Authors

  • Olimov Saydulo Soxobjonovich
  • Ibrohimova Kumush Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.115388

Keywords:

Kalit so’zlar: Zamonaviy lider psixologik xususiyat sardorlik tavakkalchilik liderlik salohiyati shaxsiy fazilatlar psixodiagnostika talabalar yetakchilik psixologik tadqiqot.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Liderlikning klassik va zamonaviy nazariyalari, shuningdek, yetakchilikning psixologik asoslari, motivatsiya, emotsional intellekt, kommunikativ kompetensiya kabi jihatlar tizimli tahlil qilingan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

53

53

ZAMONAVIY LIDERLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Olimov Saydulo Soxobjonovich

Qo’qon universiteti “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi

Ibrohimova Kumush Baxtiyor qizi

Qo’qon universiteti Psixologiya yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada zamonaviy liderlarning psixologik xususiyatlari,

ularning shakllanish jarayoni, yetakchilik fazilatlarini namoyon etish uslublari va
shaxsiy-psixologik omillari nazariy jihatdan chuqur o‘rganilgan. Liderlikning klassik
va zamonaviy nazariyalari, shuningdek, yetakchilikning psixologik asoslari,
motivatsiya, emotsional intellekt, kommunikativ kompetensiya kabi jihatlar tizimli
tahlil qilingan.

Kalit so’zlar:

Zamonaviy lider, psixologik xususiyat, sardorlik, tavakkalchilik,

liderlik salohiyati, shaxsiy fazilatlar, psixodiagnostika, talabalar, yetakchilik,
psixologik tadqiqot.


Hozirgi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari inson hayotining

barcha jabhalarida keskin o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt, metavers, ijtimoiy tarmoqlar
orqali muloqot madaniyatining o‘zgarishi insoniyat oldiga yangi muammolar va
imkoniyatlar qo‘ymoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tizimlar, tashkilotlar, ta’lim va
iqtisodiy sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, mavjud resurslardan oqilona
foydalanish, inson kapitalini samarali boshqarish kabi dolzarb masalalarning yechimi
samarali va ongli liderlarga bog‘liq bo‘lmoqda. Bunday sharoitda liderlik fenomeni,
uning psixologik mazmuni, shaxsiy va ijtimoiy jihatlari ilmiy tadqiqotlarda alohida
e’tibor markazida turibdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
«Bugungi yoshlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, qat’iyatli va
tashabbuskor bo‘lishi, jamoalarni boshqarish va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishi
uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.» Ushbu fikrlar yosh avlodning zamonaviy
bilim va rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.

1

Psixologiya fanida liderlik – bu boshqalarning xatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatish va

ularni maqsad sari yo‘naltirish qobiliyati sifatida izohlanadi. Bu tushuncha ko‘p
jihatdan boshqaruv, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va menejment fanlari bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, ko‘p tarmoqli yondashuvni talab qiladi. Psixologik nuqtai
nazardan esa liderlik bu shaxsning ichki resurslari, ijtimoiy rolga tayyorligi, emotsional

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, 2025

yil 14

fevraldagi

Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot

qildi

tele/videoselektor yig

ilishi, president.uz


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

54

54

muvozanati, kommunikativ salohiyati, stressga chidamliligi va ijtimoiy-psixologik
moslashuvchanligining mahsulidir.

Liderlik masalasi bo‘yicha olib borilgan nazariy tadqiqotlarda bir nechta

yondashuvlar shakllangan: xususiyatlar nazariyasi (trait theory), xulq-atvor
yondashuvi (behavioral approach), vaziyatli yondashuv (contingency theory),
xarizmatik liderlik, transformatsion liderlik, xizmat qiluvchi liderlik va boshqalar. Bu
yondashuvlarning har biri liderning muvaffaqiyati qanday omillarga bog‘liqligini
turlicha tushuntiradi.

Bugungi kunda har bir sohada lider shaxslarga ehtiyoj katta. Sog‘liqni saqlash

tizimida – bemorlar bilan hamdardlik asosida ishlaydigan bosh shifokor, ta’limda – o‘z
o‘quvchilarini ilhomlantira oladigan direktor yoki o‘qituvchi, biznesda – o‘z jamoasini
murakkab iqtisodiy sharoitlarda ham samarali boshqaradigan top-menejer, siyosatda
esa – jamiyatning turli qatlamlarini birlashtira oladigan lider zarur. Bu esa liderlikni
biror-bir soha bilan cheklab bo‘lmasligini, balki inson faoliyatining barcha sohalariga
daxldor ko‘p qirrali psixologik hodisa ekanini anglatadi.

