JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
27
27
GAT VA MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
JIZZAX VILOYATI ZARBDOR TUMANI MISOLIDA
EKINLARNI
MONITORING QILISH TARTIBINI ISHLAB CHIQISH
Mahmadaliyev Nuriddin Muxtor o’g’li
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ Geoinformatika mutaxassisi
Allanazarov Olimjon Raxmonovich
“Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti” dotsenti
Annotatsiya:
Maqolada masofadan zondlash (MZ) va geografik axborot
tizimlari (GAT) orqali Jizzax viloyati Zarbdor tumani misolida ozuqa ekinlari
monitoringini yuritish ishlari batafsil yo’lga qo’yilgan. Maqolada masofadan zondlash
va geografik axborot tizimlari texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‘jaligi ekin
turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.
GAT dasturiy ta’minotlari yordamida istalgan mavzuli va web xaritalar yaratish imkoni
mavjud.
Kalit so’zlar
: Vegetatsiya davri, NDVI indeksi, ArcGIS Pro, ArcGIS Online,
ArcGIS Field Maps, ArcGIS Survey123, ArcGIS QuickCapture, ArcGIS Drone2Map,
ArcGIS Dashboards, ArcGIS Experience Builder, ArcGIS StoryMaps va ArcGIS
Earth, Sentinel, Landsat, Modis.
Abstract:
The article details the monitoring of feed crops on the example of
Zarbdor District of Jizzakh region through remote sensing (MZ) and geographic
information systems (GAT). The paper further alleviates card-making by using remote
sensing and geographic information system technologies to cartanize agricultural crop
species. It is possible to create any themed and web maps using GAT software.
Key words:
Vegetation period, NDVI index, ArcGIS Pro, ArcGIS Online,
ArcGIS Field Maps, ArcGIS Survey123, ArcGIS QuickCapture, ArcGIS Drone2Map,
ArcGIS Dashboards, ArcGIS Experience Builder, ArcGIS StoryMaps and ArcGIS
Earth, Sentinel, Landsat, Modis.
Kirish
Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma‘lumotlarni toʻplash, boshqarish
va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimi boʻlib, unda mazkur ma’lumotlarni
voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud
ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin. Geoaxborot tizimining
boshqacha koʻrinishi boʻlgan geoinformatika deganda geoaxborot tizimining
rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi tushuniladi.
Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi,
kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikdan
kelib chiqadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringi - ekinlarni joylashtirish ko‘rsatkichlari
asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni o‘lchash, shuningdek, ekin
maydonlarida o‘tkaziladigan erga ishlov berish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarning
o‘z muddatlarida bajarilishi yuzasidan kuzatuv olib borish. Qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar monitoringi - mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yer fondining
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
28
28
barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda, jumladan,
haydaladigan ekin yerlari, ko‘p yillik daraxtzorlar, bo‘z yerlar, pichanzor va yaylovlar,
shuningdek, ularga xizmat qiluvchi boshqa yer turlarining (ariq, zovur, yo‘l va
boshqalar) holati bo‘yicha kuzatuv tizimi (fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va
uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari bundan mustasno).
Sun’iy yo‘ldosh monitoring qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, qishloq xo‘jaligi
ekinlarining prognozi va qishloq xo‘jaligining turli sohalaridagi boshqa vazifalarini
tezkor nazorat qilishni ta’minlaydi. Agrosanoat majmuasini onlayn rejimida
rejalashtirish, monitoring qilish va boshqarish bo‘yicha sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini
avtomatlashtirilgan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun agrosanoat
majmuasining qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan kuzatib borish tizimini yaratish
bo‘yicha loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik asosiy
oʻrinni egallaydi. 13 ta shirkat xoʻjaligi mavjud. Jami qishloq xoʻjaligi yerlari 34,5
ming ga, shu jumladan sugʻoriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga.
Tumandagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan
ortiq qoʻyechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xoʻjaligi boʻlib, 13,7 ming ga yer
ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 kichik, 20 xususiy korxona, 4 savdo
tashkiloti, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Zamonaviy texnologiyalar
yordamida Zarbador tumanidagi ekin maydonlari sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari orqali
muntazam monitoring qilinadi. Bunda asosan quyidagi manbalar ishlatiladi:
1-rasm. ArcGIS da’sturiy ta’minotining ilovalari.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
29
29
Sentinel-2 (ESA) - 10–20 m aniqlikdagi bepul ma’lumotlar.
Landsat-8/9 (NASA/USGS) - 30 m aniqlikdagi tasvirlar.
MODIS (NASA) - katta maydonlar uchun past aniqlikdagi (250–500 m)
ma’lumotlar.
