Authors

  • Umid Xamdamov
  • Jahongir Ibragimov
  • Zarina Ergasheva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114177

Abstract

Filmning asosiy mavzusi oila , hayotga bo’lgan umid haqida boradi . Filmning g’oyasi hayotga bo’lgan qiziqish va umidga o’zimizni  ishonitirib yashashga undash .Filmda 13-14 yosh atrofidagi Zulfiya ismli qizchaning hayoti gavdalanadi. Uning barcha orzu-umidlari, baxtga erish uchun harakatlari, barchasi filmda tasvirlangan. Filmda tugun qismi , Zulfiya maktabdan kelgandan so’ng telefon ovozini eshtadi va uni qidiradi , uni seyf ichidan topadi va :

  • Kaliti qani ? – deydi qichqirib.
  • Kalitini nima qilasan ? – deydi buvisi achchiqlanib.
  • Ouim telifon qilgan bo’lsalarchi ? – deydi alamidan yig’lagudek bo’lib . – Nega telifonni yashirib qo’ygansiz ?
  • Onang telifon qilmaydi, - deydi jahl bilan. – Bor undan ko’ra ishlaringni qil .

background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

144

144

ISSIQ NON FILMI TAHLILI

Rejissiyor: Umid Xamdamov

Operator: Jahongir Ibragimov

Bosh rol ijrochisi: Zarina Ergasheva


Filmning asosiy mavzusi oila , hayotga bo’lgan umid haqida boradi . Filmning

g’oyasi hayotga bo’lgan qiziqish va umidga o’zimizni ishonitirib yashashga undash
.Filmda 13-14 yosh atrofidagi Zulfiya ismli qizchaning hayoti gavdalanadi. Uning
barcha orzu-umidlari, baxtga erish uchun harakatlari, barchasi filmda tasvirlangan.
Filmda tugun qismi , Zulfiya maktabdan kelgandan so’ng telefon ovozini eshtadi va
uni qidiradi , uni seyf ichidan topadi va :

-

Kaliti qani ? – deydi qichqirib.

-

Kalitini nima qilasan ? – deydi buvisi achchiqlanib.

-

Ouim telifon qilgan bo’lsalarchi ? – deydi alamidan yig’lagudek bo’lib . – Nega

telifonni yashirib qo’ygansiz ?

-

Onang telifon qilmaydi, - deydi jahl bilan. – Bor undan ko’ra ishlaringni qil .

Shu so’zlardan so’ng tomoshabin kampir nimanidir yashiryotgani, bu haqiqat

oddiy emasligini his qiladi. Nimani yashirayapti ? degan savollar tushadi ?

Filmning kulminatsiyasi – buvisi bilan bo’lgan suxbat sahnasi deb hisoblayman.

U sahnada barcha haqiqatlar ochiladi , qiz va buvi o’rtasidagi konfliktlar yechiladi .

Filmning yechimi – Zulfiya va Nozanin (onasi) bilan bo’lgan suhbatda , bu

sahnada qiz onasiga endi kerak emasligini , u endi katta bo’lganini, u qishloqda buvisi
va kelnoyisi bilan yashashga majburligini anglab yetadi .

Filmdagi har bir qahramonni xarakterini tahlil qiladigan bo’lsak :
1 – Zulfiya , u juda o’jar, sho’h , o’z bilganini qiladigan talabchang qiz sifatida

gavdalantirilgan.

Zulfiya haqiqatlarni bilishga bo’lgan qiziqishlarni yechish davomida u o’zi uchun

ayrim narsalarni anglab yetadi.

2 – Buvi obrazi , o’z o’rnida mehnatkash, mehribon, qattiqqol buvi obrazida

ko’rsatilgan. Film davomida buvini o’qituvchi bo’lishiga qaramasdan uning ikkala
farzandi ham munosib bo’la olmagani , biri yengiltak, ikkinchisi esa umuman bezori
qimorboz bo’lib ulg’aygan , ma’joziy ma’noda aytganda , o’zi bo’zchi bo’la turib ,
belboqqa yo’lchimagan buvi obrazida ko’rishimiz mumkin .

