Authors

  • Sanobar Asilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124132

Keywords:

Kalit so‘zlar: Raqamli dunyo virtual psixologiya psixologik yordam onlayn maslahatlar masofaviy psixologiya masofaviy maslahatlar emotsional barqarorlik ruhiy salomatlik zamonaviy psixologiya texnologik rivojshlanish.

Abstract

Annotatsiya: Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, jumladan, psixologik yordam ko‘rsatish jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada virtual psixologlar jamoasi, uning dolzarbligi va raqamli davrda insonlarga psixologik yordam berish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, virtual psixologik maslahatlarning afzalliklari, samaradorligi va imkoniyatlari tahlil qilinib, bu yondashuvning an’anaviy psixologik xizmatlarga nisbatan o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi. Ushbu loyiha ayniqsa chekka hududlardagi aholiga psixologik yordam yetkazish imkoniyatini yaratishi bilan ahamiyatlidir. Chunki ko‘pgina qishloq joylarida psixologik xizmatlar yetarli emas, ba’zan esa odamlar psixologlarning roli va ularning “Inson qalbining muhandislari” ekanligidan bexabar. Virtual platformalar orqali ushbu hududlardagi aholiga psixologiya haqida bilim berish, ularga kerakli maslahatlarni yetkazish va ularning ruhiy holatini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, insonlar ushbu platforma orqali o‘z vaqtlarini tejash bilan birga, psixologik yordamni istalgan joyda va istalgan vaqtda olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Ushbu maqola psixologlar, tadqiqotchilar va raqamli platformalar orqali insonlarga yordam berishni istagan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

162

162

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANAGAN DAVRDA

PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATISHNING ZARURATI

Sanobar Asilova

Qo‘qon unversiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi inson hayotining barcha

sohalariga, jumladan, psixologik yordam ko‘rsatish jarayoniga ham sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada virtual psixologlar jamoasi, uning dolzarbligi va
raqamli davrda insonlarga psixologik yordam berish imkoniyatlari yoritiladi.
Shuningdek, virtual psixologik maslahatlarning afzalliklari, samaradorligi va
imkoniyatlari tahlil qilinib, bu yondashuvning an’anaviy psixologik xizmatlarga
nisbatan o‘ziga xos jihatlari muhokama qilinadi. Ushbu loyiha ayniqsa chekka
hududlardagi aholiga psixologik yordam yetkazish imkoniyatini yaratishi bilan
ahamiyatlidir. Chunki ko‘pgina qishloq joylarida psixologik xizmatlar yetarli emas,
ba’zan esa odamlar psixologlarning roli va ularning “Inson qalbining muhandislari”
ekanligidan bexabar. Virtual platformalar orqali ushbu hududlardagi aholiga
psixologiya haqida bilim berish, ularga kerakli maslahatlarni yetkazish va ularning
ruhiy holatini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, insonlar ushbu
platforma orqali o‘z vaqtlarini tejash bilan birga, psixologik yordamni istalgan joyda
va istalgan vaqtda olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Ushbu maqola psixologlar,
tadqiqotchilar va raqamli platformalar orqali insonlarga yordam berishni istagan
mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

Raqamli dunyo ,virtual psixologiya, psixologik yordam, onlayn

maslahatlar, masofaviy psixologiya, masofaviy maslahatlar, emotsional barqarorlik,
ruhiy salomatlik, zamonaviy psixologiya, texnologik rivojshlanish.

KIRISH

Raqamli davr insonlar hayotining barcha sohalariga tub o‘zgarishlar olib keldi.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida ta’lim, tibbiyot va psixologiya
sohalari ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, psixologik maslahatlar berish
jarayoni ham an’anaviy shakldan virtual platformalarga ko‘chmoqda. Bugungi kunda
insonlar o‘z muammolariga tezroq va qulayroq yechim topish maqsadida internet
orqali psixologik yordam olishga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda. Dunyoda
psixologik muammolar dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 280 milliondan ortiq inson
depressiyadan aziyat chekmoqda, ruhiy tushkunlik va stress esa global miqyosda keng
tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi (JSST, 2023).Biroq an’anaviy psixologik


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

163

163

maslahat olish imkoniyati hamma joyda ham mavjud emas. Ayniqsa, chekka
hududlarda yashovchi insonlar psixologik xizmatlardan yetarli darajada foydalana
olmaydi. Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) elektron kutubxonasi
materiallariga ko‘ra, bu muammo qisman jamiyatda psixologik madaniyatning
yetarlicha shakllanmagani, qisman esa malakali mutaxassislarning yetishmasligi bilan
bog‘liqdir.

1

Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi esa ushbu muammolarga yechim

topish imkoniyatini yaratmoqda. Masofaviy maslahat berish tizimi geografik
chegaralarni yo‘q qilib, insonlarga istalgan joyda sifatli psixologik yordam olish
imkoniyatini taqdim etmoqda. Doktor Zebiniso Ahmedovaning ilmiy maqolalarida
qayd etilishicha, onlayn maslahatlar ayniqsa chekka hududlardagi insonlar uchun
psixologik yordam olishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

2

Virtual psixologlar

jamoasi zamonaviy texnologiyalar yordamida insonlarning ruhiy holatini yaxshilash,
ularni tashvishga solayotgan savollarga ilmiy asoslangan javob berish va hayotdagi
qiyinchiliklarni yengishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Zamonaviy
jamiyatdagi insonlarning hayot tarzi o‘zgarib, ko‘plab xizmatlar onlayn platformalar
orqali taqdim etilmoqda. Psixologiya jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya davrida
onlayn psixologik maslahat berish 80% ga oshgan va bu yangi odat sifatida shakllanib
qolgan.

