JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
188
188
TALABALAR UCHUN RAQAMLI TO`LOV VOSITALARINI
O`RGANISH – MOLIYAVIY BARQARORLIK SARI QADAM
Namangan davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti
Moliya sohasida boshqaruv yo`nalishi 2- bosqich talabasi
Narullayev Omonulloxon Nodirjon o`g`li
E-mail: omonulloxon0408@gmail.com
Tel: +998949874707
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli to‘lov vositalarining rivojlanish
istiqbollari va ularning zamonaviy jamiyatga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Xavfsizlik,
tranzaksiyalar tezligi, qulaylik va foydalanish soddaligi kabi asosiy jihatlar batafsil
tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
naqd pulsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli
to‘lov vositalarini o`rganishga qaratilgan. Shuningdek, bu tizimlar kundalik
hayotimizning ajralmas qismiga aylangani va moliyaviy tranzaksiyalarni yanada qulay
va mavjud holga keltirgani ta’kidlab o‘tiladi. Mavjud to‘lov tizimlariga umumiy nazar
tashlanib, ularning kamchiliklari tahlil qilinadi hamda kelgusida ularni yanada
yaxshilash va innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada
raqamli to‘lov tizimlarining asosiy afzalliklari – foydalanish qulayligi, bank
o‘tkazmalarini amalga oshirish vaqtining qisqarishi, dunyoning istalgan nuqtasiga
to‘lovlar yuborish imkoniyati va operatsiyalar shaffofligi kabi jihatlar yoritib beriladi.
Raqamli to‘lov vositalaridan talaba va yoshlar ortasida yuzga kelayotgan muammolar
tahlil qilinadi. Talabalar raqamli to`lov vositalarini o`rganish orqali ayrim moliyaviy
jarayonlarda faol bo`lishi hisob raqamdagi pullarni hech qanday qiyinchiklarsiz
boshqarish ko`nikmasini o`zlarida shakillantirishadi. Ushbu maqola raqamli to‘lov
tizimlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini yaxshiroq tushunishga va
ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini baholashga yordam beradi.
ИЗУЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ПЛАТЕЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ ДЛЯ
СТУДЕНТОВ – ШАГ К ФИНАНСОВОЙ СТАБИЛЬНОСТИ
Аннотация.
В данной статье будут рассмотрены перспективы развития
цифровых платежных средств и их влияние на современное общество. Подробно
анализируются такие ключевые аспекты, как безопасность, скорость транзакций,
удобство и простота использования. Основное внимание уделяется изучению
цифровых платежных средств, позволяющих осуществлять безналичные
платежи и переводы с использованием современных информационных
технологий. Также подчеркивается, что эти системы стали неотъемлемой частью
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
189
189
нашей повседневной жизни и сделали финансовые транзакции более
доступными и доступными. Будет дан обзор существующих платежных систем,
проанализированы их недостатки и указаны направления дальнейшего их
совершенствования и инновационного развития. В статье будут освещены
основные преимущества цифровых платежных систем – такие аспекты, как
простота использования, сокращение времени на осуществление банковских
переводов, возможность отправки платежей в любую точку мира и прозрачность
транзакций. Цифровые платежные инструменты анализируют проблемы, с
которыми сталкиваются студенты и молодежь. Изучая цифровые платежные
инструменты, студенты развивают в себе навыки управления деньгами на счете
без каких-либо трудностей, будучи активными в определенных финансовых
процессах. Данная статья поможет лучше понять современное состояние и
перспективы развития цифровых платежных систем и оценить их место в
современном обществе.
LEARNING DIGITAL MEANS OF PAYMENT FOR STUDENTS – A
STEP TOWARDS FINANCIAL STABILITY
Abstract.
This article examines the prospects for the development of digital
payment instruments and their impact on modern society. Key aspects such as security,
transaction speed, convenience and simplicity of use are analyzed in detail. The main
focus is on the study of digital means of payment, which allows you to make non-cash
payments and transfers using modern information technologies. It is also noted that
these systems have become an integral part of our daily lives and make financial
transactions more convenient and available. An overview of the existing payment
systems will be analyzed, their shortcomings will be analyzed and directions for further
improvement and innovative development will be outlined in the future. The article
will highlight such aspects as the main advantages of digital payment systems – ease
of use, reduced time for carrying out bank transfers, the possibility of sending payments
to any point in the world, and transparency of transactions. From digital means of
payment, problems coming to the face between students and young people are
analyzed. The fact that students are active in certain financial processes through the
study of digital means of payment makes the skills of managing money in the account
without any difficulties in themselves. This article will help you better understand the
current state and development prospects of digital payment systems and assess their
place in modern society.
