Authors

  • Xoliqulova Zarnigor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114335

Keywords:

Kalit so`zlar: Mutafakkir etnograf Navro`z Eron podshohlari Ibn Sino fors nasri quyosh taqvimi urf-odat ibratli hikoylar.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematik, astronom, faylasuf, hakim, fizik, mutafakkir va shoir Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy qalamiga mansub bo`lgan Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan “Navro`znoma” asari bilan bog`liq bo`lgan tahlil va munozaralar bilan tanishamiz.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

64

64

UMAR XAYYOMNING “NAVRO`ZNOMA” ASARI TAHLILI

Xoliqulova Zarnigor

Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish fakulteti

2-bosqich talabasi

O6984404@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

matematik, astronom, faylasuf, hakim, fizik,

mutafakkir va shoir

Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy

qalamiga mansub bo`lgan

Navroʻzning

kelib chiqish tarixi,

Sharq

xalqlarining bu

bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan “Navro`znoma” asari bilan
bog`liq bo`lgan tahlil va munozaralar bilan tanishamiz.

Kalit so`zlar:

Mutafakkir

,

etnograf,

Navro`z, Eron podshohlari, Ibn Sino, fors

nasri, quyosh taqvimi, urf-odat, ibratli hikoylar.

Аннотация:

В данной статье мы познакомимся с анализом и обсуждениями,

связанными с произведением «Наврузнама», представляющим собой
всестороннее изложение истории возникновения Навруза, а также традиций и
обрядов народов Востока, связанных с этим праздником, написанное
математиком, астрономом, философом, судьей, физиком, мыслителем и поэтом
Гиёсиддином Абульфатом Умаром ибн Ибрагимом Хайямом Нишапури.

Ключевые слова:

Мыслитель, этнограф, Навруз, иранские цари, Ибн Сина,

персидская проза, солнечный календарь, традиция, поучительные истории.

Abstract:

In this article, we will get acquainted with the analysis and discussions

related to the work "Navruznama", which is a work written by the mathematician,
astronomer, philosopher, judge, physicist, thinker and poet Ghiyosiddin Abulfat Umar
ibn Ibrahim Khayyam Nishapuri, which extensively covers the history of the origin of
Navruz, the traditions and rituals of the peoples of the East associated with this holiday.

Keywords:

Thinker, ethnographer, Navruz, Iranian kings, Ibn Sina, Persian

prose, solar calendar, customs, instructive stories.


Buyuklarning buyukligi shundaki, ularning nomlari va kelajak avlod uchun

qoldirgan meroslari sarhad bilmaydi.Ular o`zlarining nodir asarlari bilan har bir davr
insonlari uchun ta`lim- tarbiya, bilim va ko`nikmalar berib, yoshlarning har tomonlama
mukammal bo`lishida katta hissa qo`shganlar. O`zining nodir asarlari bilan o`zbek
adabiyoti xazinasini boyitgan ijodkor va buyuk mutaffakirlardan biri bo`lgan Umar
Xayyom ham mana shunday nomi va qoldirgan merosi bilan hali hanuzgacha ko`plab
millatlarning adabiyotida yuksak o`rinlarda turadi.

Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy 1048-yilda Nishopur shahrida tavallud

topgan. U ilmda ham, ijodda ham o`zini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

65

65

sadoqatli shogirdi hisoblagan. Umar Xayyomning “Mushkulot ul-hisob”, “Risola fil
vujud”, “Risolat ul-kavn vat-taklif” va 12- asr fors nasrining nodir namunasi
hisoblangan “Navro`znoma” asarlari hali hanuz eng qiymatli meroslar hisoblanadi.
Ayniqsa uning “Navro`znoma”si bu boradi juda e`tiborga loyiq na`munadir. Ushbu
asar ,asosan, Navro`z bayrami bilan bog`liq hikoyalar va she`rlar to`plamidan iborat
bo`lishi bilan bir qatorda ijodkorning falsafiy va estetik qarashlarini, shuningdek, inson
hayoti, vaqt, tabiat va baxt haqida chuqur fikrlarni aks ettiradi. Asarda joylashgan
hikoyalar ko`pincha hayotning turli jabhalarini, insonning ichki kurashlarini va
tabiatning go`zalligini tasvirlaydi. Bundan tashqari Umar Xayyom ushbu asarda
quyosh taqvimining tarixini bayon qilib, shu taqvim bo`yicha Eron podshohlarining
Navro`z kunini qanday belgilaganliklari va bayramni qay tarzda o`tkazganliklarini
tarixiy dalillar bilan bayon qilgan. Biz bu risolada Navro`z bayrami bilan bog`liq
bo`lgan juda ko`p odatlar, o`zgacha hodisalar va afsonalarga duch kelamiz. Umar
Xayyom bu risolada nafaqat etnograf tarixchi, balki bilimdon tabib sifatida ham
namoyon bo`ladi. U inson organizmining fasldan faslga o`tganda o`zgarishini hisobga
olib, eng kerakli tibbiy maslahatlarni beradi.

