JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
20
20
MUSIQA TA’LIMI ORQALI BO‘LAJAK TRABIYACHILARNING
ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA
TA’LIMIY O‘YINLARNING O‘RNI
Raxmonov Ulug‘bek Karimovich
Farg‘ona davlat universiteti Sirtqi bo‘limi ijtimoiy-gumanitar
fanlar kafedrasi dotsenti
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim a’lochisi
Тел. +998 90 160 79 00
Annotatsiya.
Ushbu maqola Musiqa ta’limi orqali bo‘lajak trabiyachilarning
estetik kompetentligini rivojlantirishda musiqa ta’limiy o‘yinlarning o‘rni, bo‘lajak
tarbiyachilarni tayyorlashda musiqa ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash ularning estetik
qarashlarini kengaytirish, musiqiy ta’limni interaktiv va qiziqarli qilish imkonini
yaratish hamda bu usullar orqali tarbiyachilar nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi, bolalar bilan ishlashda estetik ta’limni tashkil etishda yangi pedagogik
yondashuvlarni o‘zlashtirishi haqida ilmiy yondashilgan.
Kalit so‘zlar.
Bo‘lajak, tarbiyachi, tayyorlash, jarayon, musiqiy, ta’limiy,
o‘yinlar, foydalanish, estetik, kompetentlik, samarali, usullar, biri, ta’minlash.
Аннотация.
В данной статье научно обосновано значение музыкально-
образовательных игр в процессе развития эстетической компетентности
будущих воспитателей через музыкальное образование. Раскрыта роль
музыкально-образовательных игр в подготовке будущих воспитателей, их
значение в расширении эстетических взглядов, создании интерактивной и
увлекательной образовательной среды. Также подчеркивается, что посредством
этих методов будущие воспитатели не только приобретают музыкальные знания
и навыки, но и осваивают новые педагогические подходы в организации
эстетического воспитания при работе с детьми.
Ключевые слова:
будущий, воспитатель, подготовка, процесс,
музыкальный,
образовательный,
игры,
использование,
эстетический,
компетентность, эффективные, методы, одно из, обеспечение.
Abstract.
This article provides a scientific analysis of the role of music-based
educational games in developing the aesthetic competence of future preschool
educators through music education. It highlights the application of such games in the
training of future educators, emphasizing their importance in broadening aesthetic
perspectives, making music education more interactive and engaging. It also notes that
through these methods, future educators not only acquire musical knowledge and skills
but also adopt new pedagogical approaches for organizing aesthetic education when
working with children.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
21
21
Keywords:
future, educator, training, process, musical, educational, games,
usage, aesthetic, competence, effective, methods, one of, provision.
Kirish
Zamonaviy
maktabgacha
ta’lim tizimida estetik tarbiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biri sifatida musiqa ta’limi alohida o‘rin tutadi. Musiqa bolalarda
nafaqat musiqiy ko‘nikmalarni shakllantirish, balki ularning estetik hissiyotini, badiiy
tasavvurini va ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida musiqiy ta’limiy o‘yinlardan
foydalanish ularning estetik kompetentligini oshirishda samarali usullardan biri
hisoblanadi.
Musiqiy ta’limiy o‘yinlar bolalarning qiziqishini uyg‘otish, musiqiy va ritmik
bilimlarni o‘rgatish hamda ularning jismoniy faolligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘yinlar orqali tarbiyachilar bolalarning diqqatini jalb etish, ularning
ijodiy qobiliyatlarini faollashtirish va estetik didini shakllantirish imkoniga ega
bo‘ladi.
Maqolaning asosiy maqsadi - musiqa ta’limiy o‘yinlarning bo‘lajak
tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash va ularning
samaradorligini yoritishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun musiqiy ta’limiy
o‘yinlarining pedagogik ahamiyati, ularning mazmuni va turlari hamda ularni ta’lim
jarayonida qo‘llash uslublari tahlil qilindi. Ushbu ishda musiqiy ta’limiy o‘yinlar orqali
bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini oshirish usullari va metodlari tadqiq
etiladi, shuningdek, ularning kasbiy faoliyatga tayyorgarligidagi o‘rni yoritiladi.
