JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
41
41
SANOAT KORXONALARIDA SUV NASOS QURILMALARI VA
ELEKTR DVIGATELLARNING BIR BIRIGA BOG‘LIQLIGI
Jabborov Ibrohim Raxmatilla o‘g‘li
TDTUOF Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida ishlatiladigan suv nasos
qurilmalari va ularni harakatga keltiruvchi elektr dvigatellarning o‘zaro bog‘liqligi
tahlil qilingan. Markazdan qochma nasoslarning tuzilishi, ishlash prinsipi, foydali ish
koeffitsiyenti va qo‘llanilish sohasi ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, “Д” turdagi ikki
tomonlama suyuqlik kiruvchi nasoslarning afzalliklari, texnik ko‘rsatkichlari va
ishlatilish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, asinxron va
sinxron elektr dvigatellarning konstruktiv xususiyatlari, ishga tushirish usullari, tanlash
mezonlari va har xil sharoitlarda ishlashi bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Elektr
dvigatellarni tanlashda nasosning quvvati va aylanish chastotasiga mos kelishini
ta’minlashning muhimligi qayd etilgan.\
Kalit so’zlar:
Asinxron, sinxron, nasos, markazdan qochma, dvigatel, chastota
Аннотация:
В данной статье рассмотрены особенности применения
насосных установок для воды и связанных с ними электрических двигателей на
промышленных предприятиях. Описаны конструкция, принцип работы,
коэффициент полезного действия и сферы применения центробежных насосов.
Особое внимание уделено насосам типа «Д» с двухсторонним подводом
жидкости, их преимуществам, техническим характеристикам и областям
использования. Также подробно анализируются конструктивные особенности,
способы пуска, критерии выбора и эксплуатационные особенности асинхронных
и синхронных электрических двигателей. Подчеркивается важность
соответствия мощности и частоты вращения двигателя характеристикам насоса
при выборе оборудования.
Ключевые слова:
Асинхронный, синхронный, насос, центробежный,
двигатель, частота
Markazdan qochma nasoslar
Mаrkаzdаn qоchmа nаsоslаrdа suyuqlik, ish g‘ildirаgi аylаnishidаn vujudgа
kеlаdigаn mаrkаzdаn qоchmа kuchlаr hisоbigа uzаtilаdi. Sо‘rish quvuridаn ish
g‘ildirаgi mаrkаzigа uzаtilgаn suyuqlik, ish g‘ildirаgi pаrrаklаri оrqаli оlib kеtilаdi.
Olib kеtilgаn suyuqlik mаrkаzdаn qоchmа kuch tа‘siridа pаrrаklаr оrqаli оlib kеlish
kаnаligа tushаdi. Bu еrdа tеzlik kаmаyishi hisоbigа bоsim оrtаdi vа suyuqlik bоsim
quvurigа о‘tаdi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
42
42
.
Mаrkаzdаn qоchmа nаsоslаr kеng tаrqаlgаn suv uzаtish mаshinаlаridir. Ulаr
mахsus muftаlаr yoki tо‘g‘ridаn-tо‘g‘ri elеktrоdvigаtеl vаligа ulаnib hаrаkаtgа
kеltirilаdi. Shuning uchun, ulаr fоydаli ish kоeffisiеnt(F.I.K)- ining yuqоriligi,
Iхchаmligi vа ishоnchli ishlаshi bilаn hаrаktеrlidir.
Mаrkаzdаn qоchmа nаsоslаr kеng tаrqаlgаn suv uzаtish mаshinаlаridir. Ulаr
mахsus muftаlаr yoki tо‘g‘ridаn-tо‘g‘ri elеktrоdvigаtеl vаligа ulаnib hаrаkаtgа
kеltirilаdi. Shuning uchun, ulаr fоydаli ish kоeffisiеnt(F.I.K)- ining yuqоriligi,
iхchаmligi vа ishоnchli ishlаshi bilаn hаrаktеrlidir.
