Authors

  • Qodirova Surayyoxon Shokirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.124150

Keywords:

Kalit sо‘zlаr: suidsid psixologik yordam turlari zamonaviy diagnostika shoshilinch psixologik yordam zoʻravonlik

Abstract

 Ushbu maqolada tazyiq va zо‘ravonlikka uchragan, о‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyilligi bо‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yordam kо‘rsatishda hududiy xususiyatlarni hisobga olish va idoralaro hamkorlikning samaradorligi xaqida. 


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

340

340

IJTIMOIY HIMOYAGA MUXTOJ AYOLLARDA SUISIDGA

MOYILLIK XUSUSIYATLARINI KORREKSIYALASHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

Qodirova Surayyoxon Shokirovna

Buxoro xalqaro universiteti psixologiya fanlari oʻqituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tazyiq va zо‘ravonlikka uchragan, о‘z joniga suiqasd qilgan

yoki qasd qilishga moyilligi bо‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yordam
kо‘rsatishda hududiy xususiyatlarni hisobga olish va idoralaro hamkorlikning
samaradorligi xaqida.

Kalit sо‘zlаr:

suidsid, psixologik yordam turlari, zamonaviy diagnostika,

shoshilinch psixologik yordam,zoʻravonlik

KIRISH

So‘nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar

olib borilayotir. Zero, biz uzoq vaqt ayollar masalasi haqida ko‘p gapirsak-da, amaliy
ishlar deyarli sezilmasdi. Opa-singillarimizning dardu tashvishiga beparvo qarab
kelganimiz tufayli yillar davomida ko‘plab ijtimoiy muammolar to‘planib qolgan
edi.2020-yildan buyon hayotga tatbiq etilgan va xotin-qizlar muammolarini hal etishga
qaratilgan noyob tizim — “Ayollar daftari” bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga
chiqarildi.Xotin-qizlar va bolalar mehnatini muhofazalash, majburiy mehnatning
oldini olish masalasi ham kun tartibidan tushgani yo‘q. Bu jihatlar yangi tahrirdagi
Konstitutsiyada ham mustahkamlandi. Ya’ni unda majburiy mehnat, bolalarning
barkamol rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan har qanday bolalar mehnati taqiqlanishi
belgilab qo‘yildi. Ushbu muhim o‘zgarish aynan majburiy mehnat, xususan, bolalar
majburiy mehnatiga to‘liq barham berilishida muhim huquqiy asos bo‘ladi.

Xalqimiz xohish-irodasi bilan qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz

bu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim huquqiy asos bo‘ladi.
Zero, Konstitutsiya yangi tahririni ishlab chiqishda xalqimiz fikriga tayanildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflarning 40 foizdan ortig‘i ayollardan kelib
tushdi. Bu-yangi normalarda xalqimiz dunyoqarashi, fikr va tafakkuri aks etganining
yorqin ifodasidir.

Nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj

qatlam - bolalar, ayollar, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardir. Yangi tahrirdagi
Konstitutsiyamizda ham ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam e’tibordan chetda qolmadi.
Har bir qatlamning ijtimoiy muhofazasi atroflicha qamrab olindi. Shu bois
Konstitutsiyamiz inson manfaati va qadri ulug‘langan ochiq demokratik davlat, erkin


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

341

341

fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida huquqiy poydevor bo‘ladi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga homiladorligi yoki bolasi borligi sababli

ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini
kamaytirish taqiqlanishi to‘g‘risidagi yangi norma kiritilib, bunday diskriminatsiyaga
chek qo‘yishning huquqiy asosi yaratildi. Shu bilan birga, Bosh qomusimizda xotin-
qizlar va erkaklar teng huquqliligi, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda
davlat ishlarini boshqarishda, jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng
huquq va imkoniyatlarni ta’minlashi belgilandi.

Asosiy qonunda ayol va erkaklar teng huquqli ekani belgilanishi ham bejiz emas.

Bu yillar davomida mustahkamlangan stereotiplarni sindirish, xususan, “ayol kishi
uyda o‘tirishi kerak”, “ayollarga siyosatga aralashishni kim qo‘yibdi” kabi qarashlarni
bartaraf etishda muhim qadam bo‘ldi.

Gender tenglik tamoyillarini Konstitutsiyada belgilash davlatning ayollarga

bo‘lgan alohida e’tiborini ko‘rsatishi bilan birga, xotin-qizlarning davlat va ijtimoiy
hayotdagi rolini oshirib, imkoniyatini namoyon etishiga ko‘maklashadi. Jamiyatda
gender tenglikni ta’minlash borasidagi ana shunday izchil islohotlar samarasida xotin-
qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki yanada kuchayadi. Xususan,
2030-yilga qadar boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini kamida 30 foizga
yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlarimiz tobora keng quloch

yozmoqda. Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan “ijtimoiy davlat”da esa xotin-qizlarimiz
manfaatlari himoyasi yanada kuchaytiriladi. Bu yo‘lda barchamiz bir bo‘lsak, albatta,
kutilgan natijalarni qo‘lga Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan
doimiy korreksion ishlar olib borish ular oʻrtasida suidsid holatlarini oldini olish
masalalari yuzasidan qatʼiy chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.Suitsid – о‘z joniga
qasd qilish hodisasi О‘zbekistonda XX asrning oxirlarida keng tarqalgan hodisa
hisoblanadi. Garchi, о‘z joniga qasd qilish muammosi hamma vaqt barcha millatlarda
mavjud bо‘lgan bо‘lsa-da. “О‘z joniga qasd qilish” atamasi shaxsning о‘z hayotini
tugatishga qaratilgan mustaqil, kо‘p hollarda ixtiyoriy va qasddan amalga oshirishi
tushuniladi. О‘z joniga qasd qilish deviant xulq-atvor kо‘rinishlaridan biri bо‘lib,
subyektda о‘z joniga qasd qilish haqidagi fikrlarning paydo bо‘lishi, о‘z joniga qasd
qilish va о‘z joniga qasd qilish rejasini ishlab chiqishni о‘z ichiga olgan patologik
fikrlash tarziga ega ekanligini anglatadi. О‘z joniga qasd qilish xulq-atvoriga bevosita
о‘z joniga qasd qilishga urinish ham kiradi. Bugungi kunda о‘z joniga qasd qilish
hodisasi dolzarb mavzulardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistik
ma’lumotlariga kо‘ra, о‘z joniga qasd qilish harakatlarining soni-yiliga о‘rtacha sakkiz
yuz ming holatni tashkil qiladi. 15 milliondan ortiq odam turli sabablarga kо‘ra о‘z
hayotini tugatishga qaratilgan xattiharakatlarni amalga oshiradi. О‘z joniga qasd qilish
natijasida о‘lim har-yili qayd etilgan barcha о‘limlarning taxminan 1% ni tashkil qiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

342

342

Ijtimoiy tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, har qirq soniyada sayyorada fojeali
(tugallangan) о‘z joniga qasd qilish harakati sodir bо‘ladi

Tadqiqotning maqsadi tazyiq va zо‘ravonlikka uchragan, о‘z joniga suiqasd

qilgan yoki qasd qilishga moyilligi bо‘lgan turli yoshdagi xotin-qizlarga kompleks
yordam kо‘rsatishda idoralararo hamkorlik samaradorligini oshrish usullari va
yо‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida turli yoshdagi xotin-
qizlarga nisbatan zо‘ravonlik va zо‘ravonlikning oldini olish, о‘z joniga suiqasd qilish
yoki qasd qilishga moyilligi bо‘lgan shaxslar bilan ishlash tartibinini о‘rganish uchun
sotsiologik tadqiqotini о‘tkazish va natijalarini miqdoriy va sifat tahlilini amalga
oshirish; ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish va turli yoshdagi xotin- qizlarning
zо‘ravonlikka uchrashi, о‘z joniga suiqasd qilishi yoki qasd qilishga moyilligi
darajaning о‘sishiga qaysi omillar salbiy ta’sir kо‘rsatishi va tendensiyalarni
shakllantirishi, omillar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni о‘rganish belgilandi.

