Authors

  • Farxodov Farrux Furqatovich
  • Murodullayev Feruz Otabek oʻgʻli

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.101064

Keywords:

Kalit soʻzlar: bojxona rejimi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona bojxona nazorati davriy toʻlov identifikatsiya.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada bojxona organlarida tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirish tartibotlari va undiriladigan bojxona toʻlovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

225

225

TOVARLARNI VAQTINCHA OLIB KIRISH BOJXONA REJIMIGA

RASMIYLASHTIRISHDA BOJXONA TOʻLOVLARI

Farxodov Farrux Furqatovich,

Bojxona instituti Bojxona tartibga solinishi va

bojxona toʻlovlari kafedrasi oʻqituvchisi.

Email:

farrux.farxodov@gmail.com

,

ORCID: 0009- 0004-2041-3504

Murodullayev Feruz Otabek oʻgʻli,

Bojxona instituti 4-kurs kursanti.

Email:

genuinemuradillaev@gmail.com

,

ORCID: 0009-0000-4976-0738

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bojxona organlarida tovarlarni vaqtincha olib

kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirish tartibotlari va undiriladigan bojxona toʻlovlari
tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha
takliflar ilgari suriladi.

Kalit soʻzlar:

bojxona rejimi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona,

bojxona nazorati, davriy toʻlov, identifikatsiya.

ТАМОЖЕННЫЕ ПЛАТЕЖИ ПРИ ОФОРМЛЕНИИ ТОВАРОВ ПОД

ТАМОЖЕННЫЙ РЕЖИМ ВРЕМЕННОГО ВВОЗА

Фарходов Фаррух фуркатович,

преподаватель кафедры таможенного регулирования и таможенных платежей

Таможенного института. email:

farrux.farxodov@gmail.com

,

ORCID: 0009 - 0004-2041-3504

Муродуллаев Феруз Отабек угли,

курсант 4 курса Таможенного института. email: genuinemuradillaev@gmail.com,

ORCID: 0009-0000-4976-0738

Аннотация:

В данной статье анализируются процедуры оформления

товаров на таможенный режим временного ввоза в таможенных органах, а также
рассматриваются соответствующие таможенные платежи, взимаемые при
применении данного режима. Кроме того, приводится анализ актуальных
проблем в сфере временного ввоза и предлагаются пути их решения.

Ключевые слова:

таможенный режим, участники внешнеэкономической

деятельности, таможня, Таможенный контроль, периодическая оплата,
идентификация.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

226

226

THE CUSTOMS PAYMENTS DURING THE CLEARANCE OF GOODS UNDER

THE TEMPORARY IMPORTATION CUSTOMS REGIME

Farhodov Farrukh Furkatovich,

teacher of the Department of customs regulation and customs duties of the customs

Institute. email: farrux.farxodov@gmail.com, ORCID: 0009-0004-2041-3504

Muradillayev Feruz Otabek o’g’li ,

4th year cadet of the Customs Institute.

e-mail: genuinemuradillaev@gmail.com, ORCID: 0009-0000-4976-0738

Abstract:

"This article analyzes the procedures for customs clearance of goods

under the temporary importation customs regime by customs authorities, as well as the
applicable customs payments levied within the framework of this regime. In addition,
the article provides an analysis of current issues related to temporary importation and
proposes possible solutions.

Keywords:

customs regime, participants in foreign economic activity, Customs,

Customs Control, periodic payment, identification.


Tovar va transport vositalarining davlat bojxona chegaralari orqali erkin

harakatlanishi zamonaviy iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan, vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi davlat iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlash, bojxona tartibotlarini soddalashtirish va xalqaro hamkorlikni
mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi mamlakatga xorijiy tovarlarni muayyan

muddatga olib kirish imkonini beruvchi bojxona rejimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu
rejim xalqaro miqyosda 1990-yil 26-iyunda Istanbulda qabul qilingan “Vaqtincha olib
kirish to‘g‘risidagi konvensiya” bilan tartibga solinadi

1

.