Ishchi
g’ildiragiga ikki tomonlama suyuqlik kiruvchi
“Д” turdagi nasoslar
Д turdаgi nаsоslаrning vаli gоrizоntаl hоlаtdа jоylаshgаn. Nаsоs kо‘tаrib
bеrаyotgаn suyuqlik, sо‘rish pаtrubkаsidаn kеyin ikki оqimgа аjrаlаdi vа ish
g‘ildirаgining mаrkаziy qismigа ikki tоmоndаn kirib kеlаdi, ya‘ni bir ish g‘ildirаgi
хuddi ikki bаrоbаr suyuqlik uzаtаyotgаndеk tuyulаdi. Ish g‘ildirаgining ikkаlа
tоmоnigа tа‘sir qiluvchi gidrаvlik kuchlаr simmеtrik bulgаni uchun, ulаr bir-biri bilаn
muvоzаnаtlаshаdi. Shuning uchun, nаsоs vаligа tushаdigаn о‘qiy zо‘riqishlаr judа
kichikdir.
Ish g‘ildirаgigа ikki tоmоndаn suyuqlik kiruvchi mаrkаzdаn qоchmа nаsоslаr (
Д-Ikki tomonlama), nisbаtаn tоzа suyuqliklаrni kо‘tаrib bеrish uchun mо‘ljаllаngаn.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
43
43
Ulаrning sаrfi-40-12500 m3/sоаt ni, bоsimi-8-130 m ni vа fоydаli ish
kоeffiеsiеnt(F.I.K.) i= 70-90 % tаshkil qilishi mumkin.
Д turdagi nаsоslаr shаhаr, sаnоаt, qishlоq хо‘jаligini suv bilаn tа‘minlаshdа
qurilishdа, kоmmunаl, dеhqоn- fеrmеr vа tоmоrqа – bоg‘dоrchilik хо‘jаliklаridа,
shunigdеk, tоg‘ – kоn, mеtаllurgiya vа bоshqа sоhаlаrdа ishlаtilаdi.
Motorlarning turlari
Asinxron elektr dvigatellar
. Sanoatda asinxron elektr dvigatellarning ikki xil
turi ya‘ni faza rotorli va qisqa tutashuv rotorli turlari ishlab chiqariladi. Faza rotorli
asinxron elektr dvigatellar elektr tormog‘iga qarshilik reostati yordamida ulanadi va
yurgizish paytida kamroq tok kuchi talab qiladi. Lekin ularning yurgizish sxemasi va
tuzilishi murakkab, narxi esa qimmat. Shu sababli ular ishlab chiqarishda kam
qo‘llaniladi. Qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatellarning tuzilishi sodda,
foydalanish va avtomatlashtirish qulay, o‘lchamlari kichik va narxi arzon bo‘lganligi
uchun nasos stansiyalarda va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng foydalaniladi.
Lekin qisqa tutashuv rotorli asinxron dvigatellarning yurgizishpaytidagi buralish
momenti va tok kuchi me‘yoriy ish tartibidagi qiymatidan 5…7 marta ortiq bo‘ladi.
Bundan tashqari elektr dvigatel validagi iste‘mol quvvati ortishi bilan uning aylanish
chastotasi kamayadi ya‘ni rotor va stator magnit maydoni orasida «siljish » ortadi.
Ularni yurgizish paytidagi tok kuchini kamaytirish uchun turli usullardan
foydalaniladi: a) stator cho‘lg‘amlarini ishga solish paytida «yulduzcha» sxemasidan
me‘yoriy aylanish chastotasiga erishganda «uchburchak» sxemasiga qayta ulash; b)
stator zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritib pog‘onali tarzda ishga solish; v) ishga
solish davrida qo‘llaniladigan avtotransformatorlardan foydalanish. Lekin bu usullar
qo‘shimcha jihozlar o‘rnatishni talab qiladi va avtomatlashni qiyinlashtiradi. Shuning
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
44
44
uchun kichik quvvatli (100 kVt gacha) elektr dvigatellarni bevosita qo‘shimcha
jihozlarsiz ishga solish ruxsat etiladi. Hozirgi paytda sanoatda asinxron dvigatellarning
quyidagi turlari ishlab chiqariladi: gorizontal valli A 2 va AO2 (quvvati 100 kVt
gacha), A va AK (quvvati 100…400 kVt), A3 va AK3 (quvvati 400 kVt dan ortiq), AN
va AKN
(quvvati 200…2000 kVt) seriyali elektr dvigatellar; vertikal valli VAN (quvvati
315…2500 kVt, aylanish chastotasi 375…1000 ay/min, 6 kV kuchlanishli) seriyali
elektr dvigatellar [29].
