Authors

  • Abdullayeva Vazira Quronovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114214

Keywords:

Kalit so‘zlar: ilk badiiy doston pandnoma tabdil frazeologizm frazema obrazlilik ta’sirchan uslub tilning tarixiy taraqqiyoti semantik tasnif barqaror birikma ko‘chma ma’no metafora kognitiv metafora kognitiv konnotatsiya qadriyat.

Abstract

Annotatsiya

Maqolada “Qutadg‘u bilig”ning ilk badiiy doston, olam manzarasi obrazli, ta’sirchan ifodalangan  matn sifatidagi xususiyatlari tavsiflangan. Asar matnidagi frazemalarning semantik tasnifi keltirilgan. Xalq e’tiqodi, dunyoqarashi, inson tafakkuri, dunyoqarashi, ruhiyatini ifodalashdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Frazemalarning barqaroor birikma sifatida ko‘chma ma’noga asoslanishi, kognitiv konnotatsiyani namoyon qilishi misollar orqali tahlil qilingan. Pandnoma matnidagi frazemalarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati ko‘rsatilgan. Frazemalar tahlili asosida  Yusuf Xos Hojibning til imkoniyatlaridan foydalanish, iboralarni qo‘llash mahorati ochib berilgan. Tarixiy frazemalarni tahlil qilishning ahamiyati, tilning tarixiy taraqqiyotini aks ettirishdagi o‘rni, madaniy qadriyatlarni aks ettirish imkoniyatlari asoslab berilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

275

275

“QUTADGU BILIG”DAGI FRAZEMALARNING SEMANTIK TASNIFI

Abdullayeva Vazira Quronovna

Qo‘qon Universiteti katta o‘qituvchisi

abdullayeva16@gmail.com

Tel: 93-0434579

Annotatsiya

Maqolada “Qutadg‘u bilig”ning ilk badiiy doston, olam manzarasi obrazli,

ta’sirchan ifodalangan matn sifatidagi xususiyatlari tavsiflangan. Asar matnidagi
frazemalarning semantik tasnifi keltirilgan. Xalq e’tiqodi, dunyoqarashi, inson
tafakkuri,

dunyoqarashi,

ruhiyatini

ifodalashdagi

ahamiyati

ko‘rsatilgan.

Frazemalarning barqaroor birikma sifatida ko‘chma ma’noga asoslanishi, kognitiv
konnotatsiyani namoyon qilishi misollar orqali tahlil qilingan. Pandnoma matnidagi
frazemalarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati ko‘rsatilgan. Frazemalar tahlili
asosida Yusuf Xos Hojibning til imkoniyatlaridan foydalanish, iboralarni qo‘llash
mahorati ochib berilgan. Tarixiy frazemalarni tahlil qilishning ahamiyati, tilning
tarixiy taraqqiyotini aks ettirishdagi o‘rni, madaniy qadriyatlarni aks ettirish
imkoniyatlari asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

ilk badiiy doston, pandnoma, tabdil, frazeologizm, frazema,

obrazlilik, ta’sirchan uslub, tilning tarixiy taraqqiyoti, semantik tasnif, barqaror
birikma, ko‘chma ma’no, metafora, kognitiv metafora, kognitiv konnotatsiya, qadriyat.

Abstract

The article reveals the features of "Kutadgu Bilig" as the first artistic epic, a text

with a figurative and impressive depiction of the world scene. A semantic classification
of phrases in the text of the work is given. Its significance in expressing popular faith,
worldview, human thinking, worldview, and spirit is shown.

The examples analyze the basis of the figurative meaning of the phraseological

unit as a stable combination, the manifestation of cognitive connotation. The
connection of the phraseological unit in the text of the treatise with the modern Uzbek
literary language is shown. Based on the analysis of phraseology, the mastery of Yusuf
Khosa Khadzhib in the use of linguistic possibilities and the use of expressions is
revealed.

The importance of the analysis of historical phrases, the role of language in

reflecting historical development, and the possibility of reflecting cultural values are
substantiated.

