JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
113
113
O’SMIRLARDA DELINKVENT XULQ SHAKLLANISHINING
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ilyosjonov Shahboz Ilyosjon o’g’li
Qo‘qon universiteti Psixologiya (amaliy psixologiya)
4-boshqich talabasi
Usmonova Nargiza Rahimjonovna
Qo‘qon universiteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o’smirlikda delikvinit xulq atvorning
shakillanishining psixologik xususiyatlari.O'smirlar o'rtasida delinkvent va deviant
xulq-atvorning shakllanish jarayonlari, sifat xususiyatlari, biologik hamda ijtimoiy
ijtimoiyi chuqur tahlil tuzilishi. Yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarliklarning oldini olish,
ta'lim-tarbiya olishning o'z profilaktika vositalarining ahamiyati e'tiborda
turganholatlar haqida yozilgan.
Kalit so‘zlar:
Delikvent, jinoyatchilik
va huquqbuzarlik, terrorizm,
giyohvandlik, dezadaptatsiya.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o'smirlarning
ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda
empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to'g'ri baholash, jamiyatda o'z
o'rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko'nikmalar shakllantirilishining
psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.
1
Inson
ontogenezidagi eng og’ir va murakkab davrlardan biri o’smirlikdir. Shaxsning ijtimoiy
yo’nalganligi, qadriyatlari, e’tiqodi va ideallari shakllanadigan ushbu davr og’ishgan
xulq-atvor ko’rinishlarining namoyon bo’lishi uchun ham eng qulay davr hisoblanadi.
Jamiyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bugungi kunning eng dolzarb
vazifalaridan biri. Shuning uchun ham o’smirlarda delinkvent xulq shakllanishining
psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va o’rganish katta ahamiyat kasb etmoqda.
2
Dunyoda diniy ekstrremizim, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy
migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi yovuz xavf-xatarlar insoniyat boshiga o`g`ir
kulfatlar solayotgan hozirgi murakkab bir davrda yoshlar tarbiyasi masalasi yanada
muhim ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Albatta, bugunungi kunda
yurtimizda yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini kamol
toptirish, ularni sog`lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ`ibot -
tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ammo ochiq tan olishimiz kerakki , bu borada
amalga oshirayotgan ishlarimiz hali yetarli darajada emas. Shunung uchun biz
1
https://cyberleninka.ru/article/n/o-smirlarda-salbiy-xulq-atvor-namoyon-bo-lishining-psixologik-xususiyatlari
2
http://conferences.neasmo.org.ua/ru/art/491
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
114
114
yoshlarimiz, ayniqsa uyushmagan yoshlar bilan ishlashga jiddiy e`tabor qaratishimiz
zarur. Fuqarolarni o`rnatilgan qonunlar va qoidalarga amal qilishini uyg’otishga
yo`naltirilgan jamiyatning turli-tuman chora-tadbirlariga qaramay, ko`pchilik odamlar
uni har kuni buzadilar. Ko`pincha ko`rinishidan to`la oddiy ko`ringan odamlar
to`satdan jiddiy jinoyat sodir etganliklarini tushunish og’ir bo`ladi. Ko`p hollarda bu
psixik jihatdan sog’lom shaxslar, shu jumladan yoshlar o`rtasida kuzatilayotgani
achinarli xolatdir.. Qonunga qarshi harakatlar determinatsiyasini ko`rib chiqishda
odatda, shunga o`xshash axloqni uyg’otuvchi tashqi sharoitlar va ichki sabablar
yig’indisi haqida gapiradilar. Shubhasiz, har bir aniq holda omillarning noyob
uyg’unligi o`ringa ega, shunga qaramay, delinkvent axloqning shakllanishida ba’zi
umumiy tendentsiyalarini aniqlash mumkin.
3
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy
nazar , doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor.Bular o’z jismoniy , ruhiy va ijtimoiy
rivojlanishdan chetga chiqish og’ish bor bo’lgan odamlardir. Ular doim bir guruh
bo’lib ajralishgan jamiyat va davlat ularga nisbatan alohida munosabat shakillangan.
Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn
Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida sabablar to’rt xil bo’ladi: moddiy, faol (ta`sir
qiluvchi), shakliy va tugallovchi sabablarni ko’rsatib o’tadi. Moddiy sabablar sog’liq
va kasallik negizlarida paydo bo’ladi. Eng yaqin negiz a`zo ruhdir. Ta`sir qiluvchi
sabablar odam gavdasining holatlarini o’zgartiruvchi yoki o’zgarmagan holda
saqlovchi sabablardir. Jumladan uyqu va uyg’oqlik ham sabablardan biridir. Bir
yoshdan boshqa bir yoshga o’tish, yosh, jins e`tibor bilan farqlash ham ta`sir qiluvchi
sabablardandir. Shakliy sabablar — mijozlar ulardan keyin paydo bo’ladigan quvvatlar
va tarbiyalardir. Tugallovchi sabablar faoliyat (ishlar)dir. Faoliyatni o’rganishga
quvvatlar va ularni tashuvchi ruhlarni o’rganish ham kiradi. Tabibning tasavvur qilib,
dalil keltirmog’i zarur bo’lgan narsalar kasalliklar, ularning o’ziga xos sabablari,
alomatlari va qanday qilib kasallikning ketkazilishi va sog’liqni saqlashidir. Aynan
o’smirlik yoshida ijtimoiy me`yorlarga har xil qarash tufayli ko’pincha, uning xulq-
atvori me`yorlarning teskarisi ekanligini hisobga olib, salbiy me`yorlarning «oynadagi
aksi» deyishadi. O’smirlik davriga xos deviant xulq-atvor va ularni ijtimoiy moslasha
olmaslik (dezadaptatsiya) muammosi kuchayib borish xususiyatiga ega ekanligi bois
ham juda dolzarbdir. Bunday o’smirlarning umum qabul qilingan ijtimoiy va
ma`naviy-axloqiy me`yorlarni tan olmasligi, ta`lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchi oila,
maktab, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar oldiga muhim vazifalarni yuklaydi.
Bunday toifadagi o’smirlar xulqidagi o’zgarishlarga binoan quyidagilarga: - xulq
ifodalanishiga ko’ra, yuqori tajovuzkor (agressiya) ko’rinishidagilar; - jinoyatchilik
«qurboniga» aylanuvchilar; - tadbirkorlik faoliyatida barvaqt faol ishtiroki tufayli
«erta» kamol topganlar; - muomala va o’zaro munosabatlarda «qiyinchilik»ni his
3
http://conferences.neasmo.org.ua/ru/art/491
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
115
115
etuvchilar kabi kategoriyalarga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Deviant xulq-atvorning vujudga kelishi haqida turli xil qarashlar mavjud.
Jinoyatchilikning boshqa shakllarini izohlashga bo’lgan dastlabki urinishlar asosan
biologik tabiatga egadir. Biologik nazariya tarafdorlarning fikricha, jinoyatchilarning
bosh chanog’i va miyasining tuzilishi qonunga amal qiluvchi kishilarning miya
tuzilishidan farq qiladi.
XIX asrning 70-yillarida faoliyat ko’rsatgan italiyalik kriminalshunos Chezare
Lombrozo «Ba’zi odamlar jinoiy mayllar bilan tug’iladilar va ular ibtidoiy insonlar
tipiga mansub bo’ladilar», degan xulosaga keldi. Uning fikricha, jinoyatchi tiplarni
bosh chanog’i shakliga qarab aniqlash mumkin. U ijtimoiy tajribaning kriminal xulq
rivojiga ta’sirini inkor etar edi, uning asosiy g’oyasi-ko’pchilik jinoyatchilarning
biologik jihatdan degenerativ va defektli ekanida edi.
Richard Daygdeyglning fikricha, «ba’zi jinoyatkorona xulq-atvor shakllanishi
uchun xos bo’lgan mayllar doimo avloddan-avlodga o’tib turadi».
Biologik omil va jinoyatga mayl orasidagi bog’liqlik g’oyasi Vilyam Sheldon
ishlarida 1940 yillarda qaytadan tiklandi.
Sheldon odamlarning 3 jismoniy tipini ajratib ko’rsatdi:
Mezomorf tip: (mushakdor, faol)
Ektomorf tip: (suyak tizimi yaxshi rivojlangan)
Endomorf tip: (to’lalikka moyil odamlar)
Uning fikricha, ulardan biri – mezomorf tip huquqbuzarlikka mayl bilan bevosita
bog’liq.
