JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
358
358
TURIZM DESTINATSIYALARINI BOSHQARISH:
ENG YAXSHI AMALIYOTLAR
Radjapova Nasiba Maxmudjonovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Turizm fakulteti 3-bosqich talabasi
Annotation:
Ushbu maqolada turizm destinatsiyalarini boshqarishning nazariy
asoslari, xalqaro tajribadagi ilg‘or amaliyotlar va ularning O‘zbekiston sharoitida
qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Destinatsiyani samarali boshqarish uchun muhim
bo‘lgan omillar — DMO (Destinatsiyani boshqarish tashkiloti) faoliyati, manfaatdor
tomonlar bilan hamkorlik, raqamli texnologiyalar integratsiyasi va barqarorlik
tamoyillari o‘rganiladi. Xalqaro misollar asosida ishlab chiqilgan boshqaruv
modellaridan ilhomlanib, O‘zbekistonda turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish
uchun amaliy tavsiyalar beriladi.
Key words:
turizm destinatsiyasi, boshqaruv, DMO, marketing.
Bugungi kunda turizm global miqyosda iqtisodiy, madaniy va ekologik jihatdan
muhim sohalardan biri hisoblanadi. Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO)
ma’lumotlariga ko‘ra, turizm sohasi dunyo yalpi ichki mahsulotining sezilarli qismini
tashkil etadi va millionlab ish o‘rinlari yaratadi. Shu bilan birga, bu sohaning
rivojlanishi nafaqat mamlakat iqtisodiyotini, balki hududiy rivojlanishni ham
jadallashtiradi. Ayniqsa, turizm destinatsiyalari sifatida shakllangan hududlarning
to‘g‘ri boshqarilishi, ularning jozibadorligini oshirish va barqaror rivojlanishini
ta’minlashda muhim omilga aylanmoqda.
Turizm destinatsiyasi – bu sayyohlar tashrif buyuradigan va turli xizmatlardan
foydalanadigan geografik joy bo‘lib, u o‘zining tabiiy, madaniy, tarixiy va
infratuzilmaviy resurslari bilan ajralib turadi. Bunday hududlarni muvaffaqiyatli
boshqarish esa murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda davlat boshqaruvi organlari,
xususiy sektor, mahalliy jamoalar va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirok etadi.
Zamonaviy davrda turizm destinatsiyalarini boshqarishda xalqaro tajribaga
asoslanish, ilg‘or amaliyotlardan o‘rganish va ularni mahalliy sharoitga moslashtirish
zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, barqarorlik
prinsiplariga amal qilish va turizmda tajriba asosidagi yondashuvlarni qo‘llash orqali
destinatsiyalarning raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
Ushbu maqola turizm destinatsiyalarini boshqarishning nazariy asoslarini ochib
berish, xalqaro miqyosda sinovdan o‘tgan eng yaxshi amaliyotlar tahlili va ularning
O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Turizm destinatsiyasi – bu sayyohlarni jalb qiluvchi, ma'lum bir hududda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
359
359
joylashgan geografik, madaniy, tarixiy yoki tabiiy ob'yektlar majmuasini ifodalaydi.
Bunday destinatsiyalar shahar, viloyat, hatto kichik qishloq yoki alohida tarixiy obida
bo‘lishi mumkin. Ular o‘ziga xos manzara, xizmat ko‘rsatish sifati, infratuzilma,
madaniy tadbirlar va mahalliy aholining mehmondo‘stligi kabi ko‘plab omillar orqali
sayyohlar uchun jozibador bo‘lib xizmat qiladi.
Turizm destinatsiyasini boshqarish (Destination Management) esa bu hududdagi
turizm faoliyatini rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan
iborat murakkab tizimdir[6]. Bu jarayon davlat organlari, xususiy sektor, jamoatchilik
va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni talab qiladi. Destinatsiyani
boshqarish quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Strategik
rejalashtirish:
destinatsiyaning
uzoq
muddatli
rivojlanish
yo‘nalishlarini belgilash.
