Authors

  • Olimjonova Oynura Otabek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114262

Keywords:

Kalit so’zlar: Ijodiy fikrlash bolalar psixologiyasi rivojlanish bosqichlari pedagogik yondashuv o‘yin faoliyati raqamli texnologiyalar emotsional rivojlanish tasavvur va fantaziya ota-ona roli maktabgacha tarbiya shaxsiy salohiyat innovatsion ta’lim muloqot ko‘nikmalari.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning  asosiy yo‘llari yoritilgan. Ijodiy  fikrlashning  ahamiyati, uni erta yoshdan rivojlantirish zarurati va bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik va pedagogik yondashuvlar, o‘yin faoliyatining roli, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari hamda ota-ona va muhitning bolaning ijodiy salohiyatiga ta’siri haqida so‘z yuritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

60

60

BOLALARDA IJODIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Olimjonova Oynura Otabek qizi

Andijon davlat chet tillari instituti 1-bosqich talabasi

Email- olimjonovaoynura5@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va

rivojlantirishning asosiy yo‘llari yoritilgan. Ijodiy fikrlashning ahamiyati, uni erta
yoshdan rivojlantirish zarurati va bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, psixologik
va pedagogik yondashuvlar, o‘yin faoliyatining roli, raqamli texnologiyalar
imkoniyatlari hamda ota-ona va muhitning bolaning ijodiy salohiyatiga ta’siri haqida
so‘z yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Ijodiy fikrlash ,bolalar psixologiyasi, rivojlanish bosqichlari,

pedagogik yondashuv, o‘yin faoliyati, raqamli texnologiyalar, emotsional rivojlanish,
tasavvur va fantaziya, ota-ona roli, maktabgacha tarbiya, shaxsiy salohiyat, innovatsion
ta’lim, muloqot ko‘nikmalari.

Abstract:

This article explores the main methods of developing creative thinking

in children. It highlights the importance of nurturing creativity from an early age and
analyzes various psychological and pedagogical approaches. Special attention is
given to the role of play activities, digital technologies, and the influence of family
environment and parents in unlocking a child’s creative potential.

Key words:

Creative thinking, child psychology, development stages,

pedagogical approach, play activity, digital technologies, emotional development,
imagination and fantasy, parental role, preschool education, personal potential,
innovative learning, communication skills.

Аннотатсия:

В данной статье рассматриваются основные методы

развития творческого мышления у детей. Раскрыта важность формирования
креативности на раннем этапе, а также проанализированы психологические и
педагогические подходы. Особое внимание уделено роли игровой деятельности,
цифровых технологий, а также влиянию семейной среды и родителей на
раскрытие творческого потенциала ребенка.

Ключевые слова:

Творческое мышление, психология развития ребенка,

этапы развития, педагогический подход, игровая деятельность, цифровые
технологии, эмоциональное развитие, воображение и фантазия, роль
родителей, дошкольное воспитание, личностный потенциал, инновационное
обучение, коммуникативные навыки.


Zamonaviy ta’lim tizimi jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda yangilanib,

bolalarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

61

61

shakllantirishga katta e’tibor qaratmoqda. XXI asrda muvaffaqiyatli shaxs bo‘lish
uchun odatiy sxemalardan chekinib, yangicha, noodatiy yondashuvni ishlab chiqish
zarurati tobora ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, ijodiy fikrlash - bola
shaxsining har tomonlama rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Ijodiy
fikrlash inson tafakkurining eng yuqori shakli bo‘lib , muammoni yangicha
ko‘ra olish, yangi g‘oya yaratish, fantaziya va tasavvur orqali yangilikka
erishish qobiliyatini anglatadi. Bu qobiliyatni erta yoshdan boshlab rivojlantirish,
bolani erkin fikrlaydigan, ijtimoiy faol, innovatsion yondashuvga ega shaxs
sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Mazkur maqolada bolalarda ijodiy fikrlashning
shakllanish bosqichlari, uni rivojlantirishga yordam beruvchi psixologik va
pedagogic usullar, shuningdek o‘yin faoliyati, texnologiyalar va oilaviy muhitning
ahamiyati tahlil qilinadi.

