Vol. 82 No. 1 (2025)

Vol. 82 No. 1 (2025)
Published: 13-08-2025

Articles

3-11 23 7

SΟLIQ TIZIMIDA SΟLIQ BAZASI ΟRQALI XUFYΟNA IQTISΟDIYΟTNI ANIQLASH VA UNI QISQARTIRISH AMALIYΟTINING TAHLILI

Rustamov Sobirdjon Maxmudovich

Annotasiya. Mazkur maqolada respublikamizda so‘nggi yillarda mamlakatda soliq va moliya sohalarida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda biznes doiralarining ishonchini yanada mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yoritilgan. Shu bilan birga, iqtisodiyotda yashirin aylanma savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va ta’mirlash, turarjoy xizmatlarini ko‘rsatish kabi sohalar o‘rganilib, xorij tajribasi, mamlakatimizda uni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosa va takliflar shakllantirilgan.

81-83 19 6

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA KASALLIKLARNI ERTA TASHXISLASH

Bekmirzayeva Gulira'no Akbarali qizi, Gʻofforov Dilshodbek

Anotatsiya: Sun’iy intellekt (SI) – zamonaviy texnologiyalarning eng ilg‘or yutuqlaridan biri bo‘lib, u so‘nggi yillarda tibbiyotning turli yo‘nalishlariga jadal sur’atlar bilan kirib bormoqda. Xususan, diagnostika sohasida SI yordamida kasalliklarni erta aniqlash tibbiy amaliyotda muhim burilish yasadi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining ishlash mexanizmlari, ularning asosiy komponentlari – mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish va neyron tarmoqlar asosida qanday natijalarga erishilayotgani yoritib berilgan. Radiologiya, dermatologiya, onkologiya, kardiologiya, oftalmologiya kabi sohalarda sun’iy intellekt yordamida erta tashxis qo‘yish usullari, ularning afzalliklari va amaliy qo‘llanilishi muhokama qilingan. Shu bilan birga, AI texnologiyalarining imkoniyatlari bilan bir qatorda xavflari – noto‘g‘ri tashxis ehtimoli, axborot maxfiyligi muammolari va etik masalalar ham chuqur tahlil qilingan. Maqolada ilmiy tadqiqotlar, AI asosida ishlaydigan ilg‘or dasturiy platformalar (masalan, IBM Watson, Google AI, Aidoc) misolida ushbu texnologiyaning kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Umuman olganda, sun’iy intellekt tibbiy tashxisda inqilobiy yondashuvlarni taklif etadi va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirishda beqiyos rol o‘ynaydi.

121-132 21 2

ХОРАЗМШОҲЛАР ДАВЛАТИ БОШҚАРУВИ ТИЗИМИ

Қаҳрамон Усманович Умидуллаев, Чўтбоев Муҳаммад Чориевич

Аннотация: Ушбу мақолада Ануштегинлар сулоласи томонидан асос солинган Хоразмшоҳлар давлати бошқарув тизими таҳлил қилинган. Хоразмшоҳлар давлатининг сиёсий-маъмурий бошқарув тизими, марказий ва ҳудудий ҳокимият органлари фаолияти ҳамда ташқи алоқалари ўрганилган. Хоразмшоҳлар давлатининг давлат бошқаруви органлари фаолияти шу соҳада илмий тадқиқотлор олиб борган миллий ва хорижий олимларнинг ишлари,  тарихий манбалар ва замонавий тадқиқотлар асосида таҳлил қилинган.

118-120 18 5

QISHLOQ XO‘JALIGIDA FOYDALANILADIGAN KALIY O‘G‘ITINI ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLI

Hayitov Shuxrat Shokir o`g`li

Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida kaliy o‘g‘itining ahamiyati va uni ishlab chiqarishda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori tahlil qilingan. Dehqonobod kaliy zavodi misolida ishlab chiqarish hajmi va energiya iste’moli o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish masalasi yoritilgan.

115-117 23 4

LABORANT ODOBI

Yuldasheva Nargiza Sadikovna

Laborant (yoki laboratoriya xodimi) odobi va kasbiy mas'uliyati muhim ahamiyatga ega, chunki u ilmiy tadqiqotlar, tahlillar va laboratoriya ishlarini bajarishda aniqlik, ehtiyotkorlik va professionallikka muhtoj. Quyida laborantning odobi va kasbiy mas'uliyatlari haqida ba'zi asosiy nuqtalarni keltiraman.