Marketing va brending: destinatsiyaning ijobiy imidjini shakllantirish va xalqaro
bozorda tanitish.
Barqaror rivojlanish: tabiiy va madaniy resurslardan oqilona foydalanish,
ekologik muvozanatni saqlash.
Tashkiliy muvofiqlashtirish: turizm sohasi ishtirokchilari o‘rtasidagi uzviy
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Sayyohlar tajribasini boshqarish: xizmatlar sifatini oshirish, xavfsizlik, logistika
va xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta'minlash.
Ushbu jarayonlarda Destinatsiyani boshqarish tashkiloti (inglizcha atamasi:
Destination Management Organization – DMO) muhim rol o‘ynaydi. Ular destinatsiya
ichidagi barcha turizm faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, manfaatdor tomonlarni
birlashtiruvchi va strategik qarorlar qabul qiluvchi asosiy subyekt hisoblanadi.
Demak, turizm destinatsiyasini boshqarish nafaqat tashrif buyuruvchilar sonini
ko‘paytirish, balki ularning tajribasini boyitish, hududning iqtisodiy manfaatini
ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy muvozanatni saqlashning muhim vositasidir.
Turizm sohasida muvaffaqiyatli destinatsiyalarni boshqarish tajribalari ko‘plab
mamlakatlarda amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos yondashuv
va natijalar bilan ajralib turadi. Bunday ilg‘or amaliyotlar zamonaviy boshqaruv
mexanizmlarini, barqarorlik prinsiplarini, raqamli texnologiyalarni va mahalliy
hamjamiyat manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali shakllangan. Masalan,
Ispaniyaning Barselona shahri turizm bosimini kamaytirish va mahalliy aholining
noroziligini oldini olish uchun turistlar oqimini boshqarish strategiyasini ishlab
chiqqan. Bu orqali kvartallar bo‘yicha ziyoratlarni taqsimlash, qisqa muddatli ijaralar
ustidan nazorat va urbanistik boshqaruv orqali shahar muvozanati saqlab qolingan.
Yaponiyaning Kyoto shahri esa madaniy merosni saqlab qolish va mehmonlar
tomonidan bu qadriyatlarni hurmat qilishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratgan[10].
Sayyohlar uchun maxsus etik qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning mahalliy urf-
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
360
360
odatlarga mos ravishda harakat qilishlari rag‘batlantiriladi. Sloveniya poytaxti
Ljubljana esa yashil turizm konsepsiyasini amalda qo‘llagan holda, avtomobillarsiz
markaz, ekologik infratuzilma va ekologik reyting tizimi orqali YuNESKO tomonidan
e’tirof etilgan barqaror destinatsiyaga aylangan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi
Dubay shahri esa turizmni yuqori texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirgan holda raqamli
boshqaruv tizimlari, sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar va mobil ilovalar orqali
sayyohlar uchun qulay, integratsiyalashgan tajriba taqdim etmoqda.
Ushbu ilg‘or amaliyotlar boshqaruvning har bir darajasida strategik rejalashtirish,
innovatsion yondashuv va manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik muhimligini
isbotlaydi. Quyidagi jadvalda bu destinatsiyalarning asosiy boshqaruv yondashuvlari
va erishilgan natijalari umumlashtirilgan:
1-jadval.
