Authors

  • Yuldashev Sodirjon Jurayevich
  • Shuhratova Nozima Shavkatjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.115392

Abstract

Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni shakllantirish xususiyatlari mavzusiga bag‘ishlangan ushbu maqolada, bolalarning erta yoshdan boshlab hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayoni o‘rganiladi. Maktabgacha davrda bolalarning hissiy intellektini rivojlantirish ularning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Mavzu doirasida emotsional intellekt tushunchasi va uning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishidagi o‘rni, hissiy intellektning asosiy komponentlari: o‘z-o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, empatiya, ijtimoiy ko‘nikmalar va motivatsiya, Bolalarda emotsional intellektning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: oilaviy muhit, tarbiyachilarning roli, o‘yin faoliyatining ahamiyati va jamoaviy faoliyatning hissiyotlarni rivojlantirishga ta’siri, Emotsional intellektni shakllantirish metodlari: bolaning hissiy lug‘atini boyitish, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish, empatiyani shakllantirish bo‘yicha turli amaliy mashqlar haqida gaplashamiz.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

33

33

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL

INTELLEKTNI SHAKLLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Yuldashev Sodirjon Jurayevich

Qо‘qоn univеrsitеti ”Pedagogika va Psixologiya”

kafedrasi o'qituvchisi

Shuhratova Nozima Shavkatjon qizi

Qo‘qon universiteti Psixologiya (amaliy psixologiya)

4-boshqich talabasi

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

emotsional

intellektni

shakllantirish

xususiyatlari

mavzusiga bag‘ishlangan ushbu maqolada, bolalarning erta yoshdan

boshlab hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish jarayoni o‘rganiladi.
Maktabgacha davrda bolalarning hissiy intellektini rivojlantirish ularning kelajakdagi
shaxsiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyatga ega. Mavzu doirasida

emotsional intellekt tushunchasi

va uning maktabgacha yoshdagi bolalar

rivojlanishidagi o‘rni,

hissiy intellektning asosiy komponentlari

: o‘z-o‘zini anglash,

hissiyotlarni boshqarish, empatiya, ijtimoiy ko‘nikmalar va motivatsiya,

Bolalarda

emotsional intellektning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

: oilaviy muhit,

tarbiyachilarning roli, o‘yin faoliyatining ahamiyati va jamoaviy faoliyatning
hissiyotlarni rivojlantirishga ta’siri,

Emotsional intellektni shakllantirish metodlari:

bolaning hissiy lug‘atini boyitish, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘rgatish,
empatiyani shakllantirish bo‘yicha turli amaliy mashqlar haqida gaplashamiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

ta’kidlaganlaridek: “Maktabgacha ta`lim - ertangi kunimizga zamin”dir. Bilim va
faoliyat uslubining murakkablashishi ta’lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy
va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
tarbiyasining asosiy vazifalari- jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi, estetik
tarbiya berib borishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori, 22.12.2020 yildagi 802-sonli 1 qaroriga asosan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-
sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bo’yicha takidlanadiki,
Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga
asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga
yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda
usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek,

1

https://www.lex.uz/docs/-5179335 (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.12.2020 yildagi

802-son)


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

34

34

ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim
tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom
ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy
etish va nazoratini tashkil etishdan iborat ekanligi yoritilgan.

Sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish orzusi aynan mustaqillik bilan

bog’liq ezgu intilish bo’lgani bois istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab uni amalga
oshirish eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’lib kelmoqda. Yosh avlodni jamiyatning
haqiqiy tayanchi va Suyanchiga aylantirish masalasiga e’tibor kuchaytirilgan. Bolalar
psixologiyasi hozirgi kunda rivojlanib bormoqda. Bugungi kunga kelib bolalarga
bo’layotgan e’tiborni presidentimizni yuksak e’tiborlaridaham ko’rishimiz mumkin
misol tariqasida, presidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 —
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qarori maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim
dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadi qayta
ko’rib chiqilgani yaqqol misol bo’la oladi.

