Authors

  • Jabborova Oydinoy

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114196

Keywords:

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot elektron infratuzilma tarmoqlararo integratsiya Raqamli O‘zbekiston – 2030 elektron xizmatlar avtomatlashtirish axborot xavfsizligi raqamli transformatsiya sun’iy intellekt elektron hukumat.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektronlashtirish infratuzilmasining turli iqtisodiy tarmoqlar bilan o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning samaradorlikka ta’siri va amaliy jihatlari yoritilgan. Global raqamli o‘zgarishlar fonida, iqtisodiyotning real sektori, sog‘liqni saqlash, bank-moliya, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika tarmoqlari o‘rtasida elektron infratuzilmalar orqali axborot almashinuvi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilishi nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ayniqsa, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturining davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, axborot xavfsizligini ta’minlash, kabi masalalar ochiqlangan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

55

55

RAQAMLI IQTISODIYOTNING ELEKTRONLASHTIRISH

INFRATUZILMASINI TARMOQLARARO INTEGRATSIYASI

Jabborova Oydinoy

Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va boshqaruv

fakulteti 4-kurs Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishi talabasi

Annotatsiya:

Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektronlashtirish

infratuzilmasining turli iqtisodiy tarmoqlar bilan o‘zaro integratsiyasi, bu
integratsiyaning samaradorlikka ta’siri va amaliy jihatlari yoritilgan. Global raqamli
o‘zgarishlar fonida, iqtisodiyotning real sektori, sog‘liqni saqlash, bank-moliya,
qishloq xo‘jaligi va transport-logistika tarmoqlari o‘rtasida elektron infratuzilmalar
orqali axborot almashinuvi va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etilishi
nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ayniqsa, “Raqamli O‘zbekiston –
2030” dasturining davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish, axborot xavfsizligini
ta’minlash, kabi masalalar ochiqlangan.

Kalit so‘zlar

: raqamli iqtisodiyot, elektron infratuzilma, tarmoqlararo

integratsiya, Raqamli O‘zbekiston – 2030, elektron xizmatlar, avtomatlashtirish,
axborot xavfsizligi, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, elektron hukumat.


Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi va ichki iqtisodiy faoliyati

an’anaviy iqtisodiyot va savdo aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlanishi hamda
raqamli platformalarining paydo bo‘lishi tufayli yuzma-yuz uchrashuvlarga bo‘lgan
ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotni sotib olish uchun hatto oddiy
iste’molchi ham uydan chiqmay turib telekommunikatsiya xizmatlarini masofadan
turib amalga oshirish imkoniyatiga ega. Raqamli iqtisodiyotning ishlab chiqarish va
rivojlanishi zamonaviy infratuzilmalarning, elektron resurslarning infratuzilmasining
(ERI) keng miqyosda joriy etilishini talab qilmoqda. Bugungi kunda iqtisodiy
investitsiyalarda samaradorlikka erishish, resurslardan yuk tashish, xizmat ko'rsatish
ishlab chiqarish va sifatini oshirishda ERI muhim omil sifatida e'tirof etilmoqda.
Elektron

resurslarning

infratuzilmasining

turli

iqtisodiy

va

iqtisodiy

integratsiyalashuvi, yangi sanoat, qishloq xo'jaligi, bank-moliya, sog'liqni saqlash,
transport va xizmat ko'rsatish sohalarida keng miqyosda foydalanish orqali xizmatlar
sifati yaxshilashga va ortiqcha vaqtni isrof bo’lishini oldini olish tejalgan resurslarni
moddiy texnik bazani yaxshilashga xizmat qilishi orqali iqtisodiy samaradorlikka
erishishimiz mumkin bo’ladi . Integratsiya jarayonlari o'rtasida raqamli axborot olishi,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va sun'iy intellekt asosidagi yechimlar orqali
kompleks iqtisodiy ta'minlash mumkinligi asoslab beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

56

56

Elektron infratuzilma — bu faqat texnik vositalar majmuasi emas, balki tarmoqlar

o‘rtasida axborot almashinuvi, xizmat ko‘rsatishning tezkorligi, shaffoflik va
xavfsizlikni

ta’minlaydigan

kompleks

tizimdir.

Elektronlashtirish

orqali

iqtisodiyotning real sektori, bank-moliya tizimi, transport-logistika, sog‘liqni saqlash,
ta’lim, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlar o‘zaro bog‘lanadi va raqamli axborot oqimlari
asosida ishlashni boshlaydi. Bu esa tarmoqlar o‘rtasida samarali hamkorlikni
shakllantirish, vaqt va xarajatlarni qisqartirish, inson omiliga bog‘liq xatoliklarni
kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, tarmoqlararo integratsiyani
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mustahkam texnik baza, yuqori tezlikdagi
internet tarmog‘i, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar, hamda
raqamli savodxonlikka ega malakali kadrlar zarur. Raqamli infratuzilmani
tarmoqlararo integratsiya qilish — bu bir yo‘nalishdagi islohot emas, balki jamiyatni
raqamli rivojlanishga olib chiquvchi tizimli yondashuvdir. Integratsiya jarayonida
“Elektron hukumat”, “Raqamli xizmatlar portali”, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali”, “ERP tizimlar”, “blokcheyn texnologiyasi” va “sun’iy intellekt” asosidagi
yechimlar muhim rol o‘ynaydi. Bu tizimlar orqali davlat va xususiy sektor o‘rtasida
axborot uzatish, hisob-kitob, monitoring va tahlil qilish ishlari avtomatlashtiriladi.

