Authors

  • Fayzulloyev Avazbek Narzullo o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.100582

Keywords:

Kalit so‘zlar: Kiber sport raqamli texnalogiyalar faol innovatsiyalar suniy intellekt IT park robototexnika skill girls Digital Uzbekistan 2030 Investitsiya kiritish.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada innavatsion texnalogiyalardan keng ko‘lamda foydalanish va ularning ta’lim sohasidagi o‘rnini oshirish shuningdek yoshlar hayotida faol foydalanishni ta’minlash borasida fikr yuritiladi. Innavatsion texnalogiyalardan qanday foydalanish konikmalari, ularga qanday investitsiya kiritilishi haqida bundan tashqari talaba hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida bu kabi sohalarni kengaytirish metodlari yoritilgan va avval qo‘llanilgan tajribalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek yoshlarning zamonaviy ta’limga qiziqishlarini oshirish hamda ularga to‘g‘ri yo‘l va ko‘nikmalar berish bundan tashqari ularning muntazam faoliyatlarida taqdirlash hamda turli xil olimpiadalar tashkil qilish bilan yanada mukammallashtirish haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek endi ommalashayotgan lekin amalda qo‘llanilmagan kiber sport turini dunyo miqiyosiga olib chiqish bundan mustasno emas. Bu ma’lumotlarga asoslangan holda faol texnalogiyalar nafaqat ta’lim balki sport sohasida ham yetuk kadrlar yetishib chiqishini isbotlaydi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

87

87

FAOL INNOVATSIYALARNING YOSHLAR TA’LIMIGA TA’SIRI

Fayzulloyev Avazbek Narzullo o‘g‘li

JIDU Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

munosabatlar fakulteti talabasi

fayzulloyevmehrob@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada innavatsion texnalogiyalardan keng ko‘lamda

foydalanish va ularning ta’lim sohasidagi o‘rnini oshirish shuningdek yoshlar hayotida
faol foydalanishni ta’minlash borasida fikr yuritiladi. Innavatsion texnalogiyalardan
qanday foydalanish konikmalari, ularga qanday investitsiya kiritilishi haqida bundan
tashqari talaba hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida bu kabi sohalarni kengaytirish
metodlari yoritilgan va avval qo‘llanilgan tajribalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek yoshlarning zamonaviy ta’limga qiziqishlarini oshirish hamda ularga
to‘g‘ri yo‘l va ko‘nikmalar berish bundan tashqari ularning muntazam faoliyatlarida
taqdirlash hamda turli xil olimpiadalar tashkil qilish bilan yanada mukammallashtirish
haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek endi ommalashayotgan lekin amalda
qo‘llanilmagan kiber sport turini dunyo miqiyosiga olib chiqish bundan mustasno
emas. Bu ma’lumotlarga asoslangan holda faol texnalogiyalar nafaqat ta’lim balki
sport sohasida ham yetuk kadrlar yetishib chiqishini isbotlaydi.

Kalit so‘zlar:

Kiber sport, raqamli texnalogiyalar, faol innovatsiyalar, suniy

intellekt, IT park, robototexnika, skill girls, Digital Uzbekistan 2030, Investitsiya
kiritish.

Annotation:

This article discusses the broad application of innovative

technologies and their increasing role in the field of education, as well as ensuring their
active use in the lives of young people. It outlines the skills needed to use such
technologies, the types of investments required, and methods for expanding these fields
among students and pupils. The article also provides insights into previously
implemented practices. Additionally, it highlights strategies for increasing youth
interest in modern education, offering proper guidance and skills, and enhancing their
development through regular activities, recognition, and organizing various
competitions and Olympiads. The article also explores the potential of emerging but
not yet widely implemented fields such as e-sports, and their prospects for gaining
international recognition. Based on this information, it is evident that active
technologies can contribute to the training of highly qualified professionals not only in
education but also in the field of sports.

Key words:

E-sports, digital technologies, active innovations, artificial

intelligence, IT Park, robotics, Skill Girls, Digital Uzbekistan 2030, investment.

