JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
29
29
“XAMSA” DOSTONLARINI O‘QITISH METODIKASI
Abduxalilova Rushana
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“O‘zbek va rus tillari” kafedrasining
“O‘zbek tili” fani o‘qituvchisi
rushanaabduxalilova14@gmail.com
Tel: +998938121117
Annotatsiya:
Hozirgi kunda adabiyot oʻqituvchilarining oldiga yangicha talablar
qoʻyilmoqda. Bilamizki, oʻqituvchilarning kasbiy kompetentliligi ularning ilmiy
salohiyati bilan oʻlchanadi.
“Xamsa” asarining har bir dostoni har xil mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, shoir,
avvalo, o‘quvchini bu mavzu bilan tanishtiradi. So‘ngra o‘sha mavzuga munosabat
bildirib, uni har jihatdan tasvirlaydi. O‘quvchining tasavvurlari aniq bo‘lishi uchun
juda ko‘p qiyoslar, obrazli o‘xshatmalar keltiradi va eng so‘ngida mavzuga mutanosib
ibratli hikoyatlar bayon qiladi. Bu dostonlarda rostgo‘ylik, karam, saxiylik, do‘stga
sadoqat, hayo, iffat, vafo, adolat, ilm olish, halollik kabi ko‘plab fazilatlar ulug‘lanadi.
Ularning har biri ta’sirchan fikrlar bilan yoritilganki, har qanday yoshdagi kitobxon
uchun dostondagi g‘oyalar katta ma’rifat ulashadi.
Kalit so‘zlar:
test, tarqatmalar berish, yozma nazorat usuli, suhbat usuli
,
qomusiy, adolat, himmat, odob-axloq, xayo, vafo, qanoat, rostgo‘ylik, may, ishq, ,
sevgi, sadoqat, insonparvarlik, ijodiy matn.
Milliy tilni chuqur o‘zlashtirish ta’lim-tarbiyaning asosiy jihatlaridansanalar
ekan, o‘quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o‘rgatish jarayonidadasturga
kiritilgan, darsliklarda berilgan materiallar bilan cheklanmay, o‘rganiladigan nazariy
qoida-ta’riflami asoslashda amaliy misollarning o‘rni bilanAlisher Navoiyga taalluqli
bo‘lishiga erishish mumkin. Chunki grammatikatamalarni o‘zlashtirish jarayonida
Navoiy bobomizning boy ijodiy merosigaoid ish usullarini tashkil qilish
o‘quvchilarning axloqiga ijobiyta’sir qiladi. Bu o‘rinda quyidagi usullardan
foydalanish tavsiya etiladi:
1. “So‘zlar zanjiri tuzish” usuli.
Navoiy o‘z asarlarida sanab o‘tgan insoniy va ijobiy sifatlar asosida so‘zzanjiri
tuzdirish mumkin. Masalan: muruvvat-tavoze’-e ’tiborli; saxovatpeshaliilm-ma ’rifat
va hokazo.
2. “Suhbat” usuli.
Suhbatda o‘qituvchi o‘quvchilarga quyidagi ma’lumotlarni
beradi:
Navoiy bobomiz asarlar yozishda faqatgina o‘zbek tili imkoniyatlari
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
30
30
bilanchegaralanib qolmay, boshqa tillardan ham unumli foydalanganlar. Yozuvchi
O‘tkir Hoshimovning qayd etishicha, Pushkin o‘z asarlarida 21 ming, Servantes 18
mingga yaqin, Shekspir salkam 20 mingta, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660
ta so‘z ishlatgan. Bunda donishmand bobomiz faqat turkiy emas, arabiy, forsiy, urdu,
xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
“Uyushiq bo‘laklar” mavzusini o‘tish jarayonida keltirilgan quyidagi misollardan
uyushiq bo‘laklarni toptirish bilan birga o‘tkazilgan kichik-kichik suhbatlar
o‘quvchilar axloqiga ijobiy ta’sir qiladi:
1. Ustoz nafaqat davlat arbobi, tarjimon, shu bilan birga, tilshunos olim sifatida
ham tarixda katta iz qoldirgan.
2. Navoiyning maqsadi o‘z zamonasining barcha olim-u shoir, bastakor-u rassom,
me’mor-u duradgorlarini yurtni obod etishga jalb qilish edi.
3. “Misol keltirish” usuli.
Undalmali, kirish so‘zli, turg‘un birikmali, uyushiq
bo‘lakli gaplardan hamda ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplardan to‘g‘ri, o‘rinli
foydalana olishga o‘rgatishda quyidagi misollardan foydalanish mumkin:
Undalmali gapga:
Jondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz,Sondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz.
Uyushiq bo‘lakli gapga:
Ko‘nglim ichra sarv o‘qdur, g‘unchapaykon, gul tikon,
Dahr bog‘i ichra mundoq gulistone topmadim.
4. “Test” usuli.
Til ta’limini berish jarayonida Navoiy hayoti va ijodi misolida
tarbiyalash imkoniyatlari, o‘tilgan mavzularni test vositasida takrorlashda ham,
o‘quvchilar bilimini sinash-tekshirishda ham mavjud. Masalan:
1. Qaysi qatorda omonim so‘zlar berilgan?
2. Qaysi qatordagi so‘zlarda sirg‘aluvchi «j» tovushi berilgan?
a) Jomiy, mujda, g‘ijda;
b) Layli va Majnun, Majolisun-nafois;
s) ajdahosifat, ijtimoiy tabaqa;
d) Siroj ul-muslimiyn, Jamshid;
e) Tarixi muluki Ajam, Nazmul-javohir.