Agromonitoring API va Google Earth Engine (GEE) - NDVI, NDWI kabi
indekslarni hisoblashda keng qo‘llaniladi.
ArcGIS genezisini Esri (Atrof-muhit tizimlari tadqiqot instituti) dunyoni
geografik axborot tizimlari tushunchasi bilan tanishtirgan 1980-yillarning boshlarida
kuzatish mumkin. 1982 yilda Esri ArcInfo deb nomlangan GIS dasturining birinchi
versiyasini chiqardi. Ushbu yangi tizim fazoviy ma'lumotlarni tahlil qilish va
xaritalashda transformatsion davrning boshlanishini belgiladi. ArcInfo fazoviy
ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo'yicha o'zining ilg'or qobiliyatlari bilan
ArcGIS oilasida keyingi ishlanmalar uchun asos yaratdi.
Texnologiyaning rivojlanishi davom etar ekan, 1999-yilda ArcGIS 8-ning
chiqarilishi turli GIS funksiyalarini birlashtirgan yagona platformani joriy qilgan
paradigma o'zgarishini ifodaladi. Hozirgi kunga kelib ArcGIS dasturiy ta’minotining
ArcGIS Pro, ArcGIS Online, ArcGIS Field Maps, ArcGIS Survey123, ArcGIS
QuickCapture, ArcGIS Drone2Map, ArcGIS Dashboards, ArcGIS Experience Builder,
ArcGIS StoryMaps va ArcGIS Earth ilovlaridan iborat.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanining kosmik su’ratini ArcGIS Pro dasturi
yordamida qayta ishlash jarayonlari olib boriladi. Dastlabki ish jarayoni Google Earth
Engine orqali hududning kosmik surati yuklab olishdan boshlanadi.
2-rasm.
Jizzax
viloyati
Zarbdor tumanining NDVI indeksi.
NDVI (Normalized Difference
Vegetation Index) - bu vegetatsiya
(o‘simlik qoplami) ni aniqlash
uchun ishlatiladigan indeks bo‘lib,
sunar
(masofadan
zondlash)
tasvirlari asosida hisoblanadi. U
o‘simliklarning
sog‘lom
yoki
sog‘lom emasligini aniqlashda keng
qo‘llaniladi,
ayniqsa
qishloq
xo‘jaligi,
ekologiya,
o‘rmon
xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish sohalarida. Zarbador tumani uchun quyidagi
tahlillar amalga oshirilishi mumkin. NDVI xaritalari - sog‘lom va zaif vegetatsiya
zonalarini ko‘rsatadi. NDWI xaritalari - suvga to‘yingan yerlar (suv bosgan yoki
sug‘orilgan) joylarni aniqlaydi. NDVI o‘zgarish grafigi - mavsum davomida ekin
holatining o‘zgarishini tahlil qilish imkonini beradi. Zonal statistikalar - har bir
mahalla, qishloq yoki dala bo‘yicha alohida hisobotlar. Yashil o’simliklar spektrdagi
quyosh radiatsiyasining fotosintez jarayoni uchun foydali qismi - fotosintetik aktiv
radiatsiyani o’zlashtirib oladi. O’simliklarning yaproqlari ham infraqizil spektral
hududda nurlarni aks ettirish va yutish jarayonida qatnashadi hamda ular quyosh
radiatsiyasining yarimini o’zlarida ushlab turadi. Bu fotosintetik aktiv radiatsiyaning
700 nanometrdan katta qismi yaproqda organik molekulalarning sintezlanishiga etarli
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
30
30
emas. Bularni kuchli absorbtsiyasi (o’zlashtirilishi) o’simlik xujayralarini zaralaydi,
ortiqcha qizib ketishiga olib keladi. 400-500 va 600-700 nanometrli to’lqinlar, ya’ni
spektrning fotosintez jarayoniga foydali qismi shu jarayon uchun yutiladi va qora
rangda bo’ladi, chunki bu to’lqin uzunligidagi nurlar aks etmaydi. Infraqizil nurlarning
esa 700 nanometrdan katta qismi yaproqda organik molekulalarning sintezlanishiga
etarli emasligi sababli ko’proq aks etadi, qaytadi. 500-600 nanometrli yashil nurlarni
yaprоq o’zidan qaytaradi, shu sababli bizning ko’zimiz yaproqni ko’k rangda ko’radi.
Bulut va qorlar esa ko’zga ko’rinadigan qizil to’lqinlarni aks ettirib, infraqizil nurlarni
yutadi hamda infraqizil spektral hududda qora bo’lib ko’rinadi. Bunday holatda kelgan
nurlardan qaytib ketganlarining farqi spektrda aks etishi оrqali vegetatsiya indeksini
ifodalash, qiymati 0.0 va 1.0 orasida o’zgaradi. “NDVI” ning o’zi esa -1.0 va +1.0
qiymat orasida bo’ladi.
