Authors

  • M.S. Ramazonova
  • Najmiddinova Shahnoza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.115384

Keywords:

Kalit soʻzlar: HighScope Reggio Emilia maktabgacha ta’lim emotsional intellekt kompetensiya innovatsiya mustaqil ta’lim.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada AQSH va Yevropa davlatlarining erta bolalik ta’limidagi ilgʻor metodlari tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitiga mos innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha ilmiy takliflar berilgan. HighScope, Reggio Emilia, Forest School, gender neytral va STEAM yondashuvlari asosida bolalarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga xizmat qiluvchi metodlar yoritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

70

70

AMERIKA VA YEVROPA TAJRIBASI ASOSIDA OʻZBEKISTONDA ERTA

BOLALIK TA’LIMINI INNOVATSION TAKOMILLASHTIRISH

Ilmiy rahbar:

M.S. Ramazonova

Ta’lim kafedrasi katta oʻqituvchisi

Qoʻqon universiteti talabasi:

Najmiddinova Shahnoza

Email: najmiddinovashaxnoza26@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada AQSH va Yevropa davlatlarining erta bolalik

ta’limidagi ilgʻor metodlari tahlil qilinib, Oʻzbekiston sharoitiga mos innovatsion
yondashuvlarni joriy etish boʻyicha ilmiy takliflar berilgan. HighScope, Reggio
Emilia, Forest School, gender neytral va STEAM yondashuvlari asosida bolalarning
mustaqil fikrlash, ijodkorlik va ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga xizmat qiluvchi
metodlar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

HighScope, Reggio Emilia, maktabgacha ta’lim, emotsional

intellekt, kompetensiya, innovatsiya, mustaqil ta’lim.

Эта статья будет посвящена роли, ответственности, а также обязанностям и

обязанностям родителей в раннем образовании. Также в этой статье
подчеркивается, что воспитание детей-это не просто совокупность опыта,
простых инструкций и знаний, а сложная деятельность, которая включает в себя
знания, относящиеся к таким областям, как религиозно-нравственные знания,
психология, педагогика и т. д. Поэтому это небольшое исследование важно для
педагогов, педагогов, психологов и родителей.

Ключевые слова:

семья, общество, родитель, ребенок, долг, воспитание,

поведение, духовная зрелость, здоровое поколение, психология.

Annotation:

This article will focus on the issues of the role, responsibility and

duties of the parents in early education. Also in this article, it is emphasized that child
education is a complex activity that covers not just experience, a simple set of
instructions and knowledge, but also knowledge related to such areas as religious-
moral knowledge, psychology, pedagogy, among others, and the opinions of its
scientists. Therefore, this small study is important for educators, educators,
psychologists and parents.

Keywords:

family, society, parent, child, duty, upbringing, behavior, spiritual

maturity, healthy generation, psychology.

KIRISH

Rivojlangan mamlakatlar erta bolalik ta’limida bolani markazga qoʻygan holda,

uning mustaqil fikrlashi, shaxsiy qiziqishlari va emotsional rivojlanishini ustuvor deb
bilishadi. Bu yondashuvlar Oʻzbekiston uchun ham zarur va dolzarbdir. Maqolada
aynan shunday tizimlarni mahalliy sharoitga moslashtirishga oid tahlillar keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

71

71

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning Vatan oldidagi muqaddas

burchidir. Bu burchga mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. “Kelajagi kafolatlanishini
istagan ota-onalar unga-bunga sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk
insonlari boʻlgan farzandlarini ulgʻaytirish uchun sarflashlari lozim. Boshqa
yoʻnalishlar uchun sarflangan mehnatlar bekor ketishi mumkin, ammo farzand kamoli
uchun sarflangan mehnatlar bitmas-tuganmas xazinaga aylanadi” Farzand kamoli
uchun sarflangan mablagʻ va vaqt ertangi farovon hayot uchun asos boʻladi desak hech
muboligʻa boʻlmaydi. Agar ota-ona oʻz farzandiga, uning tarbiyasiga e’tibor bermasa
bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. Oʻsha vaqtda esa
muammolarni hal qilishga kech boʻlishi mumkin. Zero, bizni chaqqan ilonning ortidan
chopsak, ilon zahrining butun tanamizga yoyilishiga sababchi boʻlamiz. Bu holatning
oldini olish uchun ilonning ortdidan yugirish emas, uning oldini olish kerak. Shunday
ekan bolaga yoshligidan befarq boʻlmay, uning tarbiyasiga, ilm olishiga e’tibor berishi
kerak. Har bir ota-ona tarbiya berar ekan, eng avvalo, salomlashishni, kattalarni hurmat
qilishni oʻrgatishi kerak. Chunki bejizga dono xalqimiz: “Gapning boshi - kalom, odob
boshi - salom.” - deb bejiz aytmagan. Ota-bobolarimiz azaldan yosh avlodni chiroyli
xulqli, odobli, ilmli, qobil farzand boʻlib ulgʻayishiga katta ahamiyat berishgan. Agar
bola noqobil boʻlib ulgʻaysa, undan faqat otaonagina emas, balki el - yurt, jamiyat,
davlat ham aziyat chekadi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiya muhim siyosiy
ahamiyatga ega. Murgʻak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. “Tarbiyani
tugʻilgan