112-114 22 3

SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI (MORFOLOGIK TEKSHIRUVDA) VA TIBBIY-KRIMINALISTIKANING AHAMIYATI

Normamatova Gulmira Baxodir qizi, Qayumov G‘ulomjon Muzaffarovich, Umirzakova Shahlo Muminjanovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa sohalardan o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Jumladan, sud-tibbiy ekspertiza xizmati sog‘liqni saqlash muassasalari qatoriga kirgan holda, jinoiy va fuqarolik ishlarini surishtirish, tergov qilish va sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan tibbiy-biologik masalalarni hal etish ya’ni sud-tibbiy ekspertizalarni o‘tkazish uning asosiy vazifasidir. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari ekspertiza materiallari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, travmatizmning turli ko‘rinishlari, zaharlanish, to‘satdan o‘lim va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham o‘tkazishlari lozim. Sud-tibbiy ekspertiza xizmati strukturasi, tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, protsessual masalalar, soha mutaxassislarini tayyorlash, shtat me’yorlari, turli xil ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar mazkur xizmatning farqli xususiyatlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Sud-tibbiyoti; tibbiyotning bir bo‘limi tibbiy kriminalistikaning sud-tibbiyotidagi axamiyati juda kattadir. Morfologik tekshiruvlarda jasadlarni tekshiruvlarida, voqea joyini ko‘zdan kechirishda, jinoyatlarni ochiqlashda tibbiy kriminalistikaning o‘rni axamiyatga egadir. Sud-tibbiy ekspertizaning morologik tekshiruvda jasadlarda aniqlangan tan jaroxatlari, ularning yetkazilish mehanizmi, miqdori hamda  jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan barcha ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib, bir qancha tekshiruvlar bilan aniqlik kiritilishidir.

106-111 23 3

О‘ZBEKISTОN MUSTAQILLIGI DAVRIDA TARIXIY MERОSNI TIKLASH VA MUHОFAZA QILISH SIYОSATI

Jaxongir Rustamaliyev Fakhriddin o‘g’li

Ushbu maqоla О‘zbekistоnning mustaqillik davridagi tarixiy merоsni tiklash va muhоfaza qilish siyоsatini atrоflicha tahlil qiladi. Mustaqillikning ilk yillaridan bоshlab, milliy о‘zlikni anglash va madaniy qadriyatlarni tiklash mamlakat siyоsatining ustuvоr yо‘nalishlaridan biriga aylandi. Maqоlada ushbu siyоsatning asоsiy tamоyillari, amalga оshirilgan chоra-tadbirlar, shuningdek, erishilgan yutuqlar va duch kelinayоtgan muammоlar kо‘rib chiqiladi.


Tadqiqоtda sоhaga оid qоnunchilik bazasining rivоjlanishi, investitsiyalarning jalb qilinishi va turizm sоhasining rivоjlanishiga madaniy merоsning ta'siri tahlil qilinadi.

100-105 26 2

SОVET DAVRIDA TARIXIY HAQIQATLARNING SОXTALASHTIRILISHI VA BUGUNGI QARASHLAR

Jaxongir Rustamaliyev Fakhriddin o‘g’li

Sоvet davrida tarixiy haqiqatlarning sоxtalashtirilishi Markaziy Оsiyо, xususan, Оʻzbekistоn tarixi uchun chuqur iz qоldirgan muhim masaladir. Ushbu maqоla Sоvet ideоlоgiyasining tarixshunоslikka taʼsirini, rasmiy nazariyalarning qanday shakllantirilganini va ularning zamоnaviy jamiyatdagi aks-sadоsini оʻrganadi. Maqоlada Sоvet davrida chоp etilgan tarixiy manbalar, darsliklar va ilmiy ishlar tahlil qilinib, ulardagi оbyektivlikning buzilish mexanizmlari yоritiladi. Maqоla ikki jadval yоrdamida Sоvet davri va bugungi kundagi ayrim tarixiy hоdisalarga nisbatan qarashlardagi farqlarni aniq raqamlar va maʼlumоtlar bilan kоʻrsatadi.

96-99 25 10

JADIDCHILIK HARAKATI VA UNING О‘ZBEKISTОN TARIXIDAGI О‘RNI

Jaxongir Rustamaliyev Fakhriddin o‘g’li

Mazkur maqоlada jadid mutafakkirlarining tarix, tarix fani va ta’limi hamda tarixshunоslik bоrasidagi qarashlari tahlil etilgan. Jadidchilik harakatining asоsiy g‘оyalari, tarixiy merоsga bо‘lgan munоsabatlari, millat taraqqiyоtidagi tarix fanining о‘rni va ahamiyati yоritiladi. Shuningdek, tarixiy tafakkurning yangilanishida va zamоnaviy tarixshunоslikning shakllanishida jadidlarning tutgan о‘rni оchib berilgan

92-95 23 3

РОЛЬ ТРЁХМЕРНОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ НАВЫКОВ СТУДЕНТОВ

Умарова Дилфуза Сатволдиевна

Аннотация: В статье рассматривается значимость трёхмерного моделирования как эффективного средства формирования профессиональных навыков у студентов технических специальностей. Анализируются современные подходы к внедрению 3D-технологий в образовательный процесс, подчеркивается их влияние на развитие пространственного мышления и профессиональных компетенций будущих инженеров.