Key words: first artistic epic, pandoma, metamorphosis, phraseological unit, word

combination, imagery, expressive style, historical development of language, semantic
classification, stable combination, figurative meaning, metaphor, cognitive metaphor,
cognitive connotation, meaning.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

276

276


“Qutadg‘u bilig” ilk badiiy doston bo‘lib, XXI asr ijtimoiy-siyosiy qarashlari,

madaniy turmush tarzi ta’sirchan uslubda aks ettirilgan nodir manbadir. Asarning o‘z
davrida mashhur bo‘lgan, bir qator xalqlarning harbiy tizim, jamiyatni boshqaruv,
hukmdorlik siyosatida keng tatbiq etilgan. Tadqiqotchi M. Xolmuradova “Qutadg‘u
bilig”ning olimlar tomonidan tabdil qilingan barcha nomlarini jamlab, “Baxt
keltiruvchi bilim” (H.Vamberi, V.V.Radlov, R.R.Arat, V.Tomsen), “Baxt kitobi” yoki
“Baxtli boshqaruv” (S. ye.Malov), “Podshohlikka eltuvchi bilim” (V.V.Bartold),
“Boshqaruv ilmi” (A.A.Valitova), “Baxt beruvchi bilim” (A.N.Kononov, S.N.Ivanov),
“Baxtlilanish bilimi” (A.Fitrat), “Saodatga yo‘llovchi bilim” (Q.Karimov, B.To‘xliev),
“Baxt beruvchi kitob” (Li Chi), “Saodatnoma” (N.Karimov), “Saodat bergan bilim”
(Q.Munirov), “Baxt– ezgulik kitobi” (Li Chi), “Qut berguchi, qutlantirg‘uchi bilim”
[Sodiqov, 2010] (Q.Sodiqov) kabi nomlar bilan yuritilganini qayd etadi. Doston
matnidagi

qutad=

,

qutud=

shaklidagi so‘zlarning “Древнетюрксий словарь”da

“baxtli bo‘lmoq” («становиться счастливым») [DTS,1969:472] tarzida
izohlanganiga asoslanib, asar nomini “Baxtli bo‘lish ilmi” deb izohlaydi
[Xolmuradova, 2019:15]. Ilk badiiy doston nomining har xil talqin qilinganining
o‘ziyoq asar mazmunining xilma-xilligini, olam hodisalari, dunyoqarash, ijtimoiy-
madaniy turmush tarziga oid ko‘plab masalalarni o‘rtaga tashlaganini asoslaydi.

“Qutadg‘u bilig” matni voqea-hodisalar ta’sirchan aks ettirilgani, qahramonlar

nutqda obrazli ifodalarning ko‘p berilgani, dunyo hodisalari haqida falsafiy
mushohadalar tilning badiiy imkoniyatlari orqali to‘laqonli ochib berilgani bilan ham
e’tiborga molikdir.

Asarda ko‘p ma’nolilik, omonimiya, sinonimiya, antonimlik yordamida

qahramonlar xarakteri, olam manzarasining real va tafakkur manzaralari yoritilgan.

O‘zbek tili frazeologizmlarining tarixiy variantlari mumtoz tarixiy-badiiy asarlar

matnida saqlanib qolgan. Tarixiy frazemalar jamlangan manbalardan biri “Qutadg‘u
bilig” asaridir. “Qutadg‘u bilig” tilining o‘ziga xosligini, badiiy ta’sirchanligini
ta’minlovchi omillardan biri frazemalardan mahorat bilan foydalanilganida namoyon
bo‘ladi.

Frazemalarning yuzaga kelishi va shakllanish jarayoni tilning ma’lum rivojlanish

bosqichiga o‘tgan davrlariga xosdir, deyish mumkin. Frazemalar birdan ortiq
leksemalarning yaxlit bir ko‘chma ma’noni ifodalash uchun xoslangan ko‘rinishi
bo‘lib, inson birikma hosil qilish, obrazli tafakkur mahsullarini nomlash
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan davrlarga mansubdir. Frazemalar inson tafakkuri, fikrlash
tarzining muhim jihatlarini o‘zida namoyon etadi. Shu bois har bir tilda qaol qo‘llangan
frazemalarni jamlash va tahlil qilish tilning ichki qonuniyatlarini yoritishda, leksemalar
o‘rtasidagi mazmuniy aloqadorlikni yoritishda va narsa-hodisa, belgi-xususiyat,
harakat-holat, faoliyat-jarayonni ifodalashda muhim ahamiyatga ega.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

277

277

O‘zbek tili frazeologiyasi tarixiy taraqqiyot bosqichlaridan o‘tib, rivojlanib

kelmoqda. Frazeologiyaning nazariy masalalarini hal qilishda, uslubiy-semantik
xususiyatlarini yoritishda Sh.Rahmatullayev [Rahmatullayev,1966], A. E. Mamatov
[Mamatov, 1991], B.Yo‘ldoshev [Yoldoshev,1998, 1999] kabi olimlarning
xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.