Asarda Ajam podshohlarining odatlari haqida ham bir qancha ma`lumotlar

keltirilgan bo`lib, podshohlar barcha zamonlarda iloji boricha dasturxonni yaxshiroq
qilib bezatishni odat qilganliklari, adolat bilan ish ko`rish, binolar qurish, turli xil
bilimlarni o`rganish, falsafiy mashg`ulotlar, olimlarga homiylik qilish kabi odatlar
bilan shug`ullanib, ular uchun katta mehnat sarf qilganliklari aytib o`tilgan. Bundan
tashqari asarda oltin va uning xususiyatlari, dafinalarning alomatlari, uzuk va uning
xislatlari, arpa va shu bilan birgalikda qilich, o`q va yoy kabi jang qurollari, ot, lochin
kabi hayvonlarga xos xususiyatlar, ularning o`rni, yasash sharoiti va yana shunga
o`xshash ma`lumotlar ham o`rin olgan.

Shu bilan birgalikda asarda ibratli hikoyalar ham keltirilgan bo`lib, ular asarda

ifoda etilgan fikrlar va mavzular bayonini keng tarzda yoritishga yordam beradi.
Masalan, “Bir kishi va uning o`g`li” hikoyasida ota va o`g`il o`rtasidagi munosabatlar
bayon etilib, ota o`z og`lini tarbiyalashda hayotiy tajribalardan foydalanadi. Hikoyada
ota o`g`lining yo`lini topishiga yordam berishga harakat qiladi, lekin ba`zida o`zining
tajribalari orqali kelajakda qanday xatolar qilishi mumkinligini tushunadi. Bu hikoya
orqali avlodlar o`rtasidagi aloqaning ahamiyati namoyon bo`ladi.

Asarda “sevgi va g`am” hikoyasi ham keltirilgan bo`lib, unda muhabbatning

kuchi va uning hayotdagi o`rni ko`rsatiladi. Hikoyada Xayyom sevgi tuyg`ularining
beqarorligini va uning inson hayotiga ta`sirini tasvirlaydi. Muhabbat ko`plab
qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin, lekin u shu bilan birgalikda insonga umid va
ilhom beradi. Bu hikoyada Xayyom inson ruhiyatining nozik qirralarini ochib beradi.
Asardagi “Tabiat va inson “ hikoyasida tabiatning go`zalligi va insonning uni qadrlashi
muhokama qilinadi. Xayyom tabiatni inson hayotining ajralmas qismi sifatida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–79_Issue-1_June-2025

66

66

ko`rsatadi. Tabiatning muhtashamligi insonni o`zining maqsadlari va intilishlari haqida
o`ylashga undaydi. Bu hikoya orqali Xayyom insoniyatni tabiat bilan muvozanatda
yashashga chaqiradi. Asarda bundan tashqari ham ko`plab hikoyalar keltirilgan bo`lib,
ularda ham ibratomuz fikrlar ilgari surilgan.

Umuman olganda, Xayyomning bu asari nafaqat Navro`z bayramining ma`nosini

ochib beradi, balki insoniyatning umumiy qadriyatlari va hayotga bo`lgan sevgisini
ham ifodalaydi. Shunday ekan biz bu asarni inson hayotidagi barcha javhalarni o`zida
namoyon etgan eng nodir va noyob asarlar sirasiga kiritishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Umar Xayyom “Navro`znoma”. Toshkent “Mehnat” 1990.

2.

Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. - Toshkent. 2004.

3.

https://kh-davron.uz

4.

https://uz.wikipedia.org


References

Umar Xayyom “Navro`znoma”. Toshkent “Mehnat” 1990.

Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. - Toshkent. 2004.