Musiqiy ta’lim jarayonida ta’limiy o‘yinlar - bolalarning jismoniy va ma’naviy
faolligini uyg‘otish, ularni rag‘batlantirish va musiqiy ko‘nikmalarini o‘rgatishning
samarali usuli sifatida qaraladi. Muhim jihati shundaki, o‘yinlar nafaqat bolalarning
diqqatini jalb qilishga yordam beradi, balki ularni turli musiqiy elementlar bilan
tanishtirish, ritmni his qilish va musiqiy faollikka jalb etishni osonlashtiradi. Bu esa
bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishda muhim omil
hisoblanadi.
Musiqiy o‘yinlar esa nafaqat shunday o‘rganish jarayonining bir qismi, balki
estetik va emotsional rivojlanishni ta’minlaydigan vosita sifatida ham xizmat qiladi.
Bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda musiqa ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash ularning
estetik qarashlarini kengaytirish, musiqiy ta’limni interaktiv va qiziqarli qilish
imkonini beradi. Bu usullar orqali tarbiyachilar nafaqat musiqiy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, balki bolalar bilan ishlashda estetik ta’limni tashkil etishda
yangi pedagogik yondashuvlarni ham o‘zlashtiradi.
Shuningdek, musiqa ta’limiy o‘yinlar tarbiyachilarning kasbiy malakasini
oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ular orqali pedagoglar pedagogik jarayonda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
22
22
innovatsion usullarni qo‘llashga, bolalarning ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga
olgan holda individual yondashuvni shakllantirishga o‘rganadilar. Bu esa maktabgacha
ta’lim sifatini oshirish va bolalarning estetik dunyoqarashini boyitishda muhim qadam
bo‘ladi. Musiqa ta’limiy o‘yinlar orqali estetik kompetentlikni shakllantirish
maktabgacha ta’limda nafaqat bolalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitadi, balki
bo‘lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatida ham mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Musiqa ta’limi orqali estetik kompetentlikni rivojlantirish masalasi nafaqat bilim
berish jarayoni emas, balki insonning shaxsiy va ma’naviy o‘sishiga xizmat qiladigan
muhim pedagogik jarayondir. Musiqa asarlarini tushunish, baholash va ular orqali his-
tuyg‘ularni izhor qilish tarbiyachilarda estetik tafakkurning mukammallashuvini
ta’minlaydi. Bu nuqtada A.Qurbonov va Sh..Axmedov kabi mualliflar musiqa
ta’limida estetik kompetentlik shakllanishining tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyatini
alohida ta’kidlaydilar.
O‘yin - bolalar va kattalarda bilish va his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
uchun eng tabiiy va samarali usullardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar
L.S.Vыgotskiyning ta’lim nazariyasiga asosan, o‘yin insonning bilish jarayonida
asosiy o‘rin o‘ynaydi, deb ta’kidlaydilar L.S.Vыgotskiy. Musiqa o‘yinlari orqali
tarbiyachilar musiqa elementlarini tajribaviy ravishda o‘zlashtirib, nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, musiqa o‘yinlari
interaktiv ta’lim usullari sifatida talabalarning diqqatini jalb qilishda muhim o‘rin
o‘ynaydi. Bu usul orqali o‘quv jarayoni qiziqarli va ta’sirchan bo‘lib, talabalarda ijodiy
fikrlash hamda emotsional izhorlar mustahkamlanadi.
Musiqa o‘yinlari nafaqat estetik bilimlarni oshirish, balki tarbiyachilarning
ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Jamoaviy o‘yinlar orqali ular
bir-biri bilan hamkorlik qiladi, muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlaydi va musiqa
orqali his-tuyg‘ularni baham ko‘rishni o‘rganadilar. Bu jihatlar kelajakda pedagogik
faoliyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Musiqa o‘yinlarini ta’lim jarayoniga
muntazam kiritish va ularning mazmunan talabalarning estetik kompetentligini
oshirishga moslashtirilishi tavsiya etiladi. Pedagoglar uchun maxsus o‘quv kurslari
tashkil etilib, musiqa o‘yinlarini samarali qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish ishlari olib
borilishi kerak. Shuningdek, musiqa o‘yinlari uchun pedagogik dasturlar va metodik
qo‘llanmalar ishlab chiqish ahamiyatga ega.