90-91 24 4

YARALARNING BITISHI: GISTOLOGIK BOSQICHLAR VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI

Gʻofforov Dilshodbek, Bekmirzayeva Gulira'no Akbarali qizi

Anotatsiya: Gistogenez — bu embrional rivojlanish davomida kam ixtisoslashgan yoki totipotent hujayralarning ma’lum tuzilma va funksiyaga ega bo‘lgan to‘qimalarga aylanish jarayonidir. Bu biologik jarayon organizmning to‘g‘ri shakllanishi va funksional tizimlarning rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Gistogenez jarayoni hujayra bo‘linishi, migratsiyasi, differensiasiyasi va morfogenezi bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, ektoderm, endoderm va mezoderm qatlamlaridan turli xil to‘qimalarning hosil bo‘lishi rivojlanish biologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Har bir to‘qima o‘ziga xos signal molekulalari, transkripsion omillar va mikroRNAlar ta’sirida shakllanadi. Gistogenezni o‘rganish zamonaviy regenerativ tibbiyot, organoidlar yaratish, matritsa asosida to‘qima muhandisligi va onkologik kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada gistogenezning asosiy mexanizmlari, morfogenez bilan bog‘liqligi, hujayra differensiasiyasining nazorati, klonogen potentsial va epigenetik regulyatsiya jarayonlari keng yoritiladi. Shuningdek, gistogenezdagi buzilishlar va ularning patologik holatlarga olib kelishi bilan bog‘liq klinik jihatlar ham tahlil etiladi.

87-89 25 6

TO‘QIMALARNING REGENERATSIYASI VA ULARNING KLINIK AHAMIYATI

Gʻofforov Dilshodbek, Bekmirzayeva Gulira'no Akbarali qizi

Anotatsiya: Ushbu maqolada organizmdagi to‘qimalarning regeneratsiya jarayonlari, ularning biologik asoslari, turli to‘qimalarda tiklanish darajalari va bu holatning klinik tibbiyotdagi ahamiyati chuqur yoritilgan. To‘qimalarning regeneratsiyasi — bu ularning shikastlangandan so‘ng normal tuzilishini va funksiyasini tiklash qobiliyatidir. Regeneratsiya jarayonining hujayra darajasidagi mexanizmlari, mitoz va meyoz orqali hujayra bo‘linishlari, regeneratsiyada ishtirok etuvchi signallar, o‘sish omillari va genetik nazoratlar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, turli to‘qima turlarining — epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv to‘qimalarining regenerativ xususiyatlari solishtirilib tahlil qilingan. Klinik jihatdan esa regeneratsiyaning ahamiyati, masalan, jarrohlikdan keyingi bitish jarayonlari, yara bitishi, organ transplantatsiyasi, regenerativ tibbiyot va hujayra terapiyasidagi roli keng muhokama qilinadi. Ushbu mavzuning o‘rganilishi zamonaviy tibbiyotda yangi regenerativ muolajalarni ishlab chiqish uchun katta ilmiy asos yaratadi.

84-86 26 8

TELEMEDITSINA- QISHLOQ JOYLAR UCHUN IMKONIYATMI YOKI XAVFMI?

Bekmirzayeva Gulira'no Akbarali qizi, Gʻofforov Dilshodbek

Anotatsiya: Telemeditsina – bu zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tibbiy xizmatlarni masofaviy tarzda ko‘rsatish tizimi bo‘lib, ayniqsa chekka va qishloq hududlarda yashovchi aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu maqolada telemeditsinaning asosiy shakllari, ularning afzallik va kamchiliklari, tibbiyot tizimidagi o‘rni, shuningdek, qishloq joylar sharoitida ushbu texnologiyaning amaliyotda qanday qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Maqolada video maslahatlar, masofaviy tashxis, tibbiy monitoring, mobil ilovalar orqali davolanish kabi telemeditsina imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet infratuzilmasi, texnik savodxonlik, axborot xavfsizligi kabi mavjud muammolar ham yoritilgan. Telemeditsinaning rivojlanishi O‘zbekiston va boshqa davlatlar tajribasi bilan solishtirilib, qishloq joylarda sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirishda bu texnologiyaning dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Xulosa sifatida telemeditsina – imkoniyatlar bilan bir qatorda xavf-xatarlarni ham o‘z ichiga oladigan, ammo to‘g‘ri yo‘naltirilgan taqdirda ijtimoiy tenglikni ta’minlovchi kuchli vosita sifatida baholanadi.

133-138 9 0

A COMPARATIVE ANALYSIS OF RELIGIOUS COMPONENTS IN UZBEK AND ENGLISH PROVERBS: THE LEXEME "GOD"

Ismoilova Gulyora Xabibullo qizi

Abstract: This paper investigates the presence and role of religious components—specifically the lexeme God—in Uzbek and English proverbs. Using a comparative and semantic-pragmatic approach, the study analyzes thematic classifications of religious sayings in both languages, highlighting the cultural and theological underpinnings that shape these expressions. The research identifies stark contrasts in how divine concepts are encoded linguistically: Uzbek proverbs predominantly reflect Islamic views, emphasizing divine control over personal and societal affairs, while English proverbs—rooted in Christian tradition—often promote individual responsibility and moral dualism. Through statistical and thematic categorization of 349 Uzbek and 268 English religious proverbs, the paper demonstrates how paremiological expressions mirror the spiritual and moral mentalities of different societies. The study concludes that proverbs are a rich source of cultural, religious, and linguistic knowledge and offer critical insight into worldview differences.

78-80 22 6

НАРКОТИКЛАР ВА ПСИХОТРОП МОДДАЛАРНИ ИСТЕЪМОЛ ҚИЛИНИШИ БИЛАН БОҒЛИҚ ЎЛИМ

Ботиров Толиб Қўлдошевич, Лочинов Фарход Назарович

Аннотация. Ушбу мақолада дунёда наркотик ва психотроп моддаларни истеъмол қилиниши ҳамда унинг оқибатида юз берган ўлим бўйича маълумотлар ва ушбу ҳолатни олдини олиш учун аҳамиятли бўлган тавсиялар берилган.  

74-77 30 4

KAM TA’MINLANGAN OILALARDA JINOYATCHILIK DARAJASI: OMILLAR VA PROFILAKTIKA

Allambergenov Islambek Sadatdinovich

Mazkur maqolada kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati va bu holatning jinoyatchilikka bo‘lgan ta’siri kriminologik nuqtai nazardan yoritiladi. Oilaviy yetishmovchilik, ishsizlik, ta’lim va tarbiya muammolari bolalar va voyaga yetmaganlar orasida jinoyat sodir etish xavfini oshiruvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, jinoyatchilik darajasining oshishiga olib keluvchi psixologik va ma’naviy beqarorlik, atrof-muhit ta’siri, oila ichidagi zo‘ravonlik va beparvolik holatlari ham tahlil qilinadi. Maqolada ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar, davlat va nodavlat tashkilotlar ishtirokidagi amaliy yondashuvlar ham taklif etiladi.

66-73 24 5

LAZER TERAPIYA:ANIQ KESISH TEXNOLOGIYASI VA JARROHLIKNING ORGANIZMGA TUG`DIRADIGAN ZARARLI OQIBATLARI

Niyazxonova Bashorat Eshmamatovna, Obloqulova Mehinbonu Talant qizi

Annotatsiya: Lazer texnologiyalarining rivojlanishi tibbiyotda, ayniqsa jarrohlik amaliyotlarida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Ushbu maqolada lazer yordamida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish tamoyillari, uning afzalliklari va aniq kesish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, lazer jarrohligining hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. 

57-65 21 3

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING TOPONIMIK QAYDLARI

Jalilova Madina Murotovna

Annotatsiya. Maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi ayrim toponimlarning leksik-semantik, etimologiyik, nominatsion-motivatsion, struktural jihatlari, dialektal va adabiy variantlari, imlo va talaffuziga doir izohlari, qaydlari, talqinlari tahlili va tavsifi yoritilgan.

52-56 23 1

CLINICAL FEATURES AND UNDERLYING FACTORS OF INSOMNIA IN PATIENTS WITH NEUROLOGICAL DISORDERS

Tolibova Muhabbat Murod qizi

Abstract. Insomnia is a common yet often underdiagnosed condition among patients with neurological disorders, significantly affecting their overall quality of life and disease progression. This study aimed to evaluate the clinical presentation, underlying causes, and management outcomes of insomnia across different neurological conditions, including Parkinson’s disease, epilepsy, multiple sclerosis, and post-stroke states. Eighty patients aged 25 to 55 were clinically assessed using the Insomnia Severity Index (ISI), structured interviews, and, for a subset, overnight polysomnography. Participants were divided into four diagnostic groups to analyze the prevalence and severity of insomnia symptoms, contributing factors such as medication side effects, anxiety, neuropathic pain, and seizure activity. The findings revealed that sleep disturbances were widespread, with significant intergroup variations. Polysomnography confirmed substantial alterations in sleep architecture. Among the therapeutic interventions, cognitive behavioral therapy (CBT) proved to be the most effective. The study highlights the importance of comprehensive and tailored approaches to insomnia management in neurological patients, underscoring the need for integrated neurological and psychological care.

47-51 19 9

STANDARDIZATION OF OBSTETRICAL PRACTICE IN PREVENTING POST - CESAREAN LOW BACK PAIN

Yakubova Markhamat Mirakramovna, Parpibaeva Durdona Ikrom kizi

Abstract. Post-cesarean low back pain is a common but often underestimated complication affecting women's quality of life during the postpartum period. Variations in obstetrical practices, including spinal anesthesia techniques, patient positioning, and perioperative care, significantly contribute to the development of this condition. This article aims to evaluate the effectiveness of standardizing obstetrical protocols to prevent low back pain after cesarean delivery. Through a comprehensive review of clinical studies and practical implementation of unified guidelines in selected maternity centers, the study demonstrates that adherence to standardized protocols leads to a significant reduction in the incidence and severity of post-cesarean low back pain. The findings underscore the importance of multidisciplinary coordination among obstetricians, anesthesiologists, and rehabilitation specialists to enhance maternal outcomes and long-term well-being.

43-46 17 2

A METHODOLOGICAL APPROACH TO ENHANCING LOGICAL AND COMMUNICATIVE THINKING IN FUTURE SPECIALISTS THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES

Doniyorova Gulnoza Anvar kizi

Abstract. This article presents a comprehensive methodological approach to enhancing logical and communicative thinking in future specialists through the integration of digital technologies in higher education. In the context of evolving educational demands, the study underscores the importance of cognitive flexibility and communication skills in the professional readiness of university graduates. Using both theoretical analysis and empirical methods, the study implemented a pilot program involving 120 students across various disciplines. The findings revealed significant improvements in students' reasoning and communicative abilities, highlighting the effectiveness of digital tools such as debate platforms, collaborative workspaces, and logic-based applications. The article concludes that structured digital pedagogy can greatly enrich students' cognitive and social competencies, making them more adaptable to the challenges of the digital era. It also outlines implementation challenges and provides recommendations for sustainable integration in educational institutions.