O‘zbekiston Respublikasi ushbu konvensiyaga 2020-yil 24-aprelda qo‘shilgan

2

bo‘lib, bu xalqaro bojxona amaliyotlariga moslashish va milliy qonunchilikni xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shu asosda,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi “Vaqtincha olib
kirish to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi” 3264-sonli nizom bilan
tasdiqlandi

3

. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlarni

bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda Vaqtincha olib kirish
to‘g‘risidagi Konvensiyani qo‘llash tartibini belgilaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi

1

https://www.wcoomd.org/en/about-us/legal-instruments/~/media/2D53E23AA1A64EF68B9AC708C6281DC8.ashx

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2020-yildagi PQ-4694-son Qarori, https://www.lex.uz/uz/docs/-

4797920

3

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 30.06.2020-yildagi 3264-son Nizomi, https://www.lex.uz/uz/docs/-

4912261


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

227

227

“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

PF-57-son

Farmoni

4

bilan

Bojxona

ma’muriyatchiligining shaffoflik va ishonchlilik tamoyiliga asoslangan sifat jihatidan
yangi tizimini yaratish, bojxona sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida
Vaqtincha olib kirishda bojxona bojlari va soliqlar to‘lashdan shartli ozod etiladigan
ayrim tovarlar ro‘yxati, imtiyoz berish muddatlari va shartlarini qaytadan ko‘rib
chiqish topshiriqlari berilgan.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha olib kirish bojxona

rejimining rasmiylashtirish tartiblari va amaliyotdagi o‘ziga xos jihatlari tahlil qilib,
mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha oʻrganildi va takliflar ishlab
chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, bojxona

rejimlarining 16 turi mavjud boʻlib, bulardan biri vaqtincha olib kirish bojxona
rejimidir. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona
hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona to‘lovlaridan shartli ozod etilgan
yoki davriy bojxona to‘lovlari to‘langan hamda iqtisodiy siyosat choralari
qo‘llanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi. Vaqtincha olib kirish muddati
tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni
tashkil etadi.

2024-yilda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga jami 3046 ta bojxona yuk

deklaratsiyasi rasmiyalshtirilib, 242,8 mlrd so‘m bojxona to‘lovlari undirilgan.

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona

to‘lovlaridan shartli ozod etiladi yoki davriy bojxona to‘lovlari undiriladi.

1-rasm. Vaqtincha olib kirish bojxona

rejimida bojxona toʻlovlari qoʻllanilishi

5

Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar

to‘lashdan shartli ozod etish qo‘llaniladi. Bunday tovarlarning ro‘yxati va ozod etish
shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va
soliqlar to‘lash bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirishda,

4

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2025-yildagi PF-57-son Farmoni, https://www.lex.uz/uz/docs/-

7451997

5

Bojxona kodeks talablari asosida muallif ishlanmasi

Bojxona

toʻlovlaridan

shartli ozod etish

Vaqtincha olib kirish

bojxona rejimida

bojxona toʻlovlari

Davriy bojxona

toʻlovlari


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

228

228

tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir to‘liq va to‘liq bo‘lmagan
kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga
joylashtirilgan kunda import bojxona rejimiga joylashtirilganda to‘lanishi lozim
bo‘lgan bojxona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el
valyutasida hisoblab chiqariladi.

Shundan kelib chiqib, davriy bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun

quyidagi formulani hosil qilamiz:

DT

1

=

(B + Q + A) ⋅ 5%

K

con

Bu yerda:

DT

1

– shartnoma valyutasida bir oylik davriy toʻlov;

B - hisoblangan import bojxona boji summasi;
Q - hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi;
A - hisoblangan aksiz soligʻi summasi;

K

con

– shartnomaning valyuta kursi.

Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimi bojxona yuk deklaratsiyasi

rasmiylashtirilayotgan bir vaqtning oʻzida undiriladi.

Shundan soʻng, davriy toʻlov to‘lanadigan kuni O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi va O‘zbekiston
Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi. Davriy bojxona to‘lovlarini hisoblashda
tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda bo‘lgan
bojxona to‘lovlari stavkalari qo‘llaniladi.

Shartnoma valyutasida jami davriy bojxona to‘lovlarini hisoblashda quyidagi

formuladan foydalanmiz:

DT

jami

= DT

1

∙ O

s


Bu yerda:

DT

jami

– shartnoma valyutasida jami davriy toʻlov;

DT

1

– shartnoma valyutasida bir oylik davriy toʻlov;

O

s

- tovarni vaqtincha olib kirilgan toʻliq va toʻliq boʻlmagan oylar soni.

Davriy bojxona to‘lovlarini to‘lab tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga

joylashtirayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:

- to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining umumiy summasini to‘lash;
- tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojxona to‘lovlarini har oyda yoxud

yilning har choragida to‘lash.

To‘lanadigan davriy bojxona to‘lovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha

olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish
(import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan, chet el


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

229

229

valyutasida hisoblab chiqarilgan bojxona to‘lovlarining summasidan oshmasligi lozim.