Tadqiqot obyekti: Oiladagi nosog‘lom muhit ta’sirida ayollarda kuzatiladigan

ruhiy tushkunliklar

Qayg‘u zarar ko‘rgan odamning tabiiy reaksiyasi bo‘lib, ayol kasallik tufayli

yaqin insonini yo‘qotishini his qilishi mumkin. Bunday paytlarda qayg‘urish holati ikki
hissa oshib ketishi mumkin.

Uyat. Nogiron

odamlarning qarindoshlari ko‘pincha bemorning xatti-

harakatidan, bemorga g‘amxo‘rlik qilishni davom ettirish qiyin bo‘lganidan
g‘azablanish yoki uyat hissini boshdan kechiradi. Ular uning parvarishini maxsus
muassasaga joylashtirish orqali hal qilish haqidagi fikrga kela boshlaydi.

G‘azab. G‘azab vaziyatga qarab bemorga, o‘ziga, shifokorga yoki vaziyatga

qarshi yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. G‘azablanish holatini ko‘pincha ayollar boshdan
kechiradi. Bunday ayollarimizga yordam kerak bo‘lganda shunday tavsiyalar beriladi:
avvalo, bemorning kasalligi natijasida yuzaga kelgan xatti-harakatga bo‘lgan
boshqalarning g‘azabi va uning o‘ziga nisbatan g‘azabi o‘rtasidagi farqni anglab olish
kerak.

Do‘stlari, shifokori, psixologi, qarindoshlari yoki nogironligi bo‘lgan odamlarga

g‘amxo‘rlik qilayotgan yordam guruhidagi odamlardan maslahat olishga harakat qilish
zarur.

Sharmandalik hissi. Bemor boshqalar oldida o‘zini noto‘g‘ri tutish orqali o‘z

g‘amxo‘rlarini ham noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Vaziyatni shu kabi
muammolarga duch kelgan boshqa g‘amxo‘rlar bilan muhokama qilish sizning
xijolatingizni yengillashtirishga yordam beradi.

Shuningdek, bemorning xatti-harakatlarini yaxshiroq tushunishlari uchun do‘stlar

va qo‘shnilarga kasallik haqida biroz aytib berish tavsiya etiladi.

Yolg‘izlik. Ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan bemorga g‘amxo‘rlik qilayotgan

odamlar ijtimoiy aloqalarni to‘xtatadi, doimo uyda va uning yonida bo‘lishadi, ular


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

343

343

faqat bemorni ko‘radi.

Ayollarga bunday vaziyatlarda tushkunlikdan chiqishi uchun tavsiyalar
Bir oila. Ba’zi odamlar uchun oila bemorlarga g‘amxo‘rlik qiladigan eng yaxshi

yordamchi bo‘lsa, boshqalar uchun bu faqat qayg‘u keltiradi. Kasallarni yolg‘iz
parvarish qilishning og‘ir yukini ko‘tarishga harakat qilmaslik kerak, boshqa oila
a’zolaringizdan yordam oling, ular sizga yordam berishlariga imkon bering. Kerakli
energiya manbayingiz faqat kasallik tufayli sarflanib, tugallanib qolishiga yo‘l
qo‘ymang.