Eng yaxshi destinatsiya boshqaruvi amaliyotlarining solishtirma tahlili
Mamlakat Destinatsiya
Yondashuv tavsifi
Natijalar
Ispaniya
Barselona
Turist oqimini boshqarish,
Airbnb cheklovi, urbanistik
reja
Aholining hayot sifati
saqlangan, barqarorlik
ta'minlangan
Yaponiya
Kyoto
Madaniy merosni himoya
qilish, sayyoh etikasi,
an’anaviylik
Sayyohlar orasida yuqori
baho, mahalliy rozilik
Sloveniya
Ljubljana
Yashil turizm modeli,
avtomobilsiz zona, ekologik
monitoring
YuNESKO e’tirofi,
ekologik barqarorlik
BAA
Dubay
Raqamli texnologiyalar,
mobil ilovalar, sun’iy
intellekt
Yuqori texnologik xizmat
sifati
Manba: Mualliflik ishlanmasi
Turizm destinatsiyasini samarali boshqarish ko‘plab omillarning o‘zaro
muvofiqlasgan holda ishlashini talab etadi. Zamonaviy yondashuvlar nafaqat
infratuzilmani rivojlantirish yoki marketing faoliyati bilan cheklanmaydi, balki
barqarorlik, texnologik integratsiya, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik va tajriba
asosida boshqaruv tamoyillarini o‘z ichiga oladi.[6] Avvalo, destinatsiyani boshqarish
tashkiloti (Destination Management Organization — DMO) bu jarayonda markaziy rol
o‘ynaydi. DMOlar mahalliy hokimiyat, turizm operatorlari, mehmonxona biznesi va
boshqa manfaatdor guruhlarni birlashtirib, yagona maqsad sari harakat qilishga xizmat
qiladi. Bu tashkilotlar strategik rejalashtirishni amalga oshiradi, destinatsiyaning
brendini ishlab chiqadi va marketing kampaniyalarini boshqaradi.
Boshqaruvdagi yana bir muhim omil — manfaatdor tomonlar bilan samarali
hamkorlik o‘rnatishdir. Davlat tashkilotlari, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlar va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
361
361
mahalliy aholi turizm rivojlanishidan birdek manfaatdor bo‘lishi lozim. Aynan
ularning o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalari orqali destinatsiyada muvozanatli
turizm modeli yaratish mumkin. Ayniqsa, mahalliy aholining fikri va ishtirokini
inobatga olgan holda qarorlar qabul qilish barqaror rivojlanish uchun muhim kafolat
bo‘lib xizmat qiladi.
Marketing va brending ham boshqaruvning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Har bir destinatsiya o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi va aynan shu noyoblik
raqobat ustunligini belgilaydi. Shu sababli, turistik brend yaratish, uni ichki va xalqaro
bozorda ilgari surish, onlayn va oflayn reklama kanallarini birgalikda qo‘llash —
zamonaviy boshqaruvning muhim vazifalaridandir. Bu jarayonda raqamli
texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalanish natijadorlikni
yanada oshiradi.
Raqamli transformatsiya hozirgi kunda destinatsiyani boshqarishda ajralmas
omilga aylangan. Onlayn bron qilish tizimlari, virtual gidlar, raqamli xaritalar, QR-
kodli axborotlar, sun’iy intellekt yordamida xizmat ko‘rsatish kabi innovatsion
yondashuvlar sayyohlar tajribasini boyitadi va xizmat ko‘rsatish sifati oshishiga xizmat
qiladi. Ayniqsa, turizm statistikasini real vaqtda kuzatish, turistlar harakati va
istaklarini tahlil qilish orqali strategik qarorlar tezroq va aniqroq qabul qilinmoqda.
Shuningdek, ekologik barqarorlik prinsiplarini amalda joriy etish, chiqindilarni
kamaytirish, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy va madaniy
merosni asrash ham zamonaviy boshqaruvning ajralmas qismiga aylangan.
Destinatsiyalar tobora ko‘proq “yashil turizm” modeliga o‘tmoqda va bu orqali nafaqat
sayyohlar, balki global hamjamiyat e’tiborini ham qozonmoqda.
Umuman olganda, turizm destinatsiyasini samarali boshqarish ko‘p darajali,
integratsiyalashgan va ilmiy asoslangan yondashuvlarni talab qiladi. Har bir omil –
DMO faoliyati, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik, marketing strategiyasi,
texnologik imkoniyatlar va barqarorlik – o‘zaro bog‘liq holda ishlagandagina
destinatsiya raqobatbardosh va muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston turizm salohiyati yuqori bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlari, shuningdek,
tabiiy go‘zallikka ega bo‘lgan hududlari bilan yurtimiz xalqaro sayyohlar e’tiborini
tobora ortib bormoqda. Mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda
amalga oshirilgan islohotlar, vizasiz rejimlar, infratuzilma loyihalari va xalqaro
brendlar bilan hamkorliklar ijobiy natijalar bermoqda[8]. Ammo bu salohiyatdan to‘liq
va barqaror foydalanish uchun turizm destinatsiyalarini zamonaviy boshqaruv
tamoyillari asosida rivojlantirish zarur.