kundan

boshlamak,

vujudimizni

quvatlantirmak,

zehnimizni

ravshanlashtirmak lozim”. Bolani tarbiyalash haqida xalqimiz orasida koʻplab
afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ertaklar yurishi ham bejiz emas. Donishmandlar bolani
ona qornidan boshlab tarbiya qilish kerak deyishadi. Qachonki, bola tarbiyali boʻlsa u
mukammal ilm sohibi, komil inson boʻla oladi. Oilada bolalarning kattalarga boʻlgan
mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan ma’naviy fazilat ekanligi
ta’kidlanadi.Tarbiyani insonga yetkazishda ota onaning oʻrni beqiyosligini Rasululloh
(sollallohu alayhi va sallam) ta’kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat
qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tugʻilgan bola faqat fitrat (sof
tabiat) bilan tugʻiladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”.
Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya’ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy oʻrin
tutadi degan fikrni ilgari suruvchi Gʻarb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz
ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlardan
Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga
e’tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab:
Munosib inson boʻlish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish
imkoniyati bor. Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar
bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

72

72

yoʻldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning oʻrniga alohida
toʻxtalib: “Bola tugʻilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qoʻyishi, soʻng uni yaxshilab
tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila
baxtli boʻladi” degan fikrni ilgari suradi. Ulugʻlarimiz hayotiga nazar soladigan
boʻlsak, ularning onalari hatto otlari vafot qilganda ham moddiy ta’minotni oʻz
zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishgan. Yillar davomida
chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar
yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi
rangdagi idishda boʻlsa, oʻsha rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda
boʻlsalar, oʻsha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Abdurauf Fitrat
"Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda boʻlsa, oʻsha
rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda boʻlsalar, oʻsha muhitning har
qanday odat va axloqini qabul qiladilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shak-shubhasiz, ota-ona, oila, mahalla, maktablar bolalar tarbiyasida muhim

ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bolani chiroyli odob-axloqli, ilmli, tarbiyali qilib
voyaga yetkazish davlat miqyosidagi dolzarb masala hisoblanadi. “Bir bolaning
tarbiyasiga yetti mahalla ota-ona” - deganlari ham bejiz emas [4]. Bolani tarbiyalashda
agar maktab yoshida boʻlsa ota-ona va maktab hatto mahalla ham doimo yaxshi yoʻlga
qoʻyilar ekan, oʻsha oila, oʻsha mahalla gullab-yashnaydi. Ammo hozirgi kunda
bolalarning tarbiyasiga e’tibor bermayotgan kishilar ham koʻp uchraydi. Farzand
tarbiya qilganda odatda oʻgʻil bolalar tarbiyasi bilan koʻproq ota, qiz bola tarbiyasi
bilan esa ona shugʻullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish
muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani koʻrishga shoshmaslik kerak.
Masalan ikki yoshgacha faqat shirin soʻz bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh
yoshgacha bola atrofni oʻrganadi, asosiy ma’lumotni shu yosh oraligʻida egallaydi. Bu
davrda biz koʻproq amaliy jihatdan namuna boʻlishga urinishimiz, sogʻlom oilaviy
muhitni yaratishimiz zarur boʻladi. Oilada otaning bolalariga loqayd boʻlishi oxiri
xunuk oqibatlarga sabab boʻladi. Loqaydlik yomon illat boʻlib, u bola tarbiyasining
buzilishiga katta yoʻl ochadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab
etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqlarida bolalar

tarbiyasida mahallaning oʻrni kamayib borayotganligi, ma'naviyatimiz uchun eng katta
xavf aksariyat odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganligini
qayd etdilar”. Haqiqatdan ham, kundan kunga bunday insonlar soni ortib bormoqda.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi yoshlar ham kattalar tanbeh berganda
“sizga nima?”, “bu mening ishim, ishimga aralashmang”, “kimsiz oʻzi menga aql
menga aql oʻrgatadigan?” zaylidagi gaplarni aytishyapti. Bu ham tarbiyasizlikning bir
namunasidir. Aynan shu inson oilada notoʻgʻri tarbiya topgan yoki tarbiyasining


