JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
113
113
O‘ZBEKISTONDA EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA
QARSHI KURASHISH CHORALARI
F.N. Muxammedov
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
maqolada ekstremizm va terroizmga qarshi kurashish zaruriyati,
mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, ekstremizm va
terrorizmga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida amalga
oshirilayotgan ишлар bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
эkstremizm, terrorizm, profilaktika, ijtimoiylashuv, qarshi
kurashish, davlat siyosati.
Аннотация:
В статье говорится о необходимости борьбы с экстремизмом и
терроризмом, о принимаемых в этом направлении профилактических мерах, а
также о работе по устранению условий, способствующих проявлению
экстремизма и терроризма.
Ключевые слова:
экстремизм, терроризм, профилактика, социализация,
противодействие, государственная политика.
Har qanday demokratik huquqiy davlatda xavfsizlik, tinchlik va ijtimoiy-siyosiy
vaziyat barqarorligini ta’minlash barcha islohatlar asosi hisoblanadi. Shu sababli,
mintaqadagi terrorizm va ekstremizm xavf-xatarlarining milliy xavfsizlikka
tahdidlarini inobatga olgan holda, mamalakatimizda ushbu tahdidlarga qarshi
kurshishning mustahkam huquqiy va institutsional asoslari yaratildi.
Ushbu islohatlar davomi sifatida, mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlash va
unga bo‘lgan tahdidlarni pereventiv choralar orqali bartaraf etish, – Yangi O‘zbekiston
taraqqiyoti islohotlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. So‘nggi
yetti yilda mamlakatimizda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda profilaktik
tadbirlar samaradorligini oshirishga asosiy e’tibor qaratildi. Bunda, yoshlarda
mustahkam immunitetni shakllantirish, muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir
etgan fuqarolar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning
turmush tarzidagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish, aholini yot g‘oyalardan
saqlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi choralar ko‘rildi
.
Ayniqsa
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida ekstremistik
va terroristik g‘oyalar tarqalishini oldini olish uchun yoshlarni madaniyat, san’at va
sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-
qizlar bandligini ta’minlashni o‘z ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirildi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
114
114
Shuningdek, oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasini 27
foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar sonini 77 tadan 212
taga yetkazishga erishildi. Bu o‘z navbatida inson kapitali rivojlanishiga hissa qo‘shib,
fuqarolarni yot g‘oyalar ta’siriga tushishini oldini oladi [1].
Bugungi kunda O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning
mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan bo‘lib, mavjud normalar terrorizm va
ekstremizmga qarshi kurashish yo‘nalishidagi tahdidlardan kelib chiqib, doimiy
ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Jumladan, 2017-yil 7-fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 – 2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi” muhim ahamiyat kasb etib, unda terrorizm va ekstremizmga
qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish, ayniqsa, yoshlarni
diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzg‘unchi harakatlar ta’siridan asrash choralari
belgilandi. Shunga ko‘ra, mahallalar va ta’lim muassasalarida “Islom ma’rifati
aqidaparastlikni qoralaydi” va “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga
tahdid” mavzularida uchrashuv hamda davra suhbatlari tashkil etildi
[2]
.
Yangi davr talablaridan kelib chiqqan holda 2018-yilning 30-iyul kuni
O‘zbekiston Respublikasining “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni
qabul qilindi. Mazkur qonunda ekstremizmga qarshi kurashish sohasida davlat siyosati,
ekstremizmni oldini olishga doir chora-tadbirlar, aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish masalalari, ekstremizmga qarshi kurashishni amalga
oshiruvchi davlat organlari tarkibi va ularning ushbu sohadagi vazifalari aniq ko‘rsatib
o‘tildi.
2018-yilning 19-sentabr kuni terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar safiga
adashib kirib qolgan fuqarolarni jinoiy javobgarlikdan ozod etish maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa
taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PF-5542-sonli Farmoni qabul qilinib, qo‘li qonga botmagan, o‘z
qilmishidan pushaymon bo‘lgan, Respublika hududidan tashqarida bo‘lgan, o‘z
qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarni
jinoiy javobgarlikdan ozod etish hamda oilasi bag‘riga qaytishining huquqiy asoslari
yaratildi [3].
O‘zbekiston tarixida birinchi marta, 2021-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-6255-sonli Farmoni bilan “2021-2026-yillarga
mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l
xaritasi” tasdiqlandi. Unda vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
115
115
mafkurasini targ‘ib qilish, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va
terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish, ushbu sohada ayollarning rolini
kuchaytirish, uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni yot g‘oyalardan himoya qilish,
Internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda
foydalanishga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot
vositalarini keng jalb qilish, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etganlik hamda ularni
moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini
takomillashtirish, sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, xalqaro va
mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish kabi vazifalar belgilandi [4].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyun kunidagi “O‘zbekiston
Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6252-son Farmoni qabul qilinib, unda ekstremizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning huquqiy
asoslari yaratildi.