5. “Tarqatmalar berish” usuli.
Insonparvarlik tarbiyasini singdirishda
tarqatmalar bilan ishlash ham samarali vosita sanaladi. Hazrat Navoiyga mehr-
muhabbat uyg‘otishda tarqatmalar uchun quyidagicha jumlalarni olish mumkin:
6.
“Yozma nazorat” usuli.
Alisher Navoiyning shaxsi g‘oyat serqirraligi, ijodi
cheksiz ummonligiga doir quyidagi matnni yozma nazorat ishi sifatida olib, so‘ng
nazorat ishi tahlili mashg‘ulotida matnga doir kichik suhbat tashkil qilish, hazrat
asarlaridagi xalqchillik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, majoziylik, botiniy va zohiriy
ma’nolar haqida fikrlashish o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
31
31
Diktant matni
Ulug‘ mutafakkir o‘z asarlari orqali ayrim zamondoshlarida uchraydigan salbiy
qusurlarni ham ta ’sirli tasvirlab, ulardan qochishga, yaxshi sifatlarni egallashga
undaydi. U insoniy sifatlarni ikkiga b o ‘ladi. Ijobiy sifatlar - tavba, muruvvat, vafo,
hayo, iymon, jon d o ‘sti bo ‘la olish; sabrlilik, tavoze’, odob saqlash, hokisorlik, qanoat
va boshqalar bo‘lsa, salbiy sifatlar - xasislik, birovlarni kamsitish, yengiltaklik, razillik,
ta’magirlik, takabburlik, badnafslik, o‘ziga bino qo‘ymoq, xudbinlik, himmatsizlik,
maqtanchoqlik, isrofgarchilik, chaqimchilik, ikkiyuzlamachilik, hasad, ichkilikbozlik,
nashavandlik, g‘iybatchilik, bachkanalik va hokazolarga ajratadi.
Ushbu matn asosida kichik suhbat uchun o‘quvchilar o‘rtasiga quyidagi savollar
tashlanadi:
1. Mutafakkir bobomiz qanday sifatlarni insonning ijobiy
sifatlariga kiritganlar?
2. Biz qaysi yomon odatlardan qochishimiz kerak ekan?
7.“Ijodiy matnlar yaratish” usuli.
Davlat tili ta’limining ilmiy-nazariy, maliy
muammolaridan biri mazmunli va bog‘lanishli matn yaratish, uni tahlil qilishdir.
Metodist olima T. Ziyodova fikricha, “O‘quvchilarning matn ustida ishlash faoliyatini
tashkil qilishda o‘qituvchi faqat darslik bilan chegaralanib qolmasdan, ilmiy va badiiy
adabiyot, davriy matbuotdan tanlab olingan matnlar, audio-videolavhalardan ham
unumli foydalanishi, mazkur mashg‘ulotning mahsuldorligini, o‘quvchilar uchun
qiziqarli va zavqli kechishini ta’minlaydi.” Ijodiy matnlar yozdirish orqali Navoiy
asarlarida ifodalangan insonparvarlik g‘oyalarini singdirish mumkin. O‘z fikrlarini
erkin, mantiqli, ta’sirchan, to‘g‘ri shaklda bayon eta olish malakalarini shakllantirish
maqsadida boshlanishi berilgan mantlarni davom ettirish, ijodiy matn yaratish
topshiriq qilinishi mumkin. Masalan, “Hayrat ul-abror” dostonidagi “Shoh G‘oziy
hikoyati” asosida “Bir kampir bor edi...” deb yozilgan fikrni davom ettirish, yaxlit
ijodiy matn hosil qilish; “Sher bilan Durroj” masali asosida “To‘qayda bir yirtqich sher
yashardi...”, “Hotam Toyi hikoyati” asosida “Hotami Toyiga bir ko‘ngli ochiq odam
dedi: ...” deb yozilgan fikrlarni davom ettirish va shu asosda ijodiy matn yaratishlari
topshiriq qilib beriladi. Demak, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda Navoiy
merosidan foydalanish kelajak avlodning mulohaza yuritish, yaxshi-yomon odatlarni
farqlay olish malakalarini oshiradi. Ta’lim jarayonida insoniyat to‘plagan bilimlar
bilan birga yuksak insoniy fazilatlarni ham o‘zlashtiradi. Har birimiz o‘zimizda buyuk
Navoiyga muhabbat tuyg‘usini to‘la-to‘kis tarbiyalamagunimizcha o‘zimizni
to‘laqonli inson deb his qilishimiz behad darajada qiyindir. Navoiyda insonparvarlik,
millatparvarlik bulog‘i qaynab yotadi va bu hech qachon qurimaydigan hamda zamon
hodisalaridan bulg‘anmaydigan buloqdir.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
32
32
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qarang: www.lex.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 4 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat
tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining o‘ttiz yilligini keng nishonlash
to‘g‘risida”gi PQ-4479-sonli qarori.
2. Sobirova M. Dars samaradorligini oshirish. Ilmiy va metodik ishlar
to‘plami. -Namangan. 1997. -B.36-43.
3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 14 tom.Toshkent:1998.
4. Hoshimov O‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.- T.: O‘qituvchi.
1985. -B.102-103.
5. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi.- T.: Fan. 2018. . -B.157.