Authors

  • Egamberdiyev J.J.
  • Ma’murova Nigoraxon Jo‘rabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.101069

Keywords:

Kalit so’zlar: til o’rganish sun’iy intellekt mobil ilovalar online ta’lim ijtimoiy tarmoqlar eshitish va ko’rish orqali o‘rganish.

Abstract

 Annotatsiya: XXI asr texnologiyalar asri deb e’lon qilingandan so‘ng,hozirgi kunga qadar u barcha sohalarni rivojlantirishda muhim omil sifatida ommalashib bormoqda.Ushbu maqolada mana shunday sohalardan biri bo’lgan  ta’limda texnologiyalarning  tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo’lsak,texnologiyalar orqali yangi til o‘rganishning  imkoniyatlari va muammolari haqida so’z boradi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

202

202

TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TIL O‘RGANISH:

IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR

Ilmiy rahbar:

Egamberdiyev J.J.

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili filologiyasi va o‘qitish

metodikasi va tarjimashunoslik nazariyasi fakulteti

Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent

+998934155525

Ma’murova Nigoraxon Jo‘rabek qizi

Filologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili yo‘nalishi talabasi

+998508846888

n85554694@gmail.com


Annotatsiya:

XXI asr texnologiyalar asri deb e’lon qilingandan so‘ng,hozirgi

kunga qadar u barcha sohalarni rivojlantirishda muhim omil sifatida ommalashib
bormoqda.Ushbu maqolada mana shunday sohalardan biri bo’lgan ta’limda
texnologiyalarning tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.Yana ham aniqroq qilib
aytadigan bo’lsak,texnologiyalar orqali yangi til o‘rganishning imkoniyatlari va
muammolari haqida so’z boradi.

Аннотация:

С момента провозглашения XXI века веком технологий, до

настоящего времени они продолжают играть важную роль в развитии всех сфер
жизни. В данной статье рассматривается роль технологий в сфере образования.
Более конкретно, речь идет о возможностях и проблемах изучения новых языков
с использованием технологий.

Kalit so’zlar:

til o’rganish, sun’iy intellekt,mobil ilovalar,online ta’lim,ijtimoiy

tarmoqlar,eshitish va ko’rish orqali o‘rganish.

Ключевые слова:

изучение языков, искусственный интеллект, мобильные

приложения, онлайн-обучение, социальные сети, изучение через аудио и видео.

Keywords

: language learning, artificial intelligence, mobile applications, online

education, social media, learning through listening and watching.


Til — bu insonlarning fikrlarini, his-tuyg‘ularini, bilim va tajribalarini bir biriga

ifodalash, muloqot qilish uchun foydalanadigan belgilar, yaʼni so‘zlar, tovushlar, imo-
ishoralarning tizimli majmuasi hisoblanadi. Til nafaqat gapirish va yozish vositasi,
balki madaniyat va jamiyatning muhim qismi hisoblanadi.

Tilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- oʻzaro axborot almashish
- o‘ylash qobiliyatini shakllantirish va uni ifodalash
- jamiyatda muloqot qilish va munosabatlarni tartibga solish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

203

203

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,

pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish
va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday holatning asosiy sababi
shundaki, uzoq yillar davomida an’anaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar, asosan, tayyor
bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar esa ularni
bilimlarni mustaqil ravishda izlab topishga, tahlil qilishga va mustaqil xulosa
chiqarishga yo‘naltirmoqda. Bu esa o‘quvchini faol fikrlashga, muammoli vaziyatlarni
hal qilishga, ijodiy yondashuvga undaydi.

Barchamizga ma’lumki, til — bu o‘zaro muloqot vositasi, tafakkur ifodasi va

insoniyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Har bir xalq uchun o‘z ona tili
bebaho qadriyat, millatning g‘ururi hisoblanadi. Til millatning ongi va xotirasi,
ruhiyati, ma’naviy va madaniy qiyofasi, milliy qadriyatlari hamda tarixiy merosidir.
Shu sababli tilning millat, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos bo‘lib, u
doimo e’tiborda bo‘lishi lozim. Jamiyat taraqqiy etgan sari, tilga bo‘lgan muhabbat va
e’tibor ham ortib boradi. Ayni paytda, ijtimoiy hayotdagi har qanday taraqqiyot tildagi
o‘zgarish va rivojlanishlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

XXI asr — axborot texnologiyalari asri bo‘lib, ayniqsa til o‘qitish jarayoniga

kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Agar XX
asrda bu katta muammo sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda bu vositalardan til
o‘qitishda samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuter texnologiyalari
yordamida til o‘rganish nafaqat osonlashdi, balki o‘quvchilar uchun yanada qiziqarli,
samarali va interaktiv tus oldi.

Ayniqsa, bugungi yoshlar orasida mobil ilovalar yordamida til o‘rganish keng

tarqalmoqda. Duolingo, Memrise, Babbel, Busuu kabi ilovalar foydalanuvchilarga
yangi so‘zlarni o‘rganish, grammatikani mustahkamlash, talaffuzni yaxshilash va
kundalik so‘zlashuvga oid mashqlarni bajarish imkonini beradi. Bu ilovalar o‘yin
shaklidagi darslar, testlar va eshitish topshiriqlari orqali o‘rganishni qiziqarli va
interaktiv holga keltiradi. Mobil ilovalarning asosiy afzalligi — ularni istalgan joyda
va vaqtda foydalanish mumkinligidir, bu esa ta’limni yanada erkin va moslashuvchan
qiladi.

