JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
319
319
RIVOJLANGAN XORIJIY MAMLAKATLARDA
ALIMENT MAJBURIYATLARI
Teshayeva Zuhra Sherbek qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti,
Email: zuhrateshayeva2002@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan Fransiya
Germaniya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda aliment majburiyatlari huquqiy jihatdan
tahlil qilingan. Shuningdek ushbu mamlakatlarda aliment to’lash yuzasidan erishgan
yutuqlarini mamlakatimiz qonunchiligiga qo’llash yuzasidan xulosa hamda takliflar
berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
aliment majburiyatlari, aliment miqdori, da’vo, sud, aliment
oluvchi, aliment to’lovchi.
Аннотация:
В статье юридически проанализированы алиментные
обязательства развитых зарубежных стран, в том числе Франции, Германии,
Украины и других. Также были даны заключения и предложения по применению
к законодательству страны достижений по выплате алиментов в этих странах.
Ключевые слова:
алиментные обязательства, сумма алиментов, иск, суд,
получатель алиментов, плательщик алиментов.
Annotation:
The article provides a legal analysis of alimony obligations in
developed foreign countries, including France Germany, Ukraine and other countries.
Also in these countries, conclusions and proposals were made on the application of the
achievements of alimony payments to the legislation of our country.
Key words:
alimony obligations, amount of alimony, claim, Court, alimony
recipient, alimony payer.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga asosan ota-onalar va
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetgunicha boqishi,
ularning tarbiyasi, ta’lim olishi uchun, sog’lom to‘laqonli va har tomonlama kamol
topishi xususida g’amxo‘rlik qilishga majbur hisoblanadirlar [1]. Shuningdek, davlat
va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi ham keltirib
o‘tilgan.
Aliment majburiyatlari tushunchasiga turli olimlar turlicha ta’riflar keltirib
o‘tganlar. O‘zbek huquqshunosi R.X.Xalilov aliment majburiyatini “qonunda ko‘zda
tutilgan shaxslar o‘rtasidagi moddiy qo‘llab-quvvatlash majburiyati” deb ta’riflaydi.
Olimning fikricha, bu majburiyat oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash
uchun muhim vosita hisoblanadi. Fransuz huquqshunosi R.David “Yevropada oila
huquqi” ilmiy- o‘quv qo‘llanmada aliment majburiyatini “davlat tomonidan oilaviy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
320
320
birdamlikni rag’batlantirish vositasi” deb ta’riflaydi. Rus huquqshunosi
A.M.Nechayeva alimentni “ijobiy huquqiy majburiyat” deb ta’riflaydi. Ya’ni aliment
faqat sud qarori bilan emas, balki shaxslarning o‘z ixtiyori bilan ham bajarilishi
mumkin[2].
Xorijiy
mamlakatlarda ham aliment majburiyatlari o‘zining milliy
qonunchiligida aks ettirilgan. Xususan Moldova Respublikasi Oila kodeksining 82-
moddasida turmush o‘rtoqlarning o‘zaro ta’minot majburiyati belgilab o‘tilgan.
Turmush o‘rtoqlar bir-birlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashi shart hisoblanadi. Bunday
qo‘llab-quvvatlash rad etilgan taqdirda taraflar o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risidagi
kelishuv bo‘lmaganda aliment to‘lash to‘g‘risidagi da’vo bilan sud instansiyasiga
quyidagilar murojaat qilish huquqiga ega:
1)
moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan mehnatga layoqatsiz turmush o‘rtoq
(pensiya yoshiga yetgan yoki o‘ta og‘ir, og‘ir yoxud o‘rtacha darajada imkoniyati
cheklanganlar);
2)
xotin homiladorlik davrida;
3)
o‘rtadagi farzand dunyoga kelganidan keyin uch yoshga to‘lgunga qadar
parvarishlayotgan turmush o‘rtoq;
4
) o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga imkoniyati cheklangan bolani yoki bolalikdan
nogironligi bo‘lgan farzandni parvarishlayotgan turmush o‘rtoq, agarda u shaxsiy ish
joyiga ega bo‘lmasa hamda bolani parvarishlash zarur bo‘lgan hollarda.
Aliment faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan holatlarda aliment oluvchi yetarli
darajada shaxsiy mablag‘larga ega bo‘lmagan-da, aliment to‘lashi shart bo‘lgan
turmush o‘rtoq esa yetarli mablag‘larga ega bo‘lgandagina to‘lanadi[3] . Moldova
Respublikasida er-xotinlar o‘rtasidagi moddiy ta’minotini undirish masalasida ikkala
tomonning ham huquq va manfaatlari bir xil himoya ostiga olingan. Yetarli moddiy
mablag‘ga ega bo‘lgan turmush o‘rtoq, zarur mablag‘larga muhtoj bo‘lgan er yoki
xotinni moddiy ta’minlab, uni qo‘llab-quvvatlashi mantiqan qaralganda adolatli
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
117-moddasida
ham xuddi shunday
qoida nazarda tutilgan bo‘lib, unda «yordamga muhtoj er yoki xotin yordam berishga
qodir bo‘lgan xotin yoxud erdan» degan jumla bilan yoritib o‘tilgan [4]. Biroq bu
qoidada
«qodir bo‘lgan» tushunchasi
yanada aniqroq va oydinroq ochib berilmagan.
Bu esa sudlarga qaysi holatlarda er yoki xotin moddiy ta’minot berishga qodirligi
masalasini hal etishda qiyinchiliklar tugdirmoqda. Shu nuqtayi nazarga asoslangan
holda Oila kodeksining 117-modasiga qo‘shimcha ravishda yordam berishga qodir
bo‘lish tushunchasiga aynan qanday holatlar kirishi keltirib o‘tilishi maqsadga
muvofiq.
Oila kodeksining 119-moddasida
er yoki xotin biri biriga sud tartibida
aliment to‘lash tartibi keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra taraflar o‘rtasida aliment to‘lash
to‘g’risida kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda sud tartibida undirilishi mumkin.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
321
321
Bugungi kunda sudlar tomonidan undirilayotgan kam miqdordagi alimentlar hozirgi
zamonda odatiy hayot kechirish uchun yetarli emas. Mehnatga layoqatsiz er yoki xotin
bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar ajratilgan eng kam oylik ish haqining 26,5 foizi
miqdoridagi pul, bugungi kunda 306 075 so‘mni tashkil etadi, farzand uchun yetarli
hisoblanmaydi.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan xorijiy mamlakatlar qonunchiligida
kun
kechirish uchun zarur bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori
tushunchasi mavjud
bo‘lib, har bir mamlakatda kun kechirish uchun zarur bo‘lgan to‘lovning eng kam
miqdori uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, iste’mol mahsulotlarining narxi hamda milliy
valyutaning barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi. Kun kechirish uchun zarur
bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori deganda insonga u yoki bu mamlakatda yashash
uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir pul miqdori tushuniladi. Kun kechirish uchun zarur
bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori butun mamlakat bo‘yicha, shuningdek, alohida
tuman yoki viloyatlar miqyosida belgilanishi mumkin. Kun kechirish uchun zarur
bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori mamlakatda insonning yaxshi turmush tarzi uchun
kerak bo‘lgan mahsulot hamda xizmatlarning iste’mol savatchasini aniqlab beradi.
Avstraliyada kun kechirish uchun zarur bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori 600
avstraliya dollariga teng. Bu so‘mda 4 938 000 ni tashkil etadi. Kun kechirish uchun
zarur bo‘lgan to‘lovning eng kam miqdori Lyuksemburgda 2000 yevro (bugungi kurs
bilan taxminan 29.5–29.6 million so‘m)ni, Germaniyada 1240 yevro ( 18 295 200
so‘m)ni, Finlyandiyada 1170 yevro (17 263 350 so‘m)ni, Buyuk Britaniyada 1087
yevro (16 055 216 so‘m)ni, Gollandiyada 1080 yevro (15 660 160 so‘m)ni, Fransiyada
1030 yevro (14 977 430 so‘m)ni, Belgiyada 1030 yevro (14 977 430 so‘m)ni,
Avstriyada 1010 yevro (14 902 550 so‘m)ni hamda Italiyada 855 yevro (12 461 206
so‘m)ni tashkil etadi [5]. E’tiborli tomoni shundaki, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Litva
kabi rivojlangan mamlakatlarda ota-onaning voyaga yetmagan farzandlariga
to‘laydigan aliment miqdorlarning mezonlari ikki tomon o‘rtasida tuzladigan o‘zaro
kelishuvlar orqali aniqlanadi. Bunda, albatta, bolaning yoshi, istiqomat qilayotgan
davlatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda yashash sharoitlari inobatga olinadi. Chunki
bola voyaga yetgan sari uning moddiy ehtiyoji ham ortib boraveradi. Germaniyada
aliment miqdorlarini aniqlashda sud alohida tuzilgan jadvaldan (masalan,
dyusseldorfsk jadvali) foydalangan holda, yordamga muhtoj tarafga aliment miqdorini
hisoblaydi. Shuningdek, mazkur jadvalga asosan voyaga yetmagan far-zandlar uchun
undiriladigan aliment miqdorlari farzandning yoshiga qarab belgilanadi, ya’ni 5
yoshgacha, 6 yoshdan 11 yoshgacha, 12 yoshdan 17 yoshgacha va 18 yosh [6].