3-rasm. NDVI indeksi ko’rsatkichlari
tahlili.
NDVI formulasi:
NDVI = ((NIR - Red)/(NIR + Red))
NIR
– Near-Infrared (yaqin
infraqizil) tasma (o‘simliklar tomonidan
kuchli aks ettiriladi)
RED – Qizil spektr tasmasi
(o‘simliklar tomonidan yutiladi)
NDVI Qiymati
Tushuntirishi
-1 dan 0 gacha
Suv, qor, bulut, asfalt
0 – 0.2
Quruq yer, tosh, tuproq
0.2 – 0.5
Kam o‘simlik (kuchsiz vegetatsiya)
0.5 – 0.8+
Sog‘lom, zich o‘simliklar
1-jadval. NDVI indeksi qiymati xarakteristikasi.
4-rasm. Jizzax viloyati Zarbdor
tumani umumiy
ekin maydonlari
konturi.
Olingan
natijalarga
asoslanib,
Poligon yaratish – tuman darajasida
maydonni belgilash.
API orqali ma’lumot olish –
poligon bo‘ylab NDVI/EVI tarixi, joriy
holat.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
31
31
Indekslar asosida zonal tahlil – o‘simlik qaerda qalin (yatog‘lik), qaerda kam
(shikastlangan) aniqlash.
Vizualizatsiya – xarita va grafik ko‘rinishda taqdim etish.
Davriy monitoring – har oy yoki har mavsumda holatni qayta ko‘rib chiqish.
5-rasm. Ekinlarni NDVI yordamida o’sish grafigini aniqlash.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari - texnik ekinlar (gʻoʻza, kanob, kannabis, tamaki,
supurgi), boshoqli don ekinlari (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori don uchun, oq joʻxori,
sholi, tariq, suli, javdar), sabzavot (pomidor, bodring, piyoz, sabzi, karam, baqlajon,
qalampir, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, turp, sholgʻom, koʻkatlar), poliz (qovun, tarvuz,
oshqovoq), kartoshka, moyli ekinlar (kungaboqar, soya, yer yongʻoq, kunjut, zigʻir,
masxar), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh ), ozuqa ekinlari (beda, makkajoʻxori
silos uchun, xashaki lavlagi, bir yillik oʻtlar (raps, perko, tritikali, sudanka), rezavor
ekinlar (qulupnay, malina) va boshqalar. Qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringi -
ekinlarni joylashtirish koʻrsatkichlari asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan
maydonlarni oʻlchash, shuningdek, ekin maydonlarida oʻtkaziladigan erga ishlov
berish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarning oʻz muddatlarida bajarilishi yuzasidan
kuzatuv olib borish nazorat qilib boriladi.
Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak, NDVI orqali Zarbador tumanidagi ekinlarning
sog‘lig‘i va rivojlanish darajasi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida real vaqtda tahlil
qilinadi. Bu monitoring ekinlarni samarali boshqarish, hosildorlikni oshirish va agrar
qarorlar qabul qilishda katta yordam beradi. Tahlillar orqali zaif vegetatsiyali hududlar
aniqlanib, u yerda sug‘orish, o‘g‘itlash yoki boshqa agronomik tadbirlar o‘z vaqtida
amalga oshirilishi mumkin. Zarbador tumani uchun NDVI va boshqa indekslar asosida
dalaba-dala kuzatuv tizimini yo‘lga qo‘yish, raqamli qishloq xo‘jaligiga o‘tishning
muhim qadami hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. T.X. Boltayev, Q. Raxmonov, M.S. Akbarov “Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari” T.,2015.
2. Sh. S. Shokirov, I. M. Musaev, M.S.Akbarov “Masofadan zondlash” T.,2015.
0
0,1
0,2
0,3
0,4
0,5
0,6
0,7
0,8
0,9
1
ndvi2909
ndvi1910
ndvi0211
ndvi1803
ndvi0204
ndvi1404
Ekinlarni NDVI yordamida o'sish grafigi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
32
32
3. Astanaqulov K.D. Aniq qishloq xo’jaligi tizimlari. Darslik.
–
Toshkent:“Shafoat nur fayz”, 2023. – 192 b.
4. Karabekov U.A. (2024). Xaritalarini vizuallashtirishda masofadan zondlash
materiallarini qo‘llash uslubini takomillashtirish. Экономика и социум, (5-2 (120)),
1105-1107.
5. https://browser.dataspace.copernicus.eu/
6. https://earthengine.google.com/
7. https://earthexplorer.usgs.gov/