38-42 23 3

OPTIMIZATION OF CYSTITIS DIAGNOSIS AND TREATMENT BASED ON PATHOMORPHOLOGICAL CHARACTERISTICS

Babakulov Sharof Khamrokulovich, Abdukodirov Eldor Isroilovich, Pozilov Rustam Isroilovich

Abstract. This study explores the optimization of cystitis diagnosis and treatment by integrating pathomorphological analysis into the clinical workflow. A total of 80 patients aged 25 to 55 years were divided into two groups: one receiving standard therapy, and the other receiving individualized treatment based on histological findings. Mucosal biopsies obtained via cystoscopy were classified into acute inflammation, chronic interstitial cystitis, and granular cystitis with metaplasia. The tailored treatment group demonstrated significantly improved clinical outcomes, higher urine sterility rates, and reduced recurrence compared to the control group. These results indicate that histologically guided management enhances treatment precision and efficacy in cystitis. Incorporating pathomorphological diagnostics into routine practice may provide a foundation for more personalized and successful therapy in bladder inflammation.

34-37 16 3

JANNATMAKON YURTIM — O‘ZBEKISTONIM

Tursunmurodova Marjona Abduvali qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ma’naviy qadriyatlari va yurtga bo‘lgan sadoqati haqida yozilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yirik tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo kabi zaminlarning tarixiy ahamiyati, ulug‘ siymolar merosi va me’moriy obidalari tahlil qilinadi. Maqolada xalqning mardlik, tinchliksevarlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlari poetik va publitsistik uslubda ifodalanadi. Muallif ona yurti – O‘zbekistonni "jannatmakon", "tarix va kelajak chorrahasi" sifatida ulug‘laydi. Asarda milliy o‘zlik, tarixiy xotira va zamonaviy vatanparvarlik g‘oyalari uyg‘unlashtirilgan.

26-33 23 6

ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ И СОЦИАЛЬНЫЕ ПРИВИЛЕГИИ ДЛЯ ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ: МЕЖДУ РАВЕНСТВОМ И СОЦИАЛЬНОЙ СПРАВЕДЛИВОСТЬЮ

Турсунмуродов Комрон Тургун угли

Аннотация: Данная статья посвящена анализу правового и социального положения женщин в Узбекистане, с акцентом на предоставляемые им гарантии и льготы в трудовой сфере и системе уголовного правосудия. Рассматриваются нормы Трудового и Уголовного кодексов Республики Узбекистан, обеспечивающие защиту прав женщин, особенно беременных и воспитывающих малолетних детей. Автор подчеркивает, что подобные правовые привилегии не нарушают принцип равенства, а напротив — соответствуют социальной справедливости и направлены на устранение фактического неравенства, с которым сталкиваются женщины. Также рассматриваются аргументы в пользу временных преференций, учитывая более уязвимое положение женщин в сфере образования, занятости и правозащиты. В заключение делается вывод о том, что особые гарантии для женщин являются необходимым механизмом обеспечения равноправия и устойчивого социального развития.

176-180 21 3

MIGRATSIYA VA YOSHLAR: SABABLARI, OQIBATLARI VA IMKONIYATLAR

Baxromova Indira Azizjon qizi, G’ulomova Gulasal Azizjonovna, Axmedov O’tkirjon Aloviddin o’g’li

Ushbu maqolada yoshlar orasidagi migratsiya jarayonining asosiy sabablari, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy oqibatlari hamda bu jarayondan yuzaga keladigan imkoniyatlar yoritiladi. Migratsiyaning ta’lim, bandlik, madaniy va shaxsiy rivojlanishga ta’siri ham tahlil qilinadi.

18-19 23 3

PARKINSON KASALLIGI: ZAMONAVIY DAVOLASH STRATEGIYALARI

Abdurahmonova Dilnoza

Annotatsiya; Ushbu maqolada Parkinson kasalligining etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari bilan bir qatorda, zamonaviy davolash usullari atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, dori vositalari, neyroximik terapiya, jarrohlik aralashuvlar (chuqur miya stimulyatsiyasi) va regenerativ terapiya yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishga va bemorlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or strategiyalar bayon etilgan. Maqola bakalavr va doktorantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, klinik amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

16-17 17 6

PARKINSON KASALLIGI: ZAMONAVIY DAVOLASH STRATEGIYALARI

Abdurahmonova Dilnoza

Annotatsiya; Ushbu maqolada Parkinson kasalligining etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari bilan bir qatorda, zamonaviy davolash usullari atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, dori vositalari, neyroximik terapiya, jarrohlik aralashuvlar (chuqur miya stimulyatsiyasi) va regenerativ terapiya yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishga va bemorlarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or strategiyalar bayon etilgan. Maqola bakalavr va doktorantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, klinik amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

14-15 16 2

RAXIT: SABABLARI, OLDINI OLISH VA DAVOLASH USULLARI

Abdurahmonova Dilnoza

Annotatsiya; Ushbu maqolada raxit kasalligining kelib chiqish sabablari, patogenezi, klinik ko‘rinishlari, oldini olish choralari va zamonaviy davolash usullari tahlil qilinadi. Ayniqsa, bolalik davrida uchraydigan D vitamini yetishmovchiligi asosida rivojlanadigan raxitning ahamiyati yoritilib, uni o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolashning muhim jihatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, profilaktika choralarining ahamiyati va xalqaro tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.