Fransiyada ota-onaning voyaga yetmagan farzandlariga to‘laydigan aliment
miqdorlarini aniqlashda ikkala tomonning daromadi hamda majburiy chiqimlari, nikoh
bekor bo‘lgandan so‘ng oilaviy ahvoli va yangi turmush o‘rtog‘ining daromadi,
bolalarning soni, ularning yoshi, salomatligi, shuningdek o‘qish joylari inobatga
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
322
322
olinadi. Onalik va bolalik davlat tomonidan samarali tazda muhofaza qilinishining
asosiy mezonlaridan biri aliment to‘lovlarining vaqtida undirilishi hisoblanadi. Sud
qarorlarining o‘z vaqtida ijro etilishi ularning barqarorligi ta’minlanadi. Bugungi
kunda aliment undirish to‘g‘risidagi sud qarorlarining samarali ijrosini ta’minlay olgan
davlatlar qatorida Angliya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Shveysariya davlatlarini
keltirishimiz mumkin. Belorussiya, Isroil, AQSH hamda Kanada davlatlari ham
aliment to‘lovlarini undirish borasida ijobiy nati-jalarga erishgan.
Isroil va Ukraina aliment undirish borasida yaxshi tajribaga ega. Ushbu
davlatlarda agarda aliment to‘lovchi shaxs doimiy yoki vaqtinchalik ish joyiga ega
bo‘lmasa yoxud aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, bunda davlat aliment to‘lash
bo‘yicha barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi [7]. Isroilda aliment undiruvchi
shaxs mamlakatning Milliy sug‘urta xizmatiga (Bituax leumi) murojaat qilgan holatda,
aliment to‘lovchi shaxsdan pul mablag‘i undirilishidan qat’iy nazar qo‘shimcha
moddiy ko‘mak olishi mumkin.
Ukrainada agarda aliment to‘lovchi shaxs doimiy yoki vaqtinchalik ish joyiga ega
bo‘lmasa yoxud aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, yoinki uning yashash manzili aniq
bo‘lmasa, davlat tomonidan farzand uchun minimal yashash darajasida belgilangan
30% miqdoridan kam bo‘lmagan pul mablag‘i to‘lanadi.
Bugungi kunda amaliyotda aliment to‘lash majburiyatlaridan qochish maqsadida
doimiy ish joyi yoki tadbirkorlik bilan shug’ullangan holda yaxshi daromadga ega
bo‘lsa-da, o‘z majburiyatlarini bajarmaslik uchun tadbirkorligini yaqinlarining nomiga
rasmiylashtirib qo‘yishmoqda. Ushbu holatda Belorusiya tajribasini qo‘llagan holatda
aliment to‘lovchi vaqtincha yoki doimiy ish joyiga ega bo‘lmasa, davlat ijrochisi sudga
qarzdorni ishga joylab qo‘yish bo‘yicha taqdimnoma kiritish mexanizmni joriy etish
taklif etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
2.
Vorislik va oila huquqi: darslik / Jaxongir Inomovich Yuldashev. – T.:TDYU
nashriyoti,2024.
3.
Семейный кодекс Республики Молдова от 26 октября 2000 года Nº1316-XIV
4.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.04.2025-y., 03/25/1053/0317-son
5.
Ayollar va bolalar mulkiy manfaatlarini aliment munosabatlari orqali ta’minlash
masalalari:// Mualliflar jamoasi// Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019
6.
Право ребенка на алименты в странах континентальной правовой системы
(сравнительно правовой анализ). О.В. Убалехт// Вестник ТвГУ. Серия
«Право», 2011. Выпуск 27. 120-129-стр
7.
Анализ зарубежного опыта в сфере взыскания алиментных платежей. Е.Н.
Михайлова, И.В. Михайлов// Ученые записки Орловского государ-ственного
университета. №5 (55), 2013 г.