Musiqa ta’limiy o‘yinlar bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini
shakllantirish va mustahkamlashda muhim pedagogik vosita hisoblanadi. Estetik
kompetentlik - bu shaxsning musiqa va boshqa san’at namunalariga nisbatan his-
tuyg‘u, estetik baholash va emotsional javob kayfiyatidir. Musiqiy o‘yinlari orqali
tarbiyachilar nafaqat musiqa elementlarini, ya’ni ritm, temp, melodiya va boshqalar
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
23
23
aniq va samarali o‘rganadilar, balki musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini
his qilish va boshqalarga yetkazish qobiliyatini ham rivojlantiradilar.
Shuningdek, musiqa o‘yinlari interaktiv ta’lim usullari sifatida tarbiyachilarda
ijodiy fikrlash, emotsional izhor qilish va jamoaviy muloqot ko‘nikmalarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jihatlar pedagogning estetik va ma’naviy salohiyatini
mustahkamlab, uning bolalarni tarbiyalashdagi pedagogik mahoratini oshiradi.
Musiqa ta’limiy o‘yinlar bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini
rivojlantirishda nafaqat bilimlarni, balki ijodiy, emotsional va ijtimoiy salohiyatlarni
oshirishga xizmat qiladigan asosiy va samarali pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Shu tariqa, ularni professional va ma’naviy jihatdan mukammal pedagoglar etib
tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
MUSIQA
TA’LIMIY
O‘YINLAR
VA
ULARNING
TA’LIM
JARAYONIDAGI AHAMIYATI – BU BOLA VA KATTALARNING
BILISH,
HIS
QILISH
VA
IJODIY
QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHDA
SAMARALI
USUL
HISOBLANADI.
MUTAXASSISLAR TA’KIDLASHICHA, O‘YIN INSONNING TABIIY
O‘RGANISH VA JAMIYATGA MOSLASHISH VOSITASI. MUSIQA
TA’LIMIY O‘YINLAR SHU KONSEPSIYAGA ASOSLANIB, MUSIQA
BILIMLARINI O‘YIN SHAKLIDA O‘ZLASHTIRISH IMKONINI BERADI.
Musiqa ta’limiy o‘yinlar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligi
rivojlanadi, bu esa ularning pedagogik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Musiqa
o‘yinlari nafaqat bilim berish, balki ijodiy va emotsional ko‘nikmalarni
shakllantirishda ham muhim vosita hisoblanadi. Shu sababli musiqa ta’limiy o‘yinlarni
ta’lim tizimida keng joriy etish va ularning metodologiyasini takomillashtirish zarur.
Natija
Musiqa ta’limiy o‘yinlar estetik kompetentlikni rivojlantirishda muhim
vosita ekanligi tasdiqlandi.
O‘yin usuli orqali bo‘lajak tarbiyachilar musiqa
elementlarini, xususan ritm, temp, melodiya va dinamikani samarali o‘zlashtira
olishadi. Bu ularning musiqaga bo‘lgan his-tuyg‘ulari va estetik qarashlarini
mustahkamlaydi. Musiqa o‘yinlari tarbiyachilarning diqqatini jalb qilib, musiqa
asarlarini tinglash va ularni tushunish qobiliyatini oshiradi. Bu jarayonda ularning
ijodiy fikrlash qobiliyati va emotsional sezgirligi ham rivojlanadi. Bu esa ularning
bolalar bilan ishlashda estetik tarbiya berish qobiliyatini yaxshilaydi va musiqa
ta’limida yuqori pedagogik natijalarga erishish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida
musiqa o‘yinlarini qo‘llash pedagoglarga interaktiv va samarali usullarni joriy
qilishga yordam beradi.