3

An’anaviy psixologik maslahat jarayoni asta-sekin raqamli muhitga

moslashib, masofaviy psixologik xizmatlar ommalashmoqda. Shu omillarni hisobga
olgan holda psixologik xizmatning onlayn tarzda amlga oshirish uchun psixologlar
jamoasi tashkil etilib, jamiyatimizga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishning eng
zamonaviy usullariga qo‘l urgan holda olib borilmoqda. Bu usul, yaniy onlayn
psixologik xizmat ko‘rsatishning zarurati psixologlar tomonida qondirilib kelinmoqda.
Shu o‘rinda onlayn psixologik xizmatning afzalliklariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Birinchidan: Virtual psixologiya an’anaviy psixologik xizmatlarga nisbatan bir

qator ustunliklarga ega.

Ikkinchidan: Qulaylik va tezkorlik – JSST tadqiqotlariga ko‘ra, odamlar shaxsiy

vaqtlarini tejash maqsadida onlayn maslahatlarni ko‘proq tanlaydi (JSST, 2023).

Uchinchidan: Chekka hududlar uchun imkoniyat – TDPU Elektron

kutubxonasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, virtual maslahat xizmatlari ayniqsa psixologik
xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan hududlarda juda foydali bo‘lmoqda.

To‘rtinchidan: Anonimlik va maxfiylik – Doktor Zebiniso Ahmedova maqolasida

ta’kidlanishicha, odamlarning aksariyati anonim ravishda maslahat olishni afzal
ko‘radi, bu esa ularning o‘zlarini erkin his qilishlariga yordam beradi
(doktorzebiniso.uz).

1

elibrary.tdpu.uz

2

doktorzebiniso.uz

3

Psixologiya jurnali, 2021


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

164

164

Beshinchidan: Mijoz uchun vaqt va pulning tejalishi.
Oltinchidan: Psixolog bir vaqtning o‘zida bir nechta mijoz bilan ishlashi mumkin.

Onlayn psixologik xizmatning kamchiliklari ham bor. Quyida shular haqida to‘xtalib
o‘tamiz.

Birinchidan: Onlayn psixologik xizmatda yuzma-yuz muoloqotning ahamiyati

yetishmaydi.

Ikkinchidan: Mijoz va psixolog o‘rtasidagi emotsional aloqaning yetishmasligi.
Uchinchidan: Internet sifatining pastligi, ba’zi hududlarda maslahat jaroyonlarida

internet sifati bilan bog‘liq aloqaning pand berishi.

To‘rtinchidan: Ba’zi bir holatlarda ananaviy psixologik xizmat ko‘rsatishning

zarurati yuzaga kelishi mumkin.

XULOSA:

Bugungi kunda raqamli davr psixologik xizmatlar ko‘rsatish usullariga ham

sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Onlayn psixologlar jamoasi zamonaviy texnologiyalar
yordamida insonlarning ruhiy salomatligini yaxshilash, ularning tashvish va
muammolariga ilmiy asoslangan yondashuv orqali yechim topishga ko‘maklashish
maqsadida o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Bunday psixologik xizmat ko‘rsatishga
yondashuv ayniqsa chekka hududlarda yashovchi insonlar uchun katta ahamiyat kasb
etadi. Chunki, ularda an’anaviy psixologik xizmatlardan foydalanish imkoniyati
cheklangan bo‘lishi mumkin. Onlayn psixologik xizmatning afzalliklari qatorida
uning qulayligi, vaqt va mablag‘ tejamkorligi, anonimlik imkoniyati hamda keng
qamrovli auditoriyaga xizmat ko‘rsatish kabi jihatlar mavjudligini biz yuqorida ko‘rib
chiqdik. Biroq, u real hayotdagi psixologik maslahatlar o‘rnini to‘liq bosa olmasligi,
hissiy aloqa yetishmovchiligi va internet resurslariga bog‘liqligi kabi kamchiliklarga
ham ega. Shunday bo‘lsa-da, raqamli psixologiya kelajakda yanada rivojlanib,
innovatsion yondashuvlar orqali insonlarning ruhiy farovonligini oshirishda samarali
vosita bo‘lishi mumkin. onlayn psixologik xizmat ko‘rsatish darajasi yanada rivojlanib
yangi bosqicharga ko‘tarilishi orqali aholiga pxisologik xizmat ko‘rsatish yanada qulay
va tezkor tarzda amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – T.: 2012.
2. Zufarova M. E. Qiziqarli psixologiya. – T.: 2017.
3. Psixologiya jurnali, 2011-yil. buxdu.uz
4. Pedagogika va psixologiya: bugungi muammolar va ularning yechimlari.
anjumanlar.uz
5. TDPU Elektron kutubxonasi. elibrary.tdpu.uz
6. Doktor Zebiniso Ahmedova blogi. doktorzebiniso.uz
7.

Xatamboyevna, A. S., & Ismigul, S. (2024). YOSHLAR O ‘RTASİDA DOLZARB

BO ‘LGAN PSİXOLOGİK MUAMMOLARİ.

Kokand University Research Base

, 91-

96.

References

Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – T.: 2012.

Zufarova M. E. Qiziqarli psixologiya. – T.: 2017.

Psixologiya jurnali, 2011-yil. buxdu.uz

Pedagogika va psixologiya: bugungi muammolar va ularning yechimlari. anjumanlar.uz

TDPU Elektron kutubxonasi. elibrary.tdpu.uz

Doktor Zebiniso Ahmedova blogi. doktorzebiniso.uz

Xatamboyevna, A. S., & Ismigul, S. (2024). YOSHLAR O ‘RTASİDA DOLZARB BO ‘LGAN PSİXOLOGİK MUAMMOLARİ. Kokand University Research Base, 91-96.