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

73

73

qaysidir joyida xatolik ketgan. Hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga oʻz
umri va salohiyatini bagʻishlagan allomalarimizning asarlarida sogʻlom avlod tarbiyasi
bilan bogʻliq masalalarga alohida oʻrin berilgan. Sharq mutafakkirlari, pedagog
olimlar barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligi haqida soʻz
yuritganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad hadislar toʻplami,
Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu blig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Husan
Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, Jaloliddin Doniyning “Ahloqi Doniy”, Abu Lays
Samarqandiyning “Boʻstonul-orifin” asarida tarbiya va tarbiyalanishning ma’nosi,
“Tanbehul gʻofiliyn” asarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish
va yana koʻplab mutafakkirlarimiz oʻz asarlarida shunga oʻxshash fikrlarni ilgari
surgan. Bola birinchi tarbiyani oilasidan oladi. Shuning uchun bolaning ta’lim-tarbiya
olishiga oilaning oʻrni kattadir. Bolani tarbiyalashda yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar
haqida koʻrib chiqaylik:

1. Bolani doimiy ravishda tanqid qilish uni oʻziga boʻlgan ishonchini

yoʻqolishiga, mustaqil fikrlay olmasligiga olib keladi. Mustaqil fikriga ega boʻlmagan
inson hayotda oʻz oʻrniga ham ega boʻlmaydi.

2. Koʻpchilik insonlar ular bilan suhbatlashadigan insonni emas, uni tinglaydigan

insonni qidirishadi. Bola ham oʻzini tinglaydigan insonni qidiradi. Agar bolani uyda
fikri umuman tinglanmasa, qoʻllab-quvvatlanmasa undagi ishtiyoq soʻnadi,
odamlarning orasida erkin boʻlolmaydi, oʻz fikrini aniq, ravon bayon etolmaydi.

3. Bolani hamma aytganini qilaverish ham uning erkatoy, tantiq qisqa qilib

aytganda tarbiyasining buzilishiga olib keladi.

4. “Qush uyasida koʻrganini qiladi.” Shunday ekan bolaga toʻgʻri tarbiya berishni

istagan inson, avvalo, oʻzini tarbiya qilishi, oʻzi bolaga oʻrnak boʻlmogʻi kerak. Abu
Ali Ibn Sino ham: “Kimga qanday pand nasihat qilsang, unga avvalo oʻzing amal qil.”
- deb toʻxtalib oʻtgan. Bolaga nimadirni oʻrgatmoqchi boʻlsangiz faqat gapda emas,
harakatlar bilan ham buni ifoda eting. Har bir qilgan ishingiz bolaga oʻrnak boʻlmogʻi
kerak.

5. Keragidan ortiq e’tibor ham bolani tarbiyasiga yomon ta’sir qiladi. Bolaga oʻzi

qila oladigan ishlarini qilishga imkoniyat yaratib berish kerak. Agar u qila oladigan har
bir ishni qilib bersa bola ota-onaning koʻmagiga oʻrganib qoladi. Bu kelajakda ham
ota-ona koʻmagisiz hech bir ish qila olmaydigan inson boʻlishiga olib keladi.

6. “Urib jazolashdan tiyilish kerak. Bu bolani kelajakka yana xato qilmaslikka

oʻrgatmaydi”.

7. Bolani juda erkin qoʻyib qoʻyish, uning taltayishiga olib keladi.
8. Bolaga oʻta muloyimlik qilish ham uning tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Biz hozir bola tarbiyasidagi xatoliklardan ba’zilarini koʻrib chikdik. Ming afsuski,

bolani tarbiyalashda mana shunday xatoliklar koʻplab uchrab turadi. Bu bolani noqobil
boʻlib tarbiyalanishiga olib keldi. Bolaning tarbiyasi bilim olishiga ham katta ta’sir