Аннотация:

В данной статье рассматривается широкое использование


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

88

88

инновационных технологий, а также повышение их роли в сфере образования и
обеспечение их активного применения в жизни молодежи. Освещаются навыки
использования инновационных технологий, виды необходимых инвестиций, а
также методы расширения таких направлений среди студентов и школьников.
Приводится информация о ранее реализованных практиках. Кроме того,
подробно рассматриваются вопросы повышения интереса молодежи к
современному образованию, предоставления им правильного направления и
навыков, а также совершенствования их деятельности посредством поощрения,
организации различных олимпиад и конкурсов. Также внимание уделено
развивающемуся, но пока что недостаточно внедренному виду деятельности —
киберспорту, и его потенциальному выводу на международный уровень. На
основе представленных данных делается вывод, что активные технологии
способствуют подготовке высококвалифицированных кадров не только в
образовании, но и в спортивной сфере.

Ключевые слова:

Киберспорт, цифровые технологии, активные

инновации, искусственный интеллект, IT-парк, робототехника, Skill Girls,
Цифровой Узбекистан 2030, инвестиции.

Kirish.

Bugungi kunda texnologik rivojlanish va raqamli innovatsiyalar ta’lim

tizimining barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yoshlar ta’limida
bu o‘zgarishlar yangi imkoniyatlar yaratib, an’anaviy o‘qitish usullarini
takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada faol innovatsiyalar, jumladan
sun’iy intellekt, raqamli ta’lim platformalari va STEM (fan, texnologiya, muhandislik
va matematika) yo‘nalishlaridagi dasturlar orqali yoshlar ta’limiga qanday ta’sir
ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi

[1]

. Malum qilishimiz joizki O‘rta Osiya mamlakatlari

Yevropa va Amerika dvalatlaridek rivojlangan davlatlar bilan rivojlanganlik hamda
iqtisodiy taraflama raqobatlasha olmasligining sababi hali ularga nisbatan ancha
yoshligi hamda dengiz bilan chegaradosh emasligi bo‘lsa lekin so‘ngi yillarda ta’lim
sohasiga bo‘lgan etibor sababli ancha ilg‘orlashib bormoqda. Bu esa bilimga tikilgan
kattadan kata etibor hamda investitsiyaning yaqqol timsolidir.

Asosiy qism.

Bugungi kunda Yurtimizda talimga bo‘lgan etibor kuchaymoqda

buning natijasida turli xil yangidan yangi universitetlar maktablar tashkil etildi va
ularning barchasi zamonaviy texnalogiyalar bilan taminlanganligi bu islohotning
yanda samarali bo‘lishini taminlamoqda. Bunga misol qilib 2021-yil Yurtimizda
muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich farmonlari bilan har bir
viloyatlarda Prezident maktablari tashkil etildi. Bugungi kunda bu maktablardan
ko‘plab yetuk kadrlar yetishib chiqmoqda. UNICEF tomonidan amalga oshirilgan
“Eduten” raqamli matematika o‘qitish platformasining O‘zbekistonda o‘tkazilgan
tajriba loyihasi natijalari ta’limda innovatsion yondashuvlarning samaradorligini


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

89

89

ko‘rsatadi. 2023-yilda Toshkent va Toshkent viloyatidagi 5-sinf o‘quvchilari bilan
o‘tkazilgan tajriba davomida o‘quvchilarning matematika ko‘nikmalarida o‘rtacha
16.9% ga o‘sish kuzatildi. Ushbu platforma o‘quvchilarga o‘zlashtirish darajasiga
qarab moslashtirilgan topshiriqlarni taqdim etib, o‘qituvchilarga esa o‘quvchilarning
rivojlanishini tezkor baholash imkonini berdi

[2]

.Yoshlarni raqamli ko‘nikmalar bilan

ta’minlash. O‘zbekistonda yoshlarni raqamli ko‘nikmalar bilan ta’minlashga
qaratilgan bir qator dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, “Yoshlar raqamli
ko‘nikmalar” dasturi doirasida IT Park va UNDP hamkorligida o‘tkazilgan tashabbus
yoshlarni onlayn marketing, elektron tijorat va boshqa raqamli sohalarda malaka
oshirishga yo‘naltirilgan .

Shuningdek, UNICEF tomonidan amalga oshirilgan “Skills4Girls” dasturi

qizlarni kompyuter savodxonligi, robototexnika va kodlash kabi sohalarda ta’lim olish
imkoniyatlari bilan ta’minlamoqda. Bu dastur ayniqsa qizlar uchun ta’limga bo‘lgan
qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda

[3]

.Innovatsion markazlar va yoshlar uchun

imkoniyatlar. O‘zbekistonda yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb qilish uchun bir
qator markazlar faoliyat yuritmoqda. Masalan, Toshkent shahridagi “Yoshlar
tashabbuslari markazi”da yoshlar uchun robototexnika, dasturlash va neyrokognitiv
tadqiqotlar kabi sohalarda ta’lim olish imkoniyatlari mavjud. Ushbu markaz
yoshlarning ijodiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda

[4]

.