Kalit so`zi:
raqamli to`lov vositalari, moliyaviy bilim, moliyaviy barqarorlik,
tranzakstsiya, pul o`tkazmalari.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
190
190
KIRISH
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va moliyaviy texnologiyalarning
kundalik hayotimizga chuqur kirib borishi bilan birga, to‘lov tizimlari ham tubdan
o‘zgarib bormoqda. An’anaviy naqd pul aylanishining o‘rnini asta-sekin raqamli to‘lov
vositalari egallamoqda. Ayniqsa, yoshlar, xususan, talabalar orasida elektron to‘lov
tizimlaridan foydalanish darajasi yil sayin ortib bormoqda. Talabalar hayotida
moliyaviy savodxonlik va mustaqil moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalari muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan davrda raqamli to‘lov vositalarini chuqur o‘rganish – ularning
moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘lida muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
1
Bugungi kunda turli ilovalar, onlayn bank xizmatlari, mobil to‘lov tizimlari va
elektron hamyonlar orqali moliyaviy operatsiyalarni tez, xavfsiz va qulay tarzda
amalga oshirish mumkin. Talabalar uchun bu vositalar nafaqat to‘lovlarni amalga
oshirish, balki shaxsiy budjetni yuritish, xarajatlarni nazorat qilish va kelajak
moliyaviy rejalashtirishni o‘rganish vositasi hamdir. Shu bois, zamonaviy raqamli
moliyaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va ulardan samarali foydalanishni o‘rganish –
talabalarning moliyaviy mustaqilligini oshiradi va ularni iqtisodiy jihatdan ongli
qarorlar qabul qilishga undaydi.
Metodlar.
Mazkur maqolada raqamli to‘lov vositalarining turlari, ularning
afzalliklari va xavfsizlik masalalari, shuningdek, talabalar hayotida tutgan o‘rni chuqur
tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli to‘lov texnologiyalarining moliyaviy barqarorlikka
ta’siri, bu vositalarni o‘rgatishning zaruriyati va ta’lim jarayoniga integratsiyalash
imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Bu tadqiqot orqali raqamli to‘lov madaniyatini
shakllantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va natijada barqaror iqtisodiy
rivojlanishga hissa qo‘shish maqsad qilingan.
Natijalar.
Mazkur tadqiqot doirasida talabalar orasida raqamli to‘lov
vositalaridan foydalanish darajasi, ularning moliyaviy savodxonligi, shuningdek,
ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali moliyaviy barqarorlikka erishish
imkoniyatlari chuqur tahlil qilindi. O‘tkazilgan so‘rovnoma va statistik ma’lumotlar
asosida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:
1.
Raqamli to‘lov vositalaridan aholining foydalanish ko‘lamining
kengayib borayotgani aniqlandi.
Respondentlar orasida 18–25 yosh oralig‘idagi
talabalar orasida 87% dan ortig‘i kamida bir marotaba elektron to‘lov tizimlaridan
foydalangan. Bu esa yoshlar orasida raqamli moliyaviy xizmatlarga ishonch va qiziqish
yuqoriligini ko‘rsatadi.
2.
Talabalar orasida raqamli to‘lov vositalari bo‘yicha moliyaviy
savodxonlik darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past ekani kuzatildi.
Aksariyat
talabalar raqamli hamyonlar, QR-kodli to‘lovlar, tokenlash, shifrlangan to‘lovlar va
boshqa ilg‘or texnologiyalar haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsalarda, xavfsizlik,
1
https://cyberleninka.ru/article/n/perspektivy-razvitiya-elektronnyh-platyozhnyh-sistem
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
191
191
budjet nazorati va firibgarlikning oldini olish bo‘yicha yetarli bilimga ega emasliklari
aniqlandi.
Moliyaviy savodxonlik
darajasi
Foiz (%)
talabalar
soni
Tavsif
Yuqori
21,2 %
Raqamli moliyaviy ko‘nikmalarga ega talabalar
O`rtacha
27,9 %
Asosiy bilimlarga ega lekin, chuqur tushuncha
yo`q
Past
51,0 %
Moliyaviy raqamli savodxonligi past,
xavfsizlikka e’tibor yetarli emas
Firibgalik qurboni
bo`lganlar
10,6 %
Talabalar orasida phishing/jinoiy to‘lov qurboni
boʻlganlar foizi
Phishing/xakkerlik
urinishlari
19,2 %
Phishing kabi xatarli vaziyatlarga duch kelgan
talabalar foizi
Yuqoridagi jadvalni tahlil qilish natijasida quyidagi xulosaga kelamiz:
1)
51 % talabalar
raqamli moliyaviy savodxonlik bo‘yicha past darajada,
yaʼni
xavfsizlik, budjet nazorati va firibgarlikni aniqlash
bo‘yicha zarur bilimga
ega emas;
2
2)
Atigi
21,2 % talaba
yuqori darajaga ega bo‘lib, raqamli moliyaviy
vositalarni to‘liq anglab ishlatadi;
3
3)
10,6 % talaba
digital firibgarlik – phishing kabi – qurboni bo‘lgan, bu esa
real xavf mavjudligini ko‘rsatadi;
4)
19,2 % talaba
phishing urinishlari bilan duch kelgan, lekin qurbon
bo‘lishga yo‘l qo‘ymasliklari mumkin.
