Authors

  • Amonova Aziza Saydulloyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114300

Keywords:

Key words: adabiy kitobxonlik mezon ePIRLS baholash daftari matn ball mantiqiy tafakkur fikrlash qobiliyati

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda PIRLS tadqiqotining o‘rni haqida fikrlar bildirilgan. Ta’lim sifatini baholashda muhim tizim hisoblangan PIRLS xalqaro baholash dasturining baholash mezonlari batafsil yoritib berilgan. O‘qish savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlar qatorida bo‘lishimizdagi sa’y-harakatlar haqida aytib o‘tilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

251

251

PIRLS XALQARO TADQIQOTIDA BAHOLASH MEZONLARI

Amonova Aziza Saydulloyevna

Navoiy davlat universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi

1-bosqich magistranti

E-mail:

amonova0929@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda PIRLS tadqiqotining o‘rni

haqida fikrlar bildirilgan. Ta’lim sifatini baholashda muhim tizim hisoblangan PIRLS
xalqaro baholash dasturining baholash mezonlari batafsil yoritib berilgan. O‘qish
savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatlar qatorida bo‘lishimizdagi sa’y-
harakatlar haqida aytib o‘tilgan.

Key words:

adabiy kitobxonlik, mezon, ePIRLS, baholash daftari, matn, ball,

mantiqiy tafakkur, fikrlash qobiliyati


Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va

jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni
qo‘ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish,
rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va
zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos.
Bunday raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali,
sodda qilib aytganda, inson, uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk
maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor. Shunday jarayonlarga keng
qamrovli PIRLS dasturi o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Bu tadqiqotga boshqa
davlatlarning qiziqishi ortib bormoqda va unda qatnashish istagini bildirib kelmoqda.
PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish
darajasini baholaydigan keng qamrovli dastur hisoblanadi. Har bir tadqiqot avvalgi
tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hamda muntazam ravishda har besh yilda
o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqotida umumiy o‘zlashtirish shkalasi yordamida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligida ro‘y beradigan o‘zgarishlar
haqida muntazam ravishda ma’lumot to‘planadi.

PIRLS 2021 xalqaro tadqiqoti qog‘oz shaklidan raqamli shakliga o‘ta

boshladi va ishirokchi mamlakatlarning qariyb yarmi tadqiqotning raqamli shaklidan,
qolgan yarmi esa an’anaviy qog‘oz shaklidan foydalandi. Har ikkala baholash shakllari
o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash uchun, raqamli va qog‘oz shaklidagi PIRLS
dasturlarida o‘qib tushunishga oid beriladigan matnlar va savollarning bir xilligiga
e’tibor beriladi, ammo ePIRLS tadqiqotida qog‘oz, an’anaviy shakldagi baholash


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

252

252

jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lmagan imkoniyatlar va topshiriqlar mavjud. PIRLS
tadqiqotlarida darsda o‘quvchilar tomonidan eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘qishning
quyidagi ikki turi o‘rganiladi:

1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish.
2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi o‘qish.
O‘quvchilarga ikki xil topshiriq beriladi:
1. Adabiy o‘qish tajribasini o‘rganish;
2. Axborotni ishlab chiqish va undan foydalanish.
O‘qish savodxonligining asosi matnlar bilan to‘liq ishlash uchun zarur bo‘lgan

o‘qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o‘quvchi tomonidan kerakli ma’lumotlarni
topish va tarqatish, matnning ma’lum qismi bo‘yicha xulosalar chiqarish, asosiy
belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki
tahlil qilish bilan tasdiqlash. PIRLS o‘rganish monitoringi bo‘lganligi va uning asosiy
vazifalaridan biri o‘qish sifati dinamikasini o‘rganish bo‘lganligi sababli, o‘qish uchun
zarur shart bu har bir qismda matnlar va ularga berilgan topshiriqlarning bir qismini
qayta ishlatishdir.

Tadqiqot ishtirokchilarining o‘quv va o‘qishdagi yutuqlarini baholash

o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarining muayyan darajalariga asoslangan holda
maktab ta’limi sifatini baholash sohasidagi xalqaro ekspertlarning ko‘rsatmalariga
muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu darajalar ishda taklif qilingan matn bilan ishlashda
turli murakkablikdagi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tavsiflaydi. Aniq darajadagi
mezonlar sizga bolalarning natijalarini statistik jihatdan alohida guruhlarga ajratish
imkonini beradi, ularning tayyorgarligini o‘qish savodxonligi jihatidan ma’lum
darajani tavsiflovchi aniq vazifalar yordamida tasvirlash mumkin. Bajarilgan ishlarni
baholash tizimi sifatli va miqdoriy baholashni birlashtiradi. PIRLSni baholash 1000
balli shkala bo‘yicha amalga oshiriladi (asosan davlatlar natijalari 300 dan 700
ballgacha).O‘rtacha qiymat - 500 ball, standart og‘ish - 100 ball. Har bir topshiriq
uchun topshiriqning qiyinligiga qarab ma’lum ball beriladi. Xalqaro ekspertlar o‘qish
savodxonligini badiiy va axborotli matnlarni o‘qish sifatini va o‘qish qobiliyatining
individual guruhlarini baholash ko‘lamiga muvofiq baholaydilar. PIRLS tadqiqotlarida
xalqaro miqyosda hammasi bo‘lib, to‘rtta daraja ko‘rsatilgan:

1. Eng yuqori daraja 625 ball
2. Yuqori daraja 550 ball
3. O‘rtacha daraja - 475 ballga
4. Past daraja - 400 ballga to‘g‘ri keladi
Mana shu darajalar orqali o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi baholanadi.