“Qutadg‘u bilig”dagi ko‘chma ma’no, metafora, ko‘p ma’nolilik, ta’sirchanlik,

badiiy ifoda tahlillari amalga oshirilgan tadqiqotlarda barqaror birikmalar izohi
borasida ham fikr-mulohazalar bildirilgan [Kasiyeva, 2005].

“Qutadg‘u bilig”dagi frazemalar quyidagi semantik guruhlarga mansub:
1.Shaxs e’tiqodi, diniy tafakkurini ifodalovchi frazemalar.

Bajat hukmiŋä koz

Olloh hukmiga havola:

Bajat hukmiŋä koz qamuγ

išlärig, özi

kelsä etlür aèar ej tirig

/

Hamma ishni Xudo hukmiga havola qil, kezi kelsa bitadi

(uni o‘zi) hal etadi, ey tirik /

(QBN 178a)

1

. Bu frazema “Ollohning inoyati bilan”, “xudo xohlasa” degan

ma’nolarni anglatadi.

Bajat hukmiŋä koz

frazemasi insonga qarata aytilgan bo‘lib,

barqaror birikma orqali barcha ishlarning qay tarzda sodir bo‘lishi va amalga oshishi
“ollohning hukmiga havola” ekanligi uqtirilmoqda. Ya’ni Ollohning (Bayatning)
xohishiga ko‘ra amalga oshishi aytilgan.

Ushbu baytdagi

ey tirik

murojaat shakli insonga nisbatan qo‘llanib, hozirgi o‘zbek

tilida faol qo‘llanadigan “jonzot”, mumtoz adabiy manbalarda uchraydigan “hayvon”
ma’nosini aks ettirgan.

Hayvon

leksemasi hozirgi o‘zbek tilida semantik jihatdan faqat

ongsiz mavjudotga nisbatan qo‘llanadi. Mumtoz manbalarda

hayvon

so‘zi keng

ma’noda barcha tirik mavjudotlarga nisbatan ishlatilgan, “tirik”, “tiriklik”, “hayot”
ma’nolarini ifodalagan. “Tiriklik suvi” ma’nosidagi

obi hayvon

forsiy izofasi ham

shundan dalolat beradi.

Hayvon

arabcha so‘z bo‘lib, bu so‘z kirib kelguniga qadar shu

so‘z anglatgan ma’nodagi

tirik

so‘zi qo‘llangani Yusuf Xos Hojibning yuqoridagi

baytidan ham ko‘rinib turibdi.

Ayrim barqaror birikmalar

shaxsni vaziyatga real qarashga,

qismatga, taqdirga

tan berishga da’vat etadi. Masalan,

qazaqa bojun ber= “

taqdirga tan bermoq”:

Negü

kelsä tapla kör edgü esiz, bojun ber

qazaqa köni tut aãïz

/Yaxshimi, yomonmi, nimaiki

boshingga tushsa, rozi bo‘l,

taqdirga tan ber, rost so‘zli bo‘l (QBK 687). Inson

xursandchilikda ham, xafagarchilikda ham sodir bo‘lganlarga tabiiy holat sifatida
yondashishga targ‘ib qilinadi. Bu o‘git insonni sabrli, irodali, chidamli bo‘lishga,
tushkunlikka tushib qolmaslikka chorlaydi.

2. Shaxs tafakkuri, idroki, ruhiyati bilan aloqador tushunchalarni ifodalovchi

frazemalar.

Jitig qïl közüg

frazemasi “e’tiborli bo‘lmoq, diqqat qaratmoq” ma’nolarini

ifodalaydi:

Bü tört neŋ

üzä

sözlädim men sözüg, oqïza ačïlγaj jitig qïl közüg /

Bu to‘rt

narsa uzra so‘zladim

so‘zim, o‘qilsa ma’nosi ochilgay, e’tiborli bo‘l (QBH 2213).

