JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
96
96
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISHI
Karimova Navbaxar Mahmudjanovna
Urganch davlat universitetida sirtqi maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi hamda
Gurlan tumanidagi 9-sonli ko'p tarmoqli İxtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim
tashkilotida tarbiyachi
Annotatsiya:
maktabgacha davrda bolalar til, nutq, tasavvur, diqqat va mantiqiy
fikrlash ko‘nikmalarini tez rivojlantiradi. Aqliy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash uchun
o‘yin orqali o‘rganish, nutqni rag‘batlantirish, tasviriy san’at va ijodiy faoliyat, kitob
o‘qish, muammoli vaziyatlarni yaratish hamda ijtimoiy muhitni shakllantirish muhim
hisoblanadi.
Kalit so’zlar:
maktabgacha yosh, bolalar aqliy rivojlanishi, aqliy ko'nikmalar, til
rivojlanishi, nutq, mantiqiy fikrlash.
Аннотация:
в дошкольном возрасте у детей быстро развиваются навыки
речи, языка, воображения, внимания и логического мышления. Для поддержки
умственного развития важны обучение через игру, стимулирование речи,
изобразительное искусство и творческая деятельность, чтение книг, создание
проблемных ситуаций, а также формирование социальной среды.
Ключевые слова:
дошкольный возраст, умственное развитие детей,
умственные навыки, развитие речи, язык, логическое мышление.
Annotation:
in the preschool period, children rapidly develop skills in language,
speech, imagination, attention, and logical thinking. To support intellectual
development, learning through play, stimulating speech, visual arts and creative
activities, reading books, creating problem situations, and fostering a social
environment are important.
Key words:
preschool age, children's intellectual development, cognitive skills,
language development, speech, logical thinking.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo`lish,
narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o`quv mehnat, samarali
faoliyatlar jarayonida [rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. Hozirgi zamon
pedagogika fani bilimlar sistemasini o`zlashtirib olish, ularni jamg`arish, ijodiy
tafakkurni rivojiantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo`lgan bilish
faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko`rsatkichlari
hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga
qarab belgilanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning
natijalari maktabgacha ta’lim yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta
imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’lim
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
97
97
yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko`nikmalarini yanada
chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’im
yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to`g`risida kattagina hajmdagi eng oddiy
bilim va tushunchalarga ega bo`lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar,
narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo`lmagan tomonlarini ajrata
oladigan ba’zi bir sabab natijali bog`lanishlarni bilib oladigan bo`lib qoladilar. Ularda
o`quv faoliyatining dastlabki ko`rsatkichlari shakllanadi. Shuning uchun bog`cha
yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega. Ilk va bog`cha yoshi
davrida bolalarda tevarak-atrofga bo`lgan qiziqish juda tez o`sadi. Qiziqish bolaning
aqliy rivojlanishini harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning
qiziquvchanligini, bilishga bo`lgan har qanday xohishini sezishlari va rag`batlantirib
borishlari kerak. Aqliy tarbiya vazifalari bolani maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy
tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy
faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko`nikmalarini egallab olishlari ularni
maktabda
muvaffaqqiyatli
o`qishlari
uchun
bo`lajak
mehnat
faoliyatiga
tayyorlanishida manba bo`lib xizmat qiladi.
Odamning aqliy faoliyati - bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil
sistemalarining katta miqdoridir. Ko`pgina vazifalarni hal etishda qo`llaniladigan keng
ko`lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa, muhimdir. Bunday harakatlarga
tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Bolalar bog`chasi oldida bolalarning aqliy
qobiliyatini rivojlantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida
namoyon bo`ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik - fahm-
farosatlilik, tanqidiy ko`z bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan ajralib turishi
mumkin. Aqliy ko`nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat
usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo`lmagan belgilarni
ajratib ko`rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir.
Maktabgacha yosh — bolaning aqliy, jismoniy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishida
muhim bosqich hisoblanadi. Ayniqsa, aqliy rivojlanish bu davrda tez sur'atlar bilan
rivojlanadi va bolaning kelajakdagi ta’lim olishiga, shuningdek, hayotdagi
muvaffaqiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy
rivojlanishi asosan quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi.Bolalar dunyoni sezgi organlari
orqali o‘rganishni boshlaydi. Bu davrda ular ko‘rish, eshitish, ta’m, hid kabi sezgilar
orqali atrofdagi muhit bilan tanishadi.Bolaning so‘z boyligi tez kengayadi, u murakkab
gaplarni tushuna boshlaydi, o‘z fikrlarini so‘zlar yordamida ifodalashga o‘rganadi.
Bolalar tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantiradi, ertaklar va o‘yinlar orqali yangi
obrazlar yaratadi. Maktabgacha yoshda bolaning e’tibori uzluksiz ravishda oshadi, u
ko‘proq murakkab vazifalarni bajarishga qodir bo‘ladi.Bolalar sabab-oqibat
munosabatlarini tushunishni boshlaydi, sodda muammolarni hal qilishga intiladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–81_Issue-1_July-2025
98
98
Bolalarning aqliy rivojlanishini samarali qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi
usullar tavsiya etiladi.
• O‘yin orqali o‘rganish: o’yin bolalar uchun eng tabiiy o‘rganish vositasidir. Rol
o‘yinlari, qurilish o‘yinlari, jumboqlar va boshqalar orqali bolalar fikrlash,
muammolarni hal qilish va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
• Nutqni rag‘batlantirish: bolalar bilan ko‘p muloqot qilish, ularni savollar
berishga undash va o‘z fikrlarini ifodalashga rag‘batlantirish nutq rivojlanishini
tezlashtiradi.
• Tasviriy san’at va ijod: rasm chizish, loy bilan ishlash, qo‘l mehnati bolalarning
tasavvurini va nozik motorikasini rivojlantiradi.
• Kitob o‘qish va ertak aytish: bolalar uchun mos kitoblar o‘qish va ertaklarni
aytish ularning tasavvurini kengaytiradi va til ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
• Muammoli vaziyatlarni yaratish: bolalarni yangi vaziyatlarga duchor qilish va
ularni yechim topishga undash mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
• Ijtimoiy muhit yaratish: bolalar o‘rtasida hamkorlik va muloqotni rivojlantirish,
do‘stlar bilan o‘ynash imkoniyatlarini ta’minlash aqliy va ijtimoiy rivojlanishga
yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi ularning
kelajakdagi ta’lim va hayotdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.
Ushbu davrda bolaning fikrlash, nutq, tasavvur va diqqat ko‘nikmalarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan
yaratilgan boy va rag‘batlantiruvchi muhit bolalarning aqliy salohiyatini to‘liq
ochishga imkon beradi hamda ularni mustaqil, faol va ijodkor shaxs sifatida
shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyot va havolalar:
1.
Hasanboyeva O. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. - Т.: O`zbekiston,
2010.
2.
Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Работа с криптовалютой//UNIVERSUM:
ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. No10(91), 2021. С. 18-21.