12-13 22 10

TISH NERVINING OLIB TASHLANISHIDA ISHLATILADIGAN ANESTETIK VOSITALARNING SAMARADORLIGI

Uktamova Shaxnozabonu

Annotatsiya; Mazkur maqolada endodontik muolajalar, xususan, tish nervining olib tashlanishi jarayonida qo‘llaniladigan anestetik vositalarning turlari, ularning ta’sir mexanizmi, klinik samaradorligi va qo‘llashda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinadi. Tibbiyotda keng tarqalgan anestetiklar – artikain, lidokain, mepivakain va boshqa vositalarning o‘zaro farqlari, farmakodinamik xususiyatlari va bemor yoshi, sog‘lig‘i hamda individual sezuvchanligiga bog‘liq ta’siri ilmiy manbalar asosida o‘rganiladi. Maqola bakalavr hamda doktorantlar uchun dolzarb bo‘lib, stomatologik amaliyotda xavfsiz va samarali og‘riqsizlantirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

205-211 19 2

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ УЗБЕКИСТАНА

Равшанов Х.А., Худойберганов З.Д., Орифи Д.Ш.

Аннотация: В настоящее время цифровая экономика является новым этапом мировой экономики — экономической системой, построенной на основе цифровых технологий. Широкое применение информационно-коммуникационных технологий вызывает глубокие изменения во всех сферах экономики. Узбекистан также проявляет активность в этом процессе и уделяет большое внимание развитию цифровой экономики. В данной статье подробно анализируются значение цифровой экономики в Узбекистане, её влияние на экономическое развитие, государственная политика и перспективные направления. В статье изложено внедрение и развитие цифровой экономики в нашей стране, обсуждается её значение в экономике и проводимые в этой области реформы.

199-204 19 3

ЦИФРОВАЯ ЭКОНОМИКА КАК ДРАЙВЕР РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННОГО БИЗНЕСА

Орифи Д.Ш., Равшанов Х.А., Худойберганов З.Д.

Аннотация. Статья посвящена проблемам адаптации инструментов стратегического управления компанией к быстро меняющейся внешней среде, обусловленной интенсивным развитием цифровой экономики. В статье рассматриваются основные тенденции изменений цифровой деловой среды на макро- и микроуровнях, вопросы повышения эффективности использования внутреннего потенциала компании, особенности конкурентной борьбы, основанной на активном использовании информационно-коммуникационных технологий.

194-198 20 6

IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Xudoyberganov Z.D., Ravshanov X.A., Orifi D.Sh.

Annotatasiya. So‘nggi o‘n yilliklarda axborot texnologiyalari (AT) iqtisodiyotda tub burilishlarga sabab bo‘ldi. Global iqtisodiy jarayonlar axborot oqimi va uning samarali boshqarilishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Kompyuter texnikasi, internet, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari va raqamli kommunikatsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada iqtisodiyotda axborot texnologiyalarining ahamiyati, ularning iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etishdagi o‘rni hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shu bilab birga ushbu maqolada umumiy kompyuterlashtirish tufayli yangi bosqichga chiqqan axborot texnologiyalarining mohiyati o‘rganiladi. Axborot iqtisodiyotining dolzarb masalalari va iqtisodiy haqiqatning o‘zgarayotgan jihatlari ko‘rib chiqiladi.

190-193 18 6

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРИМЕНЕНИЯ МЁДА ПРИ ХРОНИЧЕСКОМ ГНОЙНОМ СРЕДНЕМ ОТИТЕ У ДЕТЕЙ (Пилотное исследование)

Джураева Доно Саидкамаловна, Хамраева Висола Шоназаровна, Бабаханов Гулимбой Кутлибоевич

Аннотация. Хронический гнойный средний отит (ХГСО) представляет собой рецидивирующую инфекцию среднего уха и  характеризуется наличием гноетечение и стойкой перфорации барабанной перепонки. Мы использовали мёд в случаях рецидивирующего и хронического гнойного среднего отита из-за его антибактериальных, противовоспалительных, антиоксидантных, дезинфицирующих, противогрибковых и противовирусных свойств.

186-189 20 8

ИСБОТ ҚИЛИШ ИНСТИТУТИДА ШАХС ҲУҚУҚЛАРИНИ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯЛАШНИ ТАЪМИНЛАШ

Шукуров Икром Қосимович

Аннотация: жиноят процессуал қонунчилигида шахс ҳуқуқларини ишончли ҳимоялаш энг муҳим вазифа саналади. Айниқса, жиноятларни исбот қилиш жараёнида фуқароларнинг ҳуқуқларини муносиб таъминлаш, уларнинг шаъни ва қадр-қиммати ҳурмат қилиш ҳар бир тергов органлари ходимларининг қонуний мажбуриятидир.