Jitig

qïl közüg

frazemasining so‘zma-so‘z ma’nosi hozirgi “ko‘zni yirik ochish” ma’nosiga

1

Misollar “Qutadgu bilig” ning quyidagi nashridan olindi: Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. –Тошкент: Фан, 1972.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

278

278

teng keladi. Bu o‘rinda

ko‘z orqali ko‘rish

diqqatni jamlash, ong orqali ko‘rishni, ya’ni

idrok etishni bildirib kelgan. Muallif ushbu frazema orqali aytilgan so‘zga, fikrga
e’tiborli bo‘lish lozimligini ta’kidlagan.

3. Shaxsning ruhiy holatini ifodalovchi frazemalar. “Qutadg‘u bilig”da tashqi

olam, jarayonlar, voqea-hodisa mahorat bilan tasvirlanganidek, qahramonlarning ichki
olami, ruhiyati ham sinchkovlik bilan aks ettirilgan. Bir qator frazemalar shaxs
ruhiyati, ichki kechinmalari bilan aloqador tushunchalarni anglatadi. Masalan,

közi

qašï

tüg=

frazemasi hozirgi

qosh-qovog‘ini solmoq

barqaror birikmasi ma’nosiga teng

keladi:

Közi qašï

tügmiš, ačïtmïš jüzin /

Ko‘zi, qoshi tugdi, yuzini burishtirdi (QBH

4410)

.

Frazemadagi

közi-qaš

juftligi hozirgi o‘zbek adabiy tilida

qosh-qovoq

juftligi

semantikasi orqali ifodalanadi.

Közi qašï

tüg=

iborasiga muqobil bo‘lgan

qosh-

qovog‘i solinmoq

(

yoki

osilmoq

)

frazemasi ishlatilib, “norozilik yoki xafalik ifodalab

xo‘mraymoq” ma’nosini ifoadalaydi [O‘TIL, 2006: 353].

Qovoq-dimog‘ qilmoq

iborasi ham shu ma’noda qo‘llanadi.

Baytda

jüz ačït=

frazemasi ham ishlatilgan bo‘lib, hozirda qo‘llanadigan

yuz

burushtirmoq

barqaror birikmasiga mazmun jihatdan muvofiqdir.

“Ko‘ngli og‘rimoq” ma’nosidagi

köŋül aãrï=

shaxsning biror munosabatdan

ranjiganini, ozorlanganini bildiradi:

Erig sözlämägil kišikä tilin, erig sözkä aãïrïr

köŋül

keč jïlïn

/ Kishilarga tilingda qo‘pol so‘zlamagin, qo‘pol so‘z ko‘p yillar

mobaynida kishining ko‘nglini vayron qiladi (QBK 2001).

Ko‘ngli og‘rimoq

hozirgi

o‘zbek tilida “ranjimoq”, “norozi bo‘lmoq” ma’nolarida qo‘llanadi. Frazema ma’nosi
kognitiv metaforaga asoslangan bo‘lib,

og‘rimoq

so‘zining ko‘chma ma’nosi markaziy

o‘rin tutadi. Kognitiv metafora moddiy tana a’zolaridagi og‘riq holatining mavhum,
umumlashtiruvchi

ko‘ngil

so‘ziga ko‘chirilishiga asos bo‘lgan.

Ko‘ngil og‘rishi

qo‘pol, dag‘al so‘zlash oqibatida yuzaga keladigan jarayon sifatida qaralgan:

köŋül

aãrïttur –

kongil og‘ritmoq.

Tüpi jel turur söz köŋül

aãrïttur

/ So‘z bo‘ronli

izg‘irin kabidir, dilni (teshib

o‘tib) zirqiratadi (QBK 2546).

Ko‘ngli og‘rimoq

frazemasi hozirgi o‘zbek tilida deyarli qo‘llanmaydi. Unga muqobil ravishda

dili

og‘rimoq

[O‘TIL,2006:613]

barqaror birikmasi ishlatiladi.

köŋül aãrï=

frazemasining

hozirda

dili og‘rimoq

tarzida ishlatilishi frazemalar taraqqiyotida tarkib jihatdan

o‘zgarishlar yuz berganini asoslaydi. O‘zlashma so‘zlar tilning lug‘at sathiga erkin
ravishda kirib kelishi bilan bir qatorda, frazemalar komponentlariga ham o‘zlashgan.

Köŋül aãrï=

frazemasining har ikki komponenti turkiy so‘zdan iborat.