Nasosning bosimi va suv uzatishini rostlash uchun ikki tezlikka ega bo‘lgan 6
kV kuchlanishli, quvvati 500…1400 kVt, aylanish chastotasi 500/300; 500/375
yoki 375/300 ay/min ga teng DVDA seriyali vertikal asinxron dvigatellardan ham
foydalanish mumkin. Juft qutublari sonini o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chastotasini
rostlovchi elektr dvigatellarning boshqa turlari ham ishlab chiqarilgan.
Sinxron elektr dvigatellarni
uzoq muddat to‘xtovsiz ishlaydigan yuqori quvvatli
nasoslarni harakatga keltirishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi elektr
dvigatellarning quvvat koeffitsenti ( cosφ=1) yuqori va elektr tormog‘ining quvvat
koeffitsentini yaxshilaydi, o‘zgarmas aylanish chastotasiga ega va tarmoqdagi
kuchlanish o‘zgarsa ham bir tekis ishlaydi. Gorizontal valli nasoslar uchun SD, SDN,
SDN3 seriyali sinxron eletr dvigatellar qo‘llaniladi.
Rossiyaning «Uralelektrotyajmash» zavodida vertikal valli nasoslar uchun
quvvati 630…12500 kVt, kuchlanishi 6 va 10 kV bo‘lgan VSDN va VDS seriyali
sinxron elektr dvigatellar ishlab chiqariladi. Sinxron elektr dvigatellar tuzilish va
yurgizishsxemasi murrakab va narxi qimmat bo‘lishiga qaramay amaliyotda keng
qo‘llaniladi. Hozirgi davrda asinxron usulda ishga tushiriladigan qo‘zg‘atuvchi
yordamida yoki statistik tiristorli qo‘zg‘atuvchi bilan yurgiziladigan sinxron elektr
dvigatellar ishlab chiqarilmoqda. Tiristor qo‘zg‘atuvchi qo‘llangan elektr dvigatellar
tok kuchini rostlash, qurilmani ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini iqtisod
qilish, elektr energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ishlash sharoitiga
bog‘liq ravishda elektr dvigatellarni ochiq havoda ishlaydigan, namlikdan
himoyalangan, germetik va portlashga xavfsiz turlari ishlab chiqariladi.
Elektr dvigatellarni tanlash.
Elektr dvigatelni tanlashda uning va nasosning aylanish chastotasi va validagi
quvvati mos tushishiga e‘tibor beriladi.
N
dv
=N
max
K/η
Elektr dvigatelning quvvati (kVt) quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda Nmax - nasos validagi maksimal talab qiladigan quvvati (kVt); uning
qiymati nasosning xarakteristikasidan N x,max va N x,min qiymatlar asosida tanlab
olinadi yoki N x,max, Q x,min va N x,min, Q x,max qiymatlar asosida hisoblab
topiladi; K- zahira koeffitsiyenti, nasosning quvvati 50 kVt gacha bo‘lganda K=
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
45
45
1,3…1,2; 51…100 kVt bo‘lsa, K=1,2 …1,1 va 100 kVt dan ortiq bo‘lsa, K= 1,1…1,05
qabul qilinadi; ηuz uzatmaning FIK; nasos va dvigatel vallari bevosita yoki lappakli
elastik mufta yordamida ulanganda ηuz =1 qabul qilinadi.
Elektr dvigatellar katalogidan aylanish chastotasi ndv (ay/min) nasosning
aylanish chastotasi nn (ay/min) ga teng va quvvati aniqlangan miqdorga mos keluvchi
gorizontal yoki vertikal valli elektr dvigatelning turi tanlab olinadi. Elektr dvigatelni
tanlashda tok turi, chastotasi, kuchi va kuchlanishi, elektr energiya manbasining
dvigatelni yurgizish holatiga qo‘yadigan talablari, atrof muhit sharoiti (harorat,
namlik,changlik, shamollatish), nasosning yurgizish, me‘yoriy va maksimal aylanish
momentlari dvigatelning mos aylanish momentlaridan kam bo‘lish holatlari taxlil
qilinishini zarur.
Elektr dvigatelining aylanish momentlari ularning kataloglarida yoki
pasportida beriladi. Katalogdagi elektr dvigatellarning me‘yoriy quvvati 35
0
C
havo
haroratida ishlashi uchun keltirilgan. Agar havo harorati 35
0
C dan yuqori bo‘lsa,
uning me‘yoriy quvvati quyidagi Kt harorat koeffitsentiga ko‘paytirib, pasayish
miqdori aniqlanadi:
- agar t = 40
0
C bo‘lsa, Kt = 0,95 (0,95);
- agar t = 45
0
C bo‘lsa, Kt = 0,9 (0,875);
- agar t
= 50
0
C bo‘lsa, Kt = 0,85 (0,75).