Bu usullar orqali ta’lim jarayoni qiziqarli va ta’sirchan
bo‘lib, o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishi va zavqi ortadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
24
24
Muhokama
Maqola natijalari shuni ko‘rsatdiki, musiqa ta’limiy o‘yinlar bo‘lajak
tarbiyachilarning estetik kompetentligini shakllantirishda samarali va muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Bu natija adabiyotlarda keltirilgan nazariy qarashlar bilan
muvofiqdir, ular musiqa o‘yinlari ta’lim jarayonida talabalarning musiqaga bo‘lgan
his-tuyg‘ulari va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni alohidadir. Musiqa
o‘yinlari tarbiyachilarning ritm va melodik elementlarni o‘zlashtirishini
yengillashtiradi, shu bilan birga ularda ijodiy yondashuv va emotsional izhor
imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa ularning estetik sezgirligini mustahkamlashga
xizmat qiladi, ya’ni musiqa ta’limida nafaqat texnik bilimlar, balki estetik va
emotsional tafakkur ham muhim ekanini tasdiqlaydi.
Shuningdek, musiqa ta’limiy o‘yinlar pedagogikada interaktiv ta’lim usullarining
samaradorligini oshiradi. Bu usullar orqali tarbiyachilarning faollik darajasi va diqqati
oshadi, ularning musiqaga bo‘lgan qiziqishlari kuchayadi. Bu jamoaviy o‘yinlarda
talabalarning ijtimoiy ko‘nikmalari ham rivojlanishiga yordam beradi, bu esa
tarbiyachilarning kelajakdagi pedagogik faoliyati uchun muhimdir. Shuni aytish
kerakki, musiqa ta’limiy o‘yinlar bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini
rivojlantirishda nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki ijodiy va emotsional salohiyatlarni
ham oshirishga xizmat qiladi. Bu esa musiqa ta’lim jarayonini samarali va ma’naviy
boy qilish imkonini beradi.
XULOSA
Musiqa ta’limiy o‘yinlar bo‘lajak tarbiyachilarning estetik kompetentligini
shakllantirish va rivojlantirishda muhim va samarali pedagogik vosita hisoblanadi.
O‘yin usuli orqali tarbiyachilar musiqaga nisbatan emotsional munosabatini
kuchaytirib, ritm, temp, tonallik kabi musiqa elementlarini chuqurroq va yorqinroq
o‘zlashtiradilar. Musiqa o‘yinlari tarbiyachilarning estetik tafakkurini va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi, bu esa ularning bolalarda estetik va
musiqiy qarashlarini tarbiyalashda faol o‘rin o‘ynaydi. Shuningdek, o‘yinlar
pedagogikada interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash orqali ta’lim jarayonini qiziqarli va
ta’sirchan qiladi. Shu bilan birga, estetik kompetentlikni baholashdagi murakkabliklar
va uning sub’ektiv xususiyatlari kelgusida tadqiqotlarni chuqurlashtirish va baholash
mezonlarini takomillashtirishga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, musiqa ta’limiy o‘yinlar orqali estetik kompetentlikni
rivojlantirish bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik malakasini oshirishda samarali yo‘l
bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli va ma’naviy boy pedagoglarga aylantirishga xizmat
qiladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–82_Issue-1_August-2025
25
25
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.Axmedov. Musiqiy ta’lim va estetik tarbiya. - Toshkent: 2019 yil. Ma’naviyat
nashriyoti.
2.
A.Qurbonov. Musiqiy pedagogika: nazariya va amaliyot. - Samarqand, 2018 yil.
Samarqand davlat universiteti nashriyoti.
3.
F.To‘xtamurodov. Interaktiv usullar va musiqa ta’limida o‘yinning o‘rni. -
Toshkent: 2021 yil. Pedagogika jurnali, №4.
4.
N.Karimova. Pedagogik musiqa o‘yinlari va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
- Toshkent: 2022 yil. Fan va ta’lim, №2.
5.
J.Eshmurodov. Estetik kompetentlikni baholash metodologiyasi. - Toshkent: 2020
yil. Ilmiy ishlar to‘plami, №3.
6.
L.S.Vыgotskiy. O razvitii vыsshix psixicheskix funksiy. - Moskva: 1978
yil.Pedagogika.