181-185 25 9

БОЛАЛАРДА БРОНХИАЛ АСТМА ВА АТОПИК ДЕРМАТИТНИНГ КОМОРБИД КЕЧИШИДА ИЧАК МИКРОБИОТАСИ ВА ИММУН ТИЗИМИ

Миррахимова Мактуба Хабибуллаевна, Ташматова Гулноза Аълоевна, Жуманазарова Гули Улуғбек қизи

Аннотация. Ушбу мақола болаларда бронхиал астма ва атопик дерматитнинг коморбид кечишида ичак микробиотаси ва иммун тизими ўртасидаги ўзаро боғлиқликнинг замонавий патогенетик жиҳатларини ёритади. Мақолада ичак микробиотасининг таркибий ва функционал дисбаланси иммун жавобнинг Th2-доминант йўналишига, яллиғланиш медиаторлари экспрессиясига ҳамда тартибга солувчи Т-хужайралар фаолиятига таъсири ҳақидаги илмий маълумотлар таҳлил қилинган. Шунингдек, замонавий клиник ва экспериментал тадқиқотлар натижаларига таяниб, микробиота-иммун тизими ўзаро таъсирининг аллергик касалликлар патогенезидаги ўрни, рецидивлар частотаси ва касаллик оғирлигини шакллантиришдаги аҳамияти муҳокама қилинган. Муаллифлар мазкур йўналишдаги билимларни чуқурлаштириш аллергик патологияларнинг биргаликда кечишини самарали назорат қилиш, индивидуаллаштирилган даволаш ва профилактика стратегияларини ишлаб чиқиш учун муҳим илмий ва амалий асос бўлишини таъкидлайдилар.

20-25 24 6

MUSIQA TA’LIMI ORQALI BO‘LAJAK TRABIYACHILARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MUSIQA TA’LIMIY O‘YINLARNING O‘RNI

Raxmonov Ulug‘bek Karimovich

Annotatsiya. Ushbu maqola Musiqa ta’limi orqali bo‘lajak trabiyachilarning estetik kompetentligini rivojlantirishda musiqa ta’limiy o‘yinlarning o‘rni, bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlashda musiqa ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash ularning estetik qarashlarini kengaytirish, musiqiy ta’limni interaktiv va qiziqarli qilish imkonini yaratish hamda bu usullar orqali tarbiyachilar nafaqat musiqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, bolalar bilan ishlashda estetik ta’limni tashkil etishda yangi pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirishi haqida ilmiy yondashilgan.

173-175 21 2

OʻZBEK ADABIYOTIDA MA’NAVIY QADRIYATLAR VA ETIKA: ABDULHAMID CHOʻLPONNING “KECHA VA KUNDUZ” ASARI

Karimboyeva Maftunabonu

Annotatsiya: Ushbu maqolada “Kecha va Kunduz” asarining asosiy ma’naviy va axloqiy g’oyalarini chuqur tahlil qilgan holda, Choʻlponning insoniyat, ma’naviyat, axloqiy mas’uliyat va jamiyatdagi o’zgarishlar haqidagi fikrlarini yoritishga harakat qilindi. Asar orqali ko’rib chiqilgan muammolarni, axloqiy tanlovlar va zamonaviy qadriyatlar bilan bog’lash orqali, biz bugungi kunda ham bu asarlarning qanday ahamiyat kasb etishini tushunishga intilamiz.

171-172 22 6

MAQOLNING ADABIYOTDA TUTGAN O‘RNI

Otabayeva Dilnoza, Karimboyeva Maftunabonu

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqolning adabiyotdagi òrni va uning rivojlanishi tahlil qilindi.Maqolning tarixiy jihatlari, xalq oĝzaki adabiyotida va zamonaviy adabiyotda qanday shakllanishi va òzgarishi kórib chiqildi.Maqolning xususiyatlari yoritildi. Shuningdek maqollarning xalqlardagi madaniy qadriyatlari, yozuvchi va shoirlarning asarlarida maqollarni ishlatish usullari haqida sòz bordi.

168-170 21 2

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SINTAKTIK NAZARIYALAR (Oʻkir Hoshimov asarlari misolida)

Karimboyeva Maftunabonu

Annotatsiya:  Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligidagi sintaktik nazariyalar yoritilib, ularning nazariy asoslari rivojlanish bosqichlari hamda amaliy qòllanilishi tahlili qilindi.Oʻtkir Hoshimovning asarlari asos qilib olinib ularning sintaktik jihatdan oʻrganilishi orqali til birliklarining badiiy matndagi ifoda vositalari oʻrganildi. Shuningdek, yozuvchining uslubiy xususiyatlari gap qurilishi va ularning sintaktik sutrukturalari orqali adabiy tilga qoʻshgan hissasi ochib berildi.