Ijodiy fikrlash – bu insonning mavjud bilimlar asosida yangi g‘oya,

mahsulot yoki yechim yaratish qobiliyatidir. Psixologik jihatdan ijodkorlik divergent
(turli yo‘nalishli) tafakkur, tasavvur, emotsional sezgirlik va motivatsiya bilan
bog‘liq. J. Gilford (Joy Paul Guilford ) ijodiy fikrlashni oddiy mantiqiy fikrlashdan
farqli ravishda ko‘p yo‘nalishli va erkin assotsiatsiyalarga tayanuvchi jarayon deb
ta’riflaydi. Bola tug‘ilgandan boshlab atrof -muhitni o‘rganadi, savollar beradi, tajriba
qiladi – bu ijodiy jarayonning ilk ko‘rinishlaridir. Agar bu ichki intilishlar qo‘llab-
quvvatlansa, bola o‘z fikrini erkin bildiradigan, o‘ziga ishongan , noodatiy
yondashuvga ega shaxsga aylanadi.

Asosiy ahamiyati:
Mustaqil fikrlashni shakllantiradi;
Muammoga turli burchakdan qarashni o‘rgatadi;
Kelajak kasblariga tayyorlaydi (texnologiya, dizayn, tahlil);
Ijtimoiy moslashuvchanlikni oshiradi.
Kognitiv rivojlanish (lot. cognitio – bilish, anglash) — bu bolaning aql-

idrok, tafakkur, xotira, tasavvur, nutq va muammo yechish kabi bilish jarayonlarining
rivojlanishidir. U insonning bilimlarni qanday qabul qilishi, tushunishi, tahlil
qilishi va ularga munosabat bildirish mexanizmlarini o‘rganadi . Kognitiv
rivojlanish psixologiyada asosan Jean Piaget (J. Piajé) nazariyasi orqali izohlanadi.
Piaget bola tafakkurining rivojlanishini bosqichma-bosqich sodir bo‘ladigan, ketma-
ket tartibda rivojlanadigan jarayon deb hisoblagan .Shunga ko'ra u kognitiv
rivojlanishni to‘rt bosqichga bo‘ladi, ulardan ikkitasi bolalarda ijodkorlik bilan
bevosita bog‘liq:

2–6 yosh (Preoperatsional bosqich):
Tasavvur kuchli bo‘ladi, fantaziya rivojlangan.
Ob'ektlar va vaziyatlar bilan ijodiy o‘yinlar.
Rasm, haykal, o‘yinchoqlar orqali o‘zini ifoda etish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

62

62


7–11 yosh (Konkret operatsion bosqich):
Mantiqiy fikrlash boshlanadi, lekin hali real holatlarga tayangan.
Konstruktorlar, dramatik o‘yinlar, hayoliy savollar asosida ijodiy
tafakkuri rivojlanadi
Muammolarni bir necha yo‘l bilan hal qilishni o‘rganadi.

Shuningdek , bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish va

yaxshilanishida psixologik hamda pedagogik yondashuvlar, metodlar muhim
ahamiyat kasb etadi. Psixologik yondashuv bolalarda ijodiy fikrlashni asosan
ularning ichki psixik jarayonlari — tafakkur, tasavvur, emotsiya, motivatsiya, xotira,
e’tibor — asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Lev Vygotskiy nazariyasi

“Yaqin rivojlanish zonasi” (Zone of Proximal Development) tushunchasiga

asoslanadi.

Bola mustaqil bajara olmaydigan faoliyatni katta yoki tajribaliroq kishining

yordami bilan bajara oladi. Bu jarayon ijodiy o‘sish uchun asosdir.Tasavvur
(imaginatsiya) — ijodiy fikrlashning asosi. Bolalar real hayotda uchramaydigan
obrazlar orqali ham yangilik yaratishi mumkin.Nutq bilan fikrlash o‘rtasidagi
aloqadorlik: Bola nutq orqali o‘z fikrini tashkil qiladi, ijodkorlik esa o‘z fikrini
yangicha ifodalashda namoyon bo‘ladi.