Eslatma: harorat koeffitsenti Kt ning qavs ichidagi qiymatlari sinxron elektr
dvigatellar uchun berilgan.
Nasos quvvatini hisoblash:
N
dv
= N
max
* K / η
Bu yerda:
- N
max
– nasos validagi maksimal quvvat, masalan: 90 kVt
- K – zahira koeffitsiyenti: 1.1 (nasos quvvati 100 kVt dan ortiq bo‘lsa)
- η – uzatma foydali ish koeffitsiyenti: 0.97
Hisob: N
dv
= 90 * 1.1 / 0.97 ≈ 102 kVt
Demak, 102 kVt quvvatga ega elektr dvigatel tanlanadi.
Harorat bo‘yicha quvvat tuzatmasi
Agar havo harorati 45°C bo‘lsa, K
t
= 0.9
Tuzatilgan quvvat: 102 * 0.9 = 91.8 kVt
Shunday qilib, 92 kVt nominal quvvatga ega dvigatel tanlash tavsiya etiladi.
Dvigatel aylanish chastotasining mosligi
Nasos aylanish chastotasi: 1500 ayl/min
Elektr dvigatel katalogidan 1500 ayl/min chastotali, 92 kVt quvvatli, gorizontal
valli dvigatel tanlanadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
46
46
Nasoslar Foydali Ish Koeffitsiyenti (F.I.K.)
Nasos turi
Sarfi (m3/soat)
F.I.K. (%)
Markazdan
qochma nasos
1000
70-85
“Д” turdagi nasos
12500
80-90
1-rasm. Dvigatelning tabiiy xarakteristikasi
2-rasm. Tezlikni o'zgartirganda nasos xarakteristikasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
47
47
3-rasm. Tezlikni o'zgartirganda nasos xarakteristikasi
Xulosa
Suv nasos qurilmalari va elektr dvigatellarning uyg‘un ishlashi sanoat
korxonalarida samarali texnologik jarayonlarni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Markazdan qochma nasoslar, ayniqsa “Д” turidagi ikki tomonlama kirimli nasoslar
yuqori samaradorlik va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Elektr dvigatellarni tanlashda
ularning konstruksiyasi, quvvati, aylanish chastotasi va ishlash sharoitlariga mosligi
inobatga olinishi zarur. To‘g‘ri tanlangan va juftlashtirilgan nasos-dvigatel tizimi
energiya samaradorligini oshirib, ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi va tizimning
uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Adabiyotlar:
1.
Jabborov, I. R. "KICHIK QUVVATLI MIKRO GESNING O ‘ZBEKISTON
ENERGETIKASIDA
TUTGAN
O
‘RNI
VA
ULARNING
RIVOJLANISH
BOSQICHLARI." Research Focus 2.5 (2023): 41-47.
2.
Ergashovich, Yuldoshov Husniddin, Abdumutalov Abrorbek Abdujabbor O’G’Li, and O’G.
Qo’Shboyev Azimjon Nizomiddin. "Siqilgan havo sovutish sifatini kompressor qurilmasining
samaradorligiga ta'sirini o'rganish." Ta’lim fidoyilari 21.6 (2022): 25-28.
3.
Муминов, Махмуджон Умурзакович, and Абдурахмон Юлдашевич Сотиболдиев.
"Разработка бесщёточного мини гидро-солнечного синхронного генератора." Universum:
технические науки 1-3 (94) (2022): 43-45.
4.
Муминов, Махмуджон Умурзакович, Шахобиддин Хайрулло Угли Хусанов, and Туракул
Кучкарович Арсланов. "Выбор электропривода вентилятора главного проветривания для
рудной шахты." Universum: технические науки 6-6 (99) (2022): 18-21.
5.
Муминов, Вахобиддин Усан Угли, Ҳусанов Шахобиддин Хайрулло Угли, and Ирода
Аблахат Кизи Усманалиева. "Аккумулирование солнечной энергии в виде водородной
энергии." Universum: технические науки 6-6 (99) (2022): 14-17.
6.
Yuldashevich,
Abduraxmon
Sotiboldiyev.
"MIKROGIDROELEKTROSTANSIYA
DETALLARI UCHUN MATERIALLAR TANLASH." Journal of new century innovations 43,
no. 2 (2023): 42-46.