Shu bilan birgalikda, 2022-yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi
to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli
Farmoni
qabul
qilinib,
uning
82-maqsadida ekstremizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini
shakllantirish belgilandi. Bunda, ekstremizmga qarshi kurashishda preventiv
mexanizmlarni takomillashtirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslar bilan tizimli
ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish, ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikning
huquqiy asoslarini takomillashtirish, ekstremizmni moliyalashtirishga qarshi kurash
borasida xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish, bu yo‘nalishda faoliyat olib
borayotgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish va boshqalarni
keltirib o‘tish mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida
BMT, YeHXT, ShHT va MDH kabi ko‘plab xalqaro tashkilotlar hujjatlarini, xususan
BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta
hujjatini ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarni izchil bajarib kelmoqda. Ushbu
tashkilotlar bilan xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda sohaning
tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, maxsus operatsiyalar o‘tkazish,
xodimlari malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni almashish va tadqiqotlar o‘tkazish
kabi qator hamkorliklar amalga oshirilmoqda.
Masalan, AQSh va boshqa hamkor davlatlar ko‘magida Suriya, Iroq
va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushgan 438 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga
olib
kelindi.
Jumladan,
“Mehr”
insonparvarlik
operatsiyasi
doirasida
2019 yilda Suriyadan 156 nafar, asosan, ayollar va bolalar, shu yili Iroqdan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
116
116
64 nafar bola, 2020 yilda Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola, 2021 yilda
24 nafar fuqaro Afg‘onistondan hamda shu yil 24 nafar ayol va 69 nafar bolalar
Suriyadan O‘zbekistonga qaytarildi [5].
Davlatimiz xalqaro darajada ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish borasida
bir qator tashabbuslarni ilgari surayotganligini alohida e’tirof etish lozim.
Xususan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan
birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi
navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash
eng muhim vazifa ekanini ta’kidlab, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan
maxsus rezolyusiyani qabul qilishni ilgari surdilar [6].
Xalqaro hamjamiyat bu taklifni bir ovozdan ma’qullab, BMT tomonidan
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyusiyani qabul qildi. Ushbu
rezolyusiya jahonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishning samarali vositasi
sifatida ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalasini ilgari surgani bilan ahamiyatlidir.
Shu bilan birga, terrorizm va ekstremizmga birgalikda qarshi kurashish,
Afg‘onistonda urishni to‘xtatish va tinchlikni saqlash, Markaziy Osiyo mintaqasida
BMT Aksilterror boshqarmasining ofisini ochish, Markaziy Osiyoda kiberterrorizm
bo‘yicha Yagona elektron tizimni yaratish, axborot makonida ekstremizm va
terrorizmning turli ko‘rinishlariga qarshi samarali kurashish imkonini beruvchi yagona
xalqaro huquqiy mexanizmlarni yaratish, BMTning Aksilterror boshqarmasi
shafeligida Markaziy Osiyo mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari orasidan
Mintaqaviy ekspert kengashini ta’sis etish, Samarqand shahrida doimiy faoliyat
yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlari kengashini chaqirish,
BMT shafeligida yuqori darajadagi “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” konferensiyasini
o‘tkazish hamda konferensiya yakunlari bo‘yicha BMTning Maxsus rezolyusiyasida
mustahkamlab qo‘yilgan g‘oyalarni ilgari surish yo‘lida amaliy hamkorlikning
istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash kabilarni keltirib o‘tish mumkin.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbuslarni amalga oshirilishi
nafaqat mintaqa xavfsizligini, balki global xavfsizlikni ta’minlashga ham xizmat
qiladi.
Xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda kuzatilayotgan ekstremizm va terrorizm
xavf va tahdidlardan kelib chiqqan holda qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy
asoslari yaratildi va hozirda takomillashtirib borilmoqda. Asosiy e’tibor ekstremizmni
aniqlash va ushbu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazolashga emas,
balki ekstremizm paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon berayotgan omillarni aniqlash
va bartaraf etish, yoshlarni ma’rifat asosida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, xalqaro
tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda ilg‘or tajribalarni joriy qilish, ushbu
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
117
117
munosabatlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilganligini e’tirof etish
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ta’lim yo‘nalishlaridagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi. 24.12.2024 //
https://president.uz/uz/lists/view/7782
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “2017 – 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni;
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 19-sentabr kunidagi
“Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga
adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod
etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5542-sonli Farmoni;
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi “2021-2026-
yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6255-sonli
Farmoni;
5. Almatov S.Z., Destruktiv g‘oyalar tushunchasi hamda ushbu g‘oyalar ta’siriga
tushgan
shaxslarning
tasniflanishi.
//
YANGI
O'ZBEKISTON
ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI. 1-JILD, 12-MAXSUS SON (YOʻITJ). – 2024 y.
– B. 139.
6. Rahimov M., BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyusiyasining
mohiyati va ahamiyati. 11 dekabr 2021 // https://yuz.uz/news/bmtning-marifat-va-
diniy-bagrikenglik-rezolyutsiyasining-mohiyati-va-ahamiyati