JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
312
312
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM VA KASBIY
RIVOJLANISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI: INSON
KAPITALINI RIVOJLANTIRISHDA YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR
Yeleusinova Janat Turar qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti, “Menejment” ta’lim yo’nalishi talabasi,
Ilmiy rahbar:
Dawletmuratov Adilbay Mirzabaevich
PhD, dotsent
QQDU “Menejment va iqtisodiyot asoslari” kafedrasi dotsenti,
Annotatsiya:
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim va kasbiy
rivojlanish tizimini takomillashtirish orqali inson kapitalini shakllantirish va
rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mintaqadagi mavjud muammolar tahlil qilingan
holda, ta’lim dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish, kasbiy ta’limni
modernizatsiya qilish, raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, o‘qituvchilar
salohiyatini oshirish va xorijiy tajribalarni moslashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar
asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, davlat-xususiy
sheriklik asosida mintaqaviy ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion
yondashuvlar tatbiqi orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
Tayanch so‘zlar:
Inson kapitali, ta’lim islohoti, kasbiy rivojlanish,
Qoraqalpog‘iston, mehnat bozori, raqamli ta’lim, davlat-xususiy sheriklik, innovatsion
yondashuv.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim va kasbiy tayyorgarlik tizimi iqtisodiy taraqqiyot,
innovatsion rivojlanish va raqobatbardosh inson kapitali shakllanishining asosiy
poydevoridir. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyotning tarkibiy
o‘zgarishlari, yoshlar sonining ortishi va raqobatbardosh ishchi kuchiga ehtiyojning
kuchayishi ta’lim va kasbiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim va kasbiy rivojlanish tizimi dolzarb
muammolardan biri bo‘lib, u mintaqaning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mavjud ta’lim muassasalarining zamonaviy talablarga
moslashuvi, ishchi kuchi bozorining ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirilgan kasbiy o‘quv
dasturlari, raqamli texnologiyalarni joriy etish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish
kabi omillar tizimni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xorijiy ilg‘or tajribalarni
moslashtirib, Qoraqalpog‘istonda innovatsion, amaliy va natijador ta’lim tizimini
shakllantirish zarur.
Korхonаdа inson kаpitаlini shаkllаntirish vа rivojlаntirish tizimini yаrаtish kеrаk
boʻlgаn tаmoyillаr tizimisiz аmаlgа oshirishi mumkin еmаs. Inson kаpitаlini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
313
313
shаkllаntirish vа rivojlаntirish tаmoyillаr tizimi oʻzаro bogʻliq еlеmеntlаrning
toʻplomidаn iborаt boʻlib, ulаrni qoʻllаnish korхonа uchun yаnаdа sаmаrаli boʻlgаn
inson kаpitаlini shаkllаntirish vа rivojlаntirish tizimini yаrаtishgа imkon bеrаdi .
Ushbu tizimning tаmoyillаrigа quyidаgilаr kirаdi:
• korхonаning аsosiy mаqsаdigа еrishish. Bu tаmoyil mohiyаti shundаn iborаt,
inson kаpitаlining shаkllаnish vа rivojlаnish jаrаyoni korхonаning ishlаb chiqаrish
fаoliyаti bilаn yаqindаn bogʻliq boʻlishi shаrt;
• ilmiylik vа dolzаrblik. Inson kаpitаlining shаkllаnishi vа rivojlаnishi zаmonаviy
ilm-fаn yutuqlаrigа аsoslаngаn boʻlishi vа dolzаrb tаlаblаrgа jаvob bеrishi kеrаk;
• аmаlgа oshirish qoʻlаyligi. Ushbu tаmoyil bаrchа dаrаjаdаgi iеrаrхik boshqаruv
tizimlаrining muvаffаqiyаtlаridаn foydаlаnish vа ulаrni joriy еtishgа аsoslаngаn;
• tеjаmkorlik. Tizimni qurishning bаrchа jаrаyonlаri minimаl хаrаjаtlаr bilаn
аmаlgа oshirilishi kеrаk;
• uzluksizlik. Tizim vа uning bаrchа jаrаyonlаri doimiy ishlаshi kеrаk;
• istiqbollik. Tizimni аmаlgа oshirishdа uning korхonаning kеlаjаkdаgi
rivojlаnishidаgi rolini hisobgа olish kеrаk;
• murаkkаblik. Tizimning bаrchа еlеmеntlаri oʻzаro tа’sir qilishi vа umumiy
mаqsаdgа itilishi kеrаk;
• individuаllik. Tizim korхonаning inson kаpitаlining bаrchа еlеmеntlаrini
shаkllаntirish vа rivojlаntirishgа qаrаtilgаn, lеkin undа hаr bir kаpitаl tаshuvchisining
oʻzigа хos хususiyаtlаri vа еhtiyojlаrining rivojlаngаnligi hisobgа olinishi kеrаk.
Shundаy qilib, аmаlgа oshirilgаn tаhlil korхonаdа inson kаpitаlini shаkllаntirish
vа rivojlаntirish tizimini joriy еtish vа аmаlgа oshirish bir qаtor tаmoyillаr vа shаrtlаrgа
rioyа qilishni tаlаb qilаdigаn murаkkаb jаrаyon еkаnligi toʻgʻrisidа хulosа
chiqаrishimizgа imkon bеrаdi. Shu bilаn birgа, bu tizim innovаtsion-fаol korхonаdа
mа’lum хususiyаtlаrigа еgа boʻlаdi. Ulаrgа korхonаdа inson kаpitаlini shаkllаntirish
vа rivojlаntirishgа, хususаn хodimlаrning innovаtsion qobiliyаtlаrini yuzаgа chiqаrish
uchun qoʻshimchа invеstitsiyаlаr kiritish kirаdi. Yа’ni innovаtsion-fаol korхonа bаrchа
mumkin boʻlgаn vositаlаrdаn foydаlаngаn holdа inson kаpitаlini toʻlаqonli
shаkllаntirish vа rivojlаntirishgа intilаdi, lеkin ushbu chorаlаr qаnchаlik аsosli vа
ulаrning sаmаrаsini qаndаy bаholаsh mumkin еkаnligini koʻrish uchun inson kаpitаlini
bаholаsh modеlini ishlаb chiqish mаqsаdgа muvofiqdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim va kasbiy rivojlanishni takomillashtirish
yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
1. Ta’lim dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish
Bugungi kunda ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy aloqaning zaifligi
- ishsizlikning ortishi, malakasiz kadrlar sonining ko‘payishi va iqtisodiy resurslarning
samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida
iqtisodiy tarmoqlar (qishloq xo‘jaligi, kichik sanoat, xizmat ko‘rsatish)ning o‘sib
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
314
314
borayotgan ehtiyojlari ta’lim dasturlarining qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda.
Ta’lim dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish - bu yagona yo‘nalish emas, balki
ta’lim tizimini zamon va hudud talablariga uyg‘unlashtirishga qaratilgan kompleks
islohotlar tizimidir. Qoraqalpog‘iston sharoitida bu yo‘nalishdagi ishlar nafaqat
iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki yoshlarning bandligini ta’minlash,
migratsiyani kamaytirish va mahalliy kadrlar salohiyatini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida soha va hudud ehtiyojlariga
mos ta’lim yo‘nalishlarini ochish.
Ta’lim yo‘nalishlari respublika miqyosida umumiy
standartlarga mos bo‘lib, mintaqaviy xususiyatlar hisobga olinmagan. Ko‘plab
yo‘nalishlar faqat nazariy bilimga asoslangan, amaliy ko‘nikmalar yetishmaydi. Yangi
sanoat tarmoqlari uchun kadrlar yetishtirilmayapti (masalan: IT, agrotexnologiya,
ekologik muhandislik). Bunda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha yillik asosda sektorlar
kesimida (qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat ko‘rsatish, qurilish) malakali ishchi kuchiga
bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilinishi kerak. Shu tahlil asosida oliy va o‘rta maxsus ta’lim
dasturlarining mazmuni va yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlariga
ega bo‘lgan mintaqa bo‘lib, bu yerda: qishloq xo‘jaligi (xususan, cho‘l zonasi
dehqonchiligi), suv resurslarini boshqarish, turizm (xususan, ekologik va madaniy),
tikuvchilik va hunarmandchilik, qayta tiklanuvchi energetika sohalari bo‘yicha katta
salohiyat mavjud. Shunga qaramay, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ushbu
sohalarga mos yo‘nalishlar yetarli emas yoki mavjud bo‘lsa ham, ularning zamonaviy
ehtiyojlarga mos darajadagi sifati yetarli emas. Yuqorida qayd etilganlarni hisobga
olgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasida oliy a’lim bo’yicha zamonaviy
yo’nalishlarni ochish taklif etiladi (1-jadvalga qarang).
Ish beruvchilar bilan hamkorlikda amaliyot dasturlarini kengaytirish.