Ularning fikrlash qobiliyati, mantiqiy tafakkuri, ijodkorlik qobiliyati, mustaqil g‘oyaga
ega ekanligi qolaversa, matnni to‘g‘ri, tushunib o‘qiy olishlari muhim ahamiyat kasb
etadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

253

253

Biz bilamizki, to‘rtta o‘qib tushunish jarayonlari bor. Bular: tez o‘qish, ongli

o‘qish, ifodali o‘qish. O‘qish savodxonligini baholash jarayonlarida bu tushunish
jarayonlari asosida o‘quvchining qay darajada salohiyatga ega ekanliklarini aniqlaydi.
Bundan tashqari, dastur ichida baholash daftarlari ham beriladi. Moslashtirilgan
baholash tartibi nisbatan yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan
mamlakatlarda ko‘proq murakkab baholash daftarlarini tarqatish va nisbatan pastroq
o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan mamlakatlarda esa ko‘proq oson baholash
daftarlarini tarqatish orqali har bir ishtirokchi mamlakat o‘quvchilarining qobiliyati va
savollarning murakkablik darajasi o‘rtasidagi tafovutni muvofiqlashtiradi. Mos
ravishda, yangicha baholash tartibi vaqt me’yorlari va mavjud tartiblariga imkoni
boricha kam o‘zgartirishlar kiritgan holda baholash natijalarida ko‘proq ma’lumotlar
qo‘lga kiritiladi. Guruhlarga ajratilgan baholash tartibi savollarning murakkablik
darajasi va mamlakatdagi o‘quvchilarning qobiliyati o‘rtasidagi muvofiqlikni
ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lsada, agar ishtirokchi mamlakat
o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichida sezilarli darajada farq qiladigan
o‘quvchilar qo‘shimcha guruhlari aniqlansa, mazkur tartib mamlakat ichida ham joriy
etilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflar uchun PIRLS tadqiqoti muhim

ahamiyat kasb etadi. Bu dasturning muhim yo‘nalishi hisoblangan o‘qish savodxonligi
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, mantiqiy tafakkuri, erkin g‘oyalar asosida
shakllanishiga muhim omil bo‘lmoqda desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘quvchini bu
dasturga tayyorlashda o‘qish darsi jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan
o‘quvchi o‘zi mustaqil ravishda ushbu matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi
qo‘yilsa, har bir bolaning berilgan matnni qay darajada o‘zlashtirganligini uning tuzgan
savollari orqali bilib olish mumkin. Bunda o‘quvchining dunyoqarashi, mustaqil
fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi. Dars
jarayonida bola to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri fikrini tinglab, to‘g‘ri xulosani hayotiy faktlar
orqali chiqarishga o‘rganib boradi. Baholash mezonida o‘quvchi talab darajasida javob
berilsa yetarlicha natijaga erishadilar. Ular bir vaqtni o‘zida matnni tez, ifodali, ongli
o‘qiy olishlari kerak. Bu o‘qish malakalari sifatlari bo‘yicha yuqor malakaga erishib
olsalar, xorijiy davlatlar qatorida turishga muvaffaq bo‘lamiz.

References:

1.PIRLS 2021 Baholash qamrov doirasi. Ina V.S.Mullis va Mechael O. Martin

Toshkent-2021UNESCO. (2012). International Standard Classification of Education
ISCED 2011.

2.Retrieved from uis.unesco.org/sites default/files/documents/international-

standard-classification-of-education-isced-2011-en.pdf

3.Foy, P., & Yin, L. (2017). Scaling the PIRLS 2016 Achievement Data. In M. O.

Martin, I. V. S. Mullis, & M. Hooper (Eds.), Methods and Procedures in PIRLS 2016


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

254

254

(pp. 12.1-12.38). Retrieved from Boston College, TIMSS & PIRLS International Study
Center website: https://timssandpirls.bc.edu/publications/ pirls/2016-methods/chapter-
12.html

4. Roid, G. & Barram, R. (2004). Essentials of Stanford–Binet Intelligence Scales

(SB5) Assessment. Hoboken, New Jersey: John Wiley & Sons, Inc.

5. Davier, M., Cho, Y., & Pan, T. (2019) Effects of Discontinue Rules on

Psychometric Properties of Test Scores. Psychometrika, vol. 84, no. 1, 147–163.
https://doi.org/10.1007/s11336-018-09652

References

PIRLS 2021 Baholash qamrov doirasi. Ina V.S.Mullis va Mechael O. Martin Toshkent-2021UNESCO. (2012). International Standard Classification of Education ISCED 2011.

Retrieved from uis.unesco.org/sites default/files/documents/international-standard-classification-of-education-isced-2011-en.pdf

Foy, P., & Yin, L. (2017). Scaling the PIRLS 2016 Achievement Data. In M. O. Martin, I. V. S. Mullis, & M. Hooper (Eds.), Methods and Procedures in PIRLS 2016 (pp. 12.1-12.38). Retrieved from Boston College, TIMSS & PIRLS International Study Center website: https://timssandpirls.bc.edu/publications/ pirls/2016-methods/chapter-12.html

Roid, G. & Barram, R. (2004). Essentials of Stanford–Binet Intelligence Scales (SB5) Assessment. Hoboken, New Jersey: John Wiley & Sons, Inc.

Davier, M., Cho, Y., & Pan, T. (2019) Effects of Discontinue Rules on Psychometric Properties of Test Scores. Psychometrika, vol. 84, no. 1, 147–163. https://doi.org/10.1007/s11336-018-09652