Muammolaringizni o‘zgalardan yashirmang. Bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish

tajribangizni boshqalar bilan baham ko‘rishingiz kerak. Hamma narsani ichingizda
saqlash bilan siz ishingizni qiyinlashtirasiz. Sizning his-tuyg‘ularingiz sizning
holatingizda tabiiy reaksiya ekanini his qilsangiz, muammolaringizni yengishingiz
osonroq bo‘ladi. O‘zingizni qiyinlashtirayotganingizni his qilsangiz ham,
boshqalarning yordamini rad qilmang. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni
oldindan o‘ylab ko‘ring va agar kerak bo‘lsa, atrofdagilardan yordam so‘rang.

O‘zingizga vaqt ajrating. O‘zingizga ham vaqt ajratishingiz kerak. Shunday

qilib, siz boshqa odamlarni ko‘rishingiz, sevimli mashg‘ulotlaringiz bilan
shug‘ullanishingiz va eng muhimi, hayotdan zavqlanishingiz mumkin. Agar buning
uchun bemorni uzoq vaqt tark etishingiz kerak bo‘lsa, dam olishingiz uchun sizning
yo‘qligingizda ishlashni davom ettira oladigan odamni topishga harakat qiling.

Chegaralaringizni biling. Savolga javob bering, ish siz uchun ortiqcha bo‘lishidan

oldin qancha chidashingiz mumkin? Ko‘pchilik kasallarga g‘amxo‘rlik qilish ular
uchun katta vazifaga aylanishidan oldin o‘z chegaralarini belgilashga muvaffaq
bo‘ladi. Agar o‘zingizni haddan tashqari kuchsiz his qilsangiz, inqirozdan qochish va
oldini olish uchun yordam so‘rang.

O‘zingizni ayblamang. Siz duch kelgan qiyinchiliklar uchun o‘zingizni yoki

nogiron umr yo‘ldoshingizni ayblamang. Esingizda bo‘lsin, ular kasalligi uchun
aybdor emas. Agar siz oilangiz va do‘stlaringiz bilan aloqani yo‘qotayotganingizni his
qilsangiz, ularni yoki o‘zingizni ayblamang. Sizni nima ajratib turganini aniqlashga
harakat qiling va muammoni birgalikda muhokama qiling. Boshqa odamlar bilan
bo‘lgan munosabatlaringiz siz uchun yordam manbayi bo‘lishi mumkinligini
unutmang, bu o‘zingiz uchun ham, xasta umr yo‘ldoshingiz uchun ham foydalidir.

Boshqalarning

maslahatiga

amal

qiling

va

maslahat

so‘rashdan

qo‘rqmang. Kasallik o‘sib borishi bilan bemor bilan bo‘lgan munosabatlaringizdagi
doimiy o‘zgaruvchan rolingiz va bemor bilan birga keladigan o‘zgarishlar haqida
boshqa g‘amxo‘rlik qiluvchilardan maslahat so‘rash siz uchun juda foydali bo‘lishi
mumkin.

Siz qanchalik muhim ekanligingizni unutmang. Sizning hayotiy farovonligingiz

o‘zingiz, oilangiz va albatta, umr yo‘ldoshingiz uchun juda muhimdir. Uning hayotida


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

344

344

siz ajralmassiz, sizsiz bemor nima qilishni bilmaydi. Bu o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish
uchun qo‘shimcha sababdir.

Xotin-qizlar о‘rtasida suitsidal holatlarning oldini olish maqsadida, aynan, ushbu

organ vakillaridan zо‘ravonlikka uchrayotgan ayollar bilan ishlash borasidagi о‘z
faoliyatlariga tanqidiy yondashishlari talab etiladi. “Turmush о‘rtog‘ingizning oilasida
qaysi turdagi zо‘ravonlikka uchragansiz?” degan savolga, kelinlarga nisbatan kо‘proq
(18,1%) kamsitish, tahqirlash, kalaka qilish, urishish, ta’qib qilish kabi kо‘rinishlarda
namon bо‘ladigan

“ruhiy” zо‘ravonliklar sodir etiladi. Navbatdagisi sodir etilayotgan “jismoniy”

(9,4%) zо‘ravonliklardir. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikkala kо‘rinishdagi zо‘ravonlik
turlari oxir-oqibat jabrlanuvchida о‘z joniga qasd qilish va qotillik kabi og‘ir
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Ularning (49,9%) nizoli vaziyatda о‘zlarini
jazolanishlaridan “qо‘rqaman” degan bо‘lsa, 27,3 % “hayiqaman” degan javob
variantini belgilaganlar.