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

74

74

qiladi. Ota-ona oʻz bolasini ilmli, komil inson boʻlishini istasa bolasiga toʻgʻri tarbiya
beradi, oʻqishidan xabardor boʻlib turadi, oʻqituvchi bilan doim aloqada boʻladi.
Shundagina farzandidan yaxshi natija kutshi mumkin. Oʻz farzandini kamolotini
koʻrishni istagan ota-ona hamma mas’uliyatni oʻqituvchiga yuklamaydi, balki
oʻqituvchi bilan doimo birga faoliyat olib boradi. Ota-ona farzandiga ustozni hurmat
qilishni, ustoz ikkinchi ona ekanini, maktab ikkinchi uy ekanini uqtirishi kerak.
Shundagina bola ustozini hurmat qiladi, uning barcha oʻrgatgan narsalarini xotirasida
muhrlaydi. Bu esa shu oʻrgangan narsalarini keyinchalik hayotida qoʻlay olishiga
yordam beradi. “Oʻqituvchilar yomgʻir tomchisi bilan taqqoslanadi. Yomgʻir har bir
donning hayotiyligini uygʻotar ekan, oʻqituvchining asosiy maqsadi har bir
oʻquvchining ijodiy imkoniyatlarini ochib berishdir”. Tomchi suvlar orqali suvga
tashna yerga tushadi va u yerdan navqiron, yosh nihollar unib chiqadi. Ya’ni ilmga
tashna oʻquvchilarni kelajagi bor inson sifatida shakllantiradi. Oʻqituvchi bolalarga
ta’lim-tarbiya bilan birga hayotda yashashni oʻrgatadi. Hayotning oq-u qorasini ustoz
tanitadi desak ham mubolagʻa boʻlmaydi. Maktabga birinchi kelgan bolani
sayqallanmagan tosh desak, oʻqituvchini esa sangtarosh deymiz. Oʻqituvchi ya’ni
sangtarosh sayqallanmagan toshdan goʻzal bir koʻhinur yaratadi. Bu jarayon oson
boʻlmaydi, albatta. Bunda ota-ona ham oʻqituvchi bilan hamkorlikda ishlashi kerak.
Ikkala tomon ham bunga ancha mehnat sarflaydi. Shuncha mehnatning natijasi, albatta
goʻzal boʻladi. Faqatgina oʻqituvchi harakat qilib, ota-ona yoki oʻquvchi harakat
qilmasa, bunda ham natija boʻlmaydi. Ota-onalarning oʻqituvchilar bilan uchrashib
turishi kerak. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar.
Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan va bolasining tarbiyasiga
befarq boʻlmagan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni
mustahkamlashga intiladi. “Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan
yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor
boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi bilan maslahatlashib turishi, bolaning
darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchini xabardor qilib turishi
kerak”. Shuning uchun hamma birdek harakat qilish kerak. “Ilm koʻp yogʻgan
yomgʻirga oʻxshaydi”. Ana shu yomgʻir orqali oʻqituvchi oʻquvchilarni sugʻoradi. Bu
yomgʻir suvlaridan qonib-qonib ichish oʻquvchining oʻziga bogʻliq, ya’na ota-onasiga
ham. Ota-ona bu suvlardan ichishi uchun farzandiga yordam bermogʻi kerak. Shunday
ekan bolani komil inson boʻlishi uchun oʻqituvchi, ota-ona va bolaning oʻzi ham
harakat qilmogʻi kerak. Hamkorlikda ish qilinsa, bolani kamolotga yetkazish yoʻlida
oʻsish boʻladi. Shu sababli bolasini kamolotini istagan ota-ona ustoz bilan hamkorlikda
ish olib boradi va bolasini oʻqishini nazorat qiladi. Uning tarbiyasiga, ilm olishiga
e’tibor beradi.



background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

75

75

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bolaning kamol topishi uchun oʻqituvchi ham,

ota-ona ham xatto oʻsha bolaning oʻzi ham harakat qilishi kerak ekan. Shundagina
oʻsish boʻladi, natija boʻladi. Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy
mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan
yondashmogʻi lozim. Kelajakdagi yoʻli ravon boʻlishini istagan har bir ota-onalar
sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari boʻlgan farzandlarini
ulgʻaytirish uchun sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa
ertangi farovon hayot uchun tamal toshi boʻladi desak hech mubolagʻa boʻlmaydi. Agar
ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qaygʻurmasa,
keyinchalik afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. Bu kelajakda muammolarni
yuzaga chiqarishi mumkin. Oʻsha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech boʻlishi
mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli boʻlib, uning xulqi,
tarbiyasiga va ilm olishiga befarq boʻlmaslik lozim. Bolani tarbiyalashda ota-onaning
oʻrni beqiyosdir. Ota-ona oʻz farzandini kamoli uchun uning tarbiyasiga, ilm olishiga
e’tiborli boʻlishi kerak. Jamiyat taraqqiy etmogʻi uchun tarbiya samarali boʻlishi kerak.
Samarali tarbiya uchun ota-ona ilmli tarbiyali boʻlishi kerak. Farzandlarimiz ilmli va
tarbiyali boʻlishi uchun oʻzimizni maʼnaviy rivojlantirishimiz va atrofdagi bolalar
tarbiyasiga ham befarq boʻlmaslik zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. “Al-jome‟ as-sahih” asari. Ilm o‟rganmoq va ilm o‟rgatmoqning fazilati to‟g‟risidagi hadis.
2. Karamatova D.S. Sinfdan tashqari mashg‟ulotlar orqali o‟quvchilarni ijodiy faoliyatga