Qoraqalpog‘istonda iqtisodiyotning diversifikatsiyasi bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda, ammo yangi sanoat tarmoqlari - IT, agrotexnologiya, ekologik
muhandislik sohalariga mos malakali mutaxassislar yetarli emas. Shularni hisobga olib
“Dual ta’lim” modelini joriy etish – bunda talaba o‘quv haftasining bir qismini darsda,
ikkinchi qismini esa korxonada amaliyot shaklida o‘tkazadi, ta’lim muassasasi va
korxona o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi tuziladi. Bu model ayniqsa qishloq
xo‘jaligi, avtomatika, IT, turizm xizmatlari sohalarida samarali. Bu tajriba ayniqsa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida – kam bandlik, malakasiz mehnat kuchi va
iqtisodiy qiyinchiliklar mavjud bo‘lgan hududlar uchun juda muhimdir.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
315
315
1-jadval.
Qoraqalpog’iston Respublikasi sharoitida taklif etilayotgan oliy ta’lim
yo‘nalishlari
1
Soha
Tavsiya etilgan yo‘nalish
Qishloq xo‘jaligi
Cho‘l zonasi agrotexnologiyasi, irrigatsiya injiniringi
Suv resurslari
Suvni boshqarish va monitoring texnologiyalari
Turizm
Ekoturizm va madaniy turizm menejmenti
Atrof-muhit muhofazasi Iqlim o‘zgarishi va ekologik muhandislik
Energetika
Quyosh va shamol energiyasi muhandisligi
Axborot texnologiyalari
Masofaviy xizmatlar IT-ixtisosligi (telemeditsina, agri-
tech dasturchisi)
2. Kasbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish.
Kasbiy ta’lim tizimini
modernizatsiya qilish – bu nafaqat ta’lim islohoti, balki mintaqaning iqtisodiy
barqarorligi, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy tenglikni kuchaytirish vositasidir. Bu
islohotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir hududida ahamiyatli bo‘lishi
mumkin. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
Texnikum va kasb-hunar maktablarini zamonaviy texnika va jihozlar bilan
ta’minlash.
Dual (ikki tomonlama) ta’lim tizimini (ya’ni o‘qish + ishlab chiqarish) joriy
etish.
Mahalliy sanoat korxonalari bilan kasbiy o‘qituvchilarning bevosita
hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
3. Raqamli va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish.
Raqamli va
masofaviy ta’lim – bu faqat texnologik imkoniyat emas, balki hududiy tenglik,
ta’limning inklyuzivligi, va bilimga doimiy ochiqlikni ta’minlovchi strategik
yo‘nalishdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu yo‘nalishda aniq siyosiy irodani
shakllantirish zarur. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
Raqamli ta’lim platformalari (Moodle, Coursera, EdX, ZiyoNet) orqali
o‘qitishni rivojlantirish.
Qishloq joylarda internet infratuzilmasini yaxshilash.
Onlayn malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
4. O‘qituvchilar salohiyatini oshirish.
O‘qituvchi – ta’lim tizimining yuragi.
Agar o‘qituvchining salohiyati kuchli bo‘lsa, har qanday islohot muvaffaqiyatli
bo‘ladi. Shuning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘qituvchilar salohiyatini
oshirishga ustuvor ahamiyat berish zarur. O‘qituvchilar salohiyatini oshirish quyidagi
1
Tadqiqotlar asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
316
316
yo‘nalishlarda amalga oshirish mumkin:
Zamonaviy malaka oshirish tizimini shakllantirish
Har bir o‘qituvchi uchun shaxsiy rivojlanish rejasini ishlab chiqish.
Mahalliy va xorijiy trenerlar ishtirokida: innovatsion metodikalar, STEAM-
ta’lim, raqamli texnologiyalar bo‘yicha modulli treninglar.
Online kurslar va vebinarlar orqali doimiy rivojlanish.
Raqamli savodxonlik va texnologik ko‘nikmalarni oshirish
Har bir o‘qituvchi uchun ICT sertifikati (Information and Communication
Technology sertifikati - bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish va
ulardan samarali foydalanish ko‘nikmasini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, ayniqsa ta’lim
tizimidagi o‘qituvchilar uchun zamonaviy kasbiy tayyorgarlikning muhim elementidir)
talab qilish.
Darslarda interaktiv vositalardan foydalanishni o‘rgatish (quizlet, kahoot,
jamboard, chatGPT, Wordwall).
Kasbiy faoliyatda tahliliy va ijodiy yondashuvni rivojlantirish
O‘qituvchilarni o‘z faniga oid: ilmiy maqola yozish, loyiha tuzish, didaktik
materiallar yaratishga yo‘naltirish.
Pedagogik innovatsiyalar tanlovlari, grantlar, konferensiyalar.
Mentorlik va tajriba almashinuvi tizimini yo‘lga qo‘yish.