3 – Kelinoyisi , bu obrazdagi qahramon o’ta yuvvosh , jiddiy, soda , beg’ubor ,

ayol sifatida berilgan . Uning bunchalar yuvoshligiga sabab hayotning unga bergan
sinovlaridadir balki, balki, unga ko’nib , umid qilib yashashdan boshqa chorasi
yoqligini bilgani uchun shundaydir .U eri haqida , uni nahang baliqlar yeb ketmaganini
ham bilar, ammo u o’zini bu safsatalarga ishontirishga majburdir .


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

145

145

4 – Nozanin obrazi, hammaning ham o’z haqiqati bo’lganidek, Nozanining ham

o’z haqiqatlari bor . Uning haqiqati qizini va onasini yomon ko’rishida va ularga mehir
bermasligida emas , balki u ham insonligi , u ham endi baxtli bo’lishni istayotgani va
bunda unga qizi to’sqinlik qilayotganidir . Nozanin uydagi kelinga o’xshab jim ko’nib
yashashni tanlamadi . U kelinga o’xshab dardlarini bir o’zi yolg’iz ichiga yutib yurishni
emas , u endi boshqa bir o’ziga tirgak inson bilan bo’lishni tanladi .

5 – Tentak Xayrulla , bu obraz ekranda atigi 3 marotaba ko’rinadi, to’g’risini

aytsam bu oraz nima uchun filmga qo’shilganini tushunmadim. Chunki bu obraz biror
bir muammoni yechishda ishtirok etmagan , na Zu;lfiya va buvisining ortasidagi
ziddiyatlarini ochib bera olgan , na xarakterlar ochilishiga xizmat qilgan. Bu
kamchilikka qaramay , filmni muvaffaqiyatsiz deb bo’lmaydi , chunki filmda juda ko’p
ifodalar va ramizlar qo’llangan. Masalan :

Katta yamoq qilingan gilam , hayot yamoqlarini qayta-qayta yamab o’tgan umr.

Shunday insonlar borki, ichi to’la dard. Ichi to’la alam. Ammo ularning na alamini , na
anduhini his qilasiz. Ular hayotni qayta boshdan qurgandan ko’ra “ yamoqlarni”
berkitib o’tishni maqul ko’rishadi . Va hayotlarining mohiyatlarini ham shu yamoqda
ko’rishadi .

Osmonda uchayotgan samalyot va undan kamalak ranglar paydo bo’lishi ,

hayotning yorqinliklari , hayotning tuhfalari , orzu – umid va ishonchga iboradir .

Dengiz – cheksiz orzu-umidlar , sofdillik, tengsizlik ramzi .
Film oxiridagi uyni turli ranglar bilan bo’yash sahnasi – bunda baxt kutilmaydi ,

o’z qo’llarimiz bilan yaratiladi degan ma’noni aytishimiz mumkin.

Filmdagi aktyor va aktrisalar ijrosi , filmdagi yangi chehra ya’ni Zarina Ergasheva

birinchi roli bo’lishiga qaramay qizning xarakterini to’laqonli ochib bera olgan . Buvi
rolida esa Munavvar Abdullayeva doimgidek o’z rolini mahorat bilan ijro etgan .

Filmning eng katta yutug’i operator Jahongir Ibragimovning ishlari deb

o’ylaylam . Operator o’zimizning go’zal tabiat manzarasini, moviy dengizning
poyonsizligi , tabiat va inson uyg’unligini juda mahorat bilan ko’rsatib bergan . Bir
so’z bilan hulosa qiladigan bo’lsam film go’zal tabiatimizni , o’zligimizni boshqa
mamlakatlarga ko’rsatish uchun yaxshi film bo’lgan . Film hozirgi kundagi dolzarb
maishiy mavzularni , muammolarni yaqqol ko’rsatib bergan .