2

Bundan tashqari psixologlar fikricha bu yoshda bolada bilish jarayonlari

rivojlanib borganligi sababli unga o`rgatilgan har bir yangilikni tez ilg`ab oladi, ongiga
singdirib boradi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish
va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o’zi
o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar)
bola ongini tez rivojlantiradi. Intellektualpsixologik o`yinlar bolani har tomonlama
komil shaxs bo`lib shakllanishidagi asosiy vositalardan biridir. Maktabgacha ta`lim
davridagi bolani har tomonlama komil inson bo`lib shakllanishida didaktik o`yinlar
asosiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Intellektualpsixologik o`yinlarning barchasini
quyidagi uch turga ajratish mumkin:

1. Buyumli o`yinlar (o`yinchoqlar, tabiiy materiallar)
2. Stol ustida o`ynaladigan o`yinlar
3. So`z o`yinlari Ta`lim jarayonida zamonaviy interfaol usullardan foydalanish

bolalar intellektiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo’nalishda kechadi: pisixik

taraqqiyot manbalari muamolarning nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini
o’rganishning

3

yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari

muammolari nazariy hal etish deganda, ushbu muammo asosiy psixolagik maktablar

2

https://lex.uz/docs/-3090103?ONDATE=04.10.2024

3

Chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0028/1.10.pdf


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

35

35

va yo’nalishlar vakilarining qarashlari tushiniladi. Bolalar psixologiyasi bolalarda
psixik jarayonlar paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini,
xilma-xil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida
shakllanishini oʻrganadi.

Xulosa qilib aytganda ommaviy amaliyot va ilg‘or tajribalar shuni ko‘rsatadiki,

boladagi yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hozirgi vaqtda emotsional intellektning
rivojlanishi bilan bog‘liq. Ota-onalarning namunasi esa bolaning emotsional
intellektini rivojlantirishning muhim shartidir, chunki u bolalar tomonidan emotsional
aloqa, ifoda etish va emotsional holatlarni boshqarish usullarining standarti sifatida
qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bolalarning emotsional intellektini
boyitishning eng muhim sharti - bu bola va kattalar o‘rtasidagi hissiy holatlar va hissiy
vaziyatlarni o‘z ichiga olgan shaxslararo muloqotdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
emotsional intellektni shakllantirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli shaxslar
bo'lib yetishishi uchun muhim omil hisoblanadi. Oila muhitida, tarbiyachilarning
e'tiborida va o'yin faoliyatida bolalar hissiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash lozim.
Emotsional intellektni rivojlantirish orqali bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligi
ortadi, hissiy barqarorligi oshadi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratiladi.
Shu sababli, maktabgacha ta'lim muassasalarida emotsional intellektni shakllantirishga
katta e'tibor qaratish zarur.

Emotsional intellektni shakllantirish jarayoni tabiiy ravishda, bolaning kundalik

hayoti, oila muhitidagi munosabatlar, bog‘chadagi faoliyatlar, tengdoshlar bilan
aloqalar orqali amalga oshadi. Shunga ko‘ra, bu rivojlanishga ongli yondashuv zarur.
Pedagoglar va ota-onalar bolalarning hissiy olamiga befarq bo‘lmasliklari, ularning
tuyg‘ularini tan olish, ularni ifoda etishga rag‘batlantirish, muhim vazifalardan biri
hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar va tarbiyachilar
uchun bu yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlik zarur. Ular bolalarning emotsional
holatini kuzatish, ularni rag‘batlantirish, hissiyotlarni so‘z bilan ifoda qilishga
o‘rgatish, muammoli holatlarda to‘g‘ri yondashuvni tanlash ko‘nikmalariga ega
bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga, ota-onalar ham bolalarning hissiy olami bilan faol
shug‘ullanishi zarur. Ota-onalar bolalar bilan vaqt o‘tkazishi, ularni eshitishi, ularning
his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratishi, shaffof va ishonchli muloqotga asoslangan
munosabat o‘rnatishi zarur.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, emotsional intellekti rivojlangan bolalar boshqa

bolalarga nisbatan stressli vaziyatlarga bardoshlilik ko‘rsatadilar, muammolarni hal
etishda tashabbuskor va ijodkor bo‘ladilar, do‘stlari bilan iliq va samimiy munosabatlar
o‘rnatadilar. Ular maktabga tayyorlik bosqichida ham ijobiy natijalarni ko‘rsatib,
o‘qituvchilar va tengdoshlar bilan yaxshi aloqada bo‘ladilar. Bu esa, kelgusida
akademik muvaffaqiyatlar va ijtimoiy integratsiyaning mustahkam asosini yaratadi.
Emotsional intellektni maktabgacha yoshdan shakllantirish — bolaning hayot yo‘lida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