Dili og‘rimoq

barqaror birikmasi komponentining birinchi so‘zi –

dil

birligi

köŋül

so‘zining forscha-

tojikcha muqobili hisoblanadi. Qiyos: o‘zbek shevalarida “kimdir tufayli bezovta
bo‘lmoq” ma’nosidagi

dastidan tinmoq

iborasi qo‘llanadi. Eski o‘zbek tilida bu

barqaror birikmaning

ilkidan tinmoq

ko‘rinishida ishlatilgani kuzatiladi:

ilik

– qo‘l

(turkiy so‘z);

dast

– qo‘l (forscha-tojikcha so‘z).

Baš

aãrïã

bol=

“mashaqqat bo‘lmoq”, tashvish bo‘lmoq:

Bezüg ištä teŋsïz baš


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

279

279

aãrïã

bolur, baš

aãrïã kötürmäsä beglik qalur

/Buyuk ishda beqiyos mashaqqat

bo‘ladi,

mashaqqatni tortmasa beglik tanazzulga yuz tutadi (QBN 109a).

Baš

aãrïã

“tashvish” degan ma’noni bildiradi.

Baš

aãrïã

bol=

bosh, ya’ni o‘y, fikr bilan bog‘liq

muammolarga nisbatan qo‘llangan. Bu frazema katta ishlarni amalga oshirishdagi
qiyinchilikni, umumiy ma’noda, mashaqqatli jarayonni anglatadi. Hozirgi kunda ushbu
frazemada “ortiqcha mashaqqat, g‘alva keltirish” ma’nosi ustunlik qiladi.

Boshini

og‘ritmoq

“bo‘lar-bo‘lmas ish, harakat, ran va sh. k. bilan joniga tegmoq, bezor

qilmoq” [O‘TIL, 2006:337].

Shu frazemaga sinonim hisoblangan

boshini qotirmoq

“uzoq va jiddiy o‘ylamoq; tashvish chekmoq” ma’nolarida betaraf uslubda qo‘llanadi.

4.

Muloqot xulqiga oid frazemalar. Nutq madaniyati, muloqot odobi o‘zbek

madaniyatida har bir davrda dolzarb masala sifatida qaralib kelgan. “Qutadg‘u bilig”da
kishilar o‘rtasidagi muloqot xulqi, so‘zlash odobi, fikrni verbal vositalar orqali
ifodalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada barqaror birikmalar
uslubiy, ta’sirchan ifodalarga xizmat qilgan. Masalan,

tili ačït = tilin achitmoq

frazemasi “qo‘pol gapirmoq”, “dag‘al so‘zlamoq” ma’nolarini anglatadi:

Sözün söksä

jalŋuq ačïtsa tilin /

So‘zida so‘kib gapirsa va tili bilan ranjitsa / (QBN 1929).

Tili ačït=

frazemasi hozirga qadar iste’moldan chiqqan. Unga muqobil sifatida hozirgi o‘zbek
tilida

achchiq gapirmoq

birikmasi ishlatiladi.

Tili ačït =

frazemasidagi kognitiv

metafora, ta’sirchanlik, uslubiy bo‘yoqdorlik birikmada to‘liq aks etmaydi.

5.

Shaxs xatti-harakati, faoliyati bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi

frazemalar

. Yol tut=

tanlamoq:

Aèurγu bularïγ

jolïn tutsä ked

anïn jolqa kirsä bojun

egsä ked

/ Bularni ochiqtirish kerak, toki yaxshi yo‘l tutsinlar, shu tufayli yo‘lga kirib,

mutlaq bo‘yin egsinlar (QBV 180). Baytda

jolqa kir=, bojun eg=

barqaror birikmalari

ham qo‘llangan bo‘lib,

ezgu faoliyatni tanlash jarayonini ta’sirchan ifoda etgan.

Ešig et=

frazemasi “tadbir ko‘rmoq”

ma’nosini bildiradi:

Bu Aj toldï özkä kör

et[t]i ešig, adaštï

keŋästi

bir atlïγ kišig /

Oyto‘ldi

o‘z ishining tadbirini ko‘rdi, taniqli

bir odam bilan do‘stlik

bog‘ladi, u bilan maslahatlashdi (QBK 1915).

Ešig et=

barqaror birikmasi

“reja tuzmoq”, “kengashmoq” ma’nolarini ham ifodalagan.

Adl

jürit=

frazemasi “Qutadg‘u bilig”dagi bosh masala

“adolat bilan ish

tutmoq” tushunchasini ifodalagan:

‘Adl turur tüz jüritmäk

/ Birinchisi adolatni

to‘g‘ri

yuritmoqdir (QBH 320).

