JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
74
74
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIM TIZIMIDA
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH
D.O'rinov
Andijon viloyati MMTB Korrupsiyaga qarshi kurashish
va ichki nazorat
sho'basi
mudiri.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib
chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratildi. Ayniqsa, ommaviy axborot
vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib bormoqda.
Avvalo, korrupsiyaning omillariga qarshi kurashilmoqda. Masalan, yerni hokim
qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechib, auksion tizimiga o‘tkazilgani natijasida bu
tizim xalqchil bo‘ldi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu sohada ham
ijobiy o‘zgarishlar sezildi.
O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini
oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat
hizmatchilarida korrupsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat’iy chidamsizlik
ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak g‘oyalarga
tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat
organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» asosiy tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar
xalqimiz manfaatlari yo‘lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Bu
o‘rinda islohotlarning chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va
jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini izchil
ta’minlab borish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda
korrupsiya ko‘rinishlarining oqibati bilan emas, balki sabab va shart-sharoitlarini
bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan zamonaviy
jinoyatchilikni oldini olish choralarni milliy amaliyotga tatbiq etishni taqozo qilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’lim tizimini isloh qilishda pedagog kadrlar va ta’lim sifatini
oshirish bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi ham ayovsiz kurashib kelinmoqda. Bu
o‘rinda Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi PF-6013-sonli Farmonga asosan yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga
qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib 2020-2021 yillarda barcha
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat
ulushi bo‘lgan korxonalar, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’lim tizimida
korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy nazorat tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish
belgilandi. Ayni paytda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
75
75
Hisob palatasi bilan hamkorlikda maktabgacha va maktab ta'lim tizimidagi
korrupsiyaga qarshi kurash ishlari olib borilmoqda. Ta’lim tizimida Korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tizimda korrupsiyani oldini
olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Vazirlikning ichki
audit, moliyaviy va huquqiy nazorat xizmati ham mavjud bo‘lib, doimiy budjet
mablag‘larini qonuniy sarflarinishi ustidan nazorat olib bormoqda. Maktabgacha ta’lim
tizimida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning ishlashini cheklashdan iborat. Bu –
“Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunida belgilandi. Ma'lumot uchun,
yuqoridagi
qonunning
44-moddasiga ko‘ra, qasddan jinoyatlar sodir etgani uchun ilgari hukm qilingan
shaxslar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi
mumkin emas. Bu borada xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti
qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat
va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa
zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim
vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat
(compliance control) tizimi tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati –
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati shu
jumladan maktabgacha va maktab ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim
tashkilotlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va
boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-
xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun
buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish va ular haqida xabar
berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
