. “Turkiy guliston yoxud axloq” T,
Ma’naviyat, 2006.

3.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.(Davriy
to’plam) T.: Universitet. 1999. 30b.

4.

“Sharq yulduzi”, 1992-yil, 10-son, 173 b.


References

O’bekiston tarixi 2-jild (XIX asr II yarmi – 1991-yil avgust) oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik. T.: 2015. B-162.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. “Turkiy guliston yoxud axloq” T, Ma’naviyat, 2006.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash.(Davriy to’plam) T.: Universitet. 1999. 30b.

“Sharq yulduzi”, 1992-yil, 10-son, 173 b.