Hukumatning yoshlar ta’limiga oid tashabbuslari. O‘zbekiston hukumati yoshlar

ta’limini rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda. “Digital Uzbekistan 2030”
strategiyasi doirasida 14 ta IT texnik maktab ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu yerda
o‘quvchilarga dasturlash, axborot xavfsizligi va telekommunikatsiya sohalarida ta’lim
beriladi .Shuningdek, Prezident tomonidan yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida Milliy bankka 100 million dollar ajratilishi e’lon qilindi. Bu mablag‘lar
yoshlarning biznes loyihalarini amalga oshirishga yordam beradi

[5]

.

Taklif va mulohazalar: Yuqoridagi barcha dastur va tajribalarni muhokama

qiladigon bo‘lsak ularning hammasi ijobiy natija berganini ko‘rishimiz mumkin va bu
ammallarni barchasini bizning yurtimizda ayniqsa chekka hududlarda ham joriy
qilishimiz mumkinligini ko‘rsatadi. Eng avvalo maktablarda online kutubxonalar
tashkil etilishi ya’niy kutubxona tashkil etiladi va uyerda talabalar uchun o‘rinlar
yaratiladi va har bir o‘rinlarda e-booklar tashkil etiladi. Uyerda har xil mavzulardan
bilim olish, o‘qish imkoniyatlari yaratilgan bo‘ladi. bu esa hechqanday vaqtni
olmaydigan va ortiqcha xarajatlarni yaratmaydigan qulaylikni yaratadi. Agarda o‘lkada
shu dastur amalda foydalanilsa barcha kitoblarga ketadigon davlat mablag‘lari sezilarli
darajada kamaydi. Statistiklarga qaraganda bitta maktab qo‘llanmasi kitobining
foydalanish muddati 6-7 yil, bu muddatdan so‘ng bu kitoblar qayta nashr qilinadi
agarda maktablarda to‘liq e-booklardan foydalanilsa bu muddat bir necha baraborga
oshishi mumkin. Bundan tashqari Har bir viloyatda robototexnika va ITga


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

90

90

ixtisoslashgan

maktablarning

ochilishi

maktablarga

qaratilgan

innavatsion

takliflarning asosidir. Buning sababi har bir rivojlangan davlatning rivojlanishiga
davlatning

iqtisodiyotiga

bog‘liq,

iqtisodiyot

industriallashishga

bo‘liq,

industriallashish esa robototexnikaga bog‘liqdir. Shuning uchun ham biz IT va
robototexnikani rivojlantirsak davlatni rivojlantirgan bo‘lamiz.

Raqamli mentorlik tizimi — bu yoshlar va texnologiya sohasidagi ilg‘or

mutaxassislarni onlayn platforma orqali bog‘lab turadigan, sun’iy intellekt asosida
moslik tahlilini amalga oshiradigan tizimdir. Har bir o‘quvchi yoki talaba o‘z
qiziqishiga qarab (dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika, kiberxavfsizlik ) mos
mentor bilan juftlanadi. Bu mentorlar o‘z tajribalarini, amaliy topshiriqlarni, real
loyihalarni yoshlar bilan baham ko‘radi. Eng muhimi, bu tizim o‘yinlashuv elementlari
orqali rag‘batlantiriladi — masalan, o‘quvchilar muvaffaqiyatli topshiriq bajargani
uchun raqamli ballar yoki sertifikatlar olishadi.

Bu usul an’anaviy usullardan farqli ravishda texnologiyani faqat o‘quv materiali

emas, balki

hayotiy maqsad va kasbiy o‘sish vositasi sifatida

ko‘rsatadi. Ammo har

bir sohaning yaxshi va yomon taraflari bo‘lgani kabi buning ham yaxshi va yomon
tarflari mavjud va albatta bu jihatlari undan qanday foydalanishiga bog‘liqdir.

Ta’limdagi raqamli texnologiyalarning ijobiy tomonlari

Individual yondashuv imkoniyati

— Har bir o‘quvchi o‘z darajasiga mos

mashg‘ulotlar orqali bilim oladi. Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlar bu
jarayonni avtomatlashtiradi.

Dunyo miqyosidagi resurslarga ochiqlik

— Onlayn kurslar, vebinarlar, ochiq

darslar orqali dunyo universitetlarining bilimlarini bemalol o‘zlashtirish mumkin.