Jean Piaget nazariyasi

Piaget bola tafakkurini bosqichma – bosqich rivojlanadi, deb hisoblaydi

(sensor-motor , preoperatsion, konkret, formal). Ijodiy tafakkur 7 yoshdan keyin
mantiqiy fikrlashga tayanib shakllanadi . O‘yin, muloqot va muammoli
vaziyatlar orqali bola real voqelikni o‘rganadi va uni qayta quradi – bu esa
ijodiylikni rivojlantiradi.

Pedagogik yondashuv- bu ta’lim va tarbiya jarayonida bolada ijodiy

fikrni shakllantirish uchun qo‘llaniladigan metod, uslub va strategiyalar
majmuidir. Bu yondashuv bolani faollikka, o‘ylashga, mustaqil xulosa qilishga
undaydi.

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim:

Har bir bola o‘ziga xos qobiliyat va qiziqishga ega bo'lganligi sababli

o‘qituvchi individual yondashadi , bolaning qiziqishini rag‘batlantiradi, mustaqil
fikrlash, savol berish, tanqidiy fikrlash kabi ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam
beradi.

Konstruktivistik yondashuv:

O‘quvchi bilimni tayyor holatda emas, o‘zi kashf qiladi. Shuning uchun

bu vaziyatda o‘qituvchi – yo‘naltiruvchi, bola esa faol ishtirokchi hisoblanadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

63

63

Bu orqali bolada o‘yin, loyihalar, tajribalar, muammoli topshiriqlar vositasida ijodiy
tafakkur shakllanadi.

Didaktik materiallar va texnologiyalar:

Raqamli ilovalar (Scratch, Paint) ,o‘yinli ta’lim vositalari (konstruktiv

o‘yinlar, lego) kabi dasturlar hamda interaktiv darslar, loyihalar orqali
bolada zarur ko'nikmalarni shakllantirish hamda o'z fikrini rasm, she’r,
hikoya, video orqali ifoda etishga imkon beruvchi topshiriqlar berish
sezilarli samara beradi.

Psixologik va pedagogic yondashuvlar bolalarda ijodiy fikrlashni

shakllantirish va rivojlantirishda bir-birini to‘ldiradi. Psixologik yondashuv bola
ichki olamini , individual qobiliyatlarini hisobga olsa, pedagogik yondashuv ta’limda
qanday metod va vositalar orqali bu qobiliyatlarni ochish mumkinligini
ko‘rsatadi. Har ikki yondashuvda ham muhim jihat — bolaga ishonish, uni
erkinlikka undash va xatoga yo‘l qo‘yishga imkon berishdir.

Bolalar uchun ijodiylikni rivojlantirishda eng tabiiy va kuchli vosita — bu

o‘yin. O‘yin faoliyati bolani mantiqiy va hissiy jihatdan rivojlantiradi, shuningdek,
tajriba orttirish, sinash va yangilik yaratish imkonini beradi.

Foydali o‘yin turlari:
Rolli o‘yinlar (“Do‘konda sotuvchi bo‘lish”, “Kosmonavt bo‘lish”) – ijtimoiy

rollarni o‘rganish

Fantaziya o‘yinlari – ertaklar yaratish, tasavvurdagi hayvonlar yoki holatlar
Qurilish o‘yinlari – lego, bloklar, konstruktorlar orqali yaratish
Masalali o‘yinlar – “Nimani boshqacha qilish mumkin?”, “Muammoni qanday

hal qilamiz?” kabi topshiriqlar.

Muhimi: bolaning erkin harakati, o‘z ixtiyori bilan tanlashiga ruxsat berilishi.
XXI asr bolasi — axborot va raqamli muhitda ulg‘ayayotgan avloddir.

Shu sababli, ta’lim jarayonida texnologiyalardan foydalanish nafaqat dolzarb, balki
zaruriy pedagogik ehtiyojga aylanmoqda . Zamonaviy bolalar raqamli
texnologiyalar muhitida ulg‘aymoqda. Shu sabab, ijodiy salohiyatni ochish
uchun texnologiyalarni maqsadli va foydali yo‘naltirish muhim. Raqamli
texnologiyalar ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun: vizual vositalar, interaktiv
muloqot, virtual tajriba, va o‘z g‘oyasini raqamli ifodalash imkoniyatlarini
taqdim etadi. Zamonaviy bolalar raqamli texnologiyalar muhitida ulg‘aymoqda. Shu
sabab, ijodiy salohiyatni ochish uchun texnologiyalarni maqsadli va foydali
yo‘naltirish muhim.