Avvalo, O‘zbekistonda har bir yirik turizm hududi uchun maxsus Destinatsiyani
boshqarish tashkiloti (DMO) shakllantirish mumkin. Bu tashkilotlar mahalliy
hokimiyat, turizm operatorlari, mehmonxona biznesi, transport va servis sohasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
362
362
vakillarini
birlashtirib,
hududdagi
turizm
siyosatini
yagona
markazdan
muvofiqlashtiradi. Misol uchun, Samarqand shahrida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan
tarixiy obyektlar bilan birgalikda yangi qurilgan “Silk Road Samarkand” turistik
markazi mavjud bo‘lib, ushbu ikki qutbning uzviy hamkorlikda boshqarilishi strategik
ahamiyat kasb etadi[9]. Shuningdek, Xivada mahalliy aholini turizm faoliyatiga jalb
etish, tarixiy mahallalarni saqlab qolgan holda ularni turizmga moslashtirish amaliyoti
kengaytirilishi mumkin.
Buxoro viloyatida barqaror turizm konsepsiyasi asosida sayyohlar sonini nazoratli
ravishda oshirish, sayyohlarning xavfsizligi, axborotga qulay kirish imkoniyati va
ekologik muhofaza kabi elementlar bilan boyitilgan boshqaruv modeli joriy qilinishi
maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni joriy etish O‘zbekistonda
turizm boshqaruvining yangi bosqichini boshlab berishi mumkin. Masalan, QR-kodli
axborot tizimlari, mobil ilovalar, onlayn bron qilish va sharhlash platformalarini keng
tatbiq etish orqali sayyohlar uchun qulaylik yaratish mumkin. Bunday yondashuvlar
Toshkent, Andijon, Termiz kabi boshqa shaharlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Ayni paytda, “yashil” turizm konsepsiyasini viloyatlar kesimida tatbiq etish
imkoniyati ham mavjud. Zarafshon vodiysi, Boysun tog‘lari, Aydar ko‘li atrofidagi
ekoturizm hududlari barqarorlik prinsiplariga asoslangan boshqaruvni talab qiladi. Bu
joylarda chiqindilarni kamaytirish, tabiiy resurslarni saqlash, mahalliy aholi ishtirokida
xizmat ko‘rsatish va mehmonxona biznesida ekologik standartlarga amal qilish muhim
hisoblanadi. Turizm universitetlari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda har bir
destinatsiya bo‘yicha alohida strategiyalar ishlab chiqilishi lozim.
Umuman
olganda,
xalqaro
amaliyotlardan
o‘rganilgan
yondashuvlar
O‘zbekistonda turizm destinatsiyalarini boshqarish sifatini tubdan yaxshilash imkonini
beradi. Buning uchun tizimli rejalashtirish, manfaatdor tomonlar o‘rtasida muvofiqlik,
innovatsion texnologiyalar va barqarorlik prinsiplariga asoslangan boshqaruv modelini
ishlab chiqish zarurdir. Shu asosda O‘zbekistonning turizm jozibadorligi nafaqat
mintaqaviy, balki global miqyosda ham kuchli brendga aylanishi mumkin.
Turizm
destinatsiyalarini
samarali
boshqarish
zamonaviy
turizmning
muvaffaqiyati uchun hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, barqaror, raqobatbardosh va jozibador turizm hududlarini yaratish
uchun boshqaruvning yaxlit, ilmiy asoslangan va tizimli yondashuvlari zarur.