Maʼlumki,

«Raqamli

O‘zbekiston

2030»

dasturini

ishlab

chiqish

yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish chora-

tadbiri belgilangan edi. Unda telekommunikatsiya sohasi, davlat xizmatlarini
ko‘rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va
boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, bu borada «Raqamli
O‘zbekiston — 2030» dasturini tasdiqlash; elektron hukumatning texnik
infratuzilmasini takomillashtirish; inson kapitalini rivojlantirish hamda kadrlarni
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; davlat
xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilish va axborot ekotizimini
rivojlantirish; davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini
taʼminlash, aholining elektron ishtiroki darajasini oshirish; axborot xavfsizligini,
axborot resurslari va tizimlarining himoyasini taʼminlash; raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumat sohasidagi yagona vakolatli organni belgilash hamda Hukumat,
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarning raqamli
texnologiyalar va elektron hukumat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy
etish kabi masalalar nazarda tutilgandi. Rivojlanishning asosiy maqsadi – elektron
infratuzilmasining iqtisodiy tizimi bilan qanday uyg'unlashayotganini, bu
integratsiyaning amaliy jihat va mavjud to'siqlarini aniqlashda alohida o'rganiladi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli iqtisodiyotning elektronlashtirish infratuzilmasini

tarmoqlararo integratsiya qilish orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi,
samaradorligi va innovatsion salohiyati ortadi. Bunday yondashuv nafaqat iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlaydi, balki davlat boshqaruvida ham ochiqlik, ishonchlilik va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

57

57

aholi ishtirokini oshiradi. Raqamli iqtisodiy elektron infratuzilmaning tarmoqlararo
integratsiyasi zamonaviy boshqaruv va xizmat ko'rsatish tizimlarining ajralmas
qismiga aylanib bormoqda kelajakni bu siz tassavur qilish qiyin. Bu jarayon
iqtisodiyotning turli soha – bank-moliya, sog'ida saqlash, qishloq xo'jaligi, transport-
logistika va boshqalarda samaradorlikni oshirish, inson omiliga bog'liq xatoliklarni
yangilash, vaqt va xavfsizlikni yaxshilash imkonini beradi. “Raqamli O'zbekiston
2030” dasturi asosida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, axborotlashtirishni
ta'minlash va malakali kadrlar tayyorlash kabi yo'nalishlarda olib borilayotgan ishlab
chiqarish mamlakatning hajmi transformatsiyasini jadallashtirmoqda. Uzoq muddatda
bu integratsiya O'zbekiston iqtisodiyotining barqaror bardoshligini oshirish,
innovatsion omillarga zamin hudud va jamiyatda ochiqlik ishtirokchilikni
ta'minlashdan iborat bo’lib qolmoqda. Agar mendan ushbu sohada o’z pozitsiyami
bildirishlarini so’rasalar men albatta raqamli texnologiyalarni qo’llab quvvatlayman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Raqamli
O'zbekiston – 2030” strategiyasi bo'yicha farmon va qarorlari. – www.lex.uz

2.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raqamli transformatsiya bo'yicha
qarorlari. – www.gov.uz

3.

“Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonun, 2015 yil – www.lex.uz

4.

Karimov, B. (2020). Raqamli iqtisodiyot: nazariy asoslari va boshqaruv
yo'nalishlari . Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

5.

Tursunov, BO, & Rahmonov, FX (2021). Raqamli iqtisodiyot va elektron
infratuzilma innovatsiyalar.. – “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali,
№3.

6.

Abdullaev, A. (2022). Elektron hukumat va kompyuter texnologiyalari
integratsiyasi . – “Axborot texnologiyalari va aloqalar” jurnali, №4.

7.

Markaziy Osiyo uchun Jahon banki (2021). Markaziy Osiyo uchun raqamli
iqtisodiyot: imkoniyatlar va muammolar . – www.worldbank.org





References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Raqamli O'zbekiston – 2030” strategiyasi bo'yicha farmon va qarorlari. – www.lex.uz

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raqamli transformatsiya bo'yicha qarorlari. – www.gov.uz

“Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonun, 2015 yil – www.lex.uz

Karimov, B. (2020). Raqamli iqtisodiyot: nazariy asoslari va boshqaruv yo'nalishlari . Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

Tursunov, BO, & Rahmonov, FX (2021). Raqamli iqtisodiyot va elektron infratuzilma innovatsiyalar.. – “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, №3.

Abdullaev, A. (2022). Elektron hukumat va kompyuter texnologiyalari integratsiyasi . – “Axborot texnologiyalari va aloqalar” jurnali, №4.

Markaziy Osiyo uchun Jahon banki (2021). Markaziy Osiyo uchun raqamli iqtisodiyot: imkoniyatlar va muammolar . – www.worldbank.org