36

36

barqaror psixologik va ijtimoiy poydevor yaratish demakdir. Bu boradagi sa’y-
harakatlar, albatta, ijobiy natijalarni beradi: bolalar o‘zlarini anglaydigan, boshqalarni
tushunadigan, ijtimoiy muhitda faol va muvozanatli shaxs sifatida shakllanadi.
Kelajakda esa bunday bolalar jamiyatning barqaror, sog‘lom va intellektual rivojiga
hissa qo‘shadigan yetuk insonlar sifatida ulg‘ayadilar. Shuning uchun, emotsional
intellektni rivojlantirish — bu nafaqat pedagogik vazifa, balki ijtimoiy zaruratdir. Har
bir bola mehr, tushunish, sabr va to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqqa muhtoj. Bu ehtiyojni qondirish
esa, aynan biz — kattalarning, ya’ni ota-onalar, pedagoglar va butun jamiyat
vakillarining qo‘lida. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarda
emotsional intellektni shakllantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladi. Oila,
maktab va jamiyat birgalikda bolalarning hissiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlashlari,
ularni o'z his-tuyg'ularini anglash va boshqarishni o'rgatishlari zarur. Emotsional
intellektni rivojlantirish orqali bolalar nafaqat hissiy jihatdan barqaror, balki ijtimoiy
muhitda muvaffaqiyatli shaxslar bo'lib yetishishlari mumkin. Shu sababli, bu borada
tizimli va izchil ish olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbaalari

1.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim
tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-
son qarori

2.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi
tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini
isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi
tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli
“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni.

4.

Davletshin M.G. va boshqalar “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya”.T.: TDPU
2004.

5.

Dusrmixamedova SH.A., Nishanova Z.T., Jalilova S.X., Karimova SH.T.,
Alimbaeva SH.T. Yosh davrlaii va pedagogik psixologiya.- T.; Рал
vatexnologiyamarkazining bosmoxcnasi.-2013. -344 b.

6.

Nishonova Z.T., .\limova G.K. “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi”.
Т.: 2005

7.

Goziev E.G “Ontogenez psixologiyasi”. Т.: Ноши]р. 2010

8.

O‘ylaymiz, o‘ynaymiz – aqlimizni charxlaymiz. – Toshkent. – 2006

9.

N.V. Latipova. Kichkintoy tarbiyasi. – Toshkent. Meditsina. – 1989.

10.

M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova. Bolalarning maktabga psixologik

tayyorligi. – Toshkent. – 2003.


References

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarori

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-fevral kuni maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni.

Davletshin M.G. va boshqalar “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya”.T.: TDPU 2004.

Dusrmixamedova SH.A., Nishanova Z.T., Jalilova S.X., Karimova SH.T., Alimbaeva SH.T. Yosh davrlaii va pedagogik psixologiya.- T.; Рал vatexnologiyamarkazining bosmoxcnasi.-2013. -344 b.

Nishonova Z.T., .limova G.K. “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi”. Т.: 2005

Goziev E.G “Ontogenez psixologiyasi”. Т.: Ноши]р. 2010

O‘ylaymiz, o‘ynaymiz – aqlimizni charxlaymiz. – Toshkent. – 2006

N.V. Latipova. Kichkintoy tarbiyasi. – Toshkent. Meditsina. – 1989.

M. Rasulova, D. Abdullayeva, S. Oxunjonova. Bolalarning maktabga psixologik tayyorligi. – Toshkent. – 2003.

Internet tarmog‘i boʻyicha veb-saytlar roʻyxati: