Authors

  • Dauletbaeva Aynur Baxramovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114260

Keywords:

Kalit soʻzlar: kuchli ruhiy hayajonlanish ogʻir tan jarohati oʻrtacha ogʻir tan jarohati qonunchilik Jinoyat Kodeksi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish haqida keltirib oʻtilgan. Kuchli ruhiy  hayajonlanish holati, ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish tushunchalariga alohida taʼrif berilgan. Shuningdek, maqolada Germaniya tajribasi oʻrganilgan va maʼlumotlar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

71

71

KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH HOLATIDA QASDDAN BADANGA

OGʻIR YOKI OʻRTACHA OGʻIR SHIKAST YETKAZISH

Dauletbaeva Aynur Baxramovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi

E-mail:

dawletbaevaaynur0@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan

badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish haqida keltirib oʻtilgan. Kuchli
ruhiy hayajonlanish holati, ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish
tushunchalariga alohida taʼrif berilgan. Shuningdek, maqolada Germaniya tajribasi
oʻrganilgan va maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

kuchli ruhiy hayajonlanish, ogʻir tan jarohati, oʻrtacha ogʻir tan

jarohati, qonunchilik, Jinoyat Kodeksi.

УМЫШЛЕННОЕ ПРИЧИНЕНИЕ ТЯЖЕЛОГО ИЛИ СРЕДНЕГО ТЯЖЕСТВА

ТЕЛА В СОСТОЯНИИ СИЛЬНОГО ПСИХИЧЕСКОГО ВОЛНЕНИЯ

Даулетбаева Айнур Бахрамовна

Каракалпакский государственный университет имени Бердаха

студент 2-го курса юридического факультета

Аннотация:

В данной статье описывается умышленное причинение

тяжкого или средней тяжести телесного повреждения в состоянии сильного
душевного волнения. Особое определение дано понятиям состояния сильного
душевного волнения, причинения тяжкого или средней тяжести телесного
повреждения. Также в статье изучен опыт Германии и приведены данные.

Ключевые слова

: сильное душевное волнение, тяжкое телесное

повреждение, средней тяжести телесное повреждение, законодательство,
Уголовный кодекс.

INTENTIONAL SEVERE OR MEDIUM SEVERE INJURY IN

A STATE OF STRONG MENTAL EXCITEMENT

Dauletbaeva Aynur Bakhramovna

2nd year student of the Faculty of Law of

Karakalpak State University named after Berdakh

Abstract:

This article describes intentional infliction of grievous or moderate

bodily harm in a state of intense emotional distress. A separate definition is given to


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

72

72

the concepts of a state of severe emotional agitation, causing serious or moderate bodily
harm. The article also examines the experience of Germany and provides data.

Keywords

: severe emotional distress, grievous bodily harm, moderate bodily

harm, legislation, Criminal Code

.


Jinoyat huquqida jinoyatlar har xil usullarda yoxud koʻrinishlarda sodir etilishi

mumkin. Masalan: jinoyat qasddan, ehtiyotsizlik orqasida, kuchli ruhiy hayajonlanish
holatida, zaruriy mudofaa chegarasida, oxirgi zarurat singari va boshqa usullarda sodir
etilishi mumkin. Shuni taʻkidlab oʻtishimiz lozim, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida,
zaruriy mudofaa chegarasida, oxirgi zaruratta sodir etilgan qilmishlar qilmishning
jinoiyligini istisno qilish xususiyatiga ega. Agar mazkur yoʻllar orqali sodir etilgan
qilmishlar aniqlansa va ularning tarkibida jinoyat tarkibi boʻlmasa, bunday qilmishlar
jinoyat hisoblanmaydi.

Yuqorida aytib oʻtkanimizday jinoyat bir qancha usullarda sodir etilishi mumkin.

Sanab oʻtilgan usullardan esa kuchli ruhiy hayajonlanish orqali sodir etiladigan jinoiy
qilmish haqida kengroq toʻxtalib oʻtamiz.

Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir

shikast yetkazish jinoyati Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining "Sogʻliqqa
qarshi jinoyatlar" bobida, 106-moddasida "Jabrlanuvchi tomonidan qilingan
g‘ayriqonuniy zo‘rlik yoki og‘ir haqorat, shuningdek aybdorning yoki uning yaqin
kishisining o‘limiga yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan yoxud sabab
bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar tufayli to‘satdan yuz bergan
kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast
yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi [1]."-deb, koʻrsatib oʻtilgan.
Kuchli ruhiy hayajonlanish-fiziologik affekt holatida boʻlishdir. Fiziologik affekt-
qisqa muddatli, lekin tezlik bilan kechadigan emotsional reaksiya, ǵazabga
aylanadigan qahr, shiddatli kechinma, daxshatga aylanadigan qoʻrquv, shuningdek
shaxsning oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatining bir qancha
muddatga yoʻqolishi. Shaxs fiziologik affekt jarayonida oʻzining harakatlari uchun
javob bera oladi, nima qilayotganligini tushunadi, biroz oʻz harakatlanirini boshqara
oladi va bu shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos boʻlmaydi. Shaxs bu qobiliyatini
butunlay yoʻqotsa, u patalogik affekt holatida boʻladiki, bu shaxsni aqli noraso, deb
topish uchun dastlabki shart-sharoitni yaratadi [2; 40]. Oʻgʻir shikast yetkazish-bu
shaxsga qilingan noqonuniy harakatlar tufayli koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini
yoʻqotish yoki tananing biror aʼzosining ishdan chiqishi yoxud uning faoliyati
tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

73

73

tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan
qismining doimiy yoʻqolishiga homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan
darajada xunuklashishi hisoblanadi. Koʻrish qobiliyatini yoʻqotish deganda-shaxsning
ikki metr va undan kam masofadagi oraliqlarni koʻrishini pasayishi tushuniladi.
Soʻzlash qobilyatidan mahrum boʻlish-bu shaxsning oʻz fikrlarini tovushlar yordamida
tushuntirish imkoniyatidan ayrilish. Eshitish qobiliyatini yoʻqotish deganda shaxsning
3-5-santimetr masofadagi ovozlarni eshita olmasligi.

Oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish-sogʻliqning uzoq vaqt , kamida 21 kun, lekin 4

oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining
oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishidir [3].

Mazkur jinoyatning zaruriy belgisi sababiy bogʻlanishdir. Kuchli ruhiy

hayajonlanish holati jabrlanuvchining harakatlari tomonidan, yaʼni ogʼir haqorat
qilishi, jinoyat sodir qilishda aybdor shaxsning oʻlimiga yoki sogʻligʻiga qandaydir
zarar yetkazilishiga yoxud jabrlanuvchining boshqa har xil noqonuniy harakatlari
oqibatida yuzaga kelishi kerak. Shuning uchun ham ushbu jinoiy qilmishda sababiy
bogʻlanish zaruriy belgi hisoblanadi. Yana bir zaruriy belgisi bu qilmishning subyektiv
tomoni, yaʼni uning qasddan sodir etilishi hisoblanadi. Qasd-bu shaxs oʻzi nima
qilayotganligini anglaydi, uning oqibatlariga koʼzi yetadi va uning yuz berishini
xohlaydi yoki bunga ongli ravishda yoʻl qoʻyib beradi. Qasdning toʻgʻri va egri qasd
kabi turlari mavjud [4].

Yuqorida keltirib oʻtilgan harakatlar nafaqat Oʻzbekistonda, balki xorijiy

davlatlarda ham jinoyat hisoblanadi. Mazkur jinoyatni Germaniya jinoyat qonunchiligi
bilan koʻrib chiqamiz. Germaniya Jinoyat Kodeksi (Strafgesetzbuch) 223-224-
moddalari "Tan jarohat yetkazish" deb nomlanadi [5]. Lekin, ushbu qilmish kuchli
ruhiy hayajon holatida sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy harakat huquqiy jihatdan o‘ziga xos
tarzda baholanadi. Germaniya jinoyat huquqida kuchli ruhiy hayajonlanish holati
(nemischa “heftige Gemütsbewegung”) jinoyatchini oqlovchi omil sifatida emas, balki
aybdorning javobgarligini yengillashtiruvchi omil sifatida ko‘rilishi diqqatga sazovor.
Ya’ni jinoyat sodir etilgan vaziyat, hissiy portlash yoki birdaniga yuz bergan ruhiy
holat, shaxsning ichki holatini yengillashtiruvchi holat hisoblanadi, lekin jinoyatning
tarkibini yo‘qqa chiqarmaydi. Bunday vaziyatda jinoyatni baholashda sud aqliy yoki
emotsional bosimni inobatga olgan holda jazo choralarini yumshatishi mumkin.
Germaniya Jinoyat kodeksining 21-moddasida taʼkidlanishicha, agar jinoyat sodir
etilgan vaqtda shaxs og‘ir ruhiy hayajonlanish holati natijasida o‘z harakatining
mohiyatini anglab yetishga yoki uni boshqarishga layoqatsiz bo‘lsa, u holda uning
ayblilik darajasi pasaygan deb baholanishi mumkin. Bu esa sud tomonidan jazoni
belgilashda muhim rol o‘ynaydi va ko‘p hollarda shartli hukm chiqarilishiga yoki
jazoning eng kam muddatidan foydalanishga olib keladi. Shu bilan birga, tan
jarohatining og‘irligi, jinoyatning qanday vosita bilan sodir etilgani, jabrlanuvchining


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

74

74

holati va jinoyat sabablariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Jinoyat sodir etgan
shaxsning hissiy holati, uning voqea oldidan va keyin tutgan o‘zini, sodir etilgan
harakatning kontekstda qanday baholanishi – bularning barchasi sud qarorida asosiy
mezon bo‘lib xizmat qiladi. Shu jihatdan olganda, kuchli hayajonlanish holati ostida
sodir etilgan harakatlar jazoni to‘liq bekor qilmasa-da, sud tomonidan jinoyatning
subyektiv tomonini yengil deb baholash imkonini beradi.

Germaniya qonunchiligi va milliy qonunchligimiz oʼrtasida bir qancha

oʼxshashliklar va farqlar mavjud. Eng asosiysi, Germaniyada kuchli ruhiy
hayajonlanish qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida emas, balki uni
subyektiv tomondan yengillashtirish vazifasini bajaradi. Oʼzbekistonda esa bu holat
nafaqat yengillashtiruvchi, balki qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi usullardan
biridir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, inson hayoti va

sogʻligʻi bu qadrli nematdir, lekin unga har xil usullarda zarar yetkazish jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Agarda shaxs jabrlanuvchining gʻayriqonuniy
harakatlari tufayli kuchli ruhiy hayajonlanish holatida boʻlsa va aybdor qasddan
jabrlanuvchiga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazsa Oʻzbekiston Respublikasi
Jinoyat Kodeksining 106-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.

Adabiyotlar/Литература/References:

1.

O'zbekiston

Respublikasi

Jinoyat

Kodeksi.

106-modda.

22.09.1994.

https://lex.uz/docs/-111453

.

2.

M.H.Rustambayev. "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga sharhlar".
Maxsus qism. T. "Adolat". 2016. B-40.

3.

М.Х. Рустамбаев. Жынаят ҳуқықы. Арнаўлы бөлим: Жоқары оқыў орынлары
ушын сабақлық. – Нөкис, "Билим". 2005-жыл.

4.

S.SH.Utemuratova. Jınayat huquqı. Ulıwma bólim. T. Metodist nashriyoti.2023.

5.

Germaniya

Jinoyat

Kodeksi.

223-224-moddalar.

https://www.gesetze-im-

internet.de/stgb/BJNR001270871.html

.

References

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. 106-modda. 22.09.1994. https://lex.uz/docs/-111453.

M.H.Rustambayev. "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga sharhlar". Maxsus qism. T. "Adolat". 2016. B-40.

М.Х. Рустамбаев. Жынаят ҳуқықы. Арнаўлы бөлим: Жоқары оқыў орынлары ушын сабақлық. – Нөкис, "Билим". 2005-жыл.

S.SH.Utemuratova. Jınayat huquqı. Ulıwma bólim. T. Metodist nashriyoti.2023.

Germaniya Jinoyat Kodeksi. 223-224-moddalar. https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/BJNR001270871.html.