Interaktiv o‘qitish

— 3D modellashtirish, VR (virtual reallik) texnologiyalari

yordamida murakkab tushunchalarni tushunish osonlashadi.

Masofaviy ta’lim imkoniyati

— Har qanday joyda va vaqtda o‘qish imkoniyati

mavjud, bu ayniqsa chekka hududlar uchun muhim.

Salbiy jihatlari

Sog‘liq muammolari

— Ko‘p vaqt ekranga tikilib o‘tirish ko‘z, umurtqa va

psixologik holatga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

E’tibor tarqoqligi

— Ko‘plab texnologik vositalar yoshlar e’tiborini chalg‘itadi,

konsentratsiya pasayadi.

Ijtimoiy ajralish

— Raqamli dunyoga sho‘ng‘igan o‘quvchi real hayotdagi

muloqot ko‘nikmalaridan uzoqlashishi mumkin.

Tengsizlik muammosi

— Har bir o‘quvchining texnologik vositalar va

internetga bir xil darajada ega bo‘lmasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.



Xulosa


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

91

91

Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirayotgan bo‘lsa-

da, ularni to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirish orqali salbiy oqibatlarning oldini olish
mumkin. Raqamli mentorlik tizimi — bu yoshlarni nafaqat bilim bilan
qurollantiradigan, balki ularni mustaqil fikrlovchi, zamonaviy muammolarga yechim
topuvchi yetuk mutaxassisga aylantirishning yangi usulidir. Kelajak bu texnologiyalar
bilan chambarchas bog‘liq va biz yoshlarni unga ongli, salohiyatli va barqaror
tayyorlashimiz kerak. Faol innovatsiyalar yoshlar ta’limini yanada samarali va
qiziqarli qilishga xizmat qilmoqda. Raqamli platformalar, STEM dasturlari va
innovatsion markazlar orqali yoshlar yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab, jamiyat
rivojiga hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston hukumati va xalqaro tashkilotlar tomonidan
amalga oshirilayotgan tashabbuslar yoshlarni raqamli iqtisodiyotga tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega. Kelajakda bu yo‘nalishlar yanada rivojlanib, yoshlarning
ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi

[6]

.

Foydalanilgan ma’lumotlar:

UNICEF. (2024). Digital learning – innovative approach in education system in

Uzbekistan. https://www.unicef.org/uzbekistan/en/stories/digital-learning-innovative-
approach-education-system-uzbekistan

United Nations Development Programme (UNDP). (2022). On some of the results

of the Youth Digital Skills program, launched by the Ministry of Economic
Development, IT Park and UNDP. https://www.undp.org/uzbekistan/press-
releases/some-results-youth-digital-skills-program-launched-ministry-economic-
development-it-park-and-undp

UNICEF.

(2024).

Youth

and

Adolescents

Development.

https://www.unicef.org/uzbekistan/en/youth-and-adolescents-development

Center For Youth Initiatives. (n.d.). FabLab. https://cfyi.uz/fablab
Uzbekistan

Digital

Inclusion

Project.

(n.d.).

IT

Park

Uzbekistan.

https://en.wikipedia.org/wiki/IT_Park_Uzbekistan

Uzbekistan implements national strategy "Digital Uzbekistan 2030". (n.d.).

[https://ecocci.org/eco_chamber_news/item/11001-uzbekistan-implements-national-
strategy-digital-uzbekistan-2030](ht
tps://ecocci.org/eco_chamber_news/item/11001-
uzbekistan-




References

UNICEF. (2024). Digital learning – innovative approach in education system in Uzbekistan. https://www.unicef.org/uzbekistan/en/stories/digital-learning-innovative-approach-education-system-uzbekistan

United Nations Development Programme (UNDP). (2022). On some of the results of the Youth Digital Skills program, launched by the Ministry of Economic Development, IT Park and UNDP. https://www.undp.org/uzbekistan/press-releases/some-results-youth-digital-skills-program-launched-ministry-economic-development-it-park-and-undp

UNICEF. (2024). Youth and Adolescents Development. https://www.unicef.org/uzbekistan/en/youth-and-adolescents-development

Center For Youth Initiatives. (n.d.). FabLab. https://cfyi.uz/fablab

Uzbekistan Digital Inclusion Project. (n.d.). IT Park Uzbekistan. https://en.wikipedia.org/wiki/IT_Park_Uzbekistan