Foydali vositalar:
Chizish dasturlari: Paint, Tux Paint, Kids Doodle
Multfilm yaratish ilovalari: Toontastic, Stop Motion
Kodlash asoslari: Scratch Junior, Blockly


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-2_June-2025

64

64

Virtual ertaklar: interaktiv hikoya yaratish platformalari
E’tiborli jihat: haddan oshmaslik, passiv kontentdan (videolar, multfilmlar)

ko‘ra interaktiv va yaratuvchan faoliyatni rag‘batlantirish kerak.

Boladagi ijodiy tafakkurning ko‘p jihati oilaviy muhitga bog‘liq. Bolaga savol

berishga ruxsat berish, unga har bir ishini qadrlash orqali erkinlik yaratish – bu eng
oddiy, ammo eng samarali vosita.

Zamonaviy jamiyatda insondan faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirish emas,

balki o‘z fikrini mustaqil bayon eta olish, muammoga noodatiy yondasha olish,
yangilik yaratish kabi ijodiy salohiyat talab qilinadi. Aynan shuning uchun bolalarda
ijodiy fikrlashni erta yoshdanoq shakllantirish pedagogic va psixologik jarayonlarning
muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Ilmiy izlanishlar va psixologik nazariyalar
(L.S. Vygotskiy, J. Piaget, J. Gilford, E. Torrens va boshqalar ) shuni ko‘rsatadiki
, ijodiy fikrlash inson tafakkurining eng murakkab, ammo eng muhim shakllaridan
biridir. U tasavvur, emotsiya, nutq va mantiqiy fikrlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu
jihatlar aynan bolalik davrida eng faol rivojlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. — Москва:
Педагогика, 1991.
2. Piaget J. The Psychology of Intelligence. — London: Routledge, 1950.
3. Torrance E.P. Guiding Creative Talent. — Prentice-Hall, 1962.
4. Guilford J.P. Creativity Research: Past, Present and Future. — American
Psychologist, 1950.
5. Bruner J.S. The Process of Education. — Harvard University Press, 1960.
6. Shodmonov Sh.R. Psixologiya. — Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022.
7. Hasanboeva M., Karimova R. Yosh va pedagogik psixologiya. — Toshkent: Fan,
2019.
8. Jabborov Q., Qodirova M. Ijodiy tafakkurni shakllantirishda psixologik
yondashuvlar. — “Yosh psixologlar” jurnali, №3, 2021.
9. Mahkamova N. Zamonaviy texnologiyalar asosida dars jarayonida ijodiy fikrlashni
shakllantirish. — “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnali, №1, 2022.
10. Axmedova G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish
metodikasi. — Magistrlik dissertatsiyasi, TDPU, 2020.



References

Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. — Москва: Педагогика, 1991.

Piaget J. The Psychology of Intelligence. — London: Routledge, 1950.

Torrance E.P. Guiding Creative Talent. — Prentice-Hall, 1962.

Guilford J.P. Creativity Research: Past, Present and Future. — American Psychologist, 1950.

Bruner J.S. The Process of Education. — Harvard University Press, 1960.

Shodmonov Sh.R. Psixologiya. — Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022.

Hasanboeva M., Karimova R. Yosh va pedagogik psixologiya. — Toshkent: Fan, 2019.

Jabborov Q., Qodirova M. Ijodiy tafakkurni shakllantirishda psixologik yondashuvlar. — “Yosh psixologlar” jurnali, №3, 2021.

Mahkamova N. Zamonaviy texnologiyalar asosida dars jarayonida ijodiy fikrlashni shakllantirish. — “Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar” jurnali, №1, 2022.

Axmedova G. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy tafakkurni rivojlantirish metodikasi. — Magistrlik dissertatsiyasi, TDPU, 2020.