Respondentlarda о‘zlariga tazyiq о‘tkazishganda, “nafrat” (14,4%) qayd etilgan

bо‘lsa-da, oxir-oqibat suitsidga olib keluvchi “qо‘rquv” (13,1%), “dunyo qorong‘u
bо‘lib, nima qilishni bilmay qolish” (9,2%), “aybdorlik” (8,9%), “umidsizlik” (8,2%)
kabi tuyg‘ularning har о‘ntadan birida yashirin о‘z joniga qasd qilish xavfi
mavjud.Oilalarda suitsid (zо‘ravonlik) ni yuzaga kelish holatlarining kо‘rsatkichlarini
Smart tahlili asosida quyidagicha aniqlandi:

Olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar natijasida shaxslarning о‘z joniga

qasd qilish harakatining ijtimoiy-psixologik determinantlarining empirik modeli ishlab
chiqildi. Hisob-kitob natijalariga kо‘ra (3-rasm) Qoraqalpog‘iston respublikasi uchun
Ijtimoiy (K1=0,115), Tibbiy (K2=0,079) va Iqtisodiy (K5=0,13) bloklar ustuvor
ekanligi aniqlandi, bu esa о‘z navbatida:

Ijtimoiy sohada:
bepul psixologik markazlar tashkil qilish;
mahalla xodimlarining xotin-qizlarda о‘z joniga qasd qilishga moyilligini

aniqlash bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarini maxsus treninglar orqali oshirish;

aholi bandligini ta’minlash markazlarining faoliyatini takomillashtirish (aholida

mexnat motivatsiyasini shakllantira olish kо‘nikmalarini rivojlantirish, motivatsion
intervyu usulini о‘zlashtirish).

Tibbiy sohada:
mahalla (uchastka) shifokorlarining psixologik va psixoterapevtik yordam

kо‘rsatish sifatini oshirish;

jabrlanganlarni bepul dori-darmon bilan ta’minlash;
viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanserida о‘z joniga qasd qilishga moyilligi

bо‘lgan shaxslar reyestrini shakllantirish;

о‘z joniga qasd qilish xavfini baholash shkalalarini va aholini klinik kо‘rikdan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

345

345

о‘tkazish hamda tibbiy yordam kо‘rsatishda ambulatoriya sharoitida tashvish va
depressiyani aniqlash uchun anketalarni joriy etish.

Iqtisodiy sohada:
tumanlarda ijtimoiy korxonalarni tashkil etish; – tadbirkorlik faoliyatini tashkil

etishga kо‘maklashish; – banklardan kredit olish mexanizmini soddalashtirish.

har bir MFYni psixolog va psixoterapevt xodimlar bilan ta’minlash;
maktablarda muammoli oilalar farzandlariga kо‘maklashishda maktab

psixologlari rolini oshirish;

Ijtimoiy xizmat kо‘rsatish muassasalarida “xavf guruhi” va ularning oila

a’zolariga zarur psixologik yordamni tashkil etish;

ruhiy va xulq-atvor buzilishlarini erta tashxislash, о‘z joniga suiqasd qilishning

oldini olish va boshqa dolzarb yо‘nalishlar bо‘yicha tadqiqot rejasini ishlab chiqish.

XULOSA VA TAVSIYALAR

О‘z joniga suiqasd qilish jamiyatning jiddiy muammosi sifatida keng kо‘lamli

ishlarni amalga oshirish zarur.