Mentorlik – bu
tajribali o‘qituvchining (mentor) yangi yoki kam tajribali o‘qituvchiga (menti) kasbiy
rivojlanish, metodik yondashuvlar, dars sifati va shaxsiy o‘sishda ko‘mak berish
tizimidir. Ushbu tizimni Qoraqalpog’iston Respublikasi ta’lim sohasida rivojlantirish
uchun quyidagi alohida e’tibor qaratish kerak:
Yangi o‘qituvchilar uchun tajribali ustozlar bilan ishlash tizimi joriy etish;
Tuman va respublika miqyosida pedagogik ustaxonalar, metodik platformalar
tashkil etish.
5. Xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq qilish.
Bu hozirgi globallashuv davrida
har bir soha rivoji uchun nihoyatda dolzarb masalalardan biridir. Zamonaviy taraqqiyot
yo‘lida bo‘lgan har qanday davlat uchun xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni
o‘z sharoitlariga mos tarzda tatbiq qilish muhim strategik vositadir. Bunda nafaqat
texnologik yoki boshqaruv tajribalari, balki institutsional, huquqiy, ta’lim va madaniy
tajribalarning ham o‘rni beqiyosdir. Xorijiy tajribani o‘rganish va tatbiq etish bir
martalik harakat emas, balki uzluksiz va strategik jarayondir. Bu jarayonda
muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilar muhimdir:
Har bir tajribaning kelib chiqqan kontekstini to‘g‘ri anglash;
Mahalliy sharoitlarni chuqur tahlil qilish;
Ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida moslashtirish strategiyasini ishlab
chiqish;
Innovatsion g‘oyalarga ochiqlik.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
317
317
6. Rag‘batlantirish va ijtimoiy maqomni ko‘tarish.
Rag‘batlantirishning izchil
va tizimli amalga oshirilishi - jamiyatning asosiy tayanichi bo‘lgan kasb egalarining
obro‘sini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu boisdan quyidagilarni tavsiya qilish
mumkin:
Eng yaxshi o‘qituvchi mukofotlari (pul mukofoti, safarlar, sertifikatlar).
Faol o‘qituvchilar uchun ijtimoiy imtiyozlar (uy-joy, kredit, dam olish
yo‘llanmalari).
Jurnal va saytlar orqali pedagoglar faoliyatini targ‘ib qilish.
Har yili muntazam ravishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini
o‘tkazish.
Ustoz-mentorlik dasturlarini rivojlantirish.
Innovatsion o‘qitish metodikalarini joriy etish (STEAM, CLIL, loyiha
asosidagi ta’lim).
7. Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish.
Davlat-xususiy sheriklik – bu
nafaqat moliyaviy manfaatlarni, balki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi
zamonaviy boshqaruv modelidir. Uni kengaytirish uchun:
Xususiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish (soliq yengilliklari,
subsidiyalar).
Ish beruvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish: stipendiya, amaliyot, tajriba
almashinuvi.
Innovatsion kasbiy markazlar va karyera markazlarini yaratish.
8. Xorijiy tajribalarni lokalizatsiya qilish
. Bu murakkab, ammo zaruriy
jarayondir. Bunda quyidagilar muhimdir
Janubiy Koreya, Germaniya, Finlandiya kabi davlatlar tajribasidan foydalanish.
Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish (Erasmus+,
Bolonya jarayoni).
Xalqaro sertifikatlarni beruvchi o‘quv kurslarini ochish (IT, menejment, til
o‘rganish).
Xulosa va takliflar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida raqobatbardosh inson kapitalini shakllantirish
uchun quyidagi takliflar muhim ahamiyatga ega:
Hududiy ixtisoslashuvga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Kasbiy ta’limni zamonaviy texnika va metodika bilan boyitish;
Mahalliy va xorijiy investorlarni ta’lim infratuzilmasiga jalb qilish;
O‘qituvchilarni malaka va salohiyat jihatdan kuchaytirish;
Raqamli savodxonlikni ta’lim tizimi bo‘yicha ustuvor yo‘nalishga aylantirish.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–80_Issue-1_July-2025
318
318
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2014.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli
Farmoni - “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasi”, 52-maqsad. www.lex.uz
3.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Ta’lim
to‘g‘risida”gi
Qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. https://lex.uz/ru/docs/-
5. Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. https://lex.uz/ru/docs/-
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020–2023-yillarda kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturi. https://lex.uz/docs/-5100705
7. Худякова Е.Г. Оценка человеческого капитала и эффективности его
использования в интересах инновационного развития предприятия. – Дисс. к.э.н.
– Уфа, 2019. – С. 61.