yo‟naltirish metodlari // Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN: 2181-2484, Volume 1. ISSUE 2 2021. 4-9 b.

3. Karamatova D.S., Safarbayeva R.N., Murodova M.M. Bo‟lajak pedagoglarning integrativ

yondashuv asosida ekologik madaniyatini shakllantirish // “Образование и наука в XXI веке”
Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март,
2022. – В.950-955.

4. Karamatova D.S., Tolliyeva G.R., Qilichova M.J. Oʻquvchilarda ekologik ong va ekologik

madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida// “Образование и наука в XXI веке”
Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март,
2022. – В.956-962.

5. Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga,jamiyatga va o‟z-o‟ziga

nisbatan munosabatlarni tizimli rivojlantirish / International Scientific and Practical conference
“Topical Issues of Science” Xalqaro konferensiyasi. - USA: NEW York university.

6. Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga, jamiyatga va o‟z-o‟ziga

nisbatan mas‟uliyatli munosabatlarini tizimli rivojlantirish // “Образование и наука в XXI веке”
Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март,
2022.

7. Maktab oiladan boshlanadi. – Т.: Yangi asr avlodi. 2013.
8. Salaeva M.S. O‟tmish mutafakkirlarimiz ota-ona va farzandlar munosabatlari xususida //

Mahrifat yog‟dusi. № 3. 2000.–B. 76-80.

9. Salaeva M.S. O‟zbek oilalarida bolalarning o‟z oilasidagi hayotga munosabatlarining

etnopsixologik xususiyatlari. /«O‟zbek oilasining iqtisodiy va ijtimoiy psixologik muammolari»
Respublika ilmiy-amaliy anjumani mahruzalari to‟plami. –TDIU. 24-25 may 2000 yil. –B. 81-82.

References

“Al-jome‟ as-sahih” asari. Ilm o‟rganmoq va ilm o‟rgatmoqning fazilati to‟g‟risidagi hadis.

Karamatova D.S. Sinfdan tashqari mashg‟ulotlar orqali o‟quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‟naltirish metodlari // Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN: 2181-2484, Volume 1. ISSUE 2 2021. 4-9 b.

Karamatova D.S., Safarbayeva R.N., Murodova M.M. Bo‟lajak pedagoglarning integrativ yondashuv asosida ekologik madaniyatini shakllantirish // “Образование и наука в XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. – В.950-955.

Karamatova D.S., Tolliyeva G.R., Qilichova M.J. Oʻquvchilarda ekologik ong va ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida// “Образование и наука в XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022. – В.956-962.

Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga,jamiyatga va o‟z-o‟ziga nisbatan munosabatlarni tizimli rivojlantirish / International Scientific and Practical conference “Topical Issues of Science” Xalqaro konferensiyasi. - USA: NEW York university.

Karamatova D.S. Kichik maktab yoshidagi bolalarda tabiatga, jamiyatga va o‟z-o‟ziga nisbatan mas‟uliyatli munosabatlarini tizimli rivojlantirish // “Образование и наука в XXI веке” Международный научно-образовательный электронный журнал. Выпуск № 25 (том 3), март, 2022.

Maktab oiladan boshlanadi. – Т.: Yangi asr avlodi. 2013.

Salaeva M.S. O‟tmish mutafakkirlarimiz ota-ona va farzandlar munosabatlari xususida // Mahrifat yog‟dusi. № 3. 2000.–B. 76-80.

Salaeva M.S. O‟zbek oilalarida bolalarning o‟z oilasidagi hayotga munosabatlarining etnopsixologik xususiyatlari. /«O‟zbek oilasining iqtisodiy va ijtimoiy psixologik muammolari» Respublika ilmiy-amaliy anjumani mahruzalari to‟plami. –TDIU. 24-25 may 2000 yil. –B. 81-82.