Texnologiya yordamida til oʻrganish bir qancha imkoniyatlarni ochib beradi.

Bularning bir qanchasini sanab o’tishimiz mumkin:

- bugungi kunda internet orqali istalgan tilda dars materiallarini topish, video,

audio, maqola yoki testlardan foydalanish juda oson bo‘lib qoldi. Biz uydan
chiqmasdan turib ham chet tilini o‘rganishimiz mumkin — bu ilgarilari ilojsiz narsa
edi. Mobil ilovalar (Duolingo, Memrise, Busuu, Falou va boshqalar) yordamida
istalgan vaqtda, hatto avtobusda ketayotganda ham mashq qilib, oʻrganishni davom
ettirish mumkin.

- texnologiyalar har bir foydalanuvchining darajasiga qarab o‘rgatadi. Sun’iy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

204

204

intellekt asosidagi platformalar (masalan, ChatGPT) bizning saviyamiz, xatolarimiz va
ehtiyojlarimizga mos tarzda til o‘rganishga yordam beradi.

-virtual suhbatdoshlar, real vaqtli tarjima, subtitr bilan filmlar tomosha qilish,

podkastlar tinglash orqali biz tilni o‘rganishda “chet tilida yashayotgandek”
bo‘lishimiz mumkin. Bu real muhitda o‘rganishga yaqinlashishni bildiradi.

- ilovalardagi reytinglar, ball to‘plash tizimi, kundalik reja — bular barchasi

o‘quvchini zeriktirmaslik, qiziqish davomiyligini saqlab qolish uchun ishlab chiqilgan.
Oddiy darsdan ko‘ra o‘yin shaklidagi dars ko‘proq foyda beradi.Ammo shunga yarasha
uning kamchiliklari borligini ham unutmaslik kerak.

-ilova yoki sayt orqali o‘rgana boshlagan odamni hech kim nazorat qilmaydi.

O‘zimizga qat’iy reja qo‘ya olmasak, “ertaga qilaman” deb o‘rganishni cho‘zib
yuboramiz. Har kuni mashq qilish kerak, aks holda natija bo‘lmaydi.

- ko‘pchilik faqat YouTube ilovasidan video ko‘rib, uni tinglab yurish bilangina

tilni o‘rganaman deb o‘ylaydi. Bu esa passiv o‘rganishdan boshqa hech narsa emas.
Tilni yaxshi bilish uchun o‘zimiz uchun hech boʻlmaganda qisqa qaydlar yozib
borishimiz, ularni kundalik suhbat va dialoglarda ishlatganda holda gapirib muntazam
ravishda mashq qilib borishimiz ham kerak.

- mobil ilova biz bilan yozma suhbat quradi, lekin jonli odam bilan gaplashgandan

atmosferani bera olmaydi. Bu esa so‘zlashish (speaking) ko‘nikmasi sustlashib, bir
pozada “qotib qolish”ga olib keladi. Odamlar bilan gaplashib mashq qilib koʻrmasak,
bilganlarimizni amalda qo‘llay olmaymiz.

- internetda noto‘g‘ri ma’lumotlarni ham yoʻq deya olmaymiz. Ba’zi videolarda

grammatik xatolar bo‘lishi mumkin yoki so‘zlar noto‘g‘ri talaffuz qilinadi. Har ko‘rgan
va qabul qilgan axborotni to‘g‘ri deb qabul qilish xatoga olib keladi.

- telefon bilan o‘rganish yaxshi, lekin shu telefonning o‘zida Instagram, TikTok,

Telegram kabi taʼlimdan chalgʻituvchi ilova ham bor. Bu ilovalar orqali oʻqishga
kirishib, bir necha daqiqadan keyin boshqa narsaga chalg‘ib ketish juda oson. Natijada
o‘rganish tartibsiz va bo‘ladi va bundan kutilayotgan natija orqaga surilib boraveradi.

Qisqa qilib aytganda, texnologiyalar til o‘rganishga yordam beradi, lekin ular biz

oʻylagandek “mo‘jiza” emas. Ularni to‘g‘ri ishlatmasak, shunchaki vaqtimiz zoye
ketadi, lekin til o‘rganish qolib ketaveradi. Doim o‘z ustimizda ishlashimiz, tartib
qoidaga amal qilib intizomli bo‘lishimiz kerak.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bugungi kunda texnologiyalar til o‘rganishni

ancha osonlashtirib qo‘ydi. Telefon yoki kompyuter orqali istagan tilimizni
o‘rganishimiz mumkin — ilovalar, saytlar, sun’iy intellektli dasturlar bunga yordam
beradi. Lekin bu vositalar faqatgina o‘zi ishlamaydi. O‘rganaman degan odam har kuni
oz bo‘lsa ham vaqt ajratib, mashq qilib, harakat qilishi kerak. Texnologiya yordam
beradi, lekin o‘rganish o‘zimizga bog‘liq. Shuning uchun to‘g‘ri yo‘ldan foydalanib,
til o‘rganishni odatga aylantira olsak, albatta yaxshi natijalarga erishamiz.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-1_June-2025

205

205

Foydalaniladigan adabiyot va manbalar:

1. https://cyberleninka.ru
2. www.in-academy.uz
3. Andijon Davlat Chet Tillari Instituti tahririyati: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari (2-qism)

References

www.in-academy.uz

Andijon Davlat Chet Tillari Instituti tahririyati: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari (2-qism)