Barselona, Kyoto, Ljubljana va Dubay kabi shaharlarda amalda qo‘llanilayotgan ilg‘or
boshqaruv amaliyotlari har bir destinatsiyaning o‘ziga xos resurslariga mos va shu
bilan birga universal tamoyillarga asoslanganligini ko‘rsatadi. Bu tamoyillarga
strategik rejalashtirish, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik, raqamli texnologiyalarni
integratsiya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kiradi.
O‘zbekiston misolida olib qaralganda, mamlakatda mavjud turistik salohiyatni
to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun destinatsiyani boshqarishning ilg‘or xalqaro
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
363
363
amaliyotlarini o‘rganish va mahalliy sharoitlarga moslashtirish muhim ahamiyatga
ega. Shu maqsadda yurtimizda quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, yirik turistik hududlarda DMO — Destinatsiyani boshqarish
tashkilotlarini shakllantirish va ularni huquqiy hamda moliyaviy jihatdan
mustahkamlash zarur. Bu tashkilotlar barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirgan
holda, hududiy turizmni yagona strategiya asosida boshqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, raqamli texnologiyalarni turizm boshqaruvi tizimiga joriy etish orqali
sayyohlar tajribasini soddalashtirish va boshqaruvning shaffofligini ta’minlash
mumkin. Masalan, QR-kodli axborot tizimlari, mobil ilovalar, virtual gidlar, onlayn
xizmatlarni rivojlantirish orqali zamonaviy sayohatchilarning ehtiyojlariga mos xizmat
ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchidan, har bir turizm destinatsiyasi bo‘yicha alohida barqarorlik strategiyasi
ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi lozim. Bu strategiyalar ekologik, ijtimoiy
va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bilan birga, sayyohlarning madaniy qadriyatlarni
hurmat qilishini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, mahalliy aholi turizm jarayonining
faol ishtirokchisiga aylanishi zarur.
To‘rtinchidan, turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar va monitoring tizimlari yo‘lga
qo‘yilishi kerak. Har bir destinatsiya bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish,
turistlar oqimini, ehtiyojlarini va qoniqish darajasini doimiy tahlil qilish boshqaruv
qarorlarining samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston o‘zining tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari
bilan xalqaro turizm bozorida mustahkam o‘rin egallashi uchun turizm
destinatsiyalarini boshqarishda tizimli, ilmiy va barqaror yondashuvlarga asoslanishi
lozim. Bu yo‘lda xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda amaliy modellarni shakllantirish dolzarb
masala bo‘lib qoladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Navruz-zoda B. N., Najmiddinov S. N. IMPORTANCE AND ROLE OF
ZIYARAH TOURISM IN RAISING TOURISM POTENTIAL OF BUKHARA
REGION //Scientific reports of Bukhara State University. – 2020. – Т. 3. – №. 2.
– С. 231-235.
2.
Palladino, S., & Rossi, M. (2021). Smart Technologies in Tourism: From
Artificial Intelligence to Blockchain. Springer.
3.
Sulton N. et al. IMPORTANCE OF SMART TOURISM IN IMPROVING
TOURISM MANAGEMENT IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. –
2024. – Т. 46. – С. 15-19.
4.
Хайитбоев Бегзод Хамидуллаевич, Нажмиддинов Султон Нурали Угли
Опыт зарубежных стран в формировании цифровой экономики: выводы и
перспективы для Узбекистана // Вестник науки и образования. 2020. №1-2
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-1_June-2025
364
364
(79).
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/opyt-zarubezhnyh-stran-v-
formirovanii-tsifrovoy-ekonomiki-vyvody-i-perspektivy-dlya-uzbekistana (дата
обращения: 12.03.2025).
5.
Kabil, et al. (2022). Digital Technologies for Sustainable Tourism Destinations:
State of the Art and Research Agenda. Behavioral Sciences, 13(8), 184
6.
Zhang, Y., Deng, B. (2024). Exploring the nexus of smart technologies and
sustainable ecotourism: A systematic review. Heliyon, 11
7.
8.
https://silkroad-samarkand.com
9.
10.
11.
12.
https://professional.barcelonaturisme.com