Xususan:
deviant xulq-atvor kо‘rinishlaridan biri sifatida о‘z joniga qasd qilish

hodisasinining о‘rganishga doir sotsiologiya, psixologiya, huquqshunoslik, iqtisod
yо‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni kо‘proq olib borish va oldini olish metodologiyasini
ishlab chiqish;

suitsidal xulqning normal tarqalish xususiyatlaridan biri – erkaklar о‘rtasidagi

suitsid kо‘rsatkichlarining ayollar suitsidan kо‘p bо‘lishi ekanligini e’tiborga olgan
holda, ayollar suitsidi kо‘rsatkichlarining yuqoriligini normadan tashqari holat sifatida
baholash va uning oldini olish bо‘yicha maxsus davlat dasturi ishlab chiqilib, unga
qarshi kurash ishlarini maqsadli ravishda tashkil etish;

о‘z joniga qasd qilishlar kо‘rsatkichlarida о‘sish tendensiyasi kuzatilayotgan

Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyat mutasaddilarining ushbu holatlarga kuchli
e’tibor qaratishi;

aholi о‘rtasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi

“Zо‘rlik ishlatishdan jabr kо‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qо‘shimcha
chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ- 5116-son Qarorining mazmun-mohiyati, ushbu
qaror asosida tashkil qilingan reabilitatsiya markazlari va “Ishonch telefonlari”
faoliyati tо‘g‘risidagi xabardorlik darajasining pastligini e’tiborga olgan holda,
ommaviy axborot vositalari orqali olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini
kuchaytirish, reabilitatsiya markazlarining hamkor tashkilotlar, xususan, jabrdiyda
ayollarning huquqiy muammolarini hal qilishda IIV va prokuratura organlari bilan,
iqtisodiy masalalarda jabrlanuvchi yashaydigan MFYlar, mahalliy hokimliklar
о‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish;

MFY xodimlaridan ham norozilik yuqoriligini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–80_Issue-1_July-2025

346

346

Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan alohida
tadbirlarni amalga oshirish;

xalqaro tajribalarga tayangan holda, jamiyatda fuqarolar о‘rtasidagi

zо‘ravonliklarni bartaraf etish uchun ushbu jarayonning muhim elementi bо‘lgan

“zulm zanjiri”ni uzishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish kabilarni o‘z ichiga

oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi va Konstitutsiyasi / https://constitution.uz/

2.

O‘zbekiston Respublikasi va Neft Kodekslari / https://www.lex.uz/

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
to‘g‘risida” gi Qonuni / https://lex.uz/docs/-4494709

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuni. / https://www.lex.uz/

5.

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini
ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va

6.

qo‘shimchalar kiritish

to‘g‘risida”gi

O‘RQ-829-son

Qonuni/

https://lex.uz/uz/docs/-6430272

7.

Ботиров Б., Ботирова С. Социцидал фаоллик ва уни прогнозлаш
муаммолари./ Монография.-Тошкент.: “Фан ва технологиялар нашриёт уйи”,
2021. 118 бет

8.

Шоумаров Ғ., Соғинов Н.ва бошқалар. Суицид ҳолатларини тадқиқ этиш:
муаммо ва ечимлар. Услубий қўлланма. Тошкент.2020.141 бет




References

O‘zbekiston Respublikasi va Konstitutsiyasi / https://constitution.uz/

O‘zbekiston Respublikasi va Neft Kodekslari / https://www.lex.uz/

O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni / https://lex.uz/docs/-4494709

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonuni. / https://www.lex.uz/

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va

qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni/ https://lex.uz/uz/docs/-6430272

Ботиров Б., Ботирова С. Социцидал фаоллик ва уни прогнозлаш муаммолари./ Монография.-Тошкент.: “Фан ва технологиялар нашриёт уйи”, 2021. 118 бет

Шоумаров Ғ., Соғинов Н.ва бошқалар. Суицид ҳолатларини тадқиқ этиш: муаммо ва ечимлар. Услубий қўлланма. Тошкент.2020.141 бет