164-167 23 8

ДИАГНОСТИКА И ПРОФИЛАКТИКА ПРИ ЦИРРОЗЕ ПЕЧЕНИ ВЫЗВАННОМ ИНФЕКЦИЕЙ HDV+HBV

Губайдулина Гулмира Рифкатовна

Абстракт: Инфекция вируса гепатита D (HDV) остается серьезной проблемой мирового здравоохранения, особенно из-за ее способности ускорять прогрессирование заболеваний печени, включая цирроз печени. Профилактические меры играют решающую роль в смягчении бремени осложнений печени, связанных с HDV. В этой статье рассматриваются текущие медицинские профилактические стратегии, направленные на снижение уровня инфицирования HDV и предотвращение прогрессирования цирроза печени у пораженных лиц. Ключевые подходы включают вакцинацию, противовирусную терапию, изменение образа жизни и раннюю диагностику.

160-163 26 2

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING ROLI VA TA'SIRINI OSHIRISH

Boydedayev Abdugaffor Abdujabborovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jarayonida kichik biznes va tadbirkorlikning o‘rni hamda ta’siri tahlil qilinadi. Kichik biznes subyektlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berishdagi faoliyati, ularning mahalliy bozorni sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va raqobatbardoshlikni oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish oziq-ovqat ta’minoti barqarorligini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.

155-159 14 0

MALAYSIA'S EXPERIENCE IN THE FIGHT AGAINST ILLICIT DRUG TRAFFICKING

Musaev Djamaliddin Kamalovich

Аnnotation. The subject was an analysis of the state policy on combating drugs in Malaysia. The main achievements of the practical implementation of the state policy of Malaysia in the field of combating drug crime are considered. Features of international cooperation in the field of combating drug crime.

152-154 22 4

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA RAQAMLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Rustamova Maxsuma Farxodbek qizi, Botirova Xilolaxon

Annotatsiya: ushbu maqola bugungi kunda dolzarb bo’layotgan barcha sohalarda raqamlashtirish tizimga o’tish , shu jumladan musiqiy ta’limni ushbu tizimga o’tishi to’g’risida. Ya’ni raqamli asirda musiqa darslarini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar yordamida tashkillashtirilish mashg'ulotlari bilan rivojlanishi aytib o’tilgan. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, musiqa o'qituvchilari endi o'z o'quvchilari uchun yanada qulayroq, qiziqarli va moslas.htirilgan ta'lim tajribasini taqdim etishlari xaqida ma’lumot berilgan.

149-151 20 6

BOLALAR VA O‘SMIRLAR ORASIDA IJROCHILIK MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK VA DIDAKTIK ASOSLARI

Rustamova Maxsuma Farxodbek qizi, X.Botirova

Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar orasida ijrochilik motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning psixologik hamda didaktik asoslari tahlil qilinadi. Unda yoshga xos psixologik xususiyatlar, motivatsion omillar, ijodiy qobiliyatlarni rag‘batlantirish usullari, musiqiy ta’lim metodlarining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Maqola ijrochilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirishda o‘qituvchi roli, individual yondashuv, emotsional holat va ijobiy muhitning ta’siri haqida amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

145-148 22 1

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA KREATIV VA INNOVAVATSION FIKRLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Niyozova Shaxnoza Farxod qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida kreativ va innovatsion fikrlashning o`rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada zamonaviy texnalogiyalar – suniy intellekt, raqamli platformalar, onlayn ta’lim vositalari – orqali o`quvchilarning mustaqil, ijodiy va yangilikka intiluvchi shaxs sifatida shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek , kreativ fikrlashni rivojlantirishda muhim metodlar, xususan STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash va loyiha asosida o`qitishning samaradorligi ko`rsatib o`tilgan. Muallif O`zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar va innovatsion yondashuvlarning yosh avlod  raqobatbardoshligini oshirishdagi rolini ham tahlil qiladi. Maqola ta’lim sohasida  faoliyat yuritayotgan pedagoglar, innovatsion metodlarni o`rganuvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun  foydali manba bo`lib xizmat qiladi.

139-144 22 4

YANGI O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR FAOLLIGINING OSHISHI VA IJTIMOIY INSTITUTLARNING RO‘LI

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar faolligining ortib borishi va bu jarayon orqali ijtimoiy institutlarning, xususan, oila, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat siyosatining yta’siri ilmiy-falsafiy asosda tahlil qilinadi. Bugungi kunda mamlakatamizda  olib borilayotgan demokratik islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash va gender tengligini qaror topshirishga qaratilgan tashabbuslarning amaliy natijalari hamda ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtirok qilishga qaratilgan. Ayollar faolligining ortishi orqali shaxsiy erkinlik va huquqiy kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lib, balki ijtimoiy muhitning o‘zgarishi, madaniy qadriyatlar  bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada oila, ta’lim, OAV, diniy-ma’rifiy tashkilotlar va davlat boshqaruv tizimining ayollar faolligini rag‘batlantirishdagi o‘zaro aloqasi ilmiy-falsafiy yondashuv asosida yoritiladi. Bu  institutlar orqali gender streotiplarini yemirish, ijtimoiy ongni o‘zgartirish va teng huquqlilik tamoyillarini mustahkamlash imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolaning ilmiy ahamiyati shuki, unda gender tengligining faqat huquqiy yoki statistik ko‘rsatkichlar darajasida emas, balki ijtimoiy ong, qadriyatlar tizimi va falsafiy tafakkur orqali o‘rganiladi.