3.
Raqamli to‘lov vositalaridan foydalangan talabalar orasida moliyaviy
intizom va barqarorlikka moyillik yuqori.
Tahlil natijalariga ko‘ra, elektron budjet
ilovalari orqali xarajatlarni nazorat qiluvchi talabalar o‘z moliyaviy ahvolini yaxshiroq
boshqarishlari, ortiqcha xarajatlarni kamaytirishlari va tejab-tergab yuritishni odat
qilishgan. Elektron budjet talaba yoshlarni qo`llaridagi mablag`larini nafaqat yig`ish,
balki investitsiya qilish imkonini ham taqdim etmoqda.
4.
Raqamli to‘lov vositalarining qulayligi va tezkorligi kundalik
moliyaviy qarorlarni osonlashtirayotgani aniqlandi.
Talabalar jamoat transporti,
onlayn savdo, ovqatlanish va xizmatlar uchun to‘lovlarda raqamli vositalardan faol
foydalanmoqda. Bu esa ularning vaqt va mablag‘ni tejashiga xizmat qilmoqda.
Quyidagi statistik ma`lumot orqalik ham buni ko`rish mumkin:
2
https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-08-09-07-03_ef3fc7e3c09376360e2b52fbe362ff11.pdf?utm
3
https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2025-05/uz_digital-economy-study_uz.pdf?utm
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
192
192
Maqsad / Foydalanish ko‘lami
Foiz (%)
Mobil/wallet (UPI, G-Pay va boshq.) haqida xabardor
talabalar
90 %
Onlayn xaridlar
uchun raqamli to‘lovlar
60 %
Vaqt tejash
maqsadida foydalanish
26,6 %
Osonlik
maqsadida foydalanish
56,6 %
90 % talabalar
mobil wallet yoki UPI kabi raqamli to‘lov vositalaridan
xabardor va foydalanadi, bu ularning texnologiyaga ochiqligini ko‘rsatadi .
60 % respondentlar
onlayn xaridlar uchun digital to‘lovlardan foydalangan,
ya’ni kommunal, ta’lim yoki ovqatlanish xizmatlari uchun bu usullar sezilarli darajada
ishlatilmoqda .
Eng ko‘p tilga olingan foydalanish sabablaridan biri —
qulaylik
(56,6 %),
ikkinchisi esa —
vaqtni tejash
(26,6 %)
5.
Moliyaviy barqarorlikka erishishda raqamli to‘lov vositalarini
o‘rganish muhim omil sifatida namoyon bo‘ldi.
Talabalik davridayoq to‘g‘ri
moliyaviy odatlarni shakllantirish, raqamli moliyaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish
ularning kelajakdagi iqtisodiy mustaqillik va barqarorliklariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yoshlarni elektron to`lov vositalaridan to`g`ri foydalanishi iqtisodiy jarayonlarni va
pul aylanmalarini aholi orasida jadal rivojlanishiga sabab bo`lib xizmat qiladi.
XULOSA
Ushbu tadqiqotga xulosa qilish orqali shuni ko`zatishimiz mumkinki, talaba
yoshlar orasida elektron to`lov tizimilaridan, qanday darajada foydalanayotgani va
ulardagi moliyaviy bilimlarga ham baho berish imkoniga ega bo`lamiz. Ushbu tadqiqot
orqali ko`rishimiz mumkunki, talaba yoshlar raqamli to`lov vositalaridan yetali
darajada foydalanishmoqda, ammo foydalanish jarayonida turli firibgalik va
muammlolarga duch kelishmoqda. Yuqorida jadvallar orqali ko`rishimiz mumkunki
talaba yoshlar asosan raqamli to`lov vositalaridan asosan vaqt tejash, onlayn xaridlar
va elektron to`lov vositalarining osonlikligi uchun foydalanish darjasiga yuqori
ekanligini ko`rishimiz mumkin. Ayrim talaba yoshlar elektron budjet vositalaridan
ham o`z mablag`larini boshqarish va keraksiz xarajatlarni nazorat qilish maqsadida
ham foydalanishmoqda bu jarayon yoshlarda moliyaviy bilim ko`nikmalarini
shakillantiradi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
193
193
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
https://www.granthaalayahpublication.org/journals/granthaalayah/article/downloa
d/5191/5138/29251?utm
https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2025-
06/report_ird_project_2025_uzb.pdf?utm
3.
https://www.undp.org/sites/g/files/zskgke326/files/2025-05/uz_digital-economy-
study_uz.pdf?utm
https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-08-09-07-
03_ef3fc7e3c09376360e2b52fbe362ff11.pdf?utm
https://cyberleninka.ru/article/n/perspektivy-razvitiya-elektronnyh-platyozhnyh-
sistem