Huquqbuzarlik bitta omil bilan yuzaga kelmaydi; aksincha, u individual,
oilaviy,ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ta’sirlarning murakkab o‘zaro ta’siridan kelib
chiqadi. Ushbu ko‘p qirrali sabablarni tushunish samarali aralashuv strategiyalarini
ishlab chiqish uchun juda muhimdir. Xavf ostida bo‘lgan yoshlarni erta aniqlash va
qo‘llab-quvvatlash,
shuningdek,
oila
va
mahallalarni
mustahkamlash
huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy va iqtisodiy tengsizliklarni bartaraf etish, ta’lim
imkoniyatlarini yaxshilash va ijobiy ijtimoiy me’yorlarni ilgari surish sog‘lom
rivojlanishni ta’minlaydigan va huquqbuzarlik xavfini kamaytiradigan muhitni
yaratiladi. Huquqbuzarlik, ayniqsa, voyaga etmaganlar, individual, ijtimoiy va
jamoaviy omillarning kombinatsiyasi ta’sirida murakkab hodisadir. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, turli xil xavf omillari huquqbuzarlik rivojlanishiga yordam beradi, ammo
bu xavf omillariga ega bo‘lgan barcha shaxslar jiddiy yoki surunkali jinoiy xatti-
harakatlar bilan shug‘ullanishmaydi. Huquqbuzarlik xulq-atvorini tekshirishda
biologik, psixologik, xulq-atvor va atrof-muhitning o‘zaro ta’sirini hisobga olish kerak.
Xulosa.
Yaxshi tarbiya ko’rmaganligi оqibatida ko’pgina o’smirlarga dag’allik, o’jarlik,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
116
116
behayolik, jizzakilik xоsdir. Ular bilan muоmalaga kirishganda ushbu оmillarni
e`tibоrga оlish talab etiladi. Vоyaga yetmaganlar uchun yolg’оnchilik, mardlik va
do’stlik tushunchalarini nоto’g’ri anglash, o’zini ko’rsatish, e`tibоr qozоnishiga
intilish hissi ham xоs ekanligni yodda tutmоq kerak. Hayotiy tajribaning yetarli
emasligi, o’ziga va atrоfdagilarga adekvat bahо berish mezоnlari shakllanmaganligi
natijasida o’smir xulq-atvor hamda munosabatlarni to’g’ri tashkil etishda
muammolarga duch keladi. Bunday vaziyatlarda o’smirlarga ota-onalar, pedagoglar,
voyaga yetmaganlar ishlari boyicha nazoratchilar va jamoatchilikning yordami,
amaliy tavsiyalari, muntazam nazorati va diqqat-e’tibori talab qilinadi. Delinkvent
xulqqa moyilligi mavjud o’smirlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni
turli jamoatchilik topshiriqlarini bajarishga jalb qilish, qiziqish-intilishlariga mos holda
kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Huquqbuzarlik bitta omil bilan yuzaga kelmaydi; aksincha, u individual, oilaviy,
ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ta’sirlarning murakkab o‘zaro ta’siridan kelib
chiqadi. Ushbu ko‘p qirrali sabablarni tushunish samarali aralashuv strategiyalarini
ishlab chiqish uchun juda muhimdir. Xavf ostida bo‘lgan yoshlarni erta aniqlash va
qo‘llab-quvvatlash,
shuningdek,
oila
va
mahallalarni
mustahkamlash
huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari,
ijtimoiy va iqtisodiy tengsizliklarni bartaraf etish, ta’lim imkoniyatlarini yaxshilash va
ijobiy ijtimoiy me’yorlarni ilgari surish sog‘lom rivojlanishni ta’minlaydigan va
huquqbuzarlik xavfini kamaytiradigan muhitni yaratiladi. Huquqbuzarlik, ayniqsa,
voyaga etmaganlar, individual, ijtimoiy va jamoaviy omillarning kombinatsiyasi
ta’sirida murakkab hodisadir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, turli xil xavf omillari
huquqbuzarlik rivojlanishiga yordam beradi, ammo bu xavf omillariga ega bo‘lgan
barcha shaxslar jiddiy yoki surunkali jinoiy xatti-harakatlar bilan shug‘ullanishmaydi.
Huquqbuzarlik xulq-atvorini tekshirishda biologik, psixologik, xulq-atvor va atrof-
muhitning o‘zaro ta’sirini hisobga olish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Бандура А., Уольтерс Р. Подростковая агрессия. М.: АлрельПресс. 2000, 512
с.
2.
Karimova V.M. Psixologiya T,. A.Qodiriy , 2002 y.188 b
3.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya Т. “Fan va texnologiyalar”, 2012. 172 b
4.
To’laganova G.K.. Tarbiyasi qiyin o’smirlar Т. “Universitet”, 1999.118 b.
5.
https://scholar.kokanduni.uz/index.php/rb/article/download/54/43/86
6.
http://conferences.neasmo.org.ua/ru/art/491
8.