Hozirgi kunda amaliyotda ayrim tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimi

rasmiylashtirilib, amal qilish muddati oʻtgan holda, yakuniy bojxona rejimiga
rasmiylashtirilmasdan nazoratda qolish holatlari, davriy toʻlovlarini vaqtida
to‘lamaslik kabi holatlari mavjud.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga

muvofiq deb hisoblaymiz:

- vaqtincha olib kirilgan tovarlar bo‘yicha barcha jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi

avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqish va ushbu tovarlar rasmiylashtiruvini
to‘liq raqamlashtirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni kamaytirish;

- amal qilish muddati tugashidan oldin vakolatli shaxsni va bojxona xodimini

avtomatik ogohlantirish tizimi joriy qilish;

- Davriy bojxona to‘lovlarini to‘langan tovarni import bojxona rejimiga

joylashtirilgan taqdirda vaqtinchalik olib kirishning butun davrida davriy to‘langan
import bojxona bojlari, soliqlar qiymatidan foizlar to‘lash taklifi beriladi;

- davriy bojxona to‘lovlarini avtomatik undirish mexanizmini joriy qilish, ya’ni

undirish muddati kelganda, manfaatdor shaxsning shaxsiy hisobvarag‘idan kerakli
summani avtomatik ravishda yechib olish. Agar to‘lovchining hisobida yetarli mablag‘
bo‘lmasa, dastur tomonidan avtomatik ravishda qarzdorlikni belgilangan muddatda
to‘lash haqida ogohlantiruvchi elektron xabarnoma yuborilishi shart.

Xulosa qilib mazkur rejimni yanada takomillashtirish uchun normativ-huquqiy

bazani kuchaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda tashqi
iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga qulaylik yaratish, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiyani. Istanbul, 1990-yil 26-iyun.

2.

Фарходов, Ф., & Муродуллаев, Ф. (2025). Особенности оформления

товаров в таможенный режим временного ввоза. Modern Science and Research,
4(4), 418-430.

3.

Фарходов, Ф. Ф. (2024). Божхона хизмати фискал фаолиятига таъсир

этувчи омиллардан самарали фойдаланиш йўллари. Indexing, 1(1).

4.

Фарходов, Ф. Ф. (2024). Божхона хизмати фискал фаолиятига таъсир

этувчи омиллардан самарали фойдаланиш йўллари. Indexing, 1(1).

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2020-yildagi PQ-4694-son

Qarori,

https://www.lex.uz/uz/docs/-4797920

.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 30.06.2020-yildagi 3264-son

Nizomi, https://www.lex.uz/uz/docs/-4912261.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

230

230

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2025-yildagi PF-57-son

Farmoni,

https://www.lex.uz/uz/docs/-7451997

.

8.

O‘zbekiston Respublikasining 18.10.2018 yildagi O‘RQ-502-son Qonuni,

https://www.lex.uz/uz/docs/-4000640

.

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2016 yildagi 212-

son qarori, https://www.lex.uz/uz/docs/-2989939.

10.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 19.11.2010-yildagi 2156-son

Nizomi,

https://www.lex.uz/uz/docs/-1703865

.

References

Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi Konvensiyani. Istanbul, 1990-yil 26-iyun.

Фарходов, Ф., & Муродуллаев, Ф. (2025). Особенности оформления товаров в таможенный режим временного ввоза. Modern Science and Research, 4(4), 418-430.

Фарходов, Ф. Ф. (2024). Божхона хизмати фискал фаолиятига таъсир этувчи омиллардан самарали фойдаланиш йўллари. Indexing, 1(1).

Фарходов, Ф. Ф. (2024). Божхона хизмати фискал фаолиятига таъсир этувчи омиллардан самарали фойдаланиш йўллари. Indexing, 1(1).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2020-yildagi PQ-4694-son Qarori, https://www.lex.uz/uz/docs/-4797920.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 30.06.2020-yildagi 3264-son Nizomi, https://www.lex.uz/uz/docs/-4912261.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2025-yildagi PF-57-son Farmoni, https://www.lex.uz/uz/docs/-7451997.

O‘zbekiston Respublikasining 18.10.2018 yildagi O‘RQ-502-son Qonuni, https://www.lex.uz/uz/docs/-4000640.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2016 yildagi 212-son qarori, https://www.lex.uz/uz/docs/-2989939.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 19.11.2010-yildagi 2156-son Nizomi, https://www.lex.uz/uz/docs/-1703865.