Zamonaviy liderlarda yuqori emotsional intellekt darajasi ularning samarali

boshqaruv faoliyatini ta’minlaydi. Liderlikning psixologik xususiyatlari jins, yosh va
ijtimoiy tajribaga qarab farqlanishi mumkin. O‘zini anglash darajasi, kommunikativ
kompetensiya va motivatsiya zamonaviy liderlarning samaradorligini belgilovchi
asosiy omillar hisoblanadi.

Ilk nazariy yondashuvlar — buyuk shaxslar nazariyasi (Great Man Theory) —

liderlikning tug‘ma xususiyatga egaligini ilgari surgan. T. Karleyl va F. Galton kabi
tadqiqotchilar liderlar ijtimoiy evolyutsiyaning mahsuli emas, balki tabiiy yetakchilar
ekanligini ta’kidlaganlar. Biroq bu nazariya liderlikka ijtimoiy ta’sirlarni inobatga
olmaganligi uchun keyinchalik tanqid ostiga olingan

2

.

Keyinchalik rivojlangan xususiyatlar nazariyasi (Trait Theory) liderlarda

uchraydigan umumiy psixologik va ijtimoiy sifatlarni aniqlashga urindi. R. Stogdill
(1948, 1974) o‘z tadqiqotlarida liderlikni aniqlovchi sifatlar kontekstga bog‘liq holda
o‘zgarishini ta’kidlaydi. Bu yondashuvlar liderlik faqat ichki salohiyat emas, balki
tashqi omillar bilan ham bog‘liq ekanini ko‘rsatdi

3

.

Yana bir chet ellik olimlar Mark Schafer va Joshua E Lambertning “Psychological

Characteristics of Leaders (PsyCL): A New Data Set” maqolasida Liderlarning
psixologik xususiyatlari (PsyCL) ma'lumotlar to'plamini taqdim etadi. Tashqi siyosat
qarorlarini insonlar qabul qiladi va inson psixologiyasi bu qarorlarga ta'sir qiladi.
Strukturaviy omillar siyosat muammolari va imkoniyatlarini shakllantirishi mumkin
bo'lsa-da, odamlarni bizning modellarimizdan chiqarib tashlash muhim omillarni
o'tkazib yuborishi aniq. O'tmishda ma'lumotlar yo'qligi sababli psixologiya qisman

2

T. Karleyl. F. Galton. Personal factors associated with leadership: A survey of the literature. Journal of Psychology,

25(1), 35–71

3

Stogdill, R. M. Handbook of leadership: A survey of theory and research. Free Press.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

55

55

chiqarib tashlangan; PsyCL bu muammoni hal qila boshlaydi. Biz qaror qabul qilishda
psixologiyaning ahamiyatini muhokama qilamiz, ma'lumotlarning tuzilishi va
ko'lamini va uning moslashuvchan tahlil birliklarini tavsiflaymiz, ba'zi oddiy empirik
misollar keltiramiz va kelajakdagi tadqiqotlar bo'yicha fikrlarini ilgari surgan

4

.

So‘nggi yillarda liderlikni aniqlovchi muhim psixologik omillardan biri sifatida

emotsional intellekt (EQ) e’tirof etilmoqda. Daniel Goleman (1995) bu tushunchani
ommalashtirib, samarali liderlikda empatiya, o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish,
motivatsiya va ijtimoiy ko‘nikmalar muhim rol o‘ynashini isbotladi. Xususan,
Goleman liderlikni 6 modelga bo‘lib o‘rgandi (vizioner, ko‘maklashuvchi, buyruq
beruvchi, demokratik, talabchan, murabbiylik qiluvchi)

5

.

“Sardor” metodikasi liderlik qobiliyatlarini aniqlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan

metodikalardan biri hisoblanadi. Ushbu metodika shaxsning sardorlik (yetakchilik)
fazilatlari qay darajada rivojlanganligini aniqlashga yordam beradi. Metodika 50 ta
savoldan iborat bo‘lib, har bir savolda ikki xil javob varianti beriladi: “Ha” yoki
“Yo‘q”. Tadqiqot ishtirokchisi o‘z holatiga eng mos keladigan javobni tanlaydi va
javob varaqasida belgilaydi.