Davlät qapüγ ač=

“davlat eshigini ochmoq”, “baxtga, saodatga eltmoq”

ma’nolarida kelgan:

Bu qul kün at

aδγïr

bu yer suv qamuγ, eligdïn tegib

ačtï davlät

qapüγ

/ Bu qul, cho‘rilar, otlar, ayg‘irlar, bu yer-suv barchasi

hukmdordan tegib

(davlat) senga (baxt) eshigini ochdi (QBN 207b). Barqaror birikma hukmdor
tomonidan in’om etilgan qul, cho‘rilar, otlar, ayg‘irlar, yer-suv kabilarning shaxs
moddiy ta’minotini yaxshilashiga nisbatan qo‘llangan.

Frazeologizmlar lug‘atining qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrida bir qator

tarixiy frazemalar ham izohlangan [Rahmatullayev, 2022]. Tarixiy frazemalarni


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

280

280

o‘rganish, hozirgi o‘zbek tili bilan qiyoslash quyidagilarda ahamiyatlidir:

1. Frazemalar til sohibi tafakkuri, narsa-hodisa, voqea-hodisaga munosabati va

bergan bahosini o‘zida to‘liq namoyon etadi.

2. Badiiy asar matnida muallif tafakkur darajasi bilan bog‘liq ravishda

ifodalangan frazemalar ham qo‘llangan bo‘lib, tarixiy muhit, ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarash haqida axborot berishga xizmat qiladi.

3. Tarixiy frazemalar ko‘chma ma’noga asoslangan barqaror birikma bo‘lib,

kognitiv konnotatsiyaning muhim belgilarni aks ettiradi.

“Qutadg‘u bilig”dagi frazemalar Yusuf Xos Hojibning mutafakkir sifatidagi

qarashlari, faylasuf, olim sifatidagi mushohadalari, til imkoniyatlarini yaxshi anglagan
va mahorat bilan qo‘llagan ijodkor sifatidagi qiyofasini namoyon etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI

1. DTS – Древнетюркский словарь. –Л., 1969. –Б.472-474.
2. Йўлдошев Б. Фразеология тарихидан лавҳалар. –Самарқанд: Суғдиёна,

1998. –110 б.

3. Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари. –Самарқанд: СамДУ, 1999.

–200 б.

4. Касиева А. Лексико-семантический анализ метафор “Кутадгу билиг”. –

Бишкек , 2005.

5. Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик

норма муаммолари. – Tошкент: Фан, 1991. –274 б.

6. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. –Тошкент:

Фан, 1966. –262 б.

7. Rahmatullayev va boshqalar. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. –Toshkent:

G‘afur G‘ulom, 2022. –676 b.

8. Sodiqov Q. Mangu qumaru // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. –

№50. –Toshkent, 2010.

9. Холмурадова М. “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. фалс. док. (DSc)

...дисс. –Тошкент, 2019.

10. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. –Тошкент: Фан, 1972.
11.

O‘TIL

− Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II. − Тошкент: Ўзбекистон

Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. − 672 б.

12

.

O‘TIL

− Ўзбек тилининг изоҳли луғати. IV. − Тошкент: Ўзбекистон

Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2008. − 608 б.


References

DTS – Древнетюркский словарь. –Л., 1969. –Б.472-474.

Йўлдошев Б. Фразеология тарихидан лавҳалар. –Самарқанд: Суғдиёна, 1998. –110 б.

Йўлдошев Б. Фразеологик услубият асослари. –Самарқанд: СамДУ, 1999. –200 б.

Касиева А. Лексико-семантический анализ метафор “Кутадгу билиг”. –Бишкек , 2005.

Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида лексик ва фразеологик норма муаммолари. – Tошкент: Фан, 1991. –274 б.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. –Тошкент: Фан, 1966. –262 б.

Rahmatullayev va boshqalar. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. –Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. –676 b.

Sodiqov Q. Mangu qumaru // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. –№50. –Toshkent, 2010.

Холмурадова М. “Қутадғу билиг” лексикаси. Филол. фан. фалс. док. (DSc) ...дисс. –Тошкент, 2019.

Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. –Тошкент: Фан, 1972.

O‘TIL − Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II. − Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2006. − 672 б.

O‘TIL − Ўзбек тилининг изоҳли луғати. IV. − Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2008. − 608 б.