JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
181
181
TERRORIZM VA EKSTREMIZMNI OLDINI OLISHDA
YOSHLARNING HUQUQIY ONGINI OSHIRISH
Xidirov Furqat Shukurullayevich
Annotatsiya:
ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy va
transchegaraviy xususiyat kasb etib, ijtimoiy xavflilik darajasi, jahon miqyosida yuzaga
kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda davlat
organlarining vazifalari.
Abstract:
Crimes related to extremism and terrorism have acquired a transnational
and cross-border nature, increasing the level of social danger, emerging global dangers and
threats, and the responsibilities of state bodies in ensuring peace and security.
Аннотация:
Преступления, связанные с экстремизмом и терроризмом,
приобрели транснациональный и трансграничный характер, что обусловило
повышение уровня общественной опасности, возникновение глобальных опасностей
и угроз, а также ответственности государственных органов за обеспечение мира и
безопасности.
Dunyoda so‘ngi yillarda ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar
transmilliy va transchegaraviy xususiyat kasb etib, ijtimoiy xavflilik darajasi keskin
oshib bormoqda. Xususan, 2018–2024-yillarda dunyoning 100 dan ziyod mamlakat
hududida 5 mingdan ortiq terroristik harakatlar sodir etilib, ularning oqibatida
30 mingdan ko‘proq inson halok bo‘lgan yoki jarohatlangan
1
. Terrorizmga qarshi
kurashish borasida dunyoda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan
bo‘lsada, mazkur turdagi jinoyatlar miqdori kamaymayapti. Bugungi kunda
terrorizm umumbashariy halqaro muammoga aylandi. Shu sababli terrorizm bilan
bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik usul va
asoslarini takomillashtirishga ehtiyoj ortib bormoqda hamda ularni yanada
takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.
Dunyo miqyosida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bo‘yicha tadqiqot olib
boruvchi Iqtisod va tinchlik xalqaro institutining terrorizmning global indeksi bo‘yicha
bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston, Iroq, Somali, Burkina-Faso, Suriya,
Nigeriya, Mali, Niger va Pokiston davlatlarida terrorizm xavfi yuqori hisoblanadi.
Oxirgi o‘n yillikda terrorchilik harakatlari oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holati 182
ming nafarni tashkil etganligi bu illatning shaxs, jamiyat, davlat va insoniyat uchun
qanchalik xavfli ekanligini ko‘rsatmoqda
2
.
Bugungi kunda jahon miqyosida yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar,
avvalo, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi,
yoshlar o‘rtasida xalqimizga yot g‘oyalar tarqalishining tobora kuchayib
1
Cоунтрй Репортс он Террорисм 2024– Доклад Государственного департамента США о проблемах борбы с
терроризмом в мире // www.стате.гов – офитсиалный веб-сайт Государственного департамента США.
2
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
182
182
borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o‘z vaqtida ushbu tahdidlarni oldini olish
va ularga barham berish bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘ymoqda
3
.
Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda yoshlarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish masalasi davlat hokimiyati va huquq-
tartibot organlari oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yaqin qo‘shni va uzoq mamlakatlarda sodir bo‘layotgan ichki noroziliklar va
siyosiy inqirozlar tahlili aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishda
fuqarolik jamiyati institutlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida
ishonchli hamkorlikning yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Bu holatlar aholi bilan bevosita
ishlaydigan ichki ishlar organlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
faoliyatiga oid masalalarni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etishni hamda globallashuv
davrida ushbu faoliyatni takomillashtirib borishni talab etmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquqiy ongi va jamiyat huquqiy
madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada qator
qonunchilik hujjatlari qabul qilindi hamda ushbu yo‘nalishdagi islohotlar jamiyat
hayotiga keng tatbiq etib kelinmoqda.
Xususan, “Jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish” milliy dasturi doirasida
jamiyatning barcha sohalarida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy ta’lim va
tarbiyani kuchaytirish, yuridik mutaxassislarni tayyorlash, fuqarolarning huquq va
erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, davlat va jamiyat hayotini
adolat mezonlari asosida boshqarishda ijobiy natijalarga erishildi.
Shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
9-yanvardagi PF–5618-son “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada
yuksaltirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi ushbu
yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu
Farmon
bilan
tasdiqlangan
Jamiyatda
huquqiy
madaniyatni
yuksaltirish
konsepsiyasida yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish
bo‘yicha ta’lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik
qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish, jamiyat hayotida muhim o‘rin
tutuvchi fuqarolik jamiyati institutlari, davlat va nodavlat tashkilotlariga huquqiy
madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab
berildi
4
.
Biroq, ushbu yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilinganda, jamiyat huquqiy madaniyatini
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil
etilganligining 26 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi. // Halq
so‘zi -2018 yil 13 yanvar
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni // URL http://www.lex.uz
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
183
183
rivojlantirish faqatgina huquqni muxofaza qiluvchi organlarning ishi sifatida
ko‘rilayotganligi, oila, mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar,
shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan yoshlarning vatanparvarligini
oshirish orqali huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida ishlar tizimli amalga
oshirilmayotganligidan dalolat bermoqda.
Jahon miqyosida davlat va jamiyat hayotida ro‘y berayotgan turfa xil inqirozlar,
ekstremizm va terorizm xususan jinoyatchilikning turli xil shakl va usullarda amalga
oshirilayotganligi to‘g‘risidagi daliliy ma’lumotlar tahlili huquqiy ta’lim-tarbiya,
huquqiy madaniyatni va
vatanparvarligini
yuksaltirishga oid tizimni isloh qilish,
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini
oshirishning zamonaviy va yanada samarali mexanizmini ishlab chiqish zarurati
mavjudligidan dalolat beradi. Shu bois, jazolovchi ta’sir choralarini kuchaytirish
ko‘magida jinoyatchilikka qarshi kurashish emas, balki fuqarolarning huquqiy ongi va
madaniyatini zamonga mos holda shakllantirib borish, ularda huquqiy immunitetni
hosil qilish orqali eustremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishining
oldini olish hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yurtimizda
aholining
huquqiy
savodxonligini
oshirish
orqali
huquqbuzarlik(jinoyat)larning oldini olish, jamiyatda o‘rnatilgan tartibot va qonun
normalariga og‘ishmay amal qiluvchi shaxsni tarbiyalash masalalarining dolzarbligi
bu borada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, huquq-tartibotni ta’minlovchi tuzilma sifatida ichki ishlar organlari
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, yoshlarga ijtimoiy, siyosiy,
huquqiy yo‘nalishdagi birlamchi axborotlarni uzluksiz yetkazib berishi orqali ularning
huquqiy ongi va madaniyatini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi
5
.
Shuningdek, ichki ishlar organi xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini
yuksaltirish, ularning qonun hujjatlarini to‘g‘ri qo‘llay olish amaliyotini sifat jihatidan
yangi bosqichga ko‘tarish talab etiladi.
Yoshlarni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini
oshirishda ichki ishlar organlarining faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar va
unga ta’sir etuvchi omillar mavjud bo‘lib, bu muammolarning ilmiy-nazariy va amaliy
jihatlarini tadqiq etmasdan turib, jamiyat huquqiy madaniyatini to‘laqonli
yuksaltirishning imkoni yo‘q.
Jumladan, yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari
tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, ta’lim
muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning ta’sirchan
mexanizmi mavjud emas.
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni// URL http://www.lex.uz
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
184
184
Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ekstremizm va terrorizmni oldini olishda
huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va
boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki ta’minlanmayapti, bu borada yuqori
natijadorlik va samaradorlik ko‘zga tashlanmayapti.
Huquqiy tadbirlar hamon an’anaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni o‘tkazish
yo‘li bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targ‘ibotning innovatsion usullaridan, shu
jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, ichki ishlar organlarining
huquqiy yo‘nalishdagi internet sahifalari yetarli emas.
Mazkur muammolarning ilmiy-nazariy va amaliy tomonlari bo‘yicha shu kunga
qadar ilmiy tadqiqot ishlari to‘liq o‘tkazilmayotganligi sababli ichki ishlar organlari
boshqa davlat organlari bilan mazkur yo‘nalishda innovatsion yechimlar va yangiliklar
veb-saytlar orqali targ‘ibot tashviqot ishlarini tashkil etishlari hamda ilmiy tadqiqot
ishlarni olib borishlari maqsadga muvofiq.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Asosiy masala - qonunlarning mazmun-
mohiyatini xalqimizga va mas’ul ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to‘g‘ri
tashkil etish hamda qonun talablariga qat’iy amal qilishni ta’minlashdan iboratdir”. Mazkur
vazifalar va “O‘zbekistonning Yangi taraqqiyot strategiyasi” 17, 20-maqsadlari
talabidan kelib chiqib, ichki ishlar organlarining jamiyat huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga oid faoliyatini takomillashtirish, «aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirish borasida davlat tuzilmalari
(muallifdan: shu o‘rinda, ichki
ishlar organlari)
ning fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan
o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish» bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish va
uning ilmiy yechimini topish muhim ahamiyat kasb etadi
6
.
Yuqoridagilarga asosalanib xulosa sifatida shuni aytish joizkii Ichki ishlar organlari
xodimlari ekstremiz va terrorizmni oldini olishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini
himoya qilishda aholinig jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish
ular bilan uchrashuvlar hamda aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarini
bartaraf etish orqali huquqiy savodxonligini oshirsak maqsadga muvofiqdir
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Cоунтрй Репортс он Террорисм 2024– Доклад Государственного
департамента США о проблемах борбы с терроризмом в мире //
www.стате.гов – офитсиалный веб-сайт Государственного департамента
США.
2.
https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
6
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 60-sonli farmoni // URL
http://www.lex.uz
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-1_June-2025
185
185
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kuni
munosabati bilan bayram tabrigi. // Halq so‘zi -2018 yil 13 yanvar
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF–5618-son
“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni // URL http://www.lex.uz
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi 60-sonli farmoni // URL http://www.lex.uz