Metodikaning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
Liderlik sifatlarini aniq va ishonchli baholash imkonini beradi;
Individual va guruhiy o‘tkazish uchun qulay;
Savollar shaxsning ichki motivatsiyasi, boshqalarni boshqarish, tashabbuskorlik

va mas’uliyatlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan;

Natijalarni oson hisoblash va talqin qilish imkoniyatiga ega.
“Tavakkalchilikka tayyorlik darajasini aniqlash” metodikasi (Shubert) esa

liderlikning muhim psixologik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan tavakkal qilishga
tayyorlikni o‘rganish imkonini beradi. Bu test 25 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir
savolga quyidagi ballar tizimi asosida baho beriladi:

+2 ball — to‘liq qo‘shilaman (“Ha”)
+1 ball — “Yo‘q”dan ko‘ra “Ha”
0 ball — ikkalasiga ham teng
–1 ball — “Ha”dan ko‘ra “Yo‘q”
–2 ball — to‘liq “Yo‘q”
Mazkur metodika lider shaxsning xavfga moyilligi, mustaqil qaror qabul qilish

qobiliyati va yangilikka ochiqlik darajasini aniqlashda qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkichlar
esa zamonaviy liderlikning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda zamonaviy lider tushunchasi murakkab psixologik tizim

4

Mark Schafer, Joshua E Lambert, Psychological Characteristics of Leaders (PsyCL): A New

Data Set, Foreign Policy Analysis, Volume 18, Issue 2, April 2022, orac008

5

Goleman, D. (1995). Emotional intelligence: Why it can matter more than IQ. Bantam Books.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

56

56

bo‘lib, sardorlik va tavakkalchilik fazilatlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ilmiy
manbalar va amaliy tahlillar asosida tasdiqlaydi. Tavakkalchilikka tayyorlik darajasi
o‘rtacha va yuqori darajada shakllangan talabalar yangi tashabbuslarni ilgari surish,
murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga qodir ekanligini namoyon etdi.
Sardorlik va tavakkalchilik o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, zamonaviy lider uchun
ularning uyg‘unligi samarali boshqaruv va jamoa bilan ishlashda muhim omil
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev, Sh. (2025, fevral 14). Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi
[Tele/videoselektor yig‘ilishi]. President.uz. https://president.uz

2.

Aksakal, E., & Ulucan, H. (2024). Leadership expectations of Generation Z: A
qualitative study. Journal of Organizational Behavior Studies, 32(1), 55–67.

3.

Bauwens, R., Willems, R., & Van den Broeck, A. (2025). Emotional intelligence
and leadership outcomes: A meta-analytic review. Journal of Applied
Psychology, 110(2), 203–221.

4.

BuxDU. (2023). Harbiy xizmatchilarda psixologik bosim va liderlik salohiyati.
Buxoro davlat universiteti ilmiy jurnali, 4(1), 91–98.

5.

Frontiers in Psychology. (2024). Full-range leadership and performance
outcomes: A cross-national study. Frontiers in Psychology, 15, 118304.
https://doi.org/10.3389/fpsyg.2024.118304

6.

Galton, F., & Karleyl, T. (n.d.). Personal factors associated with leadership: A
survey of the literature. Journal of Psychology, 25(1), 35–71.

7.

Goleman, D. (1995). Emotional intelligence: Why it can matter more than IQ.
Bantam Books.

8.

Jangirova, S. S. (2021). Leadership psychology: Contemporary issues and secrets
of successful leaders. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 2(3),
41–46.

References

Mirziyoyev, Sh. (2025, fevral 14). Prezident yoshlar bilan samimiy muloqot qildi [Tele/videoselektor yig‘ilishi]. President.uz. https://president.uz

Aksakal, E., & Ulucan, H. (2024). Leadership expectations of Generation Z: A qualitative study. Journal of Organizational Behavior Studies, 32(1), 55–67.

Bauwens, R., Willems, R., & Van den Broeck, A. (2025). Emotional intelligence and leadership outcomes: A meta-analytic review. Journal of Applied Psychology, 110(2), 203–221.

BuxDU. (2023). Harbiy xizmatchilarda psixologik bosim va liderlik salohiyati. Buxoro davlat universiteti ilmiy jurnali, 4(1), 91–98.

Frontiers in Psychology. (2024). Full-range leadership and performance outcomes: A cross-national study. Frontiers in Psychology, 15, 118304. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2024.118304

Galton, F., & Karleyl, T. (n.d.). Personal factors associated with leadership: A survey of the literature. Journal of Psychology, 25(1), 35–71.

Goleman, D. (1995). Emotional intelligence: Why it can matter more than IQ. Bantam Books.

Jangirova, S. S. (2021). Leadership psychology: Contemporary issues